762 subscribers
232 photos
64 videos
1 file
137 links
HAMROH - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi

Tel: +998772061111
Facebook: facebook.com/hamrohingiz
Instagram: instagram.com/hamrohingiz.uz
Download Telegram
Bizni ilhomlantiruvchi ayollar

Hamroh va Uzum Market ayollarga o‘z orzulari sari dadil qadam qo‘yishda ilhom va imkoniyat yaratishda davom etmoqda.

Yuliya Sim ana shunday ayollardan biri. U modaga bo‘lgan mehrini muvaffaqiyatli biznesga aylantirib, qat’iyat va o‘ziga ishonch orqali orzularni haqiqatga aylantirish mumkinligini ko‘rsatdi.

Uning hikoyasini to‘liq havola orqali o‘qing:
spot.uz/oz/2025/10/18/uzum-hamroh

- - -

Женщины, которые вдохновляют

Вместе с Uzum Market мы продолжаем поддерживать женщин, которые уверенно идут к своей мечте — создают, развивают и масштабируют свои проекты.

Одна из них — Юлия Сим. Она превратила любовь к моде в успешный бизнес и доказала, что настойчивость и вера в себя способны превращать мечты в реальность.

Читайте её историю по ссылке:
spot.uz/ru/2025/10/17/uzum-hamroh/
34🔥4👏3
Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkilotining Yevropa, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasi bo‘yicha bo‘lim rahbari Mattias Fos hamda fondning Oʻzbekistondagi rahbari Mattias Vangler bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ayollar tadbirkorligi uchun moliyaviy savodxonlik va biznes-rejalashtirish bo‘yicha o‘quv dasturini yaratish, shuningdek, ayollarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kredit liniyasini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishonamizki, ushbu kelishuvlar amaliy natijalarga olib kelib, o‘z biznesini rivojlantirayotgan ayollar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratadi.

- - -

Мы встретились с Маттиасом Фосом, руководителем департамента Европы, Центральной Азии, а также Ближнего Востока и Северной Африки Sparkassenstiftung for International Cooperation, и Маттиасом Ванглером, представителем фонда в Узбекистане.

Обсудили дальнейшее развитие сотрудничества и новые направления совместной работы, в том числе создание программы по финансовой грамотности и бизнес-планированию для женщин-предпринимательниц, а также возможности привлечения кредитной линии для расширения доступа женщин к финансированию.

Уверены, что достигнутые договорённости станут основой для практических инициатив, которые помогут женщинам укрепить свои бизнесы и реализовать новые возможности.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍106👏5💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ayol o‘z mehnati bilan oilasiga va jamiyatiga foyda keltirishi mumkin. Men ham shunday ayollardan ilhom olaman”, — deydi Sanobar Jumaniyozova.


Milliy shirinliklar ishlab chiqarish yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Sanobar Jumaniyozova 2010-yildan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Sanobar opa dastlab moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, o‘z mablag‘i hisobidan biznesini yo‘lga qo‘ygan.

Hamroh liniyasi orqali Sanobar opa 850 million so‘mlik kreditdan foydalanib, biznesini kengaytirish maqsadida yangi texnikalar xarid qildi. Shuningdek, u akseleratsiya dasturimizda biznes-reja tuzish, soliq imtiyozlari va eksport jarayonlarini o‘rgandi. Hozirda esa Sanobar opa Hamroh va BMTTDning xorijiy trenerlari tomonidan olib borilgan mentorlik o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.

Bugun Sanobar opa nafaqat o‘z ishini rivojlantirmoqda, balki ayollarga kasb o‘rgatib, ularni ish bilan ta’minlash orqali o‘ziga xos milliy shirinliklar ishlab chiqarmoqda. Uning mahsulotlari chiroyli ko‘rinishi, hamyonbop narxi va yuqori sifati bilan xaridorlar mehrini qozongan. U mahsulotlarini Telegram kanallari orqali onlayn, shuningdek, do‘konlar bilan shartnoma asosida oflayn tarzda sotmoqda.

---

«
Каждая женщина может приносить пользу своей семье и обществу своим трудом. Меня вдохновляют именно такие женщины
», — говорит Санобар Джуманиязова.


Санобар Джуманиязова успешно работает в сфере производства национальных сладостей и занимается предпринимательской деятельностью с 2010 года. Несмотря на финансовые трудности на начальном этапе, она смогла наладить свой бизнес за счёт собственных средств.

Через линию Hamroh Санобар получила кредит в размере 850 миллионов сумов и приобрела новое оборудование для расширения производства. Кроме того, на нашей акселерационной программе она изучила составление бизнес-планов, налоговые льготы и экспортные процессы. Недавно Санобар успешно завершила нашу совместную с ПРООН менторскую программу.

Сегодня Санобар не только развивает своё дело, но и обучает женщин профессии, обеспечивая их работой и производя уникальные национальные сладости. Её продукция завоевала любовь покупателей благодаря красивому оформлению, доступной цене и высокому качеству. Она реализует свои изделия как онлайн — через Telegram-каналы, так и офлайн — по договорам с магазинами.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏74👍3
Hamroh va Uzum Market hamkorligida elektron tijorat bo‘yicha treninglarimiz o‘tkazilmoqda.

Treninglarda ayol tadbirkorlar onlayn savdoni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarni Uzum Market platformasida muvaffaqiyatli sotish, talab yuqori bo‘lgan tovarlarni aniqlash hamda onlayn do‘konni samarali yuritish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Uzum Market’ning faol sotuvchisi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, foydali maslahatlar va amaliy tavsiyalar berdi.

Bu loyiha hali davom etmoqda — yaqin orada shunday treninglar mamlakatning barcha hududlarida o‘tkazilib, ko‘plab ayollar uchun elektron tijorat orqali o‘z biznesini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.

- - -

Совместно с Uzum Market мы запустили серию тренингов по электронной коммерции для женщин-предпринимательниц.

Во время занятий участницы узнали, как эффективно продавать товары на платформе Uzum Market, какие категории пользуются наибольшим спросом, как оформить онлайн-магазин, повысить количество заказов и увеличить доход.

Спикер — действующий продавец Uzum Market — поделился личным опытом, практическими советами и стратегиями, которые помогают выстраивать успешные продажи онлайн.

Программа продолжается: в ближайшее время такие тренинги пройдут во всех регионах страны, чтобы ещё больше женщин могли использовать возможности электронной коммерции для развития своего бизнеса.


📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3🔥3💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamroh kompaniyasi va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti hamkorlikni boshladi. Qo‘shma loyihamiz migrant oilalardagi ayollarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda yordam berishga qaratilgan.

Loyiha doirasida ayollarga grantlar ajratiladi — bu grantlar yordamida ayollar o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ekologik toza loyihalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, loyiha doirasida moliyaviy savodxonlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha treninglar tashkil etiladi. Maqsad — ayollarga o‘z oilasiga barqaror daromad keltiruvchi ishni yo‘lga qo‘yish imkonini berishdir.

Loyiha Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotining Taraqqiyot jamg‘armasi va Shvetsiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi.

- - -

Hamroh и Международная организация по миграции (IOM) начали сотрудничество! Проект направлен на поддержку женщин из семей мигрантов, чтобы помочь им начать и развивать свой бизнес.

В рамках проекта женщины смогут получить гранты для расширения своей деятельности, создания рабочих мест и реализации экологичных и устойчивых бизнес-идей.

Также запланированы тренинги по финансовой грамотности и развитию бизнеса, чтобы участницы могли укрепить свои знания. Цель проекта — дать женщинам реальные возможности для роста и стабильного дохода для своих семей.

Инициатива финансируется Фондом развития IOM и Правительством Швеции.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥4👏2💯2
Ko‘plab tadbirkorlarimiz so‘rovlariga binoan, grantga ariza topshirish muddati uzaytirildi!

20 nafar g‘oliba har biri 50 mln so‘mdan qo‘llab-quvvatlash oladi.
Grantlar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etiladi:
• tadbirkorlikka 5 nafar ayolni jalb qilgan tadbirkorlar;
• ekologiya va “yashil” iqtisodiyotga oid loyihalar;
• IT va raqamli yechimlar.

📅 Arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 15-noyabrgacha uzaytirildi.

Arizani hamrohingiz.uz sayti orqali topshirish mumkin.

Grаnt dasturi g‘oliblari tanlov yakunlanganidan keyin 30 ish kuni ichida hamrohingiz.uz saytida e’lon qilinadi.

❗️Birinchi 5 ta loyiha 2025-yilning o‘zida moliyalashtiriladi, qolgan 15 ta loyihaga esa keyingi yilda bosqichma-bosqich grantlar ajratiladi.

- - -

По многочисленным просьбам наших предпринимательниц срок подачи заявок на грант продлён!

20 победительниц получат по 50 млн сумов, чтобы сделать шаг вперёд.
Гранты будут выделяться в трёх направлениях:
• женщин-предпринимателей, привлёкших к предпринимательству 5 и более женщин;
• проекты в сфере экологии и «зелёной» экономики;
• IT и цифровые решения.

📅 Срок приёма заявок продлён до 15 ноября 2025 года.

Заявку можно подать через сайт hamrohingiz.uz.

Победители грантовой программы будут объявлены на сайте hamrohingiz.uz в течение 30 рабочих дней после завершения конкурса.

❗️Первые 5 проектов будут профинансированы уже в 2025 году, оставшиеся 15 — поэтапно в следующем.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥6👍3👏1💯1
Hamroh kompaniyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkor ayollar uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etadi!

Bu o‘yin — nafaqat bilim va mantiq sinovi, balki jamoaviy fikrlash, sog‘lom raqobat va yangi tanishuvlar uchun ajoyib imkoniyat.

O‘yin 26-noyabr Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Agar siz ham o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi va boshqa tadbirkor ayollar bilan bir safda bo‘lishni istasangiz, ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/1dsPaTBqHc49Wj958

- - -

Компания Hamroh совместно с Торгово-промышленной палатой Узбекистана приглашает предпринимательниц принять участие в интеллектуальной игре «Заковат»!

«Заковат» — это не просто игра, а возможность проявить свои знания, почувствовать командный дух и пообщаться с другими активными предпринимательницами в атмосфере дружеского соперничества.

Игра пройдёт 26 ноября в городе Ташкент.

Победительницы получат ценные призы!

Хотите стать частью этого события?Регистрируйтесь по ссылке: https://forms.gle/1dsPaTBqHc49Wj958
510🔥2👏2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilimingiz – kuchingiz.
Jamoangiz – tayanchingiz.

26-noyabrda “Zakovat”da o‘zingizni sinab ko‘ring va g‘alaba qozoning.

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/9WbehCHWfCdxSTd47

- - -

Ваши знания – ваша сила.
Ваша команда – ваша опора.

Проверьте себя на «Заковат» 26 ноября и одержите победу.

Принять участие: https://forms.gle/9WbehCHWfCdxSTd47

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
67👍4🔥3👏2💯2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamroh va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini ayol tadbirkorlar uchun bilim, strategik fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etish maydoniga aylandi.

O‘yin O‘zbekiston bo‘ylab 40 dan ortiq jamoani birlashtirdi. Har bir jamoa o‘ziga xos tajriba, yondashuv va masalalarga yechim topish bo‘yicha fikrlari bilan ajralib turdi. Muhit jonli, dinamik va haqiqiy ishbilarmonlik ruhi bilan o‘tdi.

O‘yinda qatnashgan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz, sizning intilishlaringiz, o‘sishga bo‘lgan chanqoqligingiz va bir-biringizga hurmatingiz ushbu tadbirni yanada mazmunli va kuchli qildi.

G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!

- - -

Интеллектуальная игра «Zakovat», организованная Hamroh совместно с Торгово-промышленной палатой Узбекистана, стала площадкой, где женщины-предпринимательницы показали свои знания, стратегическое мышление и умение работать в команде.

Игра объединила более 40 команд со всего Узбекистана, каждую со своим опытом, подходом и взглядом на решение задач. Атмосфера была живой, динамичной и по-деловому энергичной.

Мы благодарим всех, кто принял участие в игре, ваш настрой, стремление к развитию и уважение друг к другу сделали эту игру по-настоящему сильным событием.

Победительницы — наши искренние поздравления!

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👏2🎉2
Ba’zan kichik bir qaror ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Ko‘plab tadbirkor ayollar uchun esa bunday qaror moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdir.

Bugun biz InfinBANK bilan hamkorligimiz natijasida yaratilgan yangilik bilan bo‘lishmoqchimiz. Hamkorimiz Hamroh kredit liniyasi “Tadbirkor ayol hamrohi”ni ishga tushirdi – bu o‘z biznesini rivojlantirayotgan, ish o‘rinlari yaratib, mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shayotgan ayollar uchun maxsus mahsulotdir.

Agar siz uzoq vaqtdan beri oldinga qadam tashlash imkoniyatini izlayotgan bo‘lsangiz – bu aynan o‘sha fursat.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

- - -

Иногда одно небольшое решение может открыть большие возможности. Для многих предпринимательниц таким решением становится доступ к финансированию.

Сегодня мы хотим поделиться хорошей новостью, которая стала возможной благодаря нашей совместной работе с InfinBANK. Наш партнёр запустил кредитную линию Hamroh “Tadbirkor ayol hamrohi” – специальный продукт для женщин, которые развивают свой бизнес, создают рабочие места и вносят вклад в экономику страны.

Если вы давно думали о следующем шаге – это именно тот момент.

Более подробную информацию можно получить по ссылке.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍4🔥3👏2
Hamroh – Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va BMT Taraqqiyot Dasturi tadbirkor ayollarni WESP akseleratsiya dasturga taklif qiladi!

Dastur biznesingizni mustahkamlash, yangi bilimlar olish va rivojlanish uchun amaliy imkoniyatdir.

📍Treninglar – barcha viloyat markazlarida
🗓Haftasiga 2 marta, 09:00–16:00, davomiylik – 1 oy

Dastur faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan, faol tadbirkor ayollar uchun.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://www.hamrohingiz.uz/oquv-dasturida-ishtirok-etish

Batafsil ma’lumot uchun: +998 93 111 80 01 yoki Telegram orqali @wespdasturi manziliga murojaat qiling.

- - -

Hamroh – компания по поддержке женского предпринимательства, совместно с Программой развития ООН приглашает предпринимательниц принять участие в акселерационной программе WESP!

Программа – это практичная возможность укрепить свой бизнес, получить новые знания и ускорить развитие.

📍Тренинги проходят во всех областных центрах
🗓Два раза в неделю, с 09:00 до 16:00, длительность – один месяц

Участие доступно только для женщин-предпринимательниц, чьи бизнесы официально зарегистрированы и действуют.

Для регистрации перейдите по ссылке:
https://www.hamrohingiz.uz/ru/oquv-dasturida-ishtirok-etish

Для получения дополнительной информации: +998 93 111 80 01 или напишите в Telegram: @wespdasturi
11👍3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hamroh – bu shunchaki moliyaviy institut emas. Bu ayollarni “alohida toifa” vakillari sifatida emas, balki raqobatbardosh tadbirkorlar sifatida shakllantiradigan harakatdir. Ayollar biznesi istisno emas – bu qoidadir”,

– deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi Nozimaxon Davletova Hamroh, Coca-Cola Foundation va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida WESP dasturi doirasidagi hamkorlikni ishga tushirish marosimida.

Mazkur hamkorlik ayol tadbirkorlar uchun haqiqiy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Ular bilim va moliyalashtirish manbalariga kengroq kirish imkoniga ega bo‘lib, biznesni rivojlantirish va kengaytirish jarayonida zarur qo‘llab-quvvatlash oladilar. Eng muhimi, ayollar biznesi iqtisodiyotning muhim va ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi.

Tadbir doirasida ayol tadbirkorlarning hayotiy hikoyalariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi hamda fotosuratchi Kamila Erkayeva tomonidan tayyorlangan fotoko‘rgazma taqdim etildi.

- - -

«Hamroh – это не просто финансовый институт. Это движение, которое делает женщин не участницами “отдельной категории”, а конкурентоспособными игроками. Бизнес женщин – это не исключение. Это правило»,

– отметила консультант руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан Нозимахон Давлетова, открывая церемонию запуска сотрудничества в рамках программы WESP между Hamroh, Coca-Cola Foundation и Программой развития ООН в Узбекистане.

Это партнёрство – про реальные возможности для женщин-предпринимательниц: доступ к знаниям и финансированию, поддержку на этапе роста и масштабирования, уверенность в том, что женский бизнес воспринимается как полноценная и важная часть экономики.

В рамках мероприятия были представлены документальный фильм об историях предпринимательниц и фотовыставка, подготовленная фотографом Камилой Еркаевой.

📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
115👏5🎉3🔥2