HaksengUz
1.35K subscribers
816 photos
105 videos
72 files
417 links
Koreyada, IT sohasida ishlash boʻyicha hayotiy tajriba va koʻnikmalarimni ulashib boraman. Sohaga oid ish, internship topish va ishga kirish boʻyicha foydali ma'lumotlarni oʻqishingiz mumkin.

Veb sahifa: haksenguz.co.kr
Instagram: instagram.com/haksenguz
Download Telegram
Bir nima qilish kerak

Lamborghini:
- oʻtirib rasmga tushish: 10,000 won
- Haydash, 5 daqiqa: 50,000 won
- Han daryosi oldida haydash, 10-daqiqa: 99,000 won

Avvallari doʻstim bilan bir-birimizga : "doʻstim shu bir nima qilish (biznes boshlash) kerakda..." deb aytib yurar edik. Bugun, biznes qilishga "bir nima" ni topdim! Faqat, bu "bir-nima"ni qilish uchun ham "bir-nima" qilish kerakda :)

P.S: Hayol parast doʻstlaringizga ham ulashib qoʻying 😅
😁17❤1
Ertaklar Olamida yangiliklar!

Koreyadagi oʻzbek bolalari uchun ertak kitob loyihasini boshlagandim. Sal avvalroq Chusokda bu haqida post qoʻygan edim. Yaqinda yangiliklar qoʻshdim! Quyida nimalar qoʻshilgani haqida:

- Ertaklarning koreys tili tarjimasi
- Rasmlarni boʻyash
- Ovoz yozish (oʻz ovozingiz orqali ertakni oʻqib farzandingizga eshittirishingiz mumkin)
- Oʻzbek tili glossary (ba'zi oʻzbekcha soʻzlarning ta'rifi)
- Qiziqarli savol savoblar
- Telefonga oʻrnatish kengaytirmasi

Bu loyihani kengyatirishga qiziqqanlar boʻlsa marhamat izohda yozib qoldiring. Qolaversa sizning fikrlaringiz bu loyihani yanada boyitishga yordam beradi. Foydalanib koʻrib fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Havola:
https://haksenguz-kids.netlify.app
❤3👍2
Bu ertaklarni oʻzim ham oʻqisam boʻlar ekan ba'zida deb qoldim 😁
😁11❤2
Forwarded from WAYU Korea
Koreyada faoliyat yuritayotgan faol vatandoshlar uchun muhim uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Koreyada faoliyat yuritayotgan faol vatandoshlarning takliflarini o'rganib Mamlakatimiz rivoji uchun tadbiq qilmoqchi!

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadbirkorlar va loyiha asoschilari uchun ushbu uchrashuv muhim imkoniyat bo‘lishi mumkin:

• Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
• Ta’lim va fan
• Tadbirkorlik va startaplar
• FinTech
• Tibbiyot
• Muhandislik
• Raqamli transformatsiya

Ishtirokchilar o‘zlarining loyihalari va tashabbuslarini qisqa taqdimot shaklida namoyish etishlari yoki ularni Koreya hamkorlari ko‘magida O‘zbekistonda amaliy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin.

Uchrashuv yakunida tanlangan tashabbuslar bo‘yicha umumlashtirilgan ro‘yxat shakllantiriladi. Unda loyiha tashabbuskorlari, potensial koreyalik hamkorlar, O‘zbekistondagi manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari hamda keyingi amaliy qadamlar belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
Vaqt: 10-oktyabr, soat 11:00da
Ishtirokchilar soni: 30 nafar
Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/c5Av1vmPvSY1ivRi6

📩 Agar siz Koreyada faoliyat yuritayotgan mutaxassis, tadbirkor, olim, IT-ekspert yoki texnologik/innovatsion loyiha asoschisi bo‘lsangiz va O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega tashabbusingiz mavjud bo‘lsa, ishtirok etish uchun murojaat qilishingiz mumkin.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
👍3❤2
Forwarded from Tafakkur Lab
Junior vs senior?

Junior dasturchining sifatlari:
- bilmaganini soʻramaydi
- hamma narsani oʻzim qilishim kerak deb oʻylab muammoni yecha olmasa ham indamaydi
- yaxshi tushunmagan narsasini uyalib yoki boshqalar meni bilmaydi deb oʻylamasin deb tortinib hamkasblaridan yordam soʻramaydi

Oqibatda oʻzini oʻzi qiyin ahvolga qoʻyib loyihani vaqtida bajara olmay muammoni kattalashtiradi.

Kuzatishlarimning natijasida, hayotdagi "junior" odamlarning ham sifatlari, junior dasturchilarnikiga oʻxshab ketadi degan xulosaga keldim.

- muammosini faqat ichiga yutib oʻzim hal qilaman deb yuradi
- doʻstlaridan yordam soʻramaydi yoki maslahat olmaydi
- kimdir yordam bersa edi kutadiyu lekin muammoni ichiga yutib oʻzini stressga qoʻyadi

Oqibatda oʻzini qiyin ahvolga qoʻyib, yon-atrofdagilarga jahl qiladi. Hissiyotlarini boshqara olmay muammoni kattalashtiradi.

Har ikki holatda ham juniorlar bir muhim narsani anglab yetmaydi:
Boshqalardan yordam soʻrash yoki bilmaganini bilmadim deb tan olish ayb emas aksincha muammoni yechish uchun eng tez yoʻl ekanini bilishmaydi.

Hayotda hech kim hamma narsani bilmaydi. Dasturlashda katta tajribaga ega dasturchilar ham kerak boʻlsa bilmaydigan holatlari boʻladi. Lekin tajribali dasturchilar soʻrash yoki yordam olishdan tortinmaydilar. Ular, bir muammo ustida qotib qolsalar, hamkasblaridan soʻrab koʻrish yoki birgalikda muammo ustida ishlash bilan muammoni tezroq yechish mumkinligini yaxshi bilishadi. Shuning uchun yordam soʻrashdan tortinmaydilar. Eng muhimi, dasturlashda hamma narsani bilmasliklarini yaxshi biladilar.

Dasturlashda 10 yil ishlab yurib ham junior darajada qolib ketish mumkin. Shunchaki dasturchi boʻlib ishlash bilan, muammolarni yechib tajriba orttirishning farqi katta. Hayotdagi "senior" tajribali va "junior" tajribasiz kishilarning farqi ham ularning yashab oʻtgan yillarida emas balki oʻsha umr davomida qanchalik muammoni boshdan kechirganiga bogʻliq deb oʻyliyman. Senior va junior dasturchining farqi qancha koʻp ishlaganida yoki ish tajribadagi yillarda emas balki qancha koʻp va murakkab muammoni yechganida.
Forwarded from Azik 🧑🏻‍💻 (Azamat Rashidov)
Bir necha oy oldin universitet sabab TOPIK va KIIP imtihonlarini topshirishimga to‘g‘ri keldi. Har safar til imtihonlariga kirsam, o‘zbek do‘stlarimizni juda kam ko‘raman. Lekin Vetnam, Tailand kabi davlatlardan kelganlar juda ko‘p. KIIP darslarida ham o‘zbek talabalaridan bir kishi bo‘lgan, xolos.

Holbuki, KIIP va TOPIK sertifikatlari talabalarga universitetda ham, viza cho‘zishda ham juda katta foyda beradi.

Yangi kelgan va kelayotganlarga maslahatim Koreyaga kelganingizdan keyin uzoqni ko‘zlab maqsad qo‘yinglar. Koreyaga kelishning o‘zi bir qiyinchilikni yengish bo‘lsa, endi bu yerda qoidani buzmasdan, tilni yaxshi bilib, “yashab qolish” ikkinchi, sizni kutib turgan katta qiyinchilik.

Instagramda “Koreyada...” deb boshlanadigan videolar sizga viza cho‘zishda ham, universitetni bitirishda ham yordam bermaydi. Aksincha, zavod yoki qurilishda ishlayotgan joyingizni “musofirchilik qiyin” deb joylayotgan videolaringiz vaqti kelganda o‘zingizga zarar bo‘lib ishlashi ham mumkin.

Musofirchilik hayoti faqat Koreyada emas. Rossiyada yashayotganlar uchun ham, Amerikada yashayotganlar uchun ham oson emas.

Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, chet elda yashashning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Shuning uchun faqat bugunni emas, bir necha yil keyingi hayotingizni ham o‘ylab harakat qilish kerak.
👍8❤1
Janubiy Koreyadagi vatandoshlar diqqatiga: O‘zbekiston kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Siz Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassis, olim, IT-ekspert yoki innovatsion loyiha asoschisimiz? O‘z tajribangiz va ilg‘or g‘oyalaringizni mamlakatimiz rivojiga tatbiq etishni xohlaysizmi?

Joriy yilning 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Koreyadagi Elchixonasida O‘zbekistondan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

💡 Asosiy yo‘nalishlar:
• Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
• Ta’lim va fan
• Tadbirkorlik va startaplar
• FinTech
• Tibbiyot
• Muhandislik
• Raqamli transformatsiya

🤝 Uchrashuv sizga nima beradi?
Siz o‘z loyiha va tashabbuslaringizni qisqa taqdimot shaklida namoyish etish hamda ularni Koreya hamkorlari ko‘magida O‘zbekistonda tatbiq qilish yo‘llarini bevosita mutasaddilar bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Uchrashuv yakunida eng istiqbolli tashabbuslar umumlashtirilib, manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birga amaliy qadamlar belgilanadi.

📍 Tadbir tafsilotlari:
🗓 Sana: 10-oktabr
⏰ Vaqt: 11:00
🏢 Manzil: O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
👥 Ishtirokchilar soni: 30 nafar (joylar cheklangan!)
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: [Havola ustiga bosing](https://forms.gle/c5Av1vmPvSY1ivRi6)

P.S. Samimiy muloqot davomida barcha ishtirokchilar uchun delegatsiya tomonidan osh dasturxoni yoziladi!

O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha faol yurtdoshlarimizni kutib qolamiz! Loyihangiz bilan davlat rivojiga munosib hissa qo‘shing!
Batafsil ma'lumot va manba.
❤3
Boʻrini yoʻqlasang qulogʻi koʻrinadi!

Boya hamkasbim bilan ovqatlanib oʻtirib boshliq haqida ham gaplashgan edik, ozginadan keyin boshliqni oʻzi kelib qolsa boʻladimi 😅
Men koreys hamksabimga: "호랑이도 제말을 하면 온다!" desam, hamkasbim: "vau bilar ekansiza!" deb menga hayrat bilan qaradi)

Keyin menga, "buning boshqachasi ham bor": 양반은 못 되네 deb qoldi!
Birinchi eshitishim ekan bu iborani, rosa qiziq eshitildi 😁

P.S: Keyin esimga tushib qoldi, bizda ham shunga oʻxshash "Boʻrini yoʻqlasang qulogʻi koʻrinadi!" degan ibora bor desam boʻlar ekan 😄

호랑이도 제말을 하면 온다 — Yoʻlbarsni gapirsang, oʻzi keladi

양반은 못 되네 (ibora) — Amaldor (zodagon) boʻla olmas ekan (oʻzi haqida gapirilayotganda toʻsatdan kelib qolgan odamga nisbatan)

P.P.S: Koreys va oʻzbek madaniyatidagi oʻxshashliklarni koʻrib ba'zida naqadar yaqin ekanidan hayron qolaman!

Ha, 이제 쓸쓸 마음 정리해야겠다! deb qaytyapman uyga..
❤2👍1
Oʻzbekiston milliy robot jamoasi Koreyada!

O‘zbekiston Milliy Robototexnika Terma Jamoasi 195 mamlakatdan kelgan jamoalar bir joyga jamlanadigan FIRST Global Challenge musobaqasida mamlakatimiz sharafini jahon sahnasida himoya qilish uchun Koreyaga keldi. 7-10 oktyabrda davom etadigan musobaqani tomosha qilib milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashga borishga chaqirib qolamiz.

Manzil: 송도컨벤시아
Roʻyhatdan oʻtish uchun havola: https://first.global/event

Musobaqa oʻtkaziladigan joyning oʻzida ham roʻyhatdan oʻtishning imkoni boʻlib, saytdan oldindan roʻyhatdan oʻtib borsangiz borib kutib qolmaysiz.

Siz do‘stlaringiz yoki hattoki oilangiz bilan borishingiz mumkin. Robototexnika bo‘yicha mutaxassis bo‘lishingiz shart emas, xalqaro musobaqa muhitini his qilish hamda robototexnika va muhandislik kelajakni qanday shakllantirayotganini ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ertadan bahslar boshlanadi!

Koreyada doʻstlaringizga ham ulashing.

@HaksengUz
❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 FGC 2026 Jahon chempionati ochilish kuni!

🇺🇿 O’zbekistonlik yosh muhandislar butun dunyo robototexnika sahnasida!


Olg’a O’zbekiston!!!

🕊Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤩2❤1
Forwarded from WAYU Korea
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON JAMOASI — BIRINCHI O‘RINDA!

O‘zbekiston Milliy Robototexnika Terma Jamoasi Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge xalqaro musobaqasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan jamoalar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada yoshlarimiz o‘z bilimlari, muhandislik salohiyati va mahoratini namoyon etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildilar.

Yoshlarimizning ushbu yutug‘i barchamiz uchun katta faxr! G‘oliblarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
🔥10👍6❤4
Oʻtgan haftada Koreyadagi Oʻzbekiston elchixonasida vatandoshlar va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvdan taassurotlarim:

- Koreyadagi SNU, Korea University, Yonsei University kabi top universitetlarda tibbiyot, aerokosmik tekstil, biotexnologiya kabi turli yoʻnalishlarda oʻqiydigan hamyurtlarimiz borligini koʻrib xursand boʻldim.
- Turli soha vakillarining takliflarini va oʻz sohalarida qiladigan ishlarini eshitib hayratlandim. Ayniqsa, aerokosmik tekstil sohasida kosmonavtlar uchun tanani sovutadigan matoli kiyim dizayni ustida ilmiy ish olib borayotgan va patentga ariza topshirgan yurtdosh opa-singillarimiz borligi menda juda katta taassurot qoldirdi!

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdusalomov janoblariga Koreyadagi IT mutaxassislarini toʻplagan HaksengUz hamjamiyati, networking uchrashuvimiz va startap loyiham haqida gapirish imkoniyatiga ega boʻldim. Bundan tashqari, Koreyada yashaydigan hamyurtlarimizga elchixona xizmatlaridan foydalanishni yanada osonlashtiradigan, uzoq joylardan keladigan vatandoshlarimizning ham ogʻirini yengillashtiradigan xizmatlar boʻyicha oʻz takliflarimni berdim. Elchi janoblari takliflarimni maʼqulladilar va bu boʻyicha yordam berishga tayyor ekanliklarini aytdilar.

Undan keyin kechki payt “Lazzat” oshxonasida hamyurtlar bilan osh ustida ilm-fan va startaplar toʻgʻrisida maza qilib suhbatlashdik!

Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Koreyada oʻqiyotgan iqtidorli yoshlarimiz koʻp ekan. Endi bu tajriba Oʻzbekistonga xizmat qilishi uchun ularni bir-biri bilan va yurtimizdagi tashkilotlar bilan bogʻlash ham kerak boʻladi. Koreyadagi hamyurtimizning tajribasi yurtimizning rivojiga katta hissa qoʻshadi deb oʻylayman.

Ajoyib uchrashuv tashkilotchilariga minnatdorligimni bildiraman. Kelajakda uchrashuvda tilga olingan ishlar boʻyicha amaliy vazifalarga oʻz hissamni qoʻshishga umid qilaman!
❤5👍3
777-buyurtma

Kecha kofeshopda Koreyada oʻz startapini qurayotgan tanish akam bilan suhbatlashdik. Juda koʻp foydali xulosalar oldim.

Shu yerda esda qolarli bir voqea sodir boʻldi! Men buyurtma bergan kofening raqami 777 ekan :)
Stakandagi quyidagi yozuv esa kayfiyatimni yanada koʻtarib, meni juda xursand qildi:

Tarjimasi:
Sizning sa'y-harakatlaringiz o'z samarasini beradi.
Shu vaqtgacha jimgina yig'ib kelgan mehnatlaringiz endi porlay boshlaydi.
Kichik yutuqlar jamlanib, katta muvaffaqiyatga aylanib bormoqda.
O'zingizga ishoning va olg'a qadam tashlashda davom eting.

Buni shu kungacha oʻqigan va meni eng koʻp ruhlantirgan zoʻr gaplardan biri deb bildim!
❤7
🎮 KAJA GAMES JAMOASIGA DASTURCHILARNI QABUL QILADI!

#vacancy
KAJA Games jamoamizni kengaytirmoqdamiz va yangi iste’dodlarni izlayapmiz!

💻 Game Developer
🎨 3D Artist
📈 Marketing Specialist
👁 Kreativ va innovatsion g‘oyalarga ega mutaxassislar

Agar siz ham o‘yinlar yaratish va katta loyihalarning bir qismiga aylanishni istasangiz, biz siznii kutamiz!

📩 Vakansiyalar va ariza topshirish:
🔗 https://kaja-games.com/careers

Birgalikda yangi imkoniyatlar yaratamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Koreyada axborot havfsizligi bo'yicha ishga kirmoqchi bo'lganlar bormi?

Sizlar uchun HaksengUz Jobs yopiq kanalida yangi ish e'lonlari joylandi! Kirib ko'rib ariza topshirishingiz mumkin.

HaksengUz Jobs: https://t.me/c/4437274671/33
Yaqinda bir tadbirda koreys yigit bilan suhbatlashib qoldim. Oʻzaro tanishib, kim nima ish qilishi haqida gaplashayotgan edik. Seongnam yaqinidagi harbiy baza yaqinida yashashimni bilgach, u mendan: "Harbiy samolyotlar shovqin qilib, bezovta qilmaydimi?" deb soʻrab qoldi.
​— Ha, baʼzida juda shovqin boʻlib ketadi desam, u menga qarab jilmayib:
— "Sorry for making that noise" yaʼni, "oʻsha shovqin uchun uzr-da!" deydi. Keyin bilsam, uning oʻzi harbiy uchuvchi ekan 😎
​
"Yoshligimda uchuvchi boʻlishni orzu qilardim! Zoʻr kasbing bor ekan, qiyin emasmi? Havasim keldi!" dedim.
- "Rahmat! Oʻzim ham kasbimni juda yaxshi koʻraman", deb javob berdi va mendan qaysi sohada ishlashimni soʻradi.
Men: "Dasturchi-muhandisman", dedim.
Shunda u menga qarab: "Ishing ancha qiyin boʻlsa kerak-a?! Men ham sening ishingga havas qildim!" dedi.

​Suhbatdan keyin oʻylab qoldim: qiziq, men osmondagi qiruvchi samolyotni boshqarishni qiyin deb oʻylasam, u esa dasturlashni qiyin deb oʻyladi. Aslida har bir kasbning oʻziga yarasha mashaqqati bor. Bir ish bilan qancha koʻp shugʻullansangiz, u shuncha oson tuyula boshlaydi. Hamma gap, eng boshida "oshib oʻtib boʻlmasdek" koʻringan oʻsha baland dovondan oshib olishda. Undan keyin hammasi oʻz iziga tushib ketadi.
🔥7