Biz «Erta aniqlа - hayotni saqla» kabi keng ko‘lamli kampaniyaning hamkorlaridan bo‘lganimizdan chin dildan faxrlanamiz.
Ushbu loyiha O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirdi. Yuzlab ayollar ko‘krak bezi salomatligini bepul tekshirtirish, professional mutaxassislardan maslahat olish va erta diagnostikaning hayotni saqlab qolishda qanchalik muhimligini bilib olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Biz uchun ayniqsa ilhom baxsh etgan damlar - jasur va kuchli ayollar bilan uchrashuvlar bo‘ldi.
Ularning samimiyligi, hayotga mehr-muhabbati va ochiqligi kelajak uchun umid uyg‘otadi. Ana shunday lahzalar har bir kasallik ustidan g‘alabaning ortida, aynan yaqinlarning qo‘llab-quvvatlashi, g‘amxo‘rligi va e’tibori yotganini yana bir bor ko‘rsatadi.
Chin yurakdan minnatdorchilik bildiramiz: shifokorlarga, volontyorlarga, tashkilotchilarga va, albatta, o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashgan ayollarga. Erta aniqlash yo‘lidagi har bir qadam - millat salomatligiga katta hissa.
Birgalikda biz yana-da katta natijalarga erishamiz! Loyihani qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz va ishonamiz: xushyorlik, profilaktika va o‘zaro yordam - xavfsiz va sog‘lom hayotning kalitidir.
Suratda - loyiha muallifasi va ilhomlantiruvchisi, katta yurakli va energiyaga ega Aziza Umarova.
Ishonchingiz uchun katta rahmat!

🔥7 3❤1🥰1
Juda ham muhim, ammo hozircha ko‘pchilik e’tibor qaratmagan me’yoriy hujjat e’lon qilindi - 2025-yil 6-oktyabrdagi PQ-296-sonli "Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori
Nimalar o‘zgarmoqda?
1. Murojaatlarni ko‘rib chiqishning yangi modeli
Bundan buyon iste’molchilarning barcha shikoyatlari dastlab Monopoliya qo‘mitasining raqamli platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorga yuboriladi.
Tadbirkor ko‘rib chiqish va javob berish uchun 10 kun muddatga ega - butun jarayon shaffof bo‘lib, tizimda to‘liq nazorat qilinadi.
Agar tadbirkorning javobi iste’molchini qanoatlantirmasa yoki muammo hal etilmagan bo‘lsa, murojaat arizachining xohishiga ko‘ra yo Monopoliya qo‘mitasiga, yo nodavlat notijorat tashkilotiga (NNT) yuboriladi. Ular majburiy ko‘rsatma berishi, ishni sudga yuborishi yoki nizoda kim haqligini tushuntirishi mumkin.
2. Muddati o‘tgan tovarni sotishni avtomatik bloklash
2026-yil 1-martdan boshlab markirovka qilinishi shart bo‘lgan barcha toifadagi tovarlar (shu jumladan dori-darmonlar) bo‘yicha yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni sotish texnik jihatdan imkonsiz bo‘ladi - tizim bunday sotuvni avtomatik ravishda bloklaydi va kassa cheki ham chop etilmaydi.
Bu uzoq kutilgan yangilik muddati o‘tgan yoki xavfli tovarlarni xarid qilish xavfini minimal darajaga tushiradi. Bu, ayniqsa, farmatsevtika bozori uchun muhimdir.
3. NNT rolini kuchaytirish va "sirli xaridor" amaliyotini joriy etish
2027-yilgacha bo‘lgan sinov muddatida nodavlat notijorat tashkilotlariga iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, "sirli xaridor" tamoyili asosida nazorat xaridlari va tekshiruvlar o‘tkazish vakolati beriladi.
Bu yo‘nalishlarda ishlash uchun ularning xodimlari maxsus ta’lim olib, sertifikatlanadi. Davlat esa o‘z navbatida bozorda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi.
Xulosa: Yangi qaror O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy, amalda ishlaydigan tizimini yaratish yo‘lidagi jiddiy qadamdir. Bu tashabbuslarning amaliyotda qanday joriy etilishini kuzatib boramiz. Bunday chora, shubhasiz, bozorni yaxshilaydi va umid qilamanki, iste’molchilarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
https://lex.uz/uz/docs/7757479

👍6🔥4👨💻1 1
Yango Awards g‘olibi bo‘ldik
Bu juda kamdan-kam uchraydigan va g‘oyat kuchli his-tuyg‘u - o‘ylagan narsa haqiqatga aylanayotganini ko‘rish. O‘n kishilik jamoa butun bozordagi o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga qodir ekanini kuzatish.
Biz birinchilardan bo‘lib raqamli kompaniyalarni rivojlantirish, kuchli brend yaratish, aniq pozitsiyalash va jamoaga eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish uchun DevRel’ga tizimli ravishda sarmoya kiritish zarurligini ko‘rsatdik.
Bu qaror ortida do‘stlar orttirgan, yangi bilimlar egallagan, ijobiy hissiyotlar va kasbiy o‘sishga erishgan yuzlab tadbirlar va minglab dasturchilar turibdi. Bu hali boshlanishi, xolos. 2026 yildan boshlab hamma narsa yanada keng ko‘lamli, yorqinroq va kuchliroq bo‘ladi.
Dasturchilar hamjamiyati o‘sishda davom etadi, tadbirlar ko‘payadi va har kim o‘z qiziqishi va darajasiga mos keluvchi tadbirlarni topa oladi.
Bugun esa natijani qayd etish ayniqsa yoqimli: biz Yango Awards g‘olibi bo‘ldik. Loyihamiz 36 ta ishtirokchi mamlakat orasida eng yaxshi deb tan olindi.

1🔥14 7⚡5❤1
Jonli efirni ko‘ryapsizmi? Har bir jang sayin yanada qiziqroq bo‘lyapti
https://hd.kinopoisk.ru/sport/event/mma-boynazarov-ramazanov-25392/

1🔥4🎉2❤1
Mangu MMA
Hech qanday sun’iy shou va reklamalarsiz - faqat haqiqiy janglar, prinsipial qarama-qarshiliklar va sof sport ruhi
Turnirning homiysi sifatida Yandex Uzbekistan tadbirni qo‘llab-quvvatladi. Bu ishonch va professional sport rivojiga bo‘lgan jiddiy munosabatning yaqqol belgisi.
Qariyb 9 ming tomoshabin bilan to‘liq to‘lgan Humo Arena va 100 minglab onlayn muxlislar - kechaning eng asosiy natijasi bo‘ldi. Kuchli sportchilar, keskin janglar va arenani junbishga keltirgan lahzalar bir oqshomda jam bo‘ldi.
Biz sportchilarimiz bilan faxrlanamiz va ularga faqat g‘alabalar, sog‘liq va yangi marralarni tilaymiz.
Bu kecha O‘zbekiston MMA’si haqiqatan ham yangi bosqichga chiqqanini ko‘rsatdi.

🔥10🏆3👍2
O‘zbekiston: shakllanayotgan taksi bozori va raqamlar
Bozor aylanmasi
Rasmiy ma’lumotlar ko‘ra, 2025-yil taksi bozori aylanmasi 880 million dollarni tashkil etgan. Lekin bu bozorning haqiqiy hajmi emas, balki uning qonuniylashtirilgan qismidir. Hududlar legallashtirib borishi bilan bozor o‘sib boradi va bosqichma-bosqich o‘zining haqiqiy hajmiga - yillik taxminan 1,5 milliard dollargacha yetib boradi.
Shaharlararo taksi
Shaharlararo taksi ham allaqachon 500-600 million dollarlik aylanmani ta’minlamoqda va bu asosan norasmiy ko‘rinishda. Bu yerda tizimli ishtirokchilar deyarli yo‘q, vaholanki, bu segmentning salohiyati juda yuqori.
Haydovchilar
574 ming - bu bir yil davomidagi aktiv haydovchilar soni. Taksilarda o‘zini o‘zi band qilganlarning umumiy soni esa 1 milliondan ortiqroq. Hududlar va shaharlararo yo‘nalishlar qonuniylashtirilishi bilan bu ko‘rsatkich yana 65 foizga oshishi mumkin.
https://t.me/fiskaltahlil/1421

👍5👨💻2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧸 Technovation Girls 2026
Yandex bir necha yildan beri maktab o‘quvchi qizlar uchun mo‘ljallangan Technovation Girls dasturini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Dasturda qizlar AI asosida o‘z loyihalarini yaratadi, jamoada ishlash va g‘oyalarini himoya qilishni o‘rganadi. Bu ko‘nikmalar ularga kelajakda o‘z startaplarini yo‘lga qo‘yish va texnologiya sohasida mustahkam o‘rin egallashga yordam beradi.
Biz O‘zbekistonning raqamli kelajagini yaratadigan yangi avlod qiz mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

👍6❤1
O‘zbekiston taksi bozorining yangi o‘sish xaritasi
Yurtimizda taksi bozori strategik darajada o‘zgaryapti: viloyatlar hajm bo‘yicha Toshkentdan o‘zib ketdi. Poytaxtning ulushi 44,6% bo‘lsa, hududlarniki 55,4%ga yetdi. Endi o‘sish markazi Toshkentda emas, uning tashqarisida ya’ni hududlarda.
Hududlardagi o‘sish ko‘p jihatdan soliq nazoratining kuchayishi bilan bog‘liq: kichik agregatorlar chek bera boshladi, bozor shaffoflashdi, aylanmalar rasmiy tusga kirdi. Qonuniylashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri statistik o‘sishga aylandi.
Bozor tuzilmasi esa o‘ta markazlashgan holda qolmoqda:
1) Yandex Taxi 2) Uklon 3) Biznes Taxi 4) RoyalTaxi 5) MyTaxi … Ikkinchi o‘nlikdagi ishtirokchilarchilarning ulushi 0,1% dan kamroqni tashkil etmoqda.
Xulosa oddiy: o‘sish nuqtasi - hududlar. Poytaxt bozori to‘yinish bosqichiga yetdi. Bundan keyin faqat hududlar bilan ishlaydigan agregatorlar yanada kengayish imkoniga ega bo‘ladi.

🔥3❤1👍1🥰1
Taksoparklar uchun qo‘llab-quvvatlash dasturi kengaytirildi
Yandex Uzbekistan taksi biznesini rivojlantirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun dasturini kuchaytirdi.
Endi hamkor servisga ulangan har bir avtomobil uchun yiliga 35 mln so‘mgacha bonus olishi mumkin.
Dastur yangi tadbirkorlar uchun ham, mavjud taksoparklarini kengaytirish yoki yangilashni istagan hamkorlar uchun ham mo‘ljallangan.
Asosiy shartlar:
- 10 tadan 100 tagacha avtomobil bilan ishtirok etish mumkin
- Maxsus lizing shartlari mavjud
- Avtomobil xaridi uchun chegirmalar beriladi
- Buyurtmalar, moliya va park boshqaruvi bo‘yicha o‘quv dasturlari taqdim etiladi
- Mos avtomobillar ro‘yxati kengaytirildi — endi 154 ta model (Komfort, Komfort+, Elektro)
Dasturda Toshkent shahridagi yangi va amaldagi hamkorlar ishtirok etishi mumkin. O‘rinlar soni cheklangan.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://pro.yandex/lp/uz-uz/partnership/offer

🔥4🥰1👨💻1
Yandex Ambassador
Texnologik ekotizimni rivojlantirishda universitetlar va iqtidorli talabalar bilan tizimli ishlash eng muhim yoʻnalishlardan biridir. Aynan universitet muhiti kelajakdagi kadrlar salohiyatini shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi.
Shu sababli Yandex Uzbekistan’ning flagman Ambassador dasturini ilk bor O‘zbekistonda ishga tushirmoqdamiz.
Dasturda 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari ishtirok eta oladi.
Dastur doirasida ishtirokchilar:
- Universitetda Yandex Uzbekistan’ning vakili boʻladi
- Texnologik loyihalarda tashabbus koʻrsatadi va ularni amalga oshiradi
- Kompaniya tadbirlarida ishtirok etadi
- Yandex jamoalari bilan birgalikda ishlaydi
- Talabalar IT hamjamiyatini rivojlantiradi
Shu sababli Yandex Ambassador dasturi yangi tashabbuslar va kelajak liderlari uchun platforma bo‘lishini kutib qolamiz.
Arizalar 27-fevralga qadar qabul qilinadi. Batafsil havola orqali
Boshqa universitet talabalari ham quyidagi havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

❤4👍2 1
Yandex o‘zining ilk avtomobilini taqdim etdi
Moskvadagi “Moskvich” avtozavodi bazasida Yandex’ning transport sohasidagi yangi loyihasi - UMO elektromobilini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
UMO - tez quvvatlanadigan (taxminan 30 daqiqa) va Yandex’ning sun’iy intellekt yordamchisiga ega zamonaviy elektr krossoverdir. Kelajakda avtomobil mobil ilova orqali masofadan boshqarish funksiyasiga ega bo‘ladi va bu mahsulot atrofidagi raqamli ekotizimni yanada kengaytiradi.
Dastlabki 100 ta avtomobil shu oyning o‘zida taksoparklarga yetkazib beriladi. Yil oxirigacha esa 3 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan, shundan so‘ng model keng omma uchun ham sotuvga chiqariladi.

Yangilangan sodiqlik dasturi
1-martdan boshlab Yandex Taxi hamkor haydovchilari uchun yangi sodiqlik dasturini ishga tushirmoqdamiz.
Uning asosida biz bilan uzoq vaqtdan beri ishlayotgan hamkorlar uchun komissiya chegirmasi yotadi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2026-yilga borib bu hamkorlarga qo‘shimcha 40 mlrd so‘m daromad olib keladi. Eng yuqori darajadagi haydovchilar uchun Toshkentdagi “Start” tarifida komissiya chegirmasi qariyb 50%ga yetadi.
Dastur “Master”dan tortib “Legenda”gacha bo‘lgan 5 ta darajani o‘z ichiga oladi. Har bir yangi daraja bilan imtiyozlar ham ortib boradi: Yandex Plus’ga bepul obuna, buyurtmalarni birinchi bo‘lib olish uchun qo‘shimcha ballar va oshirilgan komissiya chegirmasi. Boshlang‘ich daraja har bir haydovchining safarlar tarixiga asosan avtomatik tarzda beriladi.
Nega buni tatbiq qilayapmiz?
Chunki hamkorlik so‘zda emas, amalda - moliyada, raqamlarda sezilishi kerak. Biz uzoq muddatli hamkorlik tushunarli shartlar asosida, biz bilan birga o‘sish imkoniyati bilan chindan ham manfaatli bo‘lishini istaymiz.

❤9🔥4🎉3
Yandex Uzbekistan va PFL: futbol va raqamli media sohasidagi strategik hamkorlik
2026-yil 25-fevral kuni Yandex Uzbekistan va O‘zbekiston Professional futbol ligasi strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Mazkur kelishuv uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: raqamli translyatsiyalar, Yandex ekotizimini futbol infratuzilmasiga integratsiya qilish hamda muxlislar bilan ishlash.
Hamkorlik doirasida O‘zbekiston Pro-ligasi va Superligasi o‘yinlari Allplay va Kinopoisk platformalarida namoyish etiladi. Yandex Uzbekistan Superliganing rasmiy hamkori va Pro-liganing titul homiysi maqomini qo‘lga kiritadi hamda turnirga nom berish huquqiga ega bo‘ladi.
Hamkorlik Yandex servislarining liga media maydoni va stadionlar infratuzilmasiga chuqur integratsiyalashuvini ko‘zda tutadi. O‘yin kunlari muxlislar uchun Allplay, Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqakar ishtirokida mavzuga oid tadbirlar, arenalarda interaktiv formatlar, shuningdek, faol foydalanuvchilar va hamkor haydovchilar uchun maxsus mexanikalar tashkil etiladi. Filmlar, seriallar va musiqiy relizlar taqdimotiga bag‘ishlangan maxsus loyihalar ham alohida rejalashtirilgan.
Kelajakda tomonlar qidiruv tizimida raqamli integratsiyalarni, shahar servislarining ko-brendingini hamda O‘zbekistonda yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni ko‘rib chiqmoqda.

50❤8👍5🥰3
Yandex Uzbekistan «ONA» respublika jamoat fondi bilan birga yangi dasturini ishga tushirdi
Dastur og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayol-kuryerlarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi ya’ni yolg‘iz onalik, og‘ir kasallik yoki nogironlik (ayolning o‘zi, turmush o‘rtog‘i yoki farzandida) holatlari bor bo‘lgan ayollarni qamrab oladi.
Yandex Uzbekistan imkon qadar ko‘proq insonlarga rivojlanish va daromad topish imkonini yaratishga intiladi. Kompaniya servislar turli hamkorlarning, jumladan, eshitishida nuqsoni bor haydovchilardan tortib kuryerlargacha ehtiyojlarni moslashtiriladi. Yangi dastur ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, ayol-kuryerlar uchun qo‘shimcha tayanch yaratish va murakkab hayotiy bosqichni yengilroq o‘tishga yordam berishga qaratilgan.
Fond yordamni individual tarzda tanlaydi - masalan, yurist maslahati tashkil etishga, oziq-ovqat mahsulotlari yoki bolalar uchun zarur tovarlarni xarid qilishga ko‘maklashadi.
Ariza maxsus forma orqali topshiriladi, Yandex Go tomonidan dastlabki ko‘rib chiqilgach, mezonlarga mos kelgan holatlar fondga yuboriladi.
Dasturda Yandex Go’dagi Taomlar, Lavka va Yetkazib berish servislarida buyurtmalarni bajaradigan hamda platforma qoidalariga rioya qiladigan ayol-kuryerlar ishtirok etishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda fond tegishli hujjatlarni so‘rashi mumkin.
Bizning «ONA» fondi bilan hamkorligimiz 3 yildirki davom etmoqda: kompaniya xayriya safarlari va yetkazib berishlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, shuningdek, ta’lim va boshqa ijtimoiy tashabbuslarda ishtirok etmoqda.

🔥5❤2🎉1
Yulduz Tech Awards 2026
Kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida O‘zbekiston texnologiya sanoatini shakllantirayotgan ayollar uchun ta’sis etilgan Yulduz Tech Awards mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yandex Uzbekistan loyihalarni ishga tushirayotgan, yangi texnologik tashabbuslarni ilgari surayotgan hamda sohani rivojlantirayotgan qizlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlab, mukofot hamkorlaridan biriga aylandi.
Ushbu muhim tashabbusni tashkil etgani va ayollarning IT sohasidagi ishtirokini kengaytirish borasidagi tizimli ishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga minnatdorchilik bildiramiz.
Biz hamkorlikka doim ochiqmiz hamda texnologiya sohasida ayollarning rivojlanishiga yo‘naltirilgan loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Qanchadan-qancha kuchli va iqtidorli ayollar soha kelajagini barpo etayotganini ko‘rish insonga ilhom bag‘ishlaydi. Rahmat sizlarga!

🔥3❤2
Yandex Go O‘zbekistonda o‘zaro baholash tizimini ishga tushirdi: endi nafaqat haydovchilar, balki yo‘lovchilarning ham reytingi shakllantiriladi
Biz barcha ishtirokchilar uchun xizmatni yanada shaffof va adolatli qilishga yordam beradigan vositalarni doimiy ravishda rivojlantirib bormoqdamiz. Har bir safardan so‘ng haydovchi va yo‘lovchi bir-biriga baho qo‘yishi mumkin. Bu orqali har ikki tomonning tajribasi hisobga olinadi va xizmat sifati yanada muvozanatlashadi.
Yo‘lovchi reytingi haydovchilar tomonidan qo‘yilgan so‘nggi 40 ta bahodan tashkil topadi. Bunda yo‘lovchining o‘z vaqtida kelishi, xushmuomalaligi, saranjom-sarishtaligi va buyurtma tafsilotlarini to‘g‘ri ko‘rsatganligi inobatga olinadi. Yangi safarlar ko‘rsatkichga kuchliroq ta’sir qiladi, eng yuqori reyting - 5 ball.
Yo‘lovchilar esa avvalgidek safarlarni salonning tozaligi, haydash xavfsizligi, haydovchining xushmuomalaligi va belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib kelganligiga qarab baholaydilar.
Biz uchun xizmatimiz o‘zaro hurmat maskani bo‘lib qolishi muhim. Yangi tizim - safarning har bir ishtirokchisi fikri ahamiyatga ega bo‘lishi va Yandex Go platformasi ichida qulay muhitni saqlab qolishga yordam berishi yo‘lidagi yana bir qadamdir.

👍11❤7 2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦾Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tashni xohlaysizmi?
Algoritmlar bo‘yicha yangi formatdagi mashg‘ulotlar besh hafta ichida ko‘nikmalaringizni oshirib, sizni saralashning barcha bosqichlariga - ilk qadamlardan tortib yakuniy suhbatlargacha tayyorlaydi.
Ishtirokchilarni qisqa videodarslar, musobaqalar va ajoyib sovg‘alar kutmoqda, eng yaxshilari esa Toshkentdagi ofisda IT amaliyoti uchun taklif (offer) olishlari mumkin!
O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan onlayn ishtirok eting. Ro‘yxatdan o‘tish 15-martgacha davom etadi💬
Algoritmlar bo‘yicha yangi formatdagi mashg‘ulotlar besh hafta ichida ko‘nikmalaringizni oshirib, sizni saralashning barcha bosqichlariga - ilk qadamlardan tortib yakuniy suhbatlargacha tayyorlaydi.
Ishtirokchilarni qisqa videodarslar, musobaqalar va ajoyib sovg‘alar kutmoqda, eng yaxshilari esa Toshkentdagi ofisda IT amaliyoti uchun taklif (offer) olishlari mumkin!
O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan onlayn ishtirok eting. Ro‘yxatdan o‘tish 15-martgacha davom etadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Xaritalarda Toshkentning eng ko‘zga ko‘ringan yangi madaniy obyektlaridan biri - O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 3D-modeli paydo bo‘ldi.
Model Toshkent shahar hokimligi ko‘magida yaratilgan bo‘lib, majmua me’morchiligini turli rakurslardan: mahobatli peshtoqlaridan tortib, markaziy gumbazi va tashqi bezaklari tafsilotlarigacha ko‘zdan kechirish imkonini beradi. Unga soyalar, teksturalar va hatto tungi yoritish ham qo‘shilgan - qorong‘i rejim yoqilganda, obyekt xuddi quyosh botganidan keyingi kabi ko‘rinadi.
Endi majmuaning shahar muhitiga qay darajada uyg‘unlashganini oldindan o‘rganishingiz, suratga olish uchun qulay joylarni tanlashingiz yoki shunchaki atrof-muhitni yaxshiroq his qilishingiz mumkin.
Biz Yandex’da xaritalarni nafaqat yo‘nalishlar, balki shaharni - uning me’morchiligi, madaniyati va yangi diqqatga sazovor maskanlarini anglash vositasi ham bo‘ladigan darajada rivojlantirishda davom etamiz.

1❤540 6 4 1