Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
432 subscribers
794 photos
22 videos
317 files
169 links
İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!
Download Telegram
Qaysi gapda qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud emas?


A) Bu narsa uni nayrangboz, aldoqchi, tilyog’lama, maqtanchoq, va’dabozga aylantirib qo’yadi.

B) Bolam, sen doimo to’g’riso’zli kishilar bilan do’st bo’lishga harakat qil, chunki ulargina seni saodatmand etadi.

C) Jamiyatda har xil toifadagi insonlar yashashi mumkin, lekin g’arazgo’y maqsaddagi kishilar kabi xavfli dushman bo’lmaydi.

D) Yangi bog’da, yuqorida yozganimizdek, haqiqatan shukuhli, xushmanzarali daraxtlar ekilgan edi.

@h7milliysertifikat Doʻstlarga ulashing!!!
Berilgan gapda mazmun va grammatik jihatdan to’g’ri bog’langan birikmalarni aniqlang.

O’tgan qisqa vaqt ichida ana shunday yigit-qizlarni qo’llab-quvvatlash, akademiya a’zolarini rag’batlantirish, istiqbolli ishlanmalarga ega yoshlarga motivatsiya berish maqsadida bir qator yo’nalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalar tanlovlari o’tkazib kelinyapti.

A) ana shunday yigit-qizlar, istiqbolli yoshlarga

B) yigit-qizlarni rag’batlantirish, motivatsiya berish maqsadida

C) ishlanmalarga ega, o’tkazib kelinyapti

D) amaliy va startap, tanlovlari o’tkazib kelinyapti
Qaysi gapda tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?

@h7milliysertifikat
A) Uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q — duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik — hammasini eplaydi.

B) Demak, gap bunday — hozircha tog‘ga chiqishni kechiktiramiz.

C) Bolalik - hayotning asl pallasi, undan ko‘proq bahramand bo‘lishga intiling.

D) Xullas, bu buyum ham - haqiqiy emas, soxta ekan.
Forwarded from Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan (Hayitoy Xoldorovna Homidova)
🎉🎉🎉🎉 Diqqat!!!! Oktyabrda boʻladigan attestatsiya va milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanuvchi doʻstlar!!!! Darslarimizga qabul ochilmoqda!!!!

Bizda 2 ta guruh :
🔥Milliy sertifikat hamda

🔥Attestatsiya guruhi mavjud.

Dars haftada 4 kun o'tiladi( baʼzilarga oʻxshab yuzaki emas, vijdonan 2-3 soat oʻtiladi, har kuni emas, mazmunli, sifatli 3 kun oʻrgangan maʼqul);
Har bir dars  videochat orqali olib boriladi va yozib olinib, guruhga tashlab beriladi (mabodo uzrli sabab bilan darsda qatnasholmasangiz, bemalol videoni ko'rib olasiz);

Darsimizda
esse,
g'azal,
ilmiy va badiiy matn (yuqoridagi 3 tasi sertifikat guruh uchun)
grammatika,
adabiyot nazariyasi - hammasi "0" dan o'tib beriladi; 40 talik badiiy asarlar ham oʻqitiladi; milliy sertifikat testlari toʻplami ishlanadi.

Darslar yopiq guruhda olib boriladi, vazifalarni bajarmagan, darsda oʻz vaqtida ishtirok etmagan qatnashuvchilar ogohlantirish bilan guruhdan chiqariladi(aks holda, natija qayerdan boʻladi!!!)

Oylik to'lov: 🎉 Milliy sertifikat 180 ming so'm; 🗣 Attestatsiya kurslari 150 ming(oyiga)

Darsimizga Ona tili va adabiyot o'qituvchilari, Boshlang'ich sinf o'qituvchilari,abituriyentlar, shuningdek oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar qatnashishlari mumkin;

Darslar 1-iyundan boshlanadi va imtihongacha davom etadi.


Darslarni oliy toifali(90 ball)ustoz, milliy sertifikat(83.5 ball) sohibasi, Yosh kitobxon 2021 Respublika bosqichi ishtirokchisi(Qashqadaryo 20-30 yosh), "Zukko kitobxon" tanlovi 5 karra gʻolibasi, 100 lab shogirdlar yetishtirgan ustoz kamina olib boraman!!!!

Murojaat uchun:
@z_hss

914699602
“. . . kun tug‘adi, olam yorug‘ bo‘ladi, U yorug‘ligini hammaga yetkazadi,
o‘z-o‘zicha yo‘qolmaydi. Mening ham qoidam (odatim) shunday, o‘zim yo‘qolmayman, Fe’lim va muomalam barcha xalq uchun birdekdir”.
“Qutadg‘u bilig” dostonida qaysi qahramon o‘z sifatlarini ana shu tarzda ifodalab bergan?

A) adolat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon

B) davlat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon

C) aql va zakovat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon

D) qanoat (ofiyat) ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi?

@h7milliysertifikat
A) U endi podshoning topshirig‘ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi.

B) Barmog‘ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og‘rig‘i darrov to‘xtaydi

C) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan.

D) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo‘lmasa ham, ko‘nglimda o‘zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi.
Planshet sotiladi!!! Karobka ochilmagan, yap-yangi. Aniq olmoqchi boʻlsangiz, @z_hss ga yozing!!!
#Grammatika
Hukmdor notinch qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi.

@h7milliysertifikat

Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta?

A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
"Siz ham chanqadingiz-a, otaxon?! ~dedi~da, keyin menga o‘girilib, ~Ukaginam, bitta choy damlab kelmaysanmi~a?! CHanqab o‘ldi~ku odam ",-deya ko‘zini qisib qo‘ydi.
To‘g‘ri hukmni toping.
1.SHaxsi ma'lum gap ishtiroketgan
2.Ikki bosh bo‘lakli gap ishtirok etgan
3.Teng bog‘lanish(so‘z qo‘shilmasi) ishtirok etgan
4.Atov gap ishtirok etgan.
5.So‘z~gap ishtirok etgan.
A. 1,4
B. 2,3
C. 1,2
D. 5,1