Qarorlar soyasida
1.96K subscribers
321 photos
52 videos
96 links
💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan
🎓PhD in Economics, Skolkovo School

Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu
Download Telegram
🎯 Bir yil oldin Yandeks jamoasiga qo‘shildim - bu yerda natijalar chinakam e’tiborga loyiq.

Bu kompaniyada o‘sish va rivojlanish so‘zlarga emas, aynan erishilgan yutuqlarga bog‘liq. Bu haqiqatga asoslangan, kuchli tamoyil bo‘lib, eng yaxshiga intiladigan odamlarni birlashtiradi.

Yandeksda ajoyib muhit bor: rahbarlar faqat boshqaruvchilar emas, balki haqiqiy ustozlar va “maydondagi murabbiylar”. Bu yerda tashabbus qo‘llab-quvvatlanadi, qaror qabul qilish va xatolardan qo‘rqmaslik o‘rgatiladi - chunki aynan shunday innovatsiyalar tug‘iladi.

Men uchun bu yil - o‘sish, jasoratli chaqiriqlar va kuchli jamoa bilan birga bo‘lgan yil bo‘ldi. O‘zgarishdan qo‘rqmaydigan, har doim eng yaxshisini izlaydigan kompaniyada ishlayotganimdan faxrlanaman.

Bu yo‘l uchun jamoadoshlarimga rahmat - oldinda yana-da qiziqarli kunlar kutmoqda. Olg’a!!!
🔥7💯3👍1
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda yana bir xavfli tendensiyani kuzatyapman: odamlarni “toshkentlik” va “viloyatlik” deb ajratish oldingi paytlardan ham kuchaymoqda. Bu illat yangi emas, biroq bugungi kunda u yangi kuch olmoqda - yashirin diskriminatsiya orqali.

Bir paytlar biz bunday bo‘linishga qarshi tarixiy bir qadam tashlagan edik - viloyatliklarga Toshkentda propiskaga tushish imkoniyati yaratildi. O‘sha davrda talaba edim va ko‘z o‘ngimda qanday iste’dodli yigit-qizlar faqat propiska yo‘qligi sababli imkoniyatlardan mahrum bo‘lganini ko‘rganman. Adolat yo’q edi. Hammasi chet elda)))

Bugun esa yana viloyatliklarga qarshi cheklov va tamg‘a urish hollari ko‘paymoqda. Achinarlisi shundaki, bu kayfiyatni targ‘ib qilayotganlarning o‘zlari ham bir paytlar ayni nohaqlikdan aziyat chekkanlar.

Haqiqat shuki, har bir hududda yaxshi odam ham bor, yomon odam ham. Birgina salbiy holat asosida butun bir viloyatni baholash – adolatsizlik. To‘g‘risini aytganda, “ahmoqlik” soni Toshkentda boshqa viloyatlardan kamroq emas – balki ko‘proqdir.

Biz taraqqiyot sari intilar ekanmiz, ortga qaytmasligimiz kerak. Jamiyatda barqarorlik va imkon tengligi bo‘lishi shart. Har bir fuqaro – qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar – o‘z yurtida o‘zini teng his qilishi kerak.

Keling, insoniyatni hudud emas, qadriyat birlashtirsin.

P.S. Shuni esda tuting: taksiga chiqqaningizda haydovchi viloyatdan bo‘lsa - uni qoralashga shoshilmang. “ular ko‘payib ketdi”, “Toshkentni egallab olishdi”, “mashinalari iflos”, “madaniyatsiz” degan fikrlar sizga ongli ravishda singdirilmoqda. Bu - sizga “навязанный» stereotip, sizni aynan shunday o‘ylashga majburlashyapti.
💯11🔥62
Inklyuzivlik - bu trend emas. Bu mas’uliyat.

Biz yordamni so‘z bilan emas, amalda ko‘rsatishga harakat qilamiz - Yandex servislarimiz orqali real yashash sharoitlarini yaratamiz: qulay muhit, infratuzilma va socalisatsiya imkoniyatlari.

Inklyuziya - bu tizimli yondashuv haqida. Erkin harakatlanish, o‘qish, ishlash, jamiyatning bir qismi bo‘lish imkoniyati - aynan mana shu narsalar muhim. Aynan shular jamiyatni yetuk qiladi.

Rasmda mening yangi do‘stlarim.
Ular O‘zbekistonda inklyuziyani rivojlantirish bilan shug‘ullanishmoqda.
👍11🔥1💯1
Bu hafta bir qancha tadbirlarga taklif qilishdi - davlat idoralari bilan samarali hamkorlik haqida gapirib berishimni so‘rashdi.

Avval qiziqdim. Deyarli roziligimni ham bermoqchi edim. Keyin o‘ylab qoldim: men aslida nima haqida gapira olarman? Tashkilotchilardan ham so‘radim: siz nimani kutyapsizlar?

Menda hech qanday sehrli formula yo‘q. Mening tajribamda ishlaydigan narsa - bu “o’zicha - xitriy” sxemalar emas, balki oddiy insoniy tamoyillar:

Har qanday darajadagi amaldor bilan halol bo‘lish
Muammolar va xavflar haqida ochiq gapirish
Vada bergan ishni oxirigacha yetkazish
Davlatga ortiqcha boshi o’griqni tug‘dirmaslik
Ishni doim rezultatga ya’ni mantiqiy yakunga-nuqtasiga yetkazish

Biz davlatga muammo tug‘dirmaymiz - aksincha, foydali bo‘lishga harakat qilamiz. Shantaj qilmaymiz. Bosim o‘tkazmaymiz. Savdolashmaymiz.

Balkim, menga biroz osonroqdir - men o‘zim ham ilgari davlat ishchisi bo‘lganmanku. Tizim qanday ishlashini, nimasi muhimligini yahshi tushunaman.

Va shuning uchun bo‘lsa kerak, ilgari qurilgan aloqalarim hali ham ishlaydi. Ular yordam berishadi - majbur bo‘lgani uchun emas, balki ishonishadi. Chunki men har doim ochiq va vatanimga foydali bo‘lishga harakat qilganman - Yandeksda bo’lsam ham!

GR bu - fokus emas. Bu - ishonch va hurmat haqida.

Biz Yandeksda faqat pul topish tog’risida emasmiz.
Chin yurakdan - socialka, ta’lim va ekologiyaga foyda keltiramiz. Ishchi o’rinlar, texnologiyalar, yangi qulay servislar…

Chunki ishonamiz: pul topish va shu yurtda foydali bo‘lish - bir-biriga zid emas.

P.S. bir “inside” ni aytmoqchiman:

Yandeks foydasini chetga olib chiqmaydi. Hammasi shu yerda qoladi va yangi servislarni rivojlanishga yo‘naltiriladi. Bu yirik investorlar orasida juda kam uchraydigan keys. Balki yagona misoldir. Ishoning

Yana bir narsa: kompaniyaning “milliyligi” nomida emas. Qarorlarni kim qabul qilayotgani, jamoasi kimlardan iboratligi va foyda qayerga ketayotganida. Ecomdagi yirik o‘yinchilardan qaysi rahbar bizning qora ko‘zli do‘stimiz?

Yandeks O’zbekiston - haqiqatda o‘zbek kompaniyasi.

Biz ishlayotgan yurtdan minnatdormiz.
Va shu yurtning ishonchiga munosib bo‘lishga harakat qilamiz.

Rasm tasodifiy. ‘Shaytanat’ serialini yana bir bor ko‘rmoqchiman - bu rasm o‘zimga eslatma!
👍4💯2
MAZZA FOOD & MUSIC FEST 2025 - bahorning eng mazali lahzalari aynan shu yerda edi.

9–11 may kunlari Toshkent uyquni unutdi.
UzExpo Center yozgi avtoturargohi uch kun davomida musiqa, raqs va ko‘cha taomlari bayramiga aylandi. 20 000 dan ortiq mehmon, 40 dan ziyod fud-brend, 400+ bloger, o‘nlab fotosalonlar, 3000 m² sahna, jonli musiqalar, piknik zonalari, bolalar maydonchalari va minglab tabassumlar - bu festival MAZZA haqida edi.

Yandex GO bu safar festivalning bosh homiysi bo‘ldi - va biz uni nafaqat mazali, balki qulay ham qilishga harakat qildik:

Festivalga yetib borish - Yandex GO bilan oson
Mazali taom topish - bizning hamkorlarimiz orasida eng yaxshi oshpazlar bor edi
Yaxshi kayfiyat - bizning maxsus zonamiz, sovg‘alar va interaktivlar mehmonlarga quvonch ulashdi

Bunday festivalni qo‘llab-quvvatlaganimizdan faxrlanamiz - bu yerda do‘stlar, oilalar va butun shahar bir joyga jam bo‘ldi.

Bu - biznes, madaniyat va texnologiyalar bir maqsad uchun birlashgan joy edi.

Bunday lahzalarning bir qismi bo‘lishni yaxshi ko‘ramiz. Bu shaharni esa yanada ko‘proq.

Yangi uchrashuvlargacha.
👍2🔥1💯1
Raqamli reklamaning haddan tashqari ko’paygan davrida auditoriya bilan o’zaro aloqani o’rnatishning noodatiy usullarini topish juda muhim.

Shunday usullardan biri - jamoat joylarini brendlash. Bu shunchaki logotip yoki banner qo’yish emas - bu maxsus muhit yaratish, bu esa brend bilan hissiy bog’lanishni shakllantiradi.

Nega aynan parklar?

Parklar - bu dam olish zonalari bo’lib, odamlar bu yerda oila va do’stlari bilan vaqt o’tkazishadi.

Bunday muhitda ular ijobiy xabarlarga va vizual obrazlarga nisbatan sezgirroq bo’lishadi. Parklarda brendlash - bu auditoriya kundalik kontekstiga noziklik bilan kirib borish imkoniyati bo’lib, shunchaki ko’zga tashlanib qolmasdan, ularning e’tiborini jalb qilish imkonini beradi.

Klassik tashqi reklama bilan solishtirganda, jamoat joylarida brendlashning samaradorligini to’g’ridan-to’g’ri savdoda o’lchash qiyin. Ammo boshqa ko’rsatkichlar bor:

- Muloqot vaqti: parkda tashrif buyuruvchilar brendlangan zonalarda 15-30 daqiqa vaqt o’tkazishadi, bu brendni eslab qolish ehtimolini oshiradi.
- Foto va ijtimoiy tarmoqlar: chiroyli zonalar yaratish orqali biz foydalanuvchi kontenti orqali organik targ’ibotni rag’batlantiramiz.
- Hissiy jalb etish: ijobiy taassurotlar brend bilan bog’lanadi, bu esa uzoq muddatli sadoqatni shakllantiradi.

Shunday qilib, jamoat joylarida brendlash shunchaki reklama emas. Bu shaharning ajralmas qismiga aylanish, tashrif buyuruvchilarga qiymat qo’shish va unutilmas taassurotlar yaratishdir.
👍3🔥31
Biroz sabr qilish kerak - hali chang bo‘ladi. Ammo soat 23:00 da yomg‘ir yog‘adi va hammasi o‘z o‘rniga tushadi.

O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Ma’lumot: Yandex Ob-havo

https://yandex.ru/pogoda/maps/nowcast?app=1&ios-webview=1&lat=41.33091989259334&lon=69.24236202525978&osm=0&lang=ru_UZ&uuid=1c0da0d44d9b4743a007da3cd1185788&is_user_location=1&theme=dark&app_soyuz=1&app_with_layers=1&app_with_pollen=1
👍3
Nega maktablarda kiberxavfsizlik asoslarini o’rgatish muhim?

Bugungi kunda har bir bola yoshligidanoq smartfondan foydalanib, internetga kiradi. Shunday ekan, kiberxavfsizlikni o’rgatish xuddi o’qish va yozish kabi zarur bo’lib qoldi. Nega bu shunchalik muhim?

1. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish:
Ko’pincha bolalar o’zlarining ma’lumotlari firibgarlar uchun qanchalik qimmatli ekanini tushunishmaydi. Kiberxavfsizlik darslari ularga qanday ma’lumotlarni oshkor qilmaslik kerakligini va shubhali iltimoslarni qanday aniqlashni o’rgatadi.

2. Raqamli savodxonlikni shakllantirish:
Kiberxavfsizlik nafaqat texnik bilimlar, balki tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. O’quvchilar soxta saytlarni ajratib olishni, fishing havolalarni aniqlashni va kiberhujumlardan himoyalanishni o’rganadilar.

3. Kiberbullingning oldini olish:
Farzandlar internetdagi tahqirlash yoki kamsitishga qanday javob berishni o’rganishlari lozim. Kiberxavfsizlik darslari ularga o’zlarini himoya qilish va to’g’ri munosabatda bo’lish ko’nikmasini shakllantiradi.

4. Kelajakdagi kasblarga tayyorgarlik:
Kiberxavfsizlik IT sohasida eng talab yuqori yo’nalishlardan biridir. Maktabdayoq bu yo’nalishni o’rganish o’quvchilarga bozor talablariga moslashishga yordam beradi.

5. Raqamli javobgarlikni tushunish:
Internetdagi harakatlarimiz haqiqiy hayotdagi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kiberxavfsizlik darslari o’quvchilarga nafaqat o’zlarini, balki boshqalarni ham himoya qilishni o’rgatadi.

Nega yirik kompaniyalar, jumladan Yandex, kiberxavfsizlik ta’limini qo’llab-quvvatlaydi?

1. Ijtimoiy mas’uliyat:
Yirik IT kompaniyalar o’z mahsulotlaridan foydalanuvchi bolalar uchun xavfsiz muhit yaratishga intiladi. Kiberxavfsizlik bo’yicha o’quv dasturlarini qo’llab-quvvatlash - bu internetni xavfsizroq qilishga qaratilgan tashabbusdir.

2. Kelajakdagi kadrlarni shakllantirish:
Yandex kabi kompaniyalar uchun kiberxavfsizlik bo’yicha malakali mutaxassislar zarur. Bolalarni erta yoshdanoq bu yo’nalishda o’qitish - bu kelajakda bo’sh ish o’rinlarini to’ldirish uchun yaxshi imkoniyat.

3. Kiberxavfning kamayishi:
Kiberxavfsizlik bo’yicha bilimli avlod ko’paygani sayin, firibgarlik va ma’lumotlar o’g’irlanishi kamayadi. Bu esa Yandex kabi kompaniyalarning xizmatlarini ishonchli va xavfsiz qiladi.

Internetda xavfsiz bo‘lishni o‘rganing - bu nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak uchun ham muhim!
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Pro’ning yangi reklamalarini ko‘rdingizmi? Qanchalik kreativ va ko‘zga yoqimli ishlanganini ko‘rib hayron qolasiz.

Bu oddiy reklama emas - bu vizual kayf.
Dinamik, hazil aralash, zamonaviy va o‘ziga xos uslubda ishlangan.

Oddiy bir xizmat - taksi chaqirish - shunchalik yorqin va esda qolarli tarzda ko‘rsatilyaptiki, tomosha qilishning o‘zi yoqimli.

Ko‘rmagan bo‘lsangiz - albatta bir ko‘z tashlang.
Marketing shunday bo‘lishi kerak - ilhomlantiruvchi va ko‘ngilga yoqadigan.
🔥5
Toshkentga ranglar kerak. Shahar hayoti faqat asfalt va beton bilan emas, odamlar ruhi bilan yashaydi.

Yandex O’zbekiston mahalliy grafiti rassomlarini qo‘llab-quvvatladi. Seul ko‘chasidagi Seoul Mun devorida rassom Mirshod (Vargunza) va uning jamoasi tomonidan yaratilgan katta hajmli grafiti paydo bo‘ldi.

Bu oddiy bezak emas - bu vizual hikoya. Komiks uslubida chizilgan grafitida Yandex xizmatlari qahramonlik darajasida tasvirlangan: kuryerlar superqahramonga aylanib, buyurtmalarni chaqmoq tezligida yetkazmoqda.

Menimcha, bunday tashabbuslar nafaqat shaharga rang va kayfiyat olib kiradi, balki yosh ijodkorlar uchun yangi sahnani ochadi.

Toshkent bunday jasoratli va kreativ ishlarga muhtoj.
1🔥1
🚕 Yandex Go endilikda Denovda!

Bu - Yandex taksi xizmati faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi 18-shahar. Endi denovliklar va shahar mehmonlari uchun taksi buyurtma qilish yanada osonlashdi - barchasi bir ilova orqali, bir necha bosqichda amalga oshadi.

Denovdagi yangi imkoniyatlardan bahramand bo‘ling!
👍5