Qarorlar soyasida
1.96K subscribers
321 photos
52 videos
96 links
💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan
🎓PhD in Economics, Skolkovo School

Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu
Download Telegram
🔗Yandex Direct - TG’da reklama uchun bonus dasturi

Sotuvni oshirishni, brendingizni mustahkamlashni yoki kengroq auditoriyaga yetib borishni xohlaysizmi? Endilikda bu imkoniyatlar yanada foydali bo‘ldi.

Yandex Ads O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Telegram kanallarida hali reklama joylashtirmagan yangi foydalanuvchilar uchun maxsus dastur ishga tushirmoqda.

Dastur shartlari va bonuslar:
- Agar bir oyda 5 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflasangiz - 1 million so‘m bonus olasiz.
- Agar bir oyda 10 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflasangiz - 2 million so‘m bonus olasiz.

Bonusni qanday olish mumkin?
1. Yandex Direct orqali Telegram kanallarida reklama joylashtiring.
2. Aksiya shartlarini bajaring.
3. Maxsus havola orqali shaklni to‘ldiring - biz ma’lumotlaringizni tekshiramiz va bonusni Yandex Direct akkauntingizga yuklaymiz.

Aksiya muddati: 2025-yil 1-maydan 30-iyungacha.
Bonuslarni hisoblash muddati: so‘rovnoma yuborilgan kundan boshlab 15 kun ichida.

Bonuslar faqat reklama joylashtirish uchun ishlatiladi. Pul ko‘rinishida qaytarib berilmaydi.
Reklama formati haqida ko‘proq ma’lumot oling va joylashtirishni bugunoq boshlang!

https://yandex.uz/project/direct/performance/promo_telegram/direct-tg
Kompetensiyalar davri tugadi. Endi rollar davri boshlandi.

Yillar davomida biz o‘rganish va rivojlanishni kompetensiyalar prizmasi orqali baholadik: inson qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakki, u muvaffaqiyatga erishsin? Ammo endi bu yondashuv o‘zini oqlamayapti.

Kompetensiyalar - hech kim tushunmaydigan til. Biznesga harakat va natija kerak. HR xodimlari munosabat va xulq bilan ishlaydi. TnD esa bu ikki olam orasida siqilib qolgan.

Ko‘rinib turibdiki, “kompetensiyalar” degan oraliq qatlam endi ish bermayapti. Endi rollar davri keldi.

Kompaniyada sen qanday rol o‘ynaysan? Samarali menejermi? Tadbirkormi? Muzokarachi? Prodyuser?

Bir kuni katta kompaniya CEO’si menga aytgandi:
u odamni lavozimga kompetensiyaga qarab emas, balki profiliga qarab tanlaydi - bu odam aslida kim? Tashabbuskor tashkilotchimi? Yoki empatik sotuvchimi? O‘shanda bu gapga uncha e’tibor bermagandim. Endi esa tushundim: u rollar haqida gapirgan ekan.

Rol - bu oddiy vazifa emas. Bu insonning ishdagi uslubi, fikrlashi, o‘zini tutishidir. Shaxs - bu kompetensiyalar to‘plami emas, balki biz o‘ynay oladigan rollar repertuaridir.

Biznes-ta’lim ham aslida kompetensiyani emas, balki 2-3 asosiy rolni rivojlantirgan, xolos. Uning orqasida esa bo‘shliq. “lider” degan mavhum tushuncha yo‘q. Faqat rollar bor.

Va eng muhim savol: bu rollarni o‘ynayotgan odam qanday inson? Bu haqda deyarli hech kim o‘ylamagan.

endi o‘ylaydigan vaqt keldi, shekilli…
👍6
⚙️Aqlli qurilmalar va avtonom texnologiyalar kelajagi bo‘yicha konferensiyaga taklif qilamiz!

2025-yil 24-may kuni onlayn tarzda uchrashamiz va quyidagilar haqida fikr almashamiz:
- mobil va avtonom robotlarni ishlab chiqish,
- aqlli qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarish,
- sohaning istiqbollari va real keislar.

Dasturda ikki yo‘nalish bo‘yicha treklar mavjud:
Hardware & Software, shuningdek Yandex jamoalari tomonidan tayyorlangan expo:
Avtonom transport, Yandex Infrastructure, Yandex Robotics, Alisa va Aqlli qurilmalar.

Texnologiyalar rivojini kuzatayotgan ishlab chiquvchilar, muhandislar, mahsulot menejerlari va boshqa mutaxassislar uchun juda foydali bo‘ladi.

Qo‘shiling va o‘z g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing!
https://events.yandex.ru/events/ya_zhelezo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ Yandex Uzbekistan’dan AI Meetup — 14-may kuni Toshkentda!

Sun’iy intellektni amaliy qo‘llashga bag‘ishlangan ikkinchi uchrashuvga taklif qilamiz. ML Community bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TUIT) to‘planib:

• Sun’iy intellektdan foydalanishning real misollarini ko‘rib chiqamiz
• Ekspertlarning ilhomlantiruvchi chiqishlarini tinglaymiz
• Hamfikrlar bilan ochiq muloqot va networking qilamiz

Tadbir ingliz tilida bo‘lib o‘tadi va barcha qiziquvchilar uchun ochiq.

Mehmon sifatida qatnashing yoki ma’ruzachi bo‘lish uchun ariza yuboring!

https://lu.ma/vr47ro15

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSerGZMmDfn7WcHBSw_s-U7tX9zi2K3h3uDM5-H9QulzBeRo-g/viewform

14-may kuni uchrashguncha!
👍2💯1
Texnologiyalar - barcha uchun qulay va inklyuziv hayot sari yo‘l

O‘zbekistonda “Ijtimoiy taksi” nomli loyihasi ishga tushdi. Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Endi Toshkent, Samarqand va Andijonda nogironligi bo‘lgan maktab o‘quvchilari maktabga borish va uyga qaytishda taksidan xavfsiz va qulay foydalanishlari mumkin. Davlat har bir bola uchun oyiga 450 000 so‘mgacha yo‘l xarajatlarini qoplaydi.

Loyiha kecha Birinchi xonimi, Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva ishtirokida taqdim etildi va yuksak baho oldi.

Bu tashabbus davlat va texnologiyalar hamkorligi qanday qilib ijtimoiy o‘zgarishlar keltirishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Batafsil: https://kun.uz/kr/84362164
👍8🔥2
📦 Infratuzilma – bu yo‘llar va omborlardan ko‘ra kengroq tushuncha. Bu – aktiv iqtisodiyotdir.

Davlat obyektlarni qurishi mumkin, ammo tadbirkorlarsiz ular faoliyat yuritmaydi. Aynan biznes ish o‘rinlarini yaratadi, talabni shakllantiradi va xizmatlarni yo‘lga qo‘yadi.

🎯 Tadbirkorlar – mamlakat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchidir.

Bugungi kunda raqamli savdo va marketpleyslar iqtisodiy infratuzilmaning muhim qismiga aylanmoqda. Lekin bu vosita mamlakat manfaati uchun ishlashi uchun nafaqat platformalarni, balki mahalliy sotuvchilarni ham rivojlantirish zarur – aynan shu odamlar mahsulot yaratadi, soliq to‘laydi va aholining bandligini ta’minlaydi.

Yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda:
- 2026-yildan davlat o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga marketpleyslarda seller sifatida faoliyat yuritishga ruxsat berdi.

Bu shunday “iqtisodiy zinapoya”ni yaratadi – avval siz o‘zini o‘zi band qilganlar qatorida bo‘lib soliq to‘lamaysiz (100 mln so‘mgacha), keyin 4% stavkadagi yengil soliq to‘laysiz (1 mlrd gacha). Bu – kichik biznes uchun ulkan imkoniyat va qulay sharoit.

Biroq sellerlar rivojlanishi uchun faqat faoliyatning o‘zi yetarli emas. Buxgalteriya va hisobotni raqamlashtirish shart. Sotuvchi faqat savdoga e’tibor qaratishi kerak – u qaysi hujjatni qayerdan topish, qayerga taqdim etish haqida bosh qotirmasligi lozim.

Barcha jarayonlar raqamli va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak: hisobot, soliq, kirim-chiqim – barchasi yagona interfeys orqali, shaffof va oson. Bu bo’yicha soliq qo’mitamiz ishlayapti! Ularga rahmat!

(!!!) Kuchli mahalliy sellerlarsiz, eng ilg‘or texnologik platforma ham barqaror samara bermaydi. Aksincha, faqat chegara ortidan (krossbord) keladigan savdoni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat mamlakat tashqarisida qolib ketadi.

Sellerlarni rivojlantirish – bu shunchaki biznes masalasi emas. Bu iqtisodiy xavfsizlik, ish bilan ta’minlash va barqaror o‘sish demakdir. Va aynan hozir – bu yo‘nalishda poydevor qo‘yish uchun eng maqbul vaqt.
🔥1
🎯 Bir yil oldin Yandeks jamoasiga qo‘shildim - bu yerda natijalar chinakam e’tiborga loyiq.

Bu kompaniyada o‘sish va rivojlanish so‘zlarga emas, aynan erishilgan yutuqlarga bog‘liq. Bu haqiqatga asoslangan, kuchli tamoyil bo‘lib, eng yaxshiga intiladigan odamlarni birlashtiradi.

Yandeksda ajoyib muhit bor: rahbarlar faqat boshqaruvchilar emas, balki haqiqiy ustozlar va “maydondagi murabbiylar”. Bu yerda tashabbus qo‘llab-quvvatlanadi, qaror qabul qilish va xatolardan qo‘rqmaslik o‘rgatiladi - chunki aynan shunday innovatsiyalar tug‘iladi.

Men uchun bu yil - o‘sish, jasoratli chaqiriqlar va kuchli jamoa bilan birga bo‘lgan yil bo‘ldi. O‘zgarishdan qo‘rqmaydigan, har doim eng yaxshisini izlaydigan kompaniyada ishlayotganimdan faxrlanaman.

Bu yo‘l uchun jamoadoshlarimga rahmat - oldinda yana-da qiziqarli kunlar kutmoqda. Olg’a!!!
🔥7💯3👍1
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda yana bir xavfli tendensiyani kuzatyapman: odamlarni “toshkentlik” va “viloyatlik” deb ajratish oldingi paytlardan ham kuchaymoqda. Bu illat yangi emas, biroq bugungi kunda u yangi kuch olmoqda - yashirin diskriminatsiya orqali.

Bir paytlar biz bunday bo‘linishga qarshi tarixiy bir qadam tashlagan edik - viloyatliklarga Toshkentda propiskaga tushish imkoniyati yaratildi. O‘sha davrda talaba edim va ko‘z o‘ngimda qanday iste’dodli yigit-qizlar faqat propiska yo‘qligi sababli imkoniyatlardan mahrum bo‘lganini ko‘rganman. Adolat yo’q edi. Hammasi chet elda)))

Bugun esa yana viloyatliklarga qarshi cheklov va tamg‘a urish hollari ko‘paymoqda. Achinarlisi shundaki, bu kayfiyatni targ‘ib qilayotganlarning o‘zlari ham bir paytlar ayni nohaqlikdan aziyat chekkanlar.

Haqiqat shuki, har bir hududda yaxshi odam ham bor, yomon odam ham. Birgina salbiy holat asosida butun bir viloyatni baholash – adolatsizlik. To‘g‘risini aytganda, “ahmoqlik” soni Toshkentda boshqa viloyatlardan kamroq emas – balki ko‘proqdir.

Biz taraqqiyot sari intilar ekanmiz, ortga qaytmasligimiz kerak. Jamiyatda barqarorlik va imkon tengligi bo‘lishi shart. Har bir fuqaro – qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar – o‘z yurtida o‘zini teng his qilishi kerak.

Keling, insoniyatni hudud emas, qadriyat birlashtirsin.

P.S. Shuni esda tuting: taksiga chiqqaningizda haydovchi viloyatdan bo‘lsa - uni qoralashga shoshilmang. “ular ko‘payib ketdi”, “Toshkentni egallab olishdi”, “mashinalari iflos”, “madaniyatsiz” degan fikrlar sizga ongli ravishda singdirilmoqda. Bu - sizga “навязанный» stereotip, sizni aynan shunday o‘ylashga majburlashyapti.
💯11🔥62
Inklyuzivlik - bu trend emas. Bu mas’uliyat.

Biz yordamni so‘z bilan emas, amalda ko‘rsatishga harakat qilamiz - Yandex servislarimiz orqali real yashash sharoitlarini yaratamiz: qulay muhit, infratuzilma va socalisatsiya imkoniyatlari.

Inklyuziya - bu tizimli yondashuv haqida. Erkin harakatlanish, o‘qish, ishlash, jamiyatning bir qismi bo‘lish imkoniyati - aynan mana shu narsalar muhim. Aynan shular jamiyatni yetuk qiladi.

Rasmda mening yangi do‘stlarim.
Ular O‘zbekistonda inklyuziyani rivojlantirish bilan shug‘ullanishmoqda.
👍11🔥1💯1
Bu hafta bir qancha tadbirlarga taklif qilishdi - davlat idoralari bilan samarali hamkorlik haqida gapirib berishimni so‘rashdi.

Avval qiziqdim. Deyarli roziligimni ham bermoqchi edim. Keyin o‘ylab qoldim: men aslida nima haqida gapira olarman? Tashkilotchilardan ham so‘radim: siz nimani kutyapsizlar?

Menda hech qanday sehrli formula yo‘q. Mening tajribamda ishlaydigan narsa - bu “o’zicha - xitriy” sxemalar emas, balki oddiy insoniy tamoyillar:

Har qanday darajadagi amaldor bilan halol bo‘lish
Muammolar va xavflar haqida ochiq gapirish
Vada bergan ishni oxirigacha yetkazish
Davlatga ortiqcha boshi o’griqni tug‘dirmaslik
Ishni doim rezultatga ya’ni mantiqiy yakunga-nuqtasiga yetkazish

Biz davlatga muammo tug‘dirmaymiz - aksincha, foydali bo‘lishga harakat qilamiz. Shantaj qilmaymiz. Bosim o‘tkazmaymiz. Savdolashmaymiz.

Balkim, menga biroz osonroqdir - men o‘zim ham ilgari davlat ishchisi bo‘lganmanku. Tizim qanday ishlashini, nimasi muhimligini yahshi tushunaman.

Va shuning uchun bo‘lsa kerak, ilgari qurilgan aloqalarim hali ham ishlaydi. Ular yordam berishadi - majbur bo‘lgani uchun emas, balki ishonishadi. Chunki men har doim ochiq va vatanimga foydali bo‘lishga harakat qilganman - Yandeksda bo’lsam ham!

GR bu - fokus emas. Bu - ishonch va hurmat haqida.

Biz Yandeksda faqat pul topish tog’risida emasmiz.
Chin yurakdan - socialka, ta’lim va ekologiyaga foyda keltiramiz. Ishchi o’rinlar, texnologiyalar, yangi qulay servislar…

Chunki ishonamiz: pul topish va shu yurtda foydali bo‘lish - bir-biriga zid emas.

P.S. bir “inside” ni aytmoqchiman:

Yandeks foydasini chetga olib chiqmaydi. Hammasi shu yerda qoladi va yangi servislarni rivojlanishga yo‘naltiriladi. Bu yirik investorlar orasida juda kam uchraydigan keys. Balki yagona misoldir. Ishoning

Yana bir narsa: kompaniyaning “milliyligi” nomida emas. Qarorlarni kim qabul qilayotgani, jamoasi kimlardan iboratligi va foyda qayerga ketayotganida. Ecomdagi yirik o‘yinchilardan qaysi rahbar bizning qora ko‘zli do‘stimiz?

Yandeks O’zbekiston - haqiqatda o‘zbek kompaniyasi.

Biz ishlayotgan yurtdan minnatdormiz.
Va shu yurtning ishonchiga munosib bo‘lishga harakat qilamiz.

Rasm tasodifiy. ‘Shaytanat’ serialini yana bir bor ko‘rmoqchiman - bu rasm o‘zimga eslatma!
👍4💯2
MAZZA FOOD & MUSIC FEST 2025 - bahorning eng mazali lahzalari aynan shu yerda edi.

9–11 may kunlari Toshkent uyquni unutdi.
UzExpo Center yozgi avtoturargohi uch kun davomida musiqa, raqs va ko‘cha taomlari bayramiga aylandi. 20 000 dan ortiq mehmon, 40 dan ziyod fud-brend, 400+ bloger, o‘nlab fotosalonlar, 3000 m² sahna, jonli musiqalar, piknik zonalari, bolalar maydonchalari va minglab tabassumlar - bu festival MAZZA haqida edi.

Yandex GO bu safar festivalning bosh homiysi bo‘ldi - va biz uni nafaqat mazali, balki qulay ham qilishga harakat qildik:

Festivalga yetib borish - Yandex GO bilan oson
Mazali taom topish - bizning hamkorlarimiz orasida eng yaxshi oshpazlar bor edi
Yaxshi kayfiyat - bizning maxsus zonamiz, sovg‘alar va interaktivlar mehmonlarga quvonch ulashdi

Bunday festivalni qo‘llab-quvvatlaganimizdan faxrlanamiz - bu yerda do‘stlar, oilalar va butun shahar bir joyga jam bo‘ldi.

Bu - biznes, madaniyat va texnologiyalar bir maqsad uchun birlashgan joy edi.

Bunday lahzalarning bir qismi bo‘lishni yaxshi ko‘ramiz. Bu shaharni esa yanada ko‘proq.

Yangi uchrashuvlargacha.
👍2🔥1💯1
Raqamli reklamaning haddan tashqari ko’paygan davrida auditoriya bilan o’zaro aloqani o’rnatishning noodatiy usullarini topish juda muhim.

Shunday usullardan biri - jamoat joylarini brendlash. Bu shunchaki logotip yoki banner qo’yish emas - bu maxsus muhit yaratish, bu esa brend bilan hissiy bog’lanishni shakllantiradi.

Nega aynan parklar?

Parklar - bu dam olish zonalari bo’lib, odamlar bu yerda oila va do’stlari bilan vaqt o’tkazishadi.

Bunday muhitda ular ijobiy xabarlarga va vizual obrazlarga nisbatan sezgirroq bo’lishadi. Parklarda brendlash - bu auditoriya kundalik kontekstiga noziklik bilan kirib borish imkoniyati bo’lib, shunchaki ko’zga tashlanib qolmasdan, ularning e’tiborini jalb qilish imkonini beradi.

Klassik tashqi reklama bilan solishtirganda, jamoat joylarida brendlashning samaradorligini to’g’ridan-to’g’ri savdoda o’lchash qiyin. Ammo boshqa ko’rsatkichlar bor:

- Muloqot vaqti: parkda tashrif buyuruvchilar brendlangan zonalarda 15-30 daqiqa vaqt o’tkazishadi, bu brendni eslab qolish ehtimolini oshiradi.
- Foto va ijtimoiy tarmoqlar: chiroyli zonalar yaratish orqali biz foydalanuvchi kontenti orqali organik targ’ibotni rag’batlantiramiz.
- Hissiy jalb etish: ijobiy taassurotlar brend bilan bog’lanadi, bu esa uzoq muddatli sadoqatni shakllantiradi.

Shunday qilib, jamoat joylarida brendlash shunchaki reklama emas. Bu shaharning ajralmas qismiga aylanish, tashrif buyuruvchilarga qiymat qo’shish va unutilmas taassurotlar yaratishdir.
👍3🔥31
Biroz sabr qilish kerak - hali chang bo‘ladi. Ammo soat 23:00 da yomg‘ir yog‘adi va hammasi o‘z o‘rniga tushadi.

O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Ma’lumot: Yandex Ob-havo

https://yandex.ru/pogoda/maps/nowcast?app=1&ios-webview=1&lat=41.33091989259334&lon=69.24236202525978&osm=0&lang=ru_UZ&uuid=1c0da0d44d9b4743a007da3cd1185788&is_user_location=1&theme=dark&app_soyuz=1&app_with_layers=1&app_with_pollen=1
👍3