BNPL O’zbekistonda: samaradorlik, ishonch va barqarorlik sari
Elektron tijorat va fintech sohasi vakillari bilan birgalikda O‘zbekistonda Buy Now, Pay Later (BNPL) modelining rivojlanishini muhokama qildik.
Asosiy point — samaradorlik uchun kurash. Bozor tez o‘sar ekan, aniq skoring modellari muhim ahamiyatni kasb etadi. Xatarlarni to‘g‘ri baholash — ham savdogarlar, ham fintech kompaniyalari uchun barqaror o‘sish garovidir.
Alohida ta’kidlaymiz: regulyator oldinga qarab harakat qilmoqda — ochiqlik va adolatli o‘yin qoidalarini shakllantirishga tayyorlik bozorda ishonch uyg‘otmoqda va rivojlanishga turtki bermoqda.
Mazmunli va ochiq muloqot uchun barcha ishtirokchilarga rahmat. O‘zbekiston raqamli moliya sohasida mintaqaviy yetakchiga aylanish salohiyatiga ega.

Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest’ga xush kelibsiz!
Yandex O‘zbekistonlik talabalar va IT mutaxassislari uchun dasturlash va matematika bo‘yicha onlayn musobaqani tashkil etmoqda. Bu — bilimlaringizni sinab ko‘rish, sovrinlar yutib olish va texnologiyalar jamiyatining bir qismiga aylanish uchun ajoyib imkoniyat.
Format:
Ishtirok etish bepul, musobaqa ingliz tilida o‘tkaziladi.
Bosqichlar:
• 19-aprel — dasturlash masalalarini yechish
• 20-aprel — matematikadan masalalar yechish
• 23-aprel — taqdirlash marosimiga taklifnomalarni yuborish
• 27-aprel — New Uzbekistan Universityda g‘oliblarni taqdirlash
Mukofot jamg‘armasi: 65 000 000 so‘m va Yandex’dan qimmatbaho sovg‘alar!
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish — havola orqali.
https://cmc.yandex.uz/?utm_source=telegram&utm_medium=social&utm_campaign=cmc_uz2025

👍2
Sizni SKOLKOVO Alumni + friends formatida o‘tadigan, SKOLKOVO Boshqaruv maktabi yetakchi ekspertlari ishtirokidagi “Kommunikatsiyalar — rahbar uchun universal instrument” mavzusidagi master-klassga taklif qilamiz. Tadbir Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
👉🏼 SKOLKOVO Boshqaruv maktabi har yili o‘tkazadigan tadqiqotlarga ko‘ra, kommunikatsiya ko‘nikmalari rahbarlar va top-menejerlar uchun eng talab yuqori bo‘lgan uchta “soft skills” qatoriga kiradi.
Axborot bosimi ortib borayotgan va ma’lumot uzatish kanallari kengayayotgan zamonda rahbar oldidagi vazifalar ham o‘zgarib bormoqda: endi nafaqat tez o‘zgarishlarga moslashish, balki kompaniya ichidagi kommunikatsiya jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali xodimlarning jalb etilishi, mijozlar ishonchi va strategik maqsadlarning aniq yetkazilishiga erishish talab etiladi.
Master-klass doirasida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
🔹 Ichki va tashqi kommunikatsiyalarning asosiy tamoyillari
🔹 Korxonadagi kommunikatsiya uzilishlari moliyaviy ko‘rsatkichlarga qanday ta’sir qiladi?
🔹 Nega rahbar jamoatchilik oldida faol bo‘lishi kerak va bu qanday vazifalarni hal qiladi?
Spikerlar:
🔹 Svetlana Mironyuk — biznes-amaliyotlar professori, SKOLKOVO Boshqaruv maktabi operatsiyalar va raqamli rivojlanish bo‘yicha prorektori
🔹 Kseniya Trifonova — strategik kommunikatsiyalar va ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha direktor, SKOLKOVO Boshqaruv maktabi
🗓 21 aprel
⏰ 19:00 (mehmonlarni kutib olish — 18:30)
👫 Format: Alumni + friends
📍 Manzil: Toshkent shahri, Ground Zero Kitob Olami, Mustaqillik prospekti, 6/7
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish
https://sk.skolkovo.ru/redirect/?referer=&tiny_url=hUVvJ

🔥1
Forwarded from davletovuz
Курьерлик хизмати корхоналари мопед олиб келиб, одамларни ишли қилмоқда, лекин мопеднинг ўзи 300 доллар турса, уни стандартдан ўтказиб, сертификат олишга яна шунча маблағ кетмоқда – президент
🔥5
Rossiyadagi marketpleyslardagi kiyim-kechaklarning 50% - mahalliy brendlar. Menimcha, O‘zbekiston uchun bu tajribani diqqat bilan o‘rganish kerak.
Yaqinda Independent Media tomonidan Dizayn sanoati forumida o‘tkazilgan “Mahalliy brend qanday qilib o‘z mijozini topadi?” mavzusidagi sessiyani tingladim. Aytilgan ko‘plab fikrlar bizda ham yuz berayotgan jarayonlarga juda o‘xshash edi.
Rossiyada mahalliy brendlar endi faqat import o‘rnini bosish emas — bu ongli tanlov, o‘ziga ishonch va yangi madaniy o‘zlik haqida. Odamlar shunchaki xarid qilmayapti — ular g‘oya, ma’no va madaniyatni tanlamoqda.
O‘zbekistonda ham bu o‘zgarish sezilmoqda: tobora ko‘proq dizaynerlar brend tili orqali gapirmoqda, o‘z aydentikani qurmoqda, shunchaki kiyim emas — g‘oya bilan ishlamoqda.
Xaridorlar dadilroq, lokal uslubni qadrlayapti, o‘ziga unikal ma’no izlayapti.
Lekin problemalar ham o‘xshash:
- ko‘plab brendlarda kuchli jamoa va strategiya yo‘q, hamma narsa bitta inson yelkasida.
- “unikal story”lar kam, aynan ular farqni yaratadi.
- ishlab chiqarishda kadrlar defitsit. Tikuvchi, bichuvchi, texnologlar, ta’lim tizimi deyarli yo‘q.
Xulosa qilib aytganda: Rossiya tajribasidan o‘rganarli jihatlar ko‘p — ayniqsa brend yaratish, auditoriya bilan ishlash va sanoatni tizimli rivojlantirish borasida. Bu nusxa “copy-paste” emas, lekin muhim yo‘nalish ko‘rsatkichi.
Agar O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni iqtisodiyot, madaniyat va xalqaro e’tiborning bir qismiga aylantirmoqchi bo‘lsak - albatta)))

🚕 Yandex Go endi Zarafshonda!!!
Boshlang‘ich narxi 2000 so‘mdan boshlanadigan safarlarni bizning mobil ilovamiz orqali buyurtma qilishingiz, qulay tarifni tanlashingiz va to‘lovni naqd pul yoki karta orqali amalga oshirishingiz mumkin. Ilovada avtomobilning kelish vaqti, haydovchi va transport vositasi haqida ma’lumot ham ko‘rsatiladi.
O‘zimizning xarita, navigatsiya va buyurtmalarni aqlli taqsimlash texnologiyalarimiz tufayli hatto yangi hududlarda ham servisning barqaror darajasini ta’minlaymiz.
Yandex Go jamoasiga Zarafshonda ishga tushirgani uchun minnatdorchiligimni bildirmoqchiman — birgalikda O‘zbekistondagi servislarni yanada qulay qilamiz!

⚡2🔥1
Islom Ismoilovning keysi: “Turon”ni yuqori ligaga olib chiqish va U17 jamoasining g‘alabasi
Mavsum boshida “Turon” birinchi ligada qolish uchun kurashayotgan bir paytda, sahnaga yosh trener Islom Ismoilov chiqdi.
U stadionga qadam qo‘yishi bilan muammoning aniq ko‘lamini angladi: parokanda jamoa, doimiy moliyaviy muammolar va mag‘lubiyatlardan so‘ng ishonchini yo‘qotgan futbolchilar. Lekin u tushkunlikka tushmadi. Aksincha, keskin transformatsiya yo‘lini tanladi. U taslim bo‘lmadi.
1. Jamoani tahlil qilish va qayta qurash
“Yulduzlik” o‘rniga jamoaviy ruh.
Ismoilov eng avval jamoa uchun chiqish yig‘inlari va timbilding tadbirlarini tashkil qildi: futbolchilar nafaqat maydonda, balki tabiat qo‘ynida, tog‘larda, baliq ovlashda va hatto shaxmat taxtasida ham birgalikda ishlashdi. Bu ishonchni tikladi va jamoani yaxlit bir organizmga aylantirdi.
Byudjetni optimallashtirish.
Qimmatbaho transferlardan voz kechib, u mahalliy akademiyalardan iqtidorli yosh futbolchilarni jalb qildi.
2. Taktik yangiliklar va psixologik tayyorgarlik
Raqibga moslasha oladigan sxema.
Oddiy 4–4–2 yoki 3–5–2 o‘rniga jamoa “modulli o‘yin” usulida harakat qilardi - raqib kuchiga qarab, ular yoki murosa qilmas himoyaga o‘tib, yoki kuchli pressingga o‘tardi.
Psixologik tayyorgarlik.
Islom Ismoilov jamoa bilan ishlash uchun sport psixologini jalb qildi. Futbolchilarga diqqatni jamlash va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy ishonchni singdirdi.
3. Muhim oraliq g‘alabalar
Derbidagi burilish.
Bir necha durangdan so‘ng, “Turon” asosiy raqibni qabul qildi: 3:1 hisobidagi g‘alaba jamoaning ilk yirik zafarlardan biri bo‘lib, turnir jadvalida katta burilish yaratdi.
Imkonsizni amalga oshirish.
Finalga chiqish uchun hal qiluvchi o‘yin oldidan Ismoilov jamoani “Oxirgi nafasgacha kurashamiz!” deb ruhlantirdi. Natijada, jamoa mehmonda jonkuarlik bilan g‘alabani sug‘urib oldi.
4. Yuqoriga yo‘l va lider saboqlari
Islom Ismoilov jamoaga kelganidan so‘ng bir yil ichida “Turon” muvaffaqiyatli ravishda yuqori ligaga chiqdi — mavsumda bor-yo‘g‘i ikki marta yutqazgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning qattiq, lekin adolatli g‘alabaga bo‘lgan intilishi klub madaniyatiga ham singdi: endilikda “Turon”da qiyinchilikdan qo‘rqishmaydi, balki yechim izlashadi.
Shu momentda YouTube’dagi videosini ko‘ring!
5. U17 jamoasining qahramonlik g‘alabasi
Tog‘dek iroda: to‘qqiz kishi bilan g‘alaba.
Islom Ismoilov rahbarligidagi U17 yoshlar jamoasi, jarohatlar va diskvalifikatsiyalar tufayli maydonga atigi 9 nafar futbolchi bilan tushdi. Shu holatda ham Saudiya Arabistonining yoshlar jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu aqlga sig‘maydigan g‘alaba!
Bu natijalar jamoaga xalqaro miqyosdagi yangi eshiklarni ochdi — jamoa endi Qatarda bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro musobaqaga taklif etilgan. Bolalarning yo‘li ochildi.
Xulosa:
Islom Ismoilovning tarixini klassik lider tarixi deb atash mumkin: aniq strategiya, insonlarga bo‘lgan ishonch va qattiq mehnat bilan u vaziyatni tubdan o‘zgartirdi va kuchli jamoani qurdi.
Bu oraliq yutuqlar - uning katta yo‘lidagi faqatgina birinchi bob. Shubham yo‘q.
https://youtu.be/zZcma0Jn1Mw?si=uVXprJsX6_Q2GYQx

YouTube
Главный тренер "Турона" вышел из себя и высказался о коррупции в футболе Узбекистана
14 марта футбольный клуб из ферганского Яйпана «Турон» в рамках второго тура Суперлиги (высший дивизион в чемпионате Узбекистана) потерпел выездное поражение от джизакской «Согдианы» (1:0).
На 52-й минуте встречи главный арбитр Виктор Серазитдинов назначил…

👍4
Sun’iy intellekt biznes jarayonlarida - mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan tortib ishlab chiqarishgacha - tobora faol qo‘llanilmoqda. Ammo u boshqaruvning o‘z tuzilmasini, ya’ni boshqaruvchilarni faoliyatini o‘zgartira oladimi?
Stenford biznes maktabi tadqiqotchilari sun’iy intellekt boshqaruvlaridagi jarayonlar, rollar va dinamikaga qanday ta’sir ko‘rsatishini - hamda amaldagi direktorlar bu transformatsiyaga moslasha oladimi - o‘rganib chiqdi.
Asosiy xulosalar:
- sun’iy intellekt menejment va direktorlar kengashi o‘rtasidagi axborot tafovutini kamaytiradi, bu esa direktorlar uchun tayyorgarlik va ishtirok darajasiga bo‘lgan talabni oshiradi.
- algoritmlar allaqachon tashqi maslahatchilarni qisman almashtira oladi, xatarlarni aniqlaydi, savollar shakllantiradi va tendensiyalarni tahlil qiladi.
- shu bilan birga, xavflar ham ortmoqda: axborot ortig‘i, kiberhujumlar tahdidi, vakolat va javobgarlik chegaralarining huquqiy noaniqligi.
To‘liq tadqiqotni bu link orqali o‘qishingiz mumkin.
https://www.gsb.stanford.edu/sites/default/files/publication/pdfs/cgri-closer-look-110-ai.pdf

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21 aprel kuni Toshkentdagi Inxa Universitetida o’zbek tilidagi virtual yordamchilar va sun’iy intellekt asosidagi yechimlar ishlab chiqishga bag‘ishlangan Rector’s Cup-2025 xakatonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Talaba jamoalari mentorlar rahbarligida o‘z g‘oyalarini ishchi prototiplarga aylantirish ustida ishlashdi. Xakaton yakunida hakamlar hay’ati ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi.
Yandex O’zbekiston ushbu tadbirning hamkori bo‘lganidan juda fahrlanadi. Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash – bu bizning missiyamizning muhim qismi, va mamlakat texnologik kelajagini shakllantirayotgan yoshlarga yonida bo‘lish biz uchun juda muhim.
Barcha ishtirokchilarni chin dildan tabriklayman! Siz nafaqat kuchli texnik tayyorgarlik, balki kreativlik va jamoada ishlash bo‘yicha ham ajoyib natijalarni ko‘rsatdingiz. Ko‘pchiligingiz uchun bu texnologiyalar olamiga boshlang‘ich, ammo juda muhim qadam. To‘xtamang, o‘rganishda, yaratishda va ilhomlanishda davom eting.
Energiya va pozitiv kayfiyat uchun katta rahmat!

👍1
👁️ O‘zbek tilidagi eng yaxshi podkastlar: yakuniy ro‘yxat
LinkedIn’dagi so‘rov natijasida ajoyib tavsiyalar oldik - hammaga katta rahmat!
Mana, hozircha shakllangan ro‘yxat:
1. Uzbekonomics (615)
2. Xizr Addulkarim (496)
3. Lolazor Podcast (376)
4. Sigma (105)
5. Oddiy Podcast (61)
6. Fikr Yetakchilari (61)
7. Nma Gap (55)
8. O’zbekistonlik (39)
9. Xom Cho’t (30)
10. RS Podcast (26)
11. Rostan Podcast (25)
12. Befarq Onalar (25)
13. Cubic Podcast (23)
14. Gashtak (18)
15. O’ziga bek ayol (17)
16. Dadamni soyasida (15)
17. Ona Kasb (7)
18. Fintech (6)
Agar siz yana qaysidir yaxshi o‘zbekcha podkastni bilsangiz yoki o‘zingiz olib borsangiz - welcome, lichkaga yozing!
Ro‘yxatni kengaytirishni va barcha uchun foydali manba yaratishni davom ettiramiz.
P.S. Yandexda topilmaganlar:
- Davronbek Turdiev
- Qurultoy
- NQE
- 102 TV
- Fikrat
- Kalibr
- Iqtibos
- Azam Qahramoniy
- Vision
- Abdullokh Khikmatov
- Technoplov
Agar ushbu podkastlar mualliflari bilan tanish bo‘lsangiz, iltimos, ularga ham ushbu post haqida ayting - biz ularni platformamizga qo‘shishga va marketingda qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!
Yana bir bor hammaga katta rahmat!

Mitap Toshkentda bo‘lib o‘tdi!
Toshkentda Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest g‘oliblarini taqdirladik!
Biroq tadbir faqat mukofotlash bilan cheklanib qolmadi — biz faol talabalar va yosh mutaxassislar bilan tanishib, birgalikda ajoyib ta’limiy muhit yaratishga ham muvaffaq bo‘ldik.
Kuchli energiya, qiziqarli suhbatlar va yangi tanishuvlar — barchasi biz kutganimizdan ham yaxshi o‘tdi!
Bunday uchrashuvlar kelajakda IT va ta’lim sohasining yanada rivojlanishiga zamin yaratishiga ishonamiz.
Barchaga tashakkur!

🔍Biz o‘zbek tilida qidiruv natijalarining sifatini oshirish ustida ishlayotgan jamoamizga yangi mutaxassislarni qidirmoqdamiz. Sizning vazifangiz kontentni baholash, tavsiyalar berish va topshiriqlarni sifatli bajarishda ishtirok etishdan iborat bo‘ladi. Agar siz diqqatli, mas’uliyatli bo‘lib, o‘zbek va ingliz tillarini mukammal bilsangiz, bizning loyihamizga qo‘shiling va qidiruv tizimining rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning.
https://crowd.yandex.com/mellow/search_quality_improvement

🔥3👍1
🔗Yandex Direct - TG’da reklama uchun bonus dasturi
Sotuvni oshirishni, brendingizni mustahkamlashni yoki kengroq auditoriyaga yetib borishni xohlaysizmi? Endilikda bu imkoniyatlar yanada foydali bo‘ldi.
Yandex Ads O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Telegram kanallarida hali reklama joylashtirmagan yangi foydalanuvchilar uchun maxsus dastur ishga tushirmoqda.
Dastur shartlari va bonuslar:
- Agar bir oyda 5 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflasangiz - 1 million so‘m bonus olasiz.
- Agar bir oyda 10 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflasangiz - 2 million so‘m bonus olasiz.
Bonusni qanday olish mumkin?
1. Yandex Direct orqali Telegram kanallarida reklama joylashtiring.
2. Aksiya shartlarini bajaring.
3. Maxsus havola orqali shaklni to‘ldiring - biz ma’lumotlaringizni tekshiramiz va bonusni Yandex Direct akkauntingizga yuklaymiz.
Aksiya muddati: 2025-yil 1-maydan 30-iyungacha.
Bonuslarni hisoblash muddati: so‘rovnoma yuborilgan kundan boshlab 15 kun ichida.
Bonuslar faqat reklama joylashtirish uchun ishlatiladi. Pul ko‘rinishida qaytarib berilmaydi.
Reklama formati haqida ko‘proq ma’lumot oling va joylashtirishni bugunoq boshlang!
https://yandex.uz/project/direct/performance/promo_telegram/direct-tg

Kompetensiyalar davri tugadi. Endi rollar davri boshlandi.
Yillar davomida biz o‘rganish va rivojlanishni kompetensiyalar prizmasi orqali baholadik: inson qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakki, u muvaffaqiyatga erishsin? Ammo endi bu yondashuv o‘zini oqlamayapti.
Kompetensiyalar - hech kim tushunmaydigan til. Biznesga harakat va natija kerak. HR xodimlari munosabat va xulq bilan ishlaydi. TnD esa bu ikki olam orasida siqilib qolgan.
Ko‘rinib turibdiki, “kompetensiyalar” degan oraliq qatlam endi ish bermayapti. Endi rollar davri keldi.
Kompaniyada sen qanday rol o‘ynaysan? Samarali menejermi? Tadbirkormi? Muzokarachi? Prodyuser?
Bir kuni katta kompaniya CEO’si menga aytgandi:
u odamni lavozimga kompetensiyaga qarab emas, balki profiliga qarab tanlaydi - bu odam aslida kim? Tashabbuskor tashkilotchimi? Yoki empatik sotuvchimi? O‘shanda bu gapga uncha e’tibor bermagandim. Endi esa tushundim: u rollar haqida gapirgan ekan.
Rol - bu oddiy vazifa emas. Bu insonning ishdagi uslubi, fikrlashi, o‘zini tutishidir. Shaxs - bu kompetensiyalar to‘plami emas, balki biz o‘ynay oladigan rollar repertuaridir.
Biznes-ta’lim ham aslida kompetensiyani emas, balki 2-3 asosiy rolni rivojlantirgan, xolos. Uning orqasida esa bo‘shliq. “lider” degan mavhum tushuncha yo‘q. Faqat rollar bor.
Va eng muhim savol: bu rollarni o‘ynayotgan odam qanday inson? Bu haqda deyarli hech kim o‘ylamagan.
endi o‘ylaydigan vaqt keldi, shekilli…

👍6
2025-yil 24-may kuni onlayn tarzda uchrashamiz va quyidagilar haqida fikr almashamiz:
- mobil va avtonom robotlarni ishlab chiqish,
- aqlli qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarish,
- sohaning istiqbollari va real keislar.
Dasturda ikki yo‘nalish bo‘yicha treklar mavjud:
Hardware & Software, shuningdek Yandex jamoalari tomonidan tayyorlangan expo:
Avtonom transport, Yandex Infrastructure, Yandex Robotics, Alisa va Aqlli qurilmalar.
Texnologiyalar rivojini kuzatayotgan ishlab chiquvchilar, muhandislar, mahsulot menejerlari va boshqa mutaxassislar uchun juda foydali bo‘ladi.
Qo‘shiling va o‘z g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing!
https://events.yandex.ru/events/ya_zhelezo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ Yandex Uzbekistan’dan AI Meetup — 14-may kuni Toshkentda!
Sun’iy intellektni amaliy qo‘llashga bag‘ishlangan ikkinchi uchrashuvga taklif qilamiz. ML Community bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TUIT) to‘planib:
• Sun’iy intellektdan foydalanishning real misollarini ko‘rib chiqamiz
• Ekspertlarning ilhomlantiruvchi chiqishlarini tinglaymiz
• Hamfikrlar bilan ochiq muloqot va networking qilamiz
Tadbir ingliz tilida bo‘lib o‘tadi va barcha qiziquvchilar uchun ochiq.
Mehmon sifatida qatnashing yoki ma’ruzachi bo‘lish uchun ariza yuboring!
https://lu.ma/vr47ro15
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSerGZMmDfn7WcHBSw_s-U7tX9zi2K3h3uDM5-H9QulzBeRo-g/viewform
14-may kuni uchrashguncha!

👍2💯1
Texnologiyalar - barcha uchun qulay va inklyuziv hayot sari yo‘l
O‘zbekistonda “Ijtimoiy taksi” nomli loyihasi ishga tushdi. Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Endi Toshkent, Samarqand va Andijonda nogironligi bo‘lgan maktab o‘quvchilari maktabga borish va uyga qaytishda taksidan xavfsiz va qulay foydalanishlari mumkin. Davlat har bir bola uchun oyiga 450 000 so‘mgacha yo‘l xarajatlarini qoplaydi.
Loyiha kecha Birinchi xonimi, Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva ishtirokida taqdim etildi va yuksak baho oldi.
Bu tashabbus davlat va texnologiyalar hamkorligi qanday qilib ijtimoiy o‘zgarishlar keltirishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Batafsil: https://kun.uz/kr/84362164

👍8🔥2
📦 Infratuzilma – bu yo‘llar va omborlardan ko‘ra kengroq tushuncha. Bu – aktiv iqtisodiyotdir.
Davlat obyektlarni qurishi mumkin, ammo tadbirkorlarsiz ular faoliyat yuritmaydi. Aynan biznes ish o‘rinlarini yaratadi, talabni shakllantiradi va xizmatlarni yo‘lga qo‘yadi.
🎯 Tadbirkorlar – mamlakat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchidir.
Bugungi kunda raqamli savdo va marketpleyslar iqtisodiy infratuzilmaning muhim qismiga aylanmoqda. Lekin bu vosita mamlakat manfaati uchun ishlashi uchun nafaqat platformalarni, balki mahalliy sotuvchilarni ham rivojlantirish zarur – aynan shu odamlar mahsulot yaratadi, soliq to‘laydi va aholining bandligini ta’minlaydi.
Yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda:
- 2026-yildan davlat o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga marketpleyslarda seller sifatida faoliyat yuritishga ruxsat berdi.
Bu shunday “iqtisodiy zinapoya”ni yaratadi – avval siz o‘zini o‘zi band qilganlar qatorida bo‘lib soliq to‘lamaysiz (100 mln so‘mgacha), keyin 4% stavkadagi yengil soliq to‘laysiz (1 mlrd gacha). Bu – kichik biznes uchun ulkan imkoniyat va qulay sharoit.
Biroq sellerlar rivojlanishi uchun faqat faoliyatning o‘zi yetarli emas. Buxgalteriya va hisobotni raqamlashtirish shart. Sotuvchi faqat savdoga e’tibor qaratishi kerak – u qaysi hujjatni qayerdan topish, qayerga taqdim etish haqida bosh qotirmasligi lozim.
Barcha jarayonlar raqamli va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak: hisobot, soliq, kirim-chiqim – barchasi yagona interfeys orqali, shaffof va oson. Bu bo’yicha soliq qo’mitamiz ishlayapti! Ularga rahmat!
(!!!) Kuchli mahalliy sellerlarsiz, eng ilg‘or texnologik platforma ham barqaror samara bermaydi. Aksincha, faqat chegara ortidan (krossbord) keladigan savdoni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat mamlakat tashqarisida qolib ketadi.
Sellerlarni rivojlantirish – bu shunchaki biznes masalasi emas. Bu iqtisodiy xavfsizlik, ish bilan ta’minlash va barqaror o‘sish demakdir. Va aynan hozir – bu yo‘nalishda poydevor qo‘yish uchun eng maqbul vaqt.

🎯 Bir yil oldin Yandeks jamoasiga qo‘shildim - bu yerda natijalar chinakam e’tiborga loyiq.
Bu kompaniyada o‘sish va rivojlanish so‘zlarga emas, aynan erishilgan yutuqlarga bog‘liq. Bu haqiqatga asoslangan, kuchli tamoyil bo‘lib, eng yaxshiga intiladigan odamlarni birlashtiradi.
Yandeksda ajoyib muhit bor: rahbarlar faqat boshqaruvchilar emas, balki haqiqiy ustozlar va “maydondagi murabbiylar”. Bu yerda tashabbus qo‘llab-quvvatlanadi, qaror qabul qilish va xatolardan qo‘rqmaslik o‘rgatiladi - chunki aynan shunday innovatsiyalar tug‘iladi.
Men uchun bu yil - o‘sish, jasoratli chaqiriqlar va kuchli jamoa bilan birga bo‘lgan yil bo‘ldi. O‘zgarishdan qo‘rqmaydigan, har doim eng yaxshisini izlaydigan kompaniyada ishlayotganimdan faxrlanaman.
Bu yo‘l uchun jamoadoshlarimga rahmat - oldinda yana-da qiziqarli kunlar kutmoqda. Olg’a!!!

🔥7💯3👍1
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda yana bir xavfli tendensiyani kuzatyapman: odamlarni “toshkentlik” va “viloyatlik” deb ajratish oldingi paytlardan ham kuchaymoqda. Bu illat yangi emas, biroq bugungi kunda u yangi kuch olmoqda - yashirin diskriminatsiya orqali.
Bir paytlar biz bunday bo‘linishga qarshi tarixiy bir qadam tashlagan edik - viloyatliklarga Toshkentda propiskaga tushish imkoniyati yaratildi. O‘sha davrda talaba edim va ko‘z o‘ngimda qanday iste’dodli yigit-qizlar faqat propiska yo‘qligi sababli imkoniyatlardan mahrum bo‘lganini ko‘rganman. Adolat yo’q edi. Hammasi chet elda)))
Bugun esa yana viloyatliklarga qarshi cheklov va tamg‘a urish hollari ko‘paymoqda. Achinarlisi shundaki, bu kayfiyatni targ‘ib qilayotganlarning o‘zlari ham bir paytlar ayni nohaqlikdan aziyat chekkanlar.
Haqiqat shuki, har bir hududda yaxshi odam ham bor, yomon odam ham. Birgina salbiy holat asosida butun bir viloyatni baholash – adolatsizlik. To‘g‘risini aytganda, “ahmoqlik” soni Toshkentda boshqa viloyatlardan kamroq emas – balki ko‘proqdir.
Biz taraqqiyot sari intilar ekanmiz, ortga qaytmasligimiz kerak. Jamiyatda barqarorlik va imkon tengligi bo‘lishi shart. Har bir fuqaro – qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar – o‘z yurtida o‘zini teng his qilishi kerak.
Keling, insoniyatni hudud emas, qadriyat birlashtirsin.
P.S. Shuni esda tuting: taksiga chiqqaningizda haydovchi viloyatdan bo‘lsa - uni qoralashga shoshilmang. “ular ko‘payib ketdi”, “Toshkentni egallab olishdi”, “mashinalari iflos”, “madaniyatsiz” degan fikrlar sizga ongli ravishda singdirilmoqda. Bu - sizga “навязанный» stereotip, sizni aynan shunday o‘ylashga majburlashyapti.

💯11🔥6⚡2