🔥Gulxan atrofida🔥
208 subscribers
553 photos
57 videos
25 files
47 links
Bezabon biz emas, yurak tilsizdir,
Biz baxtsiz emasmiz, baxtlar bizsizdir...
Download Telegram
#Mulohaza

#A va ssss deb nick quygan foydlanuvchilarga javoblar💐(Qarshi fikr emas)

Qayerdadir o'qiganim esimda.. Sizning aytayotgan fikringgizga qo'shilamanmi yoki yo'qmi buni bilmadim-u,lekin shu fikringizni aytishiningiz uchun jonimni berishga tayyorman..🔥🔥
Fikr erkinligi nazarda tutilyapti..📄 albatta har kimning o'z fikri va yondashuvi bor!!!O'z fikringizni qat'iy turib himoya qilishingiz quvonarli albatta chunki bu masala bo'yicha fikrlay olmaydiganlanlar qancha👥
Asosiy masalaga qaytadigan bo'lsak
100% Yaponiya shakli demadim Yaponiya kabi dedim ya'ni Yaponiya tajribasini o'ragib uzimizga mos variantini tatbiq etish
Albatta bunday maqbul variantni tegishli idorada utirgan ekspertlar bizdan kura yaxshiroq tahlil qiladi va albatta fikrlarni inobatga oladi🚩 va yana bir gap Yaponiya kabi kontrakt emas iw joyi!!!
Yaponiyada darsdan buw vaqtizda ishlashiz mumkin.Soatiga 10$

#A nickli a'zomizga esa..💡
Siz haqsiz biz 4 yoki 5 bahoga óqiydiganlarni saviyasini baholamoqchi emasmiz kontrakt masalasiga e'tibor
qaratdik lekin e'tibor bering mana shu oddiy masala ostida butunboshli millat taqdiri yotibdi..Chunki 4 yildan keyin o'qishni tugatgan talabaga qaysidir lavozim ishonib topshirilishi mumkinku
O'ğri òqimasa oddiy velosiped òğrirlar lekin u òqisa butunboshli poyezdni o'maradi derdilarku...
Ya'ni talaba degani òģri demoqchi emasman lekin u talaba buganidan keyin moddiylikni ustun quyib "poyezd òğrisiga" aylanishiga qarshiman xolos
Ish joyi masalasiga kelsak statistika bilan qiziqib turaman..Unga kòra maktab,kollejlarda ishlaydigan o'qituvchilarning 60% òrta☝️ ma'lumotli ekan....
Birinchi kurs talabalariga kelsak ular ish o'rganish jarayonidan o'tishadi albatta🏁
Mutaxasisligi bòyicha ish bilan ta'minlansin degani barcha majbur degani emas! Xoxishga qarab!Chunki OTMlardagi barcha talabalar siz-u bizga o'xhshab stipendiyaga yashamaydi!😂Agar shunaqa bo'lganda OTM avtoparkiga🚘 boring!Malibu minib yurgab talaba manimcha ishlamasa kerak!(albatta nasib qilsin unga,hasaddan yiroqdamiz🌼)
Yuqorida takidlaganimdek Univerda o'qiydigan talaba Oliy ma'lumotlilarning emas O'rta ma'lumotlilar "ishiga sherik bòladi"natijada ular ham ya'ni sobiq òrta ma'lumotlilar "oliy"ga harakat qiladi qarabsizki yana bir masala yechim topishga yaqin...


Bildirilgan fikrlar orqali Grantga òqishga kirgan talabalarga hasad qilishdan yiroqmiz!!!Shunchaki kichik fikrimiz orqali katta masalaga yechim topishga harakat qilib ko'rdik.Bu bizning o'ziga xos mulohazalar... fikrlar...
Yuqoridagi fikrim oxirida takidlaganimdek KIMGADIR YOQMAGAN BO'LSA UZR🙏

#Lawyer
@gulxan_atrofida
#Mulohaza

Guruppaga tashlab borayotgan muloxazalaringizni kuzatib boryapman.Bu borada aloxida bir taklif berish niyyatidan yiroqman aslida lekin shuni aytib o'tmoqchi edimki kontrakt masalasi chindan ham juda dolzarb bo'lib bormoqda.Chetdan misol kerak emas.Bunga o'zim tirik misolman .Akam va men bir yilda universitetga kirganmiz.Akam o'qidi lekin ikkita kontrakt og'irlik qilib o'qiyshin davom ettirolmadim.vaxolangki o'qishga o'z kuchim bilan kirgan edim.ammo ba 'zi holatlarda kitobdan bosh ko'tarmaydiganlar ham kontrakt tushishlari mumkin ekan.va eng yomoni sharoit sabab necha yillar davomida qilgan mexnatlaringizdan osongina vos kechishdir.
Shu bois kontrakt masalasi keskin ko'tarilishi bu o'quvchilar saviyasini oshirib qo'ymaydi demoqchiman.
Kontrakt bilan stipendiyani ko'tardik deyish shart emas.Aslida bir ma'romda saqlansa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Bu albatta mening fikirim☺️

#Malaksiymo
@gulxan_atrofida
#Mulohaza
Yuqoridagi mulohazalarni o'qib men ham o'z fikrimni bildirmpqchiman. Hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan kontrakt muommosi biron bir oilani chetlab o'tgani yo'q. Hatto tunu kun o'ylaydiganlar ham bor. Shaxsan o'zim ham kontrakt asosida o'qiyman( Boshqa Respublikada). Shu sabab ham Dadam 2 yildan beri Chet elda ( men sabab). Agar kontrakt ko'tarilishda davom etaversa unaqada faqat puli borlar o'qiydimi? Unda qanday kadrlar yetishib chiqadi? Agar stependiya yo'q bo'lsa unda byujedda o'qiydiganlar norozi bo'ladi. Yuqorida tengdoshimiz 5 ga yopaman va bu o'zimga yetadi degan ekan ularni nohaqsiz deya olmayman. Ha lekin 3 ga yopganlar-chi? Faqat o'qigan grandga kiradi yoki 5 ga yopadi degan qonun yug'u: Hammasi peshonaga yozilgani bo'ladi. 5 ga yopganlar ham hammasi ham zo'r emasku. (Hammamizga ma'lumku qanday yopishi. Hammasi ham emas albatta.) Ba'zi oilalarda 2-3 ta kontraktlar bor. Ular nima qilishsin? Kontraktga kirish yo grandga kirish bu degani o'qigan yo o'qimagan degan gap enas. (Hammamizga malum qanday o'qishga kirishayotgani) Men Kontrakt va stependiya bir tartibda bo'lishi tarafdoriman. Stependiya yo'q bo'lsa kontrakt va grant talabalari orasida nizoga sabab bo'lsa kerak. Ha lekin kontrakt ko'tarilishda davom etaversa unaqada hatto bilimi bo'la turib kontrakt bo'lgan talaba oilaviy sharoit sabab talabalik baxtidan voz kechishga majbur bo'ladi (ko"pchilik abiturentlarni ham ishtiyoqi so'nadi) Noo'rin fikr bildirgan bo'lsam uzr, men faqat o'z fikrimni bildirdim.
Ajiniyaz nomidagi NDPI Kimyo-biologiya fakulteti talabasi...

#Shahnoza Nosirova
@gulxan_atrofida
#Mulohaza

#Lawyer ga🎤

Do'stim,mening mulohazalarimni noto'g'ri tushunmaysiz degan umiddaman.Sizning gapingiz to'g'ri bunda butun boshli millat taqdiri yotibdi.Men talabalarni kuzataman doim , 99% talaba moddiy manfaat uchun ( 4va 5baho uchun)o'qishadi.Xo'sh, stipendiya bekor qilindi deylik. Endi talabaning o'qishdan maqsadi nima?Ana shu 99%talaba pul topishim kerak deya,darsni 2-o'ringa surib qo'yadi-yu,ish topish payiga tushishadi.Axir talabaga eng zarur narsa pul emasmi? Vaholanki,stipendiya talabani rag'batlantiruvchi vosita.Bu adolatdan bo'lmasa ham, shu stipendiya talabani ozgina bo'lsa ham nisbiy o'qishga ushlab turibdi.Keyin shuni ham topib bilamizmi? Mening esa ko'zim yetmayapti.😢Endi bunday talabaga biror bir mansabni ishonib bo'larmidi?
Endi 2-masala:balki men adashayotgandirman lekin bilishimcha kollejlarda o'rta maxsus ta'limini bitirganlar faqat kotibalik yoki labarantlik qilishadi, maktablarda esa 2-3 o'rta maxsus kadrlari topilishi mumkin.Shular ham 1-2 yilda qolmaydi.Birinchidan oliy ma'lumotli kadrlar soni yildan - yilga ko'payib borayotganligi universitet qabul kvotalari soni oshganligidan bilish mumkin.Ikkinchidan o'rta maxsus kadrlar maktab,kollejlarda sanoqli bo'lganda butun boshli Buxoro davlat universitetining 1-kursdan boshlab 4-kursgacha bo'lgan talabalariga ish topib bo'ladimi?(Statistik ma'lumotlaringiz haqida hech narsa deyolmayman)


OTM avtoparkida inamarka moshinalari qatorlashib turgan va ishlashga ehtiyoji bo'lmagan talabalar soni esa afsuski sanoqli.
Xop keling,siz haqsiz deylik har bir masalada. Ammo budjetda o'qiyotgan talabaning aybi nima? Tinmasdan o'qib yoki qing'ir yo'l bilan kirganidan qat'iy nazar aybi budjetda o'qiyotganimi?Men shunchaki tarozining 2 pallasi teng kelishi tarafdoriman va ayni shu yo'lni izlasak yaxshi bo'lardi ,fikri ojizimcha... Mening fikrlarim ko'nglingizga botish darajasida kelsa noto'g'ri tushunmaysiz,axir fikrlar xilma-xil,noo'rin gapirgan bo'lsam ma'zur tutasiz degan ilinjda men

#A....

@gulxan_atrofida
#Mulohaza

Dòstimiz #A ga😊®
Sizningcha 99% talaba faqat stipendiya uchun òqiydi??
Yana ôsha siz bilgan Yaponiya va Janubiy Koreadan misollar keltirsak...🏯 Oliy Ta'limni tugatayotgan talaba albatta biror ixtiro qilishi majburiy...🎡Bizda esa 70 ta keraksiz oq qoğozni yiğib ustini muqovalab zarhal harflar ila DIPLOM ISHI deb yozamiz... 🌝(aslida Diplom ishi uchun 9zi chin dildan mehnat qiladiganlar sanoqli va 9shalar ham Diplom ishini himoya qilishda qanaqa qiynalishini yaxshi bilamiz)Mana fojeamiz nimada...
Agar usha siz aytayotgan 99%talaba pul uchun òqiyotgan bo'lsa,òqimay qolgani yaxshiroq emasmi??
Umuman olganda tanganing ikkita tomoni bor.. Men va siz boshqa boshqa tomonlarni kuryapmiz xolos..

O'rta ma'lumotlilar haqidagi fikringizga esa statistikani keltirdim.Bosh Vazir órinbosari aytgan...
Grantga òqiyotganlarni esa hech birimiz aybdor sanamadik.. Keling Tarozi pallalarini tenglashtirishni "bizdan kattlarga" qòyaylik🆘

#Lawyer
@gulxan_atrofida
#Mulohaza

Azizlar, yuqoridagi qizģin mulohazalar meni ham o'z navbatida jim turmaslikka undadi.
Avvalo, tengdosh do'stlarimizning Vatanimiz taraqqiyotiga, uning kelajagiga befarq emasligi ma'lum ma'noda xursand qildi 😊❗️❗️❗️

Ishonamanki, yuqoridagi rahbarlarimiz bunday ziddiyatlarning yechimini odilona hal etadi.
Zero, kelajak biz yoshlar
qo'lida!👍

@gulxan_atrofida 🇺🇿
Qadrdon, aziz kursdoshlarim !Biringiz singlim, biringiz opam,biringiz sevimli do'stim😊
Va nihoyat bir necha yillik mashaqqatlarimiz mevasi barchangizga qutluģ bo'lsin!!!
Yetkazganiga shukur !☺️☺️
Men uchun qadrli bo'lgan ustozim Shodmon Sulaymondan ! 😊

🔔KATTA TANAFFUS 🔔

Auditoriya. Yigirma uch qiz
–Yigirma uch ko'zlari munchoq.
She'rning o'tlig' to'fonlariga
Hayrat ila ochadi quchoq.

Auditoriya. Yigirma uch qiz
–Yon-atrofga boqadi sergak.
Dalli shoir muallim darsi
Tuyuladi misoli ertak.

Auditoriya. Yigirma uch qiz
–Tabiatning asira nasli.
Yuragiga naqshlab qo'ymish
Yigirma uch botirning rasmin.

Auditoriya. Yigirma uch qiz
–She'r tinglaydi xayolga tolib.
O'tib ketar katta tanaffus
–She'r har qanday havasdan g'olib.

Auditoriya. Yigirma uch qiz
–Ko'klam bo'lib ungan tonglarim.
G'azab, nafrat, ishqni o'rgatdim,
Rozi bo'ling, singiljonlarim !

Auditoriya. Yigirma uch qiz
–Yigirma uch qismat domida.
Ash'or so'rab yo'qlarmikinsiz
Mangu tanaffuslar shomida ?!...

🕊 @gulxan_atrofida 🕊
#Men_sevgan_sher

☁️☁️☁️TALABALIK KUNLARI

Bir kun kulib qildilar imo,
Kursdosh qizlar – husnobod qizlar:
"Bu kunlarni she'r qiling, Mirzo,
Qo'shiq qilib aytaylik bizlar".

U kunlarda... Huv yiroqlardan,
Yashil-zangor nafas kelardi.
Sadalarning butoqlaridan,
Inqilobiy bir sas kelardi.

Savr edi, havo – namzada,
Kulgi istab turmas edik tinch.
Tinmas edi tunlar Hamzada,
Kelinlarning qo'zg'oloni hech.

Soqollarni qirgancha chala,
Kunduz shoshib, andak og'rinib,
Tinglar edik, topib hafsala,
Dozentlarning saboqlarini.

Yotoqxona orti – bozorcha,
Qop-qop mayiz, olma-yu yong'oq...
Vaqti kelar bizga... Hozircha,
Piyoz bering, xolajon, bir bog'.
...
So'ng she'r o'qib hayqirdik chunon,
Bedardlarga bo'lsak ham kulgi.
Senda hamma – shoir, onajon,
O'zbekiston, she'riyat mulki!

G'ishtin bino – bag'riga bosgan,
Barcha ayb-u gunohlarimni.
Turib-turib ko'nglim qo'msaydi,
Talabalik yotoqlarini.

Mana, adl sadalar... Javzo...
Yaproqlarda titraydi so'zlar:
"Bu kunlarni she’r qiling, Mirzo,
Qo'shiq qilib aytaylik bizlar".

U kunlarda, daydib, guvranib,
Qayda eding, majnun ovozim?!
O'shal uchqur-uchqur kunlarning,
Shiddatida qoldi qasosim!

U kunlardan kamyob omadim,
Ko'z ostida qoldirdi izlar.
U kunlarni she'r qilolmadim,
Qo'shiq qilib aytmadi qizlar...

Mirza Kenjabek

📚 @gulxan_atrofida 📚
Faqat omad kamdan-kam juda,
Yuramiz biz topib, yo‘qotib.
Goho yasog‘liq ot ustida,
Goh piyoda, changlarga botib.

Yashillanar umr daraxtimiz,
Sarg‘ayar ham bevaqt yog‘sa qor.
Shunday, goho toju-taxtlimiz,
Goh kechirib bo‘lmas gunohkor.

Izhori dil qiladir qushlar,
Biz ularni etmasmiz pisand.
Ovuntirar bizlarni tushlar,
Oh, u tushlar goh beradir pand.

Goh qip-qizil gullarga ko‘mib,
Bir olam baxt yo‘llaydir olam.
Sipqorarmiz ko‘zimiz yumib
Zardob to‘la qadahlarni ham.

Goh kulib, goh qo‘l siltab, kuyib
O‘tkazarmiz buning barini.
Hayotning shan marhamati-yu
Rutubatli aldoqlarini.

Oqarganda sochlar eslaymiz
Sarxush bahor, kuz o‘tganini.
Kimlarnidir rad etganmiz biz,
Kimlar bizni rad etganini...

Halima Xudoyberdiyeva
@gulxan_atrofida
Umr otib bormoqda…🍂🍂🍂

Yurishlarim sal oģir, yugurish-chi erishdek,
To'rt-besh yil bundan avval chaqqondik, -deb kulishdik.
Yuzlarda uch-to'rt ajin, sochlar ham olabayroq.
Oriqlar yana ozib , yumaloqlar to'lishdik.
Umr otib bormoqda…

Kecha o'zimiz bola , bugun ota-onamiz,
Oila bola-chaqa tashvishida yonamiz.
O'zimiz oģirlashdik, yukimiz undan oģir,
Bir so'z-la yurak sanchiq, bir so'zdan quvonamiz.
Umr otib bormoqda…

Sezdirmay suyuntirib,
Bezdirmay kuyuntirib,
Bildirmay, oshkor etib,
Yoshlikdan o'zib ketib,
Umr otib bormoqda…

“Toxta” desam, dam ketar,
Omad kelsa ģam ketar.
G'am, shodlikka to'ldirib,
Yashnatib , goh so'ldirib,
Umr otib bormoqda…

Bahor ketib yoz kelar, kuz so'nggining qishi bor.
Bu charxi kajraftorning o'zicha tashvishi bor.
Belimdan ketsin quvvat, ko'zimni tark etsin nur,
Ko'nglimda qolsin bahor, yoshligim qalbimda hur,

Umr, o'tib ketaver...🍂🍂🍂

Alisher Asror
@gulxan_atrofida
Albatta o'qing👇👇👇

Ishga kirish maqsadida suhbatga borgan oliy ma’lumotli qizga ilmiy salohiyatini sinash uchun xodim tomonidan quyidagi savollar berildi:
- Panama shlyapalarini qaysi mamlakat tayyorlaydi?
Qiz o‘ylanib qoldi, keyin tavakkaliga javob berdi:
- Ekvador.
Ensasi qotgan xodim yana savol berdi:
- Xitoy krijovniklarining vatani qayer?
Qiz shiftga qarab:
- Yangi Zelandiya.
Xodim ko‘zi ola-kula bo‘lib, keyingi savolni berdi:
- Kanar orollari qaysi hayvon yo qush sharafiga nomlangan?
Qiz ikkilanib:
- It.
Xodim miyasi qisib, savollar berishda davom etdi:
- Samolyotlardagi maxsus qora qutining rangi qanaqa bo‘ladi?
- Sariq.
Xodim asabiylashganidan yuragi uvusha boshladi:
- Jahon tarixidagi Yuz yillik urush necha yil davom etgan?
- Menimcha 116 yil.
Xodim adoyi tamom bo‘lib oxirgi savolni berdi:
- Rossiyada Oktyabr inqilobi qachon nishonlanadi?
- Noyabrda.
Xodim indamay o‘rnidan turdi-da, qizga bir oz tikilib qoldi. Keyin esa dedi:
- Siz barcha savollarga to‘g‘ri javob berdingiz. Tabriklayman! Ertadan ishga chiqishingiz mumkin.
Ha qiz chindan ham barcha savollarga to‘g‘ri javob bergandi.
Panama shlayapalari chindan ham Ekvadorda ishlab chiqariladi.
Xitoy krijovniklari (reza mevaning bir turi) vatani Xitoy emas, balki Yangi Zelandiya.
Kanar orollari esa kanareyka qushi sharafiga emas it sharafiga “Kanar” deb nomlangan. Lotinchada “kanar” so‘zi itni bildiradi.
Qolgan javoblar ham aynan to‘g‘ri aytilgan.

Siz-chi, siz? O‘zingizcha qizni o‘qimagan axmoqqa chiqarayotganmidingiz? 😉

@gulxan_atrofida 👈
Toqqa chiqay, desak,
toshlar qo‘ymasa,
Ko‘zga yoqay, desak,
qoshlar qo‘ymasa,
Yashashga mana bu
boshlar qo‘ymasa...
Bizga ham atalgan dunyolar bormi?!

Behzod Fazliddin
@gulxan_atrofida 👈
Yashil daraxt🌳🌳🌳

Yaxshi odam – bir yashil daraxt,
Shoxlarida gurkirar iymon. 
Yaprog’ida shovullaydi baxt,
Atrofida gurkirar osmon.

Suyib yelar shabbodalar ham,
Unga tashna cho’llagan damlar.
Ajab uning saxiy bag’rida
Qumursqaga, qurtga-da joy bor.

U yozg’irmas, nolalar qilmas,
Sabolarni kutib yashaydi.
Ahli hilol ahdi ila mast,
Sadolarni kutib yashaydi.

U ingramas, qilmas nolalar,
Kemirsa-da, qurtlar bag’rini.
Jonni omon qilib tursa bas,
Rizqmi? Rizqdan bo’lmas og’rinib…

Yaxshi odam – bir yashil daraxt,
Soyasida salqinlar osmon…
Shoxlarida shovullaydi baxt,
Barglarida yayraydi iymon...


Abdunabi Boyqo’ziyev
@gulxan_atrofida
🍂🍂🍂

Sizsiz
yashamoqqa o'rgandim, mana,
Endi vujudimni tig'lamas firoq.
Kabutar xayollar uchmoqda, ana,
Sog'inchlar
Karvonday
Ketmoqda yiroq.

Yiroq
endi menga sumanso bog'lar,
Dilkusho diydorlar sarobdir, tushdir.
Yelkamda ayriliq - zalvorli tog'lar,
Yurak
Parvozini 
Yo'qotgan qushdir.

Suydim,
suygularim sizni quchmadi.
Kuydim, kuygularim yondirmadi hech.
Muruvvat visoldan og'iz ochmadi,
Bir bora kelmadi.
Kelmang,
Endi kech!

Endi kech,
unutdim raftoringizni,
Qoshingiz, ko'zingiz - hammasi yolg'on.
Unutdim, jahonda yo'q, boringizni,
Endi siz
Qo'shiqsiz - ming yillik armon...

Farida Afro'z
@gulxan_atrofida 👈
🍃🍃🍃
Sevsang...
Osmonga chiq, oyni olib kel,
Tonglar vodiysini to'sha yo'limga!
Somon yo'llaridan chechaklar terib,
Baxtning shodasiday tutgil qo'limga!

Sevsang!
"Yoriltosh"dan chiqib kel, ozod!
Qanotlari bo'lsin otingning.
Moviy yog'dulardan go'shanga bezab,
Ostonamga kelib o'tingil...

So'ngra,
Borsa kelmasga borgil,
Devning changalidan olgil uzukni.
Bo'ronlarni yutib,
Tog'lardan o'tib,
Bosib kel adashgan xato yozuqni.

Yuragimga borar yorug' yo'llarda
Ichingdagi yovni mahv etgil, g'olib!
Tiriklik cho'qqisin yashil tog'idan
Havo tikkan tug'ni kel olib!

Sevsang...

Ozoda Bekmurodova 

@gulxan_atrofida
Hayot uyqudir, o‘lim-la uyg‘onur inson.
Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on...


📜 Jaloliddin Rumiy
@gulxan_atrofida 🕯
#Dolzarb_mavzu

SADOQAT🍃🍃🍃

Itdek xor bo'lib, So'ng o'lasan derlar ,
Xor-u zorlik itning timsoli emas.
Mushukni erkalab suygan insonlar
Mushukning bag'rida bo'lish huzurmas.

Itdan sadoqatli jonzot bormikin?
Quturgan bo'lmasa egasin qopmas.
Hatto tog'larida bitta cho'ponni
Bo'rilar to'dasi kelsa ham sotmas.

Birgina matoku jonin bermoqqa
Arzirlik narsamas jon beradi u
Egasi qoldirgan tashlab ketmoqqa
O'zi uchun shunday or biladi u.

Itdek xor bo'lib, So'ng o'lasan derlar
Xor-u zorlik itning timsoli emas
Itlar sadoqatda bizdan o'zarlar
Xorlik bilan o'lish ularga emas.

Mushukday muloyim bo'lganlardan qo'rq
Jonim deb joningni olmasinlar jim.
Mushukning suykalib kelishidan qo'rq
Chang solsa ko'zlardan yosh oqar tim-tim.

Xor-u zorlik itning timsoli emas
Sadoqat timsoli sen shuni bilgin...🐺

Aziza Baxtiyorovna
@gulxan_atrofida 👈
🍂🍂🍂
Bo‘ldi, yig‘lamayman, bo‘ldi – kulmayman,
Yuragingni ortiq etmayman bezor.
O‘zimdan boshqani xafa qilmayman,
O‘zimdan boshqaga bermayman ozor.

Kimlarning ko‘ngliga qarab kun ko‘rdim,
Yalinib bormayman Baxtning yoniga.
Kulib baxtsizlarga halaqit berdim,
Yig‘lab baxtlilarning tegdim joniga...

Behzod Fazliddin
@gulxan_atrofida
Forwarded from AFB
Tinglang😊

Aziza Baxtiyorovna
🎤Aziza Baxtiyorovna

🎹🎹🎹
@gulxan_atrofida 👈