Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
411 subscribers
1K photos
32 videos
355 files
196 links
İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!
Download Telegram
Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
Garov_Chexov.pdf
31-may kuni savol javob qilaman, tugatinglar...
Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
Buxoroda OTM o‘qituvchisi pora bilan ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J. ga tanishlari…
Shunaqa NOPOK yoʼl bilan sertifikat olarsiz ; soxta obroʼga ega boʼlarsiz;
Ustama olib halol pulingizni haromga aylantirib qaytarib ham olarsiz .
Harom luqmani oilangizga olib kirib farzandlaringizga yedirasizmi ,sal vaqt oʼtib oʼsha farzand sizni qaqshatdanda ,bir eslaysiz.Yotib olib eslaysiz: "Qaysi qilgan gunohim uchun!"
Mendan ham koʻpchilik yo bilib ,yoki bilmay,yoki samimiy yoki ataylab soʼraydi -Milliy sertifikat sotib olib beradigan tanishingiz yoʼqmi ?

Yoʼq unaqasi ,kerak ham emas !

Yana bir gap Milliy sertifikat testlarini javobini sotadigan nopok odamlar BBA da ishlamaydi.

Halol yoʼl bilan ,halol sertifikatga tayyorlaning .

Milliy sertifikat uchun kurs kerak boʼlsa mana bu profilga murojaat qiling

@z_hss
Кейинги йилдан чет тили биринчи фан сифатида белгиланган таълим йўналишларига сертификат олиш мажбурий бўлади

2025/2026 ўқув йили қабулидан бошлаб фанлар мажмуасида чет тили биринчи фан сифатида белгиланган таълим йўналишларига қабул хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификат асосида амалга оширилади.

Яъни келаси йилдан бошлаб, қайси йўналишда чет тили биринчи фан (3,2 балл) бўлса, ўша йўналишга фақат сертификати борларгина ҳужжат топшира олади.

Эслатиб ўтамиз, яқинда муҳокамалар порталида бакалавриат таълим йўналишлари учун ўқишга киришда тан олиш режалаштирилаётган сертификатлар рўйхати (юқоридаги расмда) эълон қилинган эди.
#DTM
1. Men har kuni bir necha marotaba o'zimni tergayman: maslahatlarim yetarlicha samimiymikan?
2. Choyni nari-beri ichib, otxonaga yugurdim.
Berilgan gaplarda ishtirok etgan ravish turkumiga mansub so'zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.

A) Har ikki gapda ravish yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan.
B) Har ikki gapda qo‘shma ravish ishtirok etgan.
C) Har ikki gapda holat ravishi ishtirok etgan.
D) Har ikki gapda yasama ravish ishtirok etgan.
#Grammatika
Qaysi javobda holning ikki ma’no turi ishtirok etgan?

A) Har qanday tuhmat, albatta, qachondir fosh bo‘ladi. ammo u fosh bo‘lgunicha bir nechta insonning yostig‘ini quritishi mumkin.

B) Qishloqda azonlab ko‘ehaga chiqsang, dala tomon shoshayotgan yoki allaqachon ishini boshlab yuborgan odamlarni ko'rasan.

@h7milliysertifikat

C) Bola bekorchiligi tufayli bemaza ishlarga o‘rganib qolishi mumkin, farzandingizning tarbiyasiga e ’tiborli bo‘ling, uning bo‘sh vaqtini nazorat qiling.

D) Ba’zan odamlarning nojo‘ya qilmishi uchun xafa bo‘lasiz, ammo sizdan ham xuddi shunday xafa bo‘lib yashayotganlar borligini unutmang
Kim kuzgi attestatsiyaga tayyorlanmoqchi boʻlsa, +++ belgisini kutamiz!😊
Shunga qarab, guruh ochamiz
Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan pinned «Kim kuzgi attestatsiyaga tayyorlanmoqchi boʻlsa, +++ belgisini kutamiz!😊»
#Grammatika
“Siz ham chanqadingiz, shekilli-a, otaxon? — dedi-da, keyin menga o‘girilib, — Bitta choy damlab kelmaysanmi-a?! Axir, chanqab o‘ldi-ku odam”, — deya ko‘zini qisib qo‘ydi.

Ushbu parcha haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang.

1. Ritorik so'roq gap ishtirok etgan.
2. Uyushiq bo'laklar ishtirok etgan.
3. Undalma ishtirok etgan.
4. Kirish so‘z ishtirok etgan.
5. Shaxsi ma’lum gap ishtirok etgan.

A) 1, 3, 4, 5. B) 2, 3, 5
C) faqat 3 va 4. D) 2, 4, 5

@h7milliysertifikat
Assalomu alaykum, yaxshimisizlar, doʻstlar, xayrli kun!!! Kim milliy sertifikat va attestatsiya uchun tayyorlansa, milliy sertifikat uchun chegirma narximiz 150 ming😊😘❤️
Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash
bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud?
A) O‘zining ovozi o‘ziga uzoqdan eshitilganday bo‘ldi.
B) Amir Temur xalqimizni ana shunday ardoqli, ulug‘ farzandidir.
C) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
D) Ikromjon xotinini biz bilan qoldirdi-da, o‘zi idora tarafga ketdi.

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.
𝑆ℎ𝑜𝑣𝑢𝑙𝑙𝑎𝑑𝑖 𝑡𝑢𝑛 𝑏𝑜'𝑦𝑖 𝑠ℎ𝑎𝑚𝑜𝑙.
𝑄𝑎𝑙𝑑𝑟𝑜𝑞𝑙𝑎𝑟 𝑘𝑜'𝑐ℎ𝑑𝑖 𝑙𝑎𝑟𝑧𝑎𝑘𝑜𝑟
𝑆ℎ𝑖𝑣𝑖𝑟𝑙𝑎𝑑𝑖 𝑦𝑜𝑛𝑖𝑚𝑑𝑎 𝑥𝑢𝑠ℎℎ𝑜𝑙:
𝑌𝑎𝑛𝑎 𝑘𝑒𝑙𝑑𝑖, 𝑑𝑜'𝑠𝑡𝑔𝑖𝑛𝑎𝑚, 𝑏𝑎ℎ𝑜𝑟.

ushbu parchadagi 𝒇𝒆'𝒍𝒍𝒂𝒓 𝒉𝒂𝒒𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒏𝒐𝒕𝒐'𝒈'𝒓𝒊 𝒉𝒖𝒌𝒎𝒏𝒊 𝒕𝒐𝒑𝒊𝒏𝒈.

A) Fe'llar bir xil zamonni ifodalab kelishi kuzatiladi.
B) Fe'llarning barchasi sodda yasama fe'l bo'lib kelishi kuzatiladi.
C) Fe'llarning bir xil nisbatda kelishi kuzatiladi.
D) Taqlid so'zdan fe'l yasalishi kuzatiladi.
#Grammatika
Quyidagi sodda gap mazmuniga mos ravishda grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilgan bog`lovchisiz qo'shma gapni aniqlang.

Odamda tasavvur qobiliyati borligi sababli xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira oladi.

A) Tasavvur odamning xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira olish qobiliyatidir.

B) Odamda tasavvur qobiliyati — xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira olish qobiliyati bor
C) Shunday odamlar borki, ularda tasavvur — xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira olish qobiliyati bor.

D) Odamda tasavvur qobiliyati bor: u xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira oladi.