Yaqinda THE DIGITAL FUTURE OF CA forumida ishtirok etdim. “AI and Digital Platforms: Drivers of Sustainable Development and Integration in CA” mavzusidagi sessiyada sun’iy intellekt (SI)ni tartibga solish masalasi muhokama qilindi.
Ba’zilar SI’ni atom stansiyalari kabi qat’iy nazorat qilish kerak, deya ta’kidlashdi. Ammo bu qiyoslash mantiqan to‘g‘ri emas.
Atom energetikasi - markazlashgan va cheklangan texnologiya. U faqat uchta davlat (Rossiya, AQSh, Fransiya) texnologiyalari asosida shakllangan. Har qanday o‘zgarish yillar talab qiladi va qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.
SI’ esa buning aksi: ochiq, tez rivojlanayotgan va dunyo bo‘yicha millionlab ishlab chiquvchilarga ochiq texnologiya. Tibbiyotdan tortib transportgacha ko‘plab sohalarda tatbiq qilinmoqda. Uni an’anaviy sohalardek tartibga solishga urinish - innovatsiyalarni bo‘g‘ish (!!!) bilan barobar.
Shu o‘rinda SI bo‘yicha alohida qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Afsuski, hujjatni ishlab chiqqan deputatlarning ko‘pchiligi texnologiyalar bilan amaliy shug‘ullanmaydi. PR qilishmoqchi faqat, trendmaker’lar jamoasi))) Bu esa loyihaning sifatiga shubha uyg‘otadi.
Qonun loyihasida Si’ kontentni markirovka masalasi ayniqsa e’tiborli. Ayrimlar uni faqat “введение в заблуждение” mavjud bo‘lgan holatlargagina cheklashni taklif qilmoqda - masalan, haqiqiy odamlarning ovozi yoki tasviri yaratilganda. Lekin hatto bu yondashuv ham no’tugri.
“Qachon «заблуждение» bo‘ladi?” degan savol — subyektiv. Uning huquqiy aniq mezonlari yo‘q. Natijada bu noto‘g‘ri talqinlar va selektiv qo‘llanish xavfini tug‘diradi. Axir aynan halol ishlab chiquvchilar ko‘proq zarar ko‘radi.
Yechim - SI’ni belgilash orqali emas, balki: raqamli savodxonlikni oshirish; texnologiya sohasida etik me’yorlar yaratish, eng muhimi - texnologiyaning o‘zi uchun emas, uning salbiy oqibatlari uchun javobgarlik tizimini joriy etishdir.
SI’ - bu tahdid emas. Bu imkoniyat. Uni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun bizga qattiq cheklovlar emas, balki ochiq, moslashuvchan va ishonchli muhit kerak. Shu asosdagina raqamli taraqqiyot barqaror bo‘lishi mumkin.

👍7🔥3⚡2💯1
Toshkentdagi Temir yo‘l transporti muzeyi - mintaqada yagona va betakror maskan.
U 1989 yilda temir yo‘lning 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan va shu paytgacha temir yo‘l sohasining rivojlanishini namoyon etuvchi tarixiy xotira sifatida xizmat qilib kelayotgan edi.
Bu sohaning ahamiyati juda katta - u iqtisodiyotni rivojlantirdi, shaharlarni bog‘ladi, inson taqdirlarini yaqinlashtirdi va mamlakatning kelajagini belgiladi.
Muzeyni saqlash va rivojlantirishda dodajonimiz Aziz Mavlyanovich Qodirov - Markaziy Osiyo temir yo‘llari boshlig‘i katta hissa qo‘shgan.
U tarixiy merosni saqlash muhimligini teran anglagan inson sifatida muzey faoliyatini qo‘llab-quvvatladi. Uning tashabbuslari bilan noyob harakat tarkibi namunalarini qayta tiklash, yoshlar uchun maxsus ko‘rgazmalar va ekskursiyalar tashkil etish ishlari olib borildi. U muzeyni shunchaki texnika saqlanadigan joy emas, balki o‘tmishni anglash va muhandislik ruhini tarbiyalash uchun maskanga aylantirishga harakat qilgan.
Afsuski, bugun muzey hududida sosiska sotiladigan fastfud ochildi, reklama esa bevosita qadimiy parovozga ilinib qo‘yilgan. Bu nafaqat ma’naviy bezovtalik uyg‘otadi, balki tarixga nisbatan hurmatsizlikdir. Hattoki biznes-markaz qurilishi ham rejalashtirilayotgandek tuyuladi.
Bu muzey o‘z nav’ida yagona. Agar biz shunday joylarni yo‘qotsak, nafaqat moddiy yodgorliklar, balki o‘zligimizni ham yo‘qotamiz. O‘tmishga hurmatsiz ravishda kelajakni barpo etish mumkin emas.

💯6👍4⚡1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Telegram bu yoz yangi bosqichga chiqmoqda - Pavel Durov Ilon Maskning xAI kompaniyasi bilan strategik hamkorlik haqida e’lon qildi.
Ushbu kelishuv doirasida sun’iy intellekt chat-boti Grok Telegram ilovalari ichida to‘liq integratsiya qilinadi. Bu 1 milliarddan ortiq foydalanuvchi uchun ilg‘or AI texnologiyalariga keng yo‘l ochadi.
💰 Telegram moliyaviy jihatdan ham mustahkamlanmoqda: kompaniya xAI’dan 300 million dollarlik naqd pul va aksiyalar, shuningdek, Telegram orqali rasmiylashtirilgan Grok obunalari daromadining 50 foizini oladi.
Eng tez rivojlanayotgan messenjerlardan biri va eng ambitsiyali AI loyihalaridan birining birlashuvi - bu shunchaki trend emas, balki texnologik burilish nuqtasidir.

🔥3
Tashkent Law Spring
Bu yerda Toshkentdagi deyarli barcha yuristlar bir joyga jam bo‘lishadi. Atmosfera o‘zgacha: hamma huquqiy tilda fikr yuritadi, hatto tushlikni ham “jismoniy shaxslar tomonidan ovqat iste’mol qilinishi” deb atashadi. Haqiqiy profdeformatsiya 🙂
Dastur esa juda boy va qiziqarli: sun’iy intellekt, metavselennaya, raqamli huquq va kelajakdagi yuridik chaqiriqlar haqida qiziqarli muhokamalar.
Aql, hazil va chuqur bilimlar uyg‘unlashgan bu tadbirni albatta tavsiya qilaman. Bunday anjumanlar nafaqat bilim beradi, balki ilhomlashtiradi. Future is coming!
https://tashkentlawspring.uz/site/agenda

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yandex Lavka - Toshkentda 10 ta darkstor!
Bugun Yandex Lavka jamoasi o‘zining o‘ninchi darkstorini Toshkentda ishga tushirdi!
📦 Bu nafaqat logistika infratuzilmasining kengayishi, balki O‘zbekistonda xizmatimiz rivojidagi muhim bosqich.
2024-yil noyabrida yo‘lga qo‘yilgan Lavka bugun minglab foydalanuvchilarga 15 daqiqada yangi mahsulotlar, issiq taomlar va zarur tovarlarni yetkazmoqda.
P.S. yana bir juda yoqimli detal:
📹 Startni sanagan Lavkani bo’shlig’i Liliya Ergaliyeva - bizning ekspat xodimimiz - e’tibor bering otshetni o‘zbek tilida sanadi. Умничка!👍🏼
Bu - jamoaviy qadriyatlar, mahalliy muhitga hurmat va integratsiyaning chin dildan ifodasi.
Til - bu ko‘ngil eshigi. Shunday lahzalar esa har qanday texnik yutuqdan ham qimmatroq tuyuladi.
🎯 Oldinda - yana ko‘proq darkstorlar va albatta, yana ko‘proq qadriyat!
Lavka jamoasini Tabriklaymiz!!!

1👍7🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 AIga bosim qilinsa – u yaxshiroq ishlaydi?
All-In Live from Miami konferensiyasida Google asoschisi Sergey Brin kutilmagan fikr bildirdi:
“Agar AI ga zo‘ravonlik bilan tahdid qilsangiz, u yaxshiroq ishlaydi.”
Uning aytishicha, “Agar to‘g‘ri javob bermasang, seni o‘g‘irlab ketaman” kabi iboralar neyrosetlardan aniqroq va mazmunliroq javoblarni chiqarishi mumkin. Sababi - ma’lumotlar manbasida: AI inson matnlariga asoslanadi, ularda tahdid, panika va ultimatumlar ko‘pincha muhim axborotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Model bunday shablonni taniydi va “javob rejimiga” o‘tadi.
Bu holat yaqinda OpenAI asoschisi Sam Oltman tomonidan aytilgan fikrni eslatadi: u ChatGPT’ga murojaatda “iltimos”, “salom”, “rahmat” kabi muloyim so‘zlar bilan so‘rov yubormaslikni tavsiya qilgandi - chunki bunday yondashuv kontekstni xiralashtiradi va javob aniqligini pasaytiradi.
🤖 Savol tug‘iladi: bu faqatgina datasetlar ta’sirimi yoki AI bilan muloqotda yangi etik davr boshlanmoqda?
Eng muhimi - agar AI tahdid ostida yaxshiroq ishlasa, bu bizning o‘zimiz haqimizda nima deydi?

👍8🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alibabaning “Hiker-1” savdo raketasi - bu global logistika va elektron tijoratda inqilob. 1 soatda 10 tonna yukni dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazish imkoniyati bilan u butun yetkazib berish modelini o‘zgartiradi.
🌍 E-tijoratda nima o‘zgaradi?
- Tezlik – yangi standart
Buyurtma - 1 soatda yetkaziladi. Geografiya ahamiyatsiz bo‘ladi.
- “On-demand global” formati
Tovarlar xuddi striming kontentdek ishlaydi - darhol yetib boradi.
- Arzonroq yetkazib berish
Bojxonasiz va yuqori samaradorlik bilan - hatto dengizdan ham arzonroq.
🚀 Logistika qanday bo‘ladi?
Raketa terminalari va avtomatik tushirish tizimlari
AI va big data orqali boshqaruv
Omborlar soni kamayadi - logistika zichlashadi.
🔮 Kelajak manzarasi
- Mahalliylik yo‘qoladi: har narsa global.
- Shaharlararo raketa reyslari: Shanxay - Berlin, Toshkent - Parij.
- Yangi kasblar: orbital logistika, suborbital muhandislik.
- Ekologik tozalik: qayta foydalaniladigan raketalar.
📌 Xulosa:
“Hiker-1” - bu kosmosga chiqayotgan e-commerce. Kelajak - bu tezlik, qulaylik va chegaralarsiz savdo.

🔥5
O‘zbekistonda asta-sekin startap ekotizimi shakllanmoqda - hozircha xom, lekin katta salohiyatga ega.
30-may kuni Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kichik biznes uyushmasi, venchur fondlar (UzVC, Aloqa Ventures, IT Park Ventures), startaplar va tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.
🧩 Asosiy mavzu: startap loyihalarini qanday qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish, bozorga chiqishdagi to‘siqlarni kamaytirish va umuman, mamlakatda startap nima uchun kerakligi haqida bo‘ldi.
To‘g‘risini aytganda - startap madaniyati bizda hali shakllanmagan. Lekin, quvonarlisi, bu sohada chuqur tushunchaga ega va o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor kadrlar bor.
Afsuski, ko‘pchilik hali o‘z g‘oyasini aniq ifoda eta olmaydi, yo‘l boshida turganlar. Lekin energiya va qiziqish bor - bu eng muhimi.
🦾 Qiziqarli fikrlardan biri:
biz qandaydir ma’noda bir narsani o‘zi yasay oladigan avlodni yo‘qotdik.
Maktablarda mehnat va ijodiy to‘garaklar deyarli qolmagan. Aynan shu narsa - yaratish, yig‘ish, sinab ko‘rish - startap madaniyatining asosi. Startap taqdimotdan emas, g‘oya va uni amalga oshirish ko‘nikmasidan boshlanadi.
Aytgancha, hozirda mamlakatda startaplar bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Draftini berishgan - hali o‘qishga ulgurmadim. Yaqinda tanishib, nimalar taklif qilinayotgani haqida albatta bo‘lishaman. Agar bu ish puxta qilinsa - bu butun ekotizim uchun kuchli turtki bo‘lishi mumkin.
30-may kuni Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kichik biznes uyushmasi, venchur fondlar (UzVC, Aloqa Ventures, IT Park Ventures), startaplar va tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.
To‘g‘risini aytganda - startap madaniyati bizda hali shakllanmagan. Lekin, quvonarlisi, bu sohada chuqur tushunchaga ega va o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor kadrlar bor.
Afsuski, ko‘pchilik hali o‘z g‘oyasini aniq ifoda eta olmaydi, yo‘l boshida turganlar. Lekin energiya va qiziqish bor - bu eng muhimi.
🦾 Qiziqarli fikrlardan biri:
biz qandaydir ma’noda bir narsani o‘zi yasay oladigan avlodni yo‘qotdik.
Maktablarda mehnat va ijodiy to‘garaklar deyarli qolmagan. Aynan shu narsa - yaratish, yig‘ish, sinab ko‘rish - startap madaniyatining asosi. Startap taqdimotdan emas, g‘oya va uni amalga oshirish ko‘nikmasidan boshlanadi.
Aytgancha, hozirda mamlakatda startaplar bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Draftini berishgan - hali o‘qishga ulgurmadim. Yaqinda tanishib, nimalar taklif qilinayotgani haqida albatta bo‘lishaman. Agar bu ish puxta qilinsa - bu butun ekotizim uchun kuchli turtki bo‘lishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4💯2
Sizga ham shunday tuyulmayaptimi - blogerlar bozori hozir ancha torayib ketgandek?
Bu aslida g’alati holat: butun mamlakat bo‘yicha ishonchli agenti bor va natijani kafolatlay oladigan professional blogerlar soni 100 tadan oshmaydi.
Eng ajablanarlisi - deyarli butun auditoriya faqat Toshkentga yo‘naltirilgan.
Masalan, men hozirgacha hech bir agentlikda hududlar kesimida blogerlar bazasini ko‘rmadim.
Aytaylik, Samarqanddagi 100 bloger ro‘yxati - yo‘q. Yoki menga shunchaki duch kelmadi. Bo‘lsa, bo‘lishinglar iltimos?
Aslida ko‘p millionli auditoriyasi bor blogerlar “o‘chib” bormoqda: ko‘rishlar sun’iy, kontent bir xil, kompaniyalar uchun foyda deyarli yo‘q.
Tomoshabin ham allaqachon charchagan. Rivojlanish nuqtai nazaridan hozir Qozog‘iston ancha qiziq bosqichda - ular bozorda jiddiy yangilanish jarayonida.
Eng achinarlisi - ko‘p kompaniyalar ham xatoga yo‘l qo‘yadi: mahsulot butun respublika uchun bo‘lsa ham, faqat “toshkentlik” blogerlar bilan ishlashadi.
Bu hozircha shunchaki “мысли вслух». Balki nimanidir o‘tkazib yuborgan bo‘lsam uzur

2👍10🔥6
Yandeks’da yangi imkoniyatlar!
Biz jadal rivojlanmoqdamiz va biz bilan birga texnologiyalar kelajagini yaratishga tayyor bo‘lgan iqtidorli va faol mutaxassislarni izlayapmiz.
Agar siz dinamik muhit va katta maqsadlar izlayotgan bo‘lsangiz - bizga qo‘shiling!
1. Fantеch’ga IT-loyihalar menejeri
https://yandex.ru/jobs/vacancies/33827?utm_source=space
2. Yandex Market’da marketing menejeri
https://yandex.ru/jobs/vacancies/33443?utm_source=space
3. Plus jamoasiga test muhandisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/33711?utm_source=space
4. Kinopoisk marketing menejeri
https://yandex.ru/jobs/vacancies/33638?utm_source=space
5. Taksi PRO jamoasiga test muhandisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/10389?utm_source=space
6. Taksi PRO jamoasiga test muhandisi

7. Yandex Plus’ning xalqaro analitigi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/33089?utm_source=space
8. Haydovchilar tajribasini yaxshilash jamoasiga backend dasturchi
https://space.yandex-team.ru/vacancies/form/recommend/?vacancyId=813030
9. CoreTaxi jamoasiga backend dasturchi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/26789?utm_source=space
10. Yandex Pro’da Flutter dasturchi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/6537?utm_source=space
11. Go xizmati marketing va yuqori tariflar jamoasiga analitik-dasturchi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/31902?utm_source=space
12 Yandex Go ilovasiga iOS dasturchi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/5825?utm_source=space
13. Taksi xizmati uchun Android dasturchi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/2040?utm_source=space

👍4
🌍 Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2025
🔥 8 mingdan ortiq ishtirokchi. Deyarli 100 davlat. Prezidentlar, bosh vazirlar, global moliya va texnologiya liderlari. Bularning barchasi bugun - Toshkentda!
🇺🇿 Yandex uchun bu yilgi forumning platina homiysi bo‘lish - bu shunchaki maqom emas. Bu bizning ishonchimiz, bu bizning tanlovimiz: O‘zbekiston bilan birga kelajakni qurish.
📈 Forum - bu raqamlar emas, bu energiya! Bu yerda dunyo O‘zbekistonni eshitmoqda. Va biz faxrlanamizki, bu ovozda Yandex ham bor.
👏 Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi - sizlarga RAHMAT!
Bu darajadagi tashkilotchilik - bu yurt sha’niga mos, xalqaro mezonlarga munosib.
💡 O‘zbekiston endi izdan bormayapti - u yo‘l ko‘rsatmoqda.Yandex esa shu yo‘lda - siz bilan birga, bir safda.

🔥5👍2❤1