763 subscribers
232 photos
64 videos
1 file
137 links
HAMROH - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi

Tel: +998772061111
Facebook: facebook.com/hamrohingiz
Instagram: instagram.com/hamrohingiz.uz
Download Telegram
Biznes yurityapsiz va sizga professional konsalting yordami kerakmi?

Hamroh tadbirkor ayollar uchun bepul konsalting xizmatlarini taqdim etadi.

Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislardan maslahat olishingiz mumkin:
- yuridik masalalar
- moliyaviy boshqaruv
- marketing va savdo
- soliq masalalari
- va boshqa biznes savollar (ehtiyojingizga qarab)

Konsultatsiyalar faqat quyidagi ayollar uchun mo‘ljallangan:
- kompaniya hamrohligida bo‘lgan tadbirkorlar,
- Hamroh liniyasi orqali kredit olgan,
- yoki WESP dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tadbirkorlar.

Murojaat uchun: +998 77 206 11 11

Hamroh bilan ishonchli!

- - -

Вы ведёте бизнес и вам нужна профессиональная консультационная поддержка?

Hamroh предоставляет бесплатные консалтинговые услуги для предпринимательниц.

Вы можете получить консультации специалистов по следующим направлениям:
- юридические вопросы
- финансовое управление
- маркетинг и продажи
- налоговые вопросы
- и также другие бизнес-вопросы (в зависимости от ваших потребностей)

Консультации доступны исключительно для предпринимательниц, которые:
- находятся на сопровождении компании,
- получили кредит по линии Hamroh,
- либо успешно завершили обучение по программе WESP.

Для обращений и записи на консультацию: +998 77 206 11 11

Надежнее с Hamroh!

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥4💯2👍1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatan himoyachilari kuni bilan!

Bugun yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrab kelayotgan barcha Vatan himoyachilariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizning jasoratingiz, halolligingiz va fidoyiligingiz – farzandlarimiz kelajagi va jamiyatimiz barqarorligining eng muhim tayanchi.

Biz uchun Vatan himoyasi – mas’uliyat va insoniy qadriyatlarga sodiqlik timsoli. Bu yo‘lda mard o‘g‘lonlarimiz va ayollarimizning harbiy sohada sidqidildan xizmat qilayotgan hissasi beqiyos.

- - -

С Днём защитников Родины!

Сегодня мы искренне благодарим всех, кто ежедневно стоит на страже мира и безопасности нашей страны. Ваша смелость, ответственность и преданность – прочная основа стабильного общества и уверенного будущего.

Для нас защита Родины – это не только служба, но и проявление высоких человеческих ценностей. В этот день мы с особым уважением отмечаем вклад мужчин и женщин, достойно и профессионально служащих в военной сфере.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥3🎉1
BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan WESP dasturimiz doirasida trenerlar uchun malakani oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladik!

Ikki kun davomida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 50 nafar trenerlar biznes-huquq, soliqqa tortish va marketing bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirdi — nazariyada emas, balki amaliy faoliyatda haqiqatan zarur bo‘lgan masalalar ustida ishlashdi. Jumladan, biznesni huquqiy asosda yuritish, shartnomalar va xatarlarni tushunish, soliqlarni to‘g‘ri anglash, mijozlar bilan ishlash hamda shaxsiy brendni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar qamrab olindi.

WESP akseleratsiya dasturimizda sifat har doim ustuvor ahamiyatga ega. Shu sababli biz tadbirkor ayollar oladigan bilimlar dolzarb, amaliy va haqiqiy foyda beradigan bo‘lishi uchun doimiy ravishda mazmun va yondashuvlar ustida ishlaymiz.

- - -

Мы завершили программу совершенствования профессиональных навыков тренеров нашей совместной с ПРООН программы WESP!

В течение двух дней 50 тренеров со всего Узбекистана углубили знания в бизнес-праве, налогообложении и маркетинге не в теории, а в том, что действительно нужно в работе: как выстраивать бизнес на правовой основе, разбираться в договорах и рисках, понимать налоги, находить клиентов и развивать личный бренд.

Качество нашей акселерационной программы WESP всегда стоит на первом месте. Именно поэтому мы постоянно работаем над тем, чтобы знания, которые получают предпринимательницы, были актуальными, практичными и действительно полезными.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105👏4🔥3
WESP akseleratsiya dasturimizga bo‘lgan yuqori qiziqish va talab munosabati bilan biz qo‘shimcha o‘rinlarni ochdik. Bu esa o‘z biznesini rivojlantirayotgan ayollar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar degani.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlanib, sertifikatga ega bo‘lgan ishtirokchilar loyiha doirasida ajratiladigan grantlar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Eslatib o'tamiz, treninglar O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida o‘tkaziladi

Dasturda faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan va amalda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://www.hamrohingiz.uz/oquv-dasturida-ishtirok-etish

Batafsil ma’lumot uchun: +998 93 111 80 01 yoki Telegram orqali @wespdasturi manziliga murojaat qiling.

- - -

В связи с высоким интересом и спросом к нашей совместной с ПРООН акселерационной программе WESP, мы открыли дополнительные места. Это означает ещё больше возможностей для женщин, развивающих собственный бизнес.

Участницы, успешно завершившие программу и получившие сертификат, получают право участвовать в конкурсе на гранты, выделяемые в рамках проекта.

Напоминаем, что тренинги проводятся во всех областных центрах Республики Узбекистан.

К участию допускаются только женщины, зарегистрированные в качестве субъектов предпринимательства и реально осуществляющие предпринимательскую деятельность.

Ссылка для регистрации: https://www.hamrohingiz.uz/ru/oquv-dasturida-ishtirok-etish

Для получения дополнительной информации: +998 93 111 80 01 или напишите в Telegram: @wespdasturi
6👍3👏2🎉1
Grant tanloviga ariza topshirish muddati uzaytirildi!

Hamroh O‘zbekistondagi Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollar va migrant oilalaridagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant tanlovini e’lon qiladi.

Grantlar qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan bizneslarni rivojlantirishga mo‘ljallangan.

Maqsad: iqlim o‘zgarishiga moslashuv, kichik biznes va yangi ish o‘rinlari yaratish.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
• migratsiyadan qaytib kelgan ayollar yoki migrant oilalaridagi ayollar;
• Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda yashovchilar;
• asosan Hamrohning WESP dasturi bitiruvchilari.

Arizalar qabulining oxirgi kuni: 31.01.2026

Ariza topshirish havolasi:
https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9

Savollar uchun: nbalabekova@iom.int

---

Срок подачи заявок на конкурс грантов продлен!

Hamroh совместно с Международной организацией по миграции (IOM) в Узбекистане объявляет грантовый конкурс для женщин-предпринимательниц.

Гранты предназначены для развития бизнеса, не связанного с сельским хозяйством.

Цель: адаптация к изменению климата, развитие малого бизнеса и создание рабочих мест

Кто может участвовать:
• женщины, вернувшиеся из трудовой миграции или женщины из семей мигрантов, проживающие в Андижанской, Кашкадарьинской, Ферганской, Ташкентской областях, г. Ташкенте и Республике Каракалпакстан;
• выпускницы WESP компании Hamroh.

Последний день приёма заявок: 31.01.2026

Ссылка для подачи заявки: https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9

По всем вопросам: nbalabekova@iom.int
6👏3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuch balandparvoz so‘zlarda emas, balki mas’uliyatda, o‘z ishiga bo‘lgan mehrda va izchil harakatdadir.

O‘zbekistonlik tadbirkor ayollar biznesni shunchaki yuritmaydi, ular uni mazmun bilan boyitadi. Har bir qarori, qilgan mehnati va ishga bo‘lgan munosabati orqali.

Bu mehnat har doim ham darhol ko‘zga tashlanmasligi mumkin, ammo uning natijasi albatta seziladi. Tadbirkor ayollar hayotida ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan, ammo muhim bo‘lgan jihatlar ko‘p. Aynan shunday tashabbuslar ularning hikoyalarini yanada ochiq, samimiy va odamlar uchun yaqinroq qiladi.

Ushbu rolik WESP loyihasi doirasida, Coca-Cola Uzbekistan ko‘magida suratga olindi.

- - -

Сила — не в словах, а в ответственности, любви к делу и последовательных шагах.

Женщины-предприниматели Узбекистана не просто ведут бизнес — они наполняют его смыслом. Через решения, труд и отношение к людям.

Этот труд не всегда заметен, но его результат ощущается. В историях предпринимательниц немало того, что обычно остаётся в тени, а такие инициативы делают их понятными и видимыми.

Ролик снят в рамках проекта WESP при поддержке Coca-Cola Uzbekistan.

Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96👏2
@unwomen bilan hamkorlikda tadbirkor ayollar uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqdamiz!

20-yanvar kuni biz O‘zbekistondagi BMT ayollar tuzilmasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladik. Ushbu hamkorlik qog‘ozdagi kelishuv emas, balki ayollarning real imkoniyatlari uchun qo‘yilgan yana bir aniq qadamdir.

Hamkorlik tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyatini mustahkamlash va teng imkoniyatlar yaratish uchun asos bo‘ladi. Alohida e’tibor qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji yuqori bo‘lgan ayollarga qaratiladi.

“Biz tadbirkor ayollarga tizimli va mukammal yordam ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘yganmiz” - deb ta’lidkladi Dilfuza Nurmatova, “Hamroh” kompaniyasining bosh direktori.


“Ushbu hamkorlik orqali ayollar uchun xavfsiz, barqaror va mazmunli iqtisodiy ishtirok imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilganmiz” - dedi Zeliha Unaldi “BMT-ayollar” tuzilmasining O'zbekistondagi mamlakat dasturiy menejeri.


- - -

Together with @unwomen, we are creating new opportunities for women entrepreneurs.

On 20 January, we signed a Memorandum of Understanding with UN Women. This partnership is more than a formal agreement, it represents a real step toward opening up practical opportunities for women.

Our cooperation is built to support women entrepreneurs, strengthen their capacity, and help ensure equal access to opportunities. Particular attention will be given to women who face greater barriers and need additional support.

“By joining efforts, we seek to provide women entrepreneurs with comprehensive and systemic support, enabling them to grow their businesses and contribute actively to economic and social transformation,” noted Dilfuza Nurmatova, Chief Executive Officer, Hamroh.


“Through our joint initiatives, we aim to foster a more inclusive economic environment and expand women’s opportunities for safe, sustainable, and meaningful participation in the economy,” said Zeliha Unaldi, Country Programme Manager, UN Women Uzbekistan.


- - -

Совместно с @unwomen мы создаём новые возможности для женщин-предпринимательниц!

20 января мы подписали меморандум о сотрудничестве со Структурой "ООН-женщины" в Узбекстане. Это партнёрство не просто соглашение на бумаге, а ещё один конкретный шаг к расширению реальных возможностей для женщин.

Сотрудничество станет основой для поддержки предпринимательниц, укрепления их потенциала и создания равных возможностей. Особое внимание будет уделено женщинам, которые особенно нуждаются в поддержке.

«Это партнёрство позволит обеспечить системную и комплексную поддержку женщин-предпринимательниц», - отметила Дильфуза Нурматова, генеральный директор компании Hamroh.


«Мы стремимся расширить возможности женщин для безопасного, устойчивого и полноценного участия в экономике», - подчеркнула Зелиха Уналди, Страновой программный менеджер Структуры «ООН-женщины» в Узбекистане.
👍87🔥2👏2💯1
O‘z mahsulotingiz bormi?
Savdoni kengaytirish haqida o‘ylayapsizmi?
Onlayn savdoga chiqishning qulay yo‘lini izlayapsizmi?

Uzum Market bilan hamkorligimiz doirasida biz tadbirkor ayollarni Uzum Market platformasida seller bo‘lishga taklif qilamiz.

Uzum Market - biznesni bosqichma-bosqich rivojlantirish, yangi xaridorlarga chiqish va savdoni qulay formatda yo‘lga qo‘yish imkoniyati.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/4zYHsa98qb8jrpT57

- - -

У вас есть свой продукт?
Думаете, как расширить продажи?
Ищете удобный способ выйти в онлайн?

В рамках сотрудничества с Uzum Market мы приглашаем предпринимательниц стать селлерами маркетплейса Uzum Market.

Это отличная возможность развивать свой бизнес, выходить к новым покупателям и работать в удобном для себя формате.

Ссылка для регистрации: https://forms.gle/4zYHsa98qb8jrpT57

Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

Ramazon — o‘z ustimizda ishlash, ichki dunyomizni boyitish va atrofdagilarga yanada mehribon bo‘lishga undaydigan muborak oydir. Bu oy ezgulik, mas’uliyat va hamjihatlikni mustahkamlab, insonni ma’nan yuksaltiradi.

Hamroh jamoasi nomidan sizlarga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, pok niyat va qabul bo‘ladigan duolar tilaymiz. Ramazon xonadoningizga tinchlik, baraka va yangi umidlar olib kelsin.

- - -


С благословенным месяцем Рамадан!

Рамадан — это священный месяц, побуждающий работать над собой, обогащать внутренний мир и проявлять больше заботы к окружающим. Это время укрепления добрых ценностей, ответственности и единства, которое духовно возвышает человека.

От имени команды Hamroh желаем вам крепкого здоровья, душевного спокойствия, чистых намерений и принятых молитв. Пусть месяц Рамадан принесёт в ваш дом мир, благополучие и новые надежды.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍3👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy hashamat – bu o‘z salohiyatimizni ro‘yobga chiqarish va orzularimiz ortidan borishga jur’at topishdir. Ba’zan bu yo‘l bizdan ko‘proq narsani talab qiladi, ammo bu shunga arziydi”. – Nozimaxon Davletova


Hamroh tashabbusi bilan, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) tomonidan amalga oshirilayotgan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magidagi WESP grant dasturining birinchi bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ayollarning biznes imkoniyatlarini kengaytirish va ularning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturda umumiy qiymati 100 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan grantlar ajratildi. Dastur doirasida eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar har bir tadbirkor ayol 5000 AQSh dollarigacha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida “Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash” nomli ijtimoiy film ham namoyish etildi. Film ayol tadbirkorlarning muvaffaqiyatida oila qo‘llab-quvvatlovi qanchalik muhim ekanini yoritadi.

---

«Настоящая роскошь — это способность реализовать свой потенциал и найти в себе смелость следовать за своими мечтами. Иногда этот путь требует от нас большего, но он того стоит». — Нозимахон Давлетова.


Церемония награждения победителей первого этапа грантовой программы WESP, инициированной Hamroh, реализуемой Программой развития ООН (UNDP), при поддержке Министерства экономики и финансов и The Coca-Cola Foundation.

В рамках программы, направленной на расширение возможностей женщин в бизнесе и поддержку их экономической активности, были выделены гранты на общую сумму до 100 000 долларов США. По итогам отбора 20 женщин-предпринимателей, набравших наибольшее количество баллов, получили финансовую поддержку в размере до 5000 долларов США каждая для развития своих проектов.

В ходе мероприятия также был представлен социальный фильм «Поддержка женского предпринимательства». Фильм показывает, насколько важна поддержка семьи в достижении успеха женщинами-предпринимателями.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥5🎉3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8-mart — bu shunchaki bayram emas, balki ayollarning jasorati va dunyoni o‘zgartirishga qodir salohiyatini eslatib turadigan kun.

Hamroh jamoasi sizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaydi!

Biz bilan birga minglab ayollar borligidan faxrlanamiz. Ular o‘z g‘oyalarini biznesga aylantirib, uni rivojlantirib va kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqda hamda yangi avlodni ilhomlantirmoqda.

- - -

8 Марта — это не просто праздник, а напоминание о смелости и потенциале женщин менять мир вокруг себя.

Команда Hamroh искренне поздравляет вас с Международным женским днём!

Мы гордимся тем, что рядом с нами тысячи женщин, которые превращают свои идеи в бизнес, развивают и масштабируют их, создают рабочие места и вдохновляют новое поколение.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥5🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamroh tashabbusi bilan va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan Women Entrepreneurship Support Program (WESP) grant dasturining birinchi bosqich g‘olibalarini taqdirlash marosimida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda oilaning o‘rni haqida ijtimoiy film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film O’zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi ko‘magida suratga olingan.

Unda muhim mavzu — turmush o'rtoq, otalar va o‘g‘illarning qo‘llab-quvvatlashi ayollarga biznesni dadil rivojlantirish, qiyinchiliklarni yengish va oldinga intilishda qanday yordam berishi yoritildi.

- - -

На церемонии награждения победительниц первого этапа грантов программы Women Entrepreneurship Support Program (WESP), инициированной Hamroh и реализуемой ПРООН, состоялась премьера социального фильма о роли семьи в развитии женского предпринимательства. Фильм был снят при поддержке компании Coca-Cola в Узбекистане.

Он поднимает важную тему — как поддержка мужей, отцов и сыновей помогает женщинам смело развивать бизнес, преодолевать трудности и двигаться вперёд.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4💯3
O‘zbekistonning iqlimga nisbatan zaif hududlarida biznesni rivojlantirish uchun grantlarning 2-oqimi!

Hamroh kompaniyasi O'zbekistondagi Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) bilan hamkorlikda ayol tadbirkorlar uchun grant tanlovining ikkinchi oqimi boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Grantlar qishloq xo‘jaligiga aloqador bo‘lmagan biznesni rivojlantirishga mo‘ljallangan.

Maqsad: iqlim o‘zgarishiga moslashuv, kichik biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
• mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollar yoki migrantlar oilalardagi ayollar, quyidagi hududlarda yashovchi: Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
• Hamroh kompaniyasining WESP dasturi bitiruvchilari.

Qo‘shimcha imkoniyatlar: moliyaviy savodxonlik hamda iqlimga mos (“climate-smart”) daromad manbalarini yaratish bo‘yicha o‘quv-treninglar.

Arizani quyidagi havola orqali topshirish mumkin:
https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9

Savollar bo‘lsa, quyidagi manzilga yozing:
nbalabekova@iom.int

Arizalar qabulining oxirgi kuni: 16.04.2026

- - -

Второй поток грантов для развития бизнеса в климатически уязвимых регионах Узбекистана!

Hamroh совместно с Международной организацией по миграции (IOM) в Узбекистане рады объявить о старте второго потока грантового конкурса для женщин-предпринимательниц.

Гранты предназначены для развития бизнеса, не связанного с сельским хозяйством.

Цель: адаптация к изменению климата, развитие малого бизнеса и создание рабочих мест

Кто может участвовать:
• женщины, вернувшиеся из трудовой миграции или женщины из семей мигрантов, проживающие в: Андижанской, Кашкадарьинской, Ферганской, Ташкентской областях, г. Ташкенте и Республике Каракалпакстан;
• выпускницы WESP компании Hamroh.

Дополнительные возможности: обучение финансовой грамотности и климатически-разумным источникам дохода.

Заявку можно подать через ссылку:
https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9

Если у вас возникли вопросы, напишите сюда:
nbalabekova@iom.int

Последний срок приема заявок: 16.04.2026.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon Hayiti muborak!

Sizni ushbu yorug‘ va muborak kun — Ramazon Hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, tinchlik va farovonlik tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin.

Hurmat bilan,
Hamroh jamoasi

- - -

С праздником Рамазан Хайит!

Примите наши поздравления с этим светлым днём.

Желаем вам и вашим близким крепкого здоровья, мира и благополучия. Пусть все ваши добрые намерения исполняются.

С уважением, команда Hamroh

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🎉3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navro’z bayramingiz bilan!

Navroʻz — bu shunchaki bahorning boshlanishi emas.

Bu yangilanish onidir: yangi gʻoyalar, yangi yoʻllar va oldinga intilish uchun yangi kuchlar paydo boʻladigan vaqt.

Ushbu Navroʻz sizga ichki tayanch, ilhom va yangi qadamlar tashlash uchun jasorat olib kelsin.

Uyingizda doimo iliqlik, ishlaringizda esa barqaror rivojlanish va kelajakka ishonch bo‘lsin.

Biz sizni qo‘llab-quvvatlash, birlashtirish va yangi imkoniyatlar ochishda yoningizdamiz.

Hurmat bilan,
Hamroh jamoasi

---

С праздником Навруз!

Навруз — это не просто начало весны.

Это момент обновления, когда появляются новые идеи, новые пути и новые силы двигаться вперёд.

Пусть этот Навруз принесёт вам внутреннюю опору, вдохновение и смелость для новых шагов.

Пусть в ваших домах будет тепло, а в делах — устойчивое развитие и уверенность в будущем.

Мы рядом, чтобы поддерживать, соединять и открывать новые возможности.

С уважением,
команда Hamroh

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3🎉2
«Meni ilhomlantiradigan ayollarga men doimo e’tibor qarataman. Ularning energiyasi, ishga bo‘lgan ishtiyoqi va qat’iyati nafaqat hayrat uyg‘otadi, balki menga ham oldinga intilish uchun kuch beradi.»
— Iroda Rasulova


Rasulova Iroda Erkinovna, 45 yosh, Toshkent shahrida istiqomat qiladi. U marketing va menejment yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega hamda uch farzandning onasi. Bugungi kunda Iroda ta’lim xizmatlari sohasida o‘z biznesini rivojlantirib, bolalar va ularning oilalari uchun qulay hamda ishonchli o‘quv muhitini yaratmoqda.

Uning tadbirkorlik yo‘li o‘quv markazlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishdan boshlangan. Dastlab u bu ishni uddalay oladimi-yo‘qmi, degan ikkilanishlarni boshdan kechirgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ishonch ustun kelib, u oldinga qadam tashlashga qaror qiladi. Ishga mas’uliyat bilan yondashish maqsadida Iroda to‘qqiz oy davomida turli o‘quv markazlari faoliyatini o‘rgandi, ularning yondashuv va metodikalarini tahlil qildi hamda asta-sekin kelajakdagi biznesi bo‘yicha o‘z qarashlarini shakllantirdi.

Bugun uning o‘quv markazi bolalarni maktabga tayyorlash, nutqida o‘ziga xosligi bo‘lgan bolalar uchun logoped-defektolog mashg‘ulotlari, shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun rus va ingliz tili kurslarini taklif etadi.

Markaz ishida har bir bolaga individual yondashuvga alohida e’tibor qaratiladi. Iroda shunchaki ta’lim maskani emas, balki bolalar o‘zini erkin his qiladigan va o‘z salohiyatini ochib boradigan muhit yaratishga intiladi. Ta’lim jarayonida zamonaviy vositalar, jumladan, interaktiv doskalardan ham foydalaniladi.


Iroda HAMROH kompaniyasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan WESP dasturiga qo‘shildi hamda ikki oylik o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladi. Dastur unga biznesni tizimli rivojlantirish, mijozlar ehtiyojlarini chuqur anglash, moliyaviy rejalashtirish va o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni izlash kabi muhim ko‘nikmalarni mustahkamlashda yordam berdi.

Kelgusi yillarda Iroda o‘z o‘quv markazi filiallari tarmog‘ini kengaytirish, xususiy bolalar bog‘chasini ochish hamda ayollar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda.

- - -

«Я всегда обращаю внимание на женщин, которые меня вдохновляют. Их энергия, страсть к делу и упорство не только восхищают, но и дают мне силы двигаться дальше.»
— Ирода Расулова


Расулова Ирода Эркиновна, 45 лет, проживает в городе Ташкент. Она имеет высшее образование в области маркетинга и менеджмента и является матерью троих детей. Сегодня Ирода развивает собственный бизнес в сфере образовательных услуг, создавая для детей и их семей комфортную и надёжную среду для обучения.

Её путь в предпринимательство начался с интереса к работе учебных центров. В начале у неё были сомнения, сможет ли она справиться, однако со временем уверенность взяла верх, и она решила двигаться вперёд. Чтобы подойти к делу ответственно, Ирода в течение девяти месяцев изучала работу различных учебных центров, анализировала их подходы и методики, постепенно формируя собственное видение будущего бизнеса.
Сегодня её учебный центр предлагает подготовку детей к школе, занятия с логопедом-дефектологом для детей с речевыми особенностями, а также курсы русского и английского языков для школьников.
В работе центра особое внимание уделяется индивидуальному подходу к каждому ребёнку. Ирода стремится создавать не просто образовательное пространство, а место, где дети чувствуют себя уверенно и раскрывают свой потенциал. В обучении используются современные инструменты, включая интерактивные доски.


Ирода присоединилась к программе WESP, инициированной компанией HAMROH и реализуемой совместно с ПРООН, и успешно завершила двухмесячное обучение. Программа помогла ей укрепить ключевые навыки, включая системное развитие бизнеса, понимание потребностей клиентов, финансовое планирование и поиск новых возможностей для роста.

В ближайшие годы Ирода планирует расширять сеть филиалов своего учебного центра, открыть частный детский сад и создать новые рабочие места для женщин.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏5🔥3