G'uzor xabarlari
458 subscribers
2.82K photos
541 videos
8 files
901 links
Perfluence
Kanalimiz orqali yurtimiz va dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklardan hamda ibratli ma’ruzalardagi xabarlarni kuzatib bo‘ling.

Reklama: @Yuldoshev08
Download Telegram
Yoshlar yetakchilari bilan 2023 yil rejalar yuzasidan navbatdagi uchrashuv

Bugun, G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov va Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi rahbari N.Rajapovlar tumanning 51 ta mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maʼdaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va bu borada 2023 yilgi chora-tadbirlar rejasini belgilab olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muhokamadagi masalalar yuzasidan tuman hokimi tegishli masʼullarga ko‘rsatma berdi.

Kanalga ulanish 👉@guzorxabarlari
🔊Diqqat qidiruv!!!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1989 yilda tug‘ilgan O‘razova Nodira Xolmirza qizi 3 nafar farzandi bilan qidirilmoqda.

Ushbu shaxslarni ko‘rgan va ular haqida ma'lumot berganlar
☎️102 va 1102 qisqa raqamlarga xabar qilishlari so‘raladi.

Kanalga ulanish 👉@guzorxabarlari
📊Qashqadaryo viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8125,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 10,5 % ga o‘sdi.

Kanalga ulanish👉@guzorxabarlari
#Diqqat
Quyosh panellari va suv isitish tizimlarini o‘rnatib, imtiyozga ega bo‘lmoqchimisiz?

Unda O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi tomonidan tavsiya etilayotgan muqobil energiya bilan ta’minlashga yordam beradigan ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va o‘rnatuvchi tadbirkorlari bilan bog‘laning!

Muqobil energiya manbalari, ularni xarid qilganda kompensasiya va imtiyozlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni rasmiy www.energymarket.uz saytidan olish mumkin.

Kanalga ulanish👉@guzorxabarlari
G‘uzorda yana 1 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-2025 yillarda "Qashqadaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-44-sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-2024-yillarda G‘uzor tumani "Qorako‘l" MFY hududida 1,0 gektar yer maydonida jami 9 ta lotlarga ega "Kichik sanoat zonasi" tashkil etiladi.

Ushbu "Kichik sanoat zonasi" muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi xususan, avtomobil yo‘li, oqova suv va elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlanishi hamda lotlar e-auksion.uz onlayn savdo platformasida sotuvga chiqarilishi belgilangan.


Kanalga ulanish👉@guzorxabarlari
"Paxtazor" va "Obod" mahallasida mikromarkazlar tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasining tegishli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikromarkazlar tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur qaror bilan, Gʻuzor tumanidagi "Paxtazor" va "Obod" mahallalarda "Mikromarkaz"lar tashkil etiladi. Ushbu mikromarkazga "A.Temur", "Buyuk karvon", "Chanoq" va "Tinchlik" mahallalari ham biriktiriladi.

Tashkil etiladigan "Mikromarkaz" joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida foydalanishga topshirilishi va 50 nafardan ortiq fuqarolarning bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👉@guzorxabarlari
Hokimlikda navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati o‘tkazildi

Bugun, G‘uzor tumani hokimligida bo‘lim rahbarlari va xodimlarining ma'naviy-ma'rifiy hamda siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi siyosiy o‘quv soati tashkil etildi.

Haftaning har juma kuni o‘tkaziladigan siyosiy-ma'rifiy soatda yurtimiz va xorijda sodir bo‘lgan eng so‘nggi yangiliklar hamda "Bir chimdim ma'naviyat" rukni kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Kanalga ulanish 👉@guzorxabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aniq siz ham yoshlikda bu ishlarni qilib ko'rgansiz!

Kanalga ulanish 👉@guzorxabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕋 Shavkat Mirziyoyev Umraga borish istagida bo‘lgan, ammo mablag‘i yetmayotgan ayrim fuqarolarga yordam berishini bildirdi.

Kanalga ulanish 👉@guzorxabarlari
Forwarded from FC NASAF
Bugun jamoamiz mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 boshlandi. Bellashvni "Uzreport" TV jonli namoyish etadi.


⚽️ OCHL-2022.

⚔️ 1/8 FINAL

"Ash Shabob" - "Nasaf"

📅 19.02.2023

23:00

📲 @fcnasaf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM