Qarorlar soyasida
1.96K subscribers
320 photos
52 videos
96 links
💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan
🎓PhD in Economics, Skolkovo School

Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu
Download Telegram
“Yandex Uzbekistan” o‘zining birinchi ESG hisobotini taqdim etdi

Biz uchun barqaror rivojlanish va jamiyat oldidagi mas’uliyat – bu shunchaki rasmiy talab yoki “galochka” emas. Bu bizning ongli tanlovimiz.

Bugun katta jamoaga aylanganimiz bilan, birinchi kunlardagi qanday ishonch va mas’uliyat bilan boshlasak, hozir ham shunday qalbimizdan harakat qilyapmiz.

Yandex nafaqat servislar, balki taraqqiyot, imkoniyat va yaxshilik uchun ishlaydi. Biz katta biznes yuki - katta mas’uliyat ekanini anglab, har bir qadamda jamiyat manfaatini o‘ylaymiz.

Yordamingiz va ishonchingiz uchun rahmat! Birga ulkan o‘zgarishlarni amalga oshiramiz.

Batafsil ma’lumot va ESG hisobot bilan quyida havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://yandex.uz/company/uz/sustainability/highlights
144👍2🔥1
O'zbek biznesi uchun yangi bosqich

Yaqinda "Yandex 360" korporativ ekotizimini ishga tushirdik!🎉

Bu - kompaniyalar va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan, sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega virtual ofis.

Bu - shunchaki mahsulot emas. Biznes ish uslublarining yangi falsafasi.

Endi jamoalar turli shahar va mamlakatlarda bo‘lsa ham, xuddi bitta ofisda ishlayotgandek harakat qilishi mumkin.

🟡 "Yandex 360" nimalar qiladi?
- elektron pochta, taqvim, hujjatlar, virtual disk, messenjer va videokonfrensiyalar;
- AI yordamida matn yozish va tahrirlash imkoni;
- ma’lumotlarni himoya qiluvchi xavfsiz muhit...

Bu - kichik va o’rta biznes uchun jarayonlarni avtomatlashtirish ва samaradorlikni oshirish imkoniyati.

Yirik biznes uchun esa - ichki tizimlarni shaffof, tartibli va boshqariladigan holga keltirish vositasi.

🇺🇿 Eng quvonarlisi, ilgari faqat global kompaniyalarga tegishli bo‘lgan texnologiyalar endi O‘zbekiston biznes ekotizimining ajralmas qismiga aylanmoqda.
111👍5🔥1
Sinov bosqichi boshlandi. Vazifalarni bajarish mumkin

Bugundan boshlab 29-oktabrgacha Yandex Cup'da ro'yxatdan o'ting va o'zingizni sinov bosqichida sinab ko'ring!

Sinov bosqichida:
Platfforma qanday tuzilganini ko'rishingiz va sinov topshiriqlarini bajarishingiz mumkin.

Baholash bosqichi:
2-noyabrni kalendaringizga frontend, backend, analitika, algoritmlash va mobil bo'yicha baholash kuni sifatida belgilab qo'ying!

ML yo'nalishida saralash bosqichi allaqachon boshlangan va 5-noyabrgacha davom etadi.

O'z yo'nalishida eng zo’rlari Istanbulga yo'l olishadi.

Final: CodeCraft - qo'lda kodlash ustasi. Turk va Istanbul hunarmandchiligidan ilhomlangan: xattotlikdan zargarlikkacha.

Vazifa esa - ishtirokchilar texnologiyalar va qo'l kodlari yordamida qadimiy san'atni qayta tiklashlari kerak.

YandexCup 2025 uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting!
1🔥5💯42👍11
Kuchli dasturchilar hamjamiyatini yaratish - bu biz chin dildan ishonadigan eng muhim vazifalardan biri!

Aynan uchrashuvlar, muloqot va tajriba almashish orqali yosh mutaxassislar o‘sadi, rivojlanadi va o‘z yo‘lini topadi.

Bugun menga uchinchi “Yandex Uzbekistan DevCamp” bitiruvchilarini tabriklash va ularga omad tilash baxti nasib etdi.

Ular zimmasiga O‘zbekistonning texnologik mustaqilligini rivojlantirish bo‘yicha katta mas’uliyat yuklangan.

Yana bir bor takrorlayman: bizning yurtimizning kelajagi bor. Ammo agar bu kelajakni baxtli, farovon va mustaqil qilishni istasak, bizga kuchli dasturchilar, chuqur bilim va zamonaviy texnologiyalar kerak.

Davlat mustahkam poydevor yaratdi, endi esa dasturchilar ushbu imkoniyatdan to‘liq foydalanib, uni yuksak natijaga aylantirishi kerak.
1🔥5🥰3💯2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Uzbekistan “Erta aniqla - Hayotni saqla” forumini hamda “Pushti oktabr” doirasida, bachadon bo‘yni va sut bezi saratonini nazorat qilish dasturiga bag‘ishlangan media kampaniyani qo‘llab-quvvatladi.

Biz, Yandex Uzbekistan jamoasi, insonlar hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va jamiyat uchun muhim bo‘lgan tashabbuslarni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz.

“Erta aniqla - Hayotni saqla” forumi ana shunday tashabbuslardan biri bo‘lib, shifokorlar, ekspertlar, yetakchilar va jamiyat sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaganlarni birlashtirmoqda.

Reproduktiv saraton turlari - ayollar orasida eng keng tarqalgan kasalliklar.

Har sakkizinchi ayol sut bezi yoki bachadon bo‘yni saratoni bilan to‘qnash kelish xavfiga ega.

Bachadon bo‘yni saratonini emlash va muntazam skrining orqali butunlay oldini olish mumkin, sut bezi saratoni esa erta bosqichda aniqlansa - tez, oson va arzon davolanadi.

Mazkur dastur tufayli mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida sezilarli o‘zgarishlar, ommaviy tekshiruvlar va profilaktik skrininglar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu esa erta tashxis qo‘yish madaniyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash biz uchun shunchaki ishtirok emas, balki texnologiyalarni jamiyat foydasiga yo‘naltirish haqidagi missiyamizning ifodasidir.

Zamonaviy yechimlar, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bugun shifokorlarga kasalliklarni erta aniqlash va inson hayotini saqlab qolishda haqiqiy yordamchi bo‘lmoqda.

Biz mamlakatda ayollar salomatligini qadrlaydigan yangi ongli madaniyat shakllanayotganidan xursandmiz.
Ochiq va samimiy hamkorlik esa doimiy taraqqiyotning manbai bo‘lishiga ishonamiz.

Tashkilotchilarga bildirilgan ishonch va bu muhim hamda ilhomlantiruvchi tashabbusda qatnashish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Batafsil: ertaaniqlaforum.uz
4🔥1🥰1
🏃‍♂️Marafon - bu energiya, harakat va o‘zini yengish

Aynan shu qadriyatlar Yandex Uzbekistan falsafasining asosi - texnologiya, tezlik va uzluksiz rivojlanish.

Bugun start chizig‘iga chiqqan barcha ishtirokchilarga - energiya, qo‘llab-quvvatlash va ajoyib muhit uchun katta rahmat!

Va eng asosiysi - bu marafon faqat km haqida emas edi. Barcha yig‘ilgan mablag‘lar Teach4Uzbekistan loyihasiga yo‘naltirildi.

Bu tashabbus iqtidorli o‘qituvchilarni mamlakatning eng olis maktablariga yuborib, u yerda ta’lim sifatini ko‘tarishga yordam beradi.

Shuning uchun agar bugun siz shunchaki yugurdim deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz - biling: 💛 aslida siz kimningdir yorqin kelajagiga umid sovg‘a qildingiz.
6👍5🔥44
Bizni mukofotlashdi.

“Ijtimoiy taksi” loyihasi Yandeksning inklyuziya mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bu mukofot - texnik yechim uchun emas. Bu - har kuni maktabga bora oladigan minglab bolalarning “Men ham boraman” degan huquqi e’tirof etilgani.

O’zbekiston bo’ylab nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar Yandex Go orqali ixtisoslashgan maktablarga xavfsiz va izchil yetib boradi. Xarajatlarni davlat qoplaydi (oyiga 1,2 BHM gacha), Yandex esa bu safarlardan komissiya olmaydi - mablag‘ to‘liq haydovchilarga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga - bunday mazmunli loyihalarni birga amalga oshirish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Hamkorlik tufayli minglab bolalar uchun real imkoniyat paydo bo‘ldi.

https://go.yandex/uz_uz/lp/rides/social
🎉72🔥2🏆1
Bepul online intensivga marhamat!

Ma’lumotlarni tahlil qilish va ML sohasida eng yaxshi mutaxassislarni tayyorlaydigan «Yandex School of Data Analysis»ning bepul onlayn-intensivga qo‘shiling!

Intensiv 10–14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 5 kun ichida LLM bilan ishlashning asosiy jihatlari bilan tanishasiz:
🔹 zamonaviy LLM qanday tuzilgani
🔹 o‘nlab GPUlarda taqsimlangan ta’limni qanday ishga tushirish va inferensni qanday tezlashtirish mumkin
🔹 qanday muhandislik yechimlari xarajatlarni kamaytirishga va barqaror payplaynlar qurishga yordam beradi

Intensivda nafaqat video taqdimotlar, balki rus tilidagi workshoplar ham bo‘lib o‘tadi. Nazariya doirasidan chiqib, sanoat darajasida ML bilan ishlashni xohlovchilar uchun mos keladi.

Ro‘yxatdan o‘tish
🔥311
📣 O‘zbekiston banklariga murojaat

Yandex Xaritada har kuni minglab foydalanuvchilar bankomatlar joylashuvini izlaydi - bunday so‘rovlar soni esa oy sayin ortib bormoqda.

Afsuski, ko‘plab banklarda ma’lumotlar eskirgan: ayrim bankomatlar yopilgan, yangilari esa tizimda yo‘q, ish vaqtlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Natijada foydalanuvchilar kerakli ma’lumotni topa olmaydi, bank esa mijozini yo‘qotadi.

Bu masalani birgalikda hal qilishni taklif qilamiz. Agar siz bankomatlaringiz ma’lumotlarini yangilashni istasangiz - pochtaga yozing.

Skadyrov77@yandex-team.ru

Mijozlaringiz sizni har doim haqiqatda turgan joyingizda topsin)))
🔥25💯862
🇺🇿 Endi faoliyatimni Strategik rivojlanish bo‘yicha Vitse-Prezidenti lavozimida davom ettiraman.

Bu katta mas’uliyat bo‘lishi bilan birga, shu paytgacha faqat muhokama darajasida qolgan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatidir.

So‘nggi yillarda biz bir necha kishilik jamoadan +1600 dan ortiq mutaxassis ishlaydigan kompaniyaga aylandik. O‘z dasturchilar ofisimizni ochdik, kuchli jamoa to‘pladik, hozirda butun mamlakat bo‘ylab foydalanilayotgan xizmatlarni yo‘lga qo‘ydik.

Bugungi kunda Yandex O‘zbekiston - bu transport, fintech, funtech, ta’lim, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yetkazib berish va marketpleys xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Bu odamlarga har kuni amaliy yordam beradigan xizmatlardir.

Biz shunchaki tayyor yechimlarni nusxalashga emas, balki texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish - mamlakatning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, o‘z yondashuvlarimizni ishlab chiqish, jamoa ichida tajribani oshirishga intilamiz.

Har yili yangi kamida uchta yangi bizneslarni bozorga chiqarib keganmiz, keskin raqobat sharoitida o‘sishni saqlab qolamiz. Bu nafaqat mening, balki butun jamoamizning mehnati natijasidir. Men uchun strategiya - bu shunchaki hisobotlardagi raqamlar emas, balki boshqalar hali ko‘rmagan imkoniyatlarni ilg‘ay olishdir.

Bundan buyon davlat tuzilmalari bilan hamkorlik, biznesni rivojlantirish, yangi yo‘nalishlarni izlash va jamoani o‘stirish masalalariga rahbarlik qilaman.
Yonimda bo‘lgan barchangizga minnatdorchilik bildiraman - sizning professionalligingiz va g‘ayratingiz rejalarimizni voqelikka aylantirmoqda.

Rahmat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2315👍96
🏆 So‘nggi yillarda Yandex Uzbekistan o‘nlab yirik tashabbuslarni amalga oshirdi, keng ko‘lamli tadbirlarni o‘tkazdi va mamlakatning raqamli iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shuvchi loyihalarni yo‘lga qo‘ydi.

Bularning barchasi bizning jamoamiz - har kuni eng murakkab va mas’uliyatli vazifalarni bajara olishini amalda isbotlayotgan professional mutaxassislarimiz tufayli amalga oshmoqda.

Bugun quvonch bilan e’lon qilaman: Raximaxon Nug‘manova bizning jamoamizga Government Relations Project Lead sifatida qo‘shildi.

Raximaxon - Ecosystem Hero of the Year mukofoti sohibasi, EdTech va innovatsiyalar sohasidagi tan olingan mutaxassis, Illinois Urbana-Champaign universiteti (M.Sc.) hamda Inha universiteti (B.Sc.) bitiruvchisi.

Uning kasbiy yo‘li ta’lim ekotizimlarini rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiyani ilgari surish bilan chambarchas bog‘liq.

Atigi 17 yoshda ijtimoiy loyihalarda faoliyat boshlagan va o‘shandan beri o‘z faoliyatini yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiyalarga asoslangan ta’limni ilgari surishga bag‘ishlab kelmoqda.

Yandexda Raximaxon texnologiyalar, ta’lim va davlat siyosati kesishgan nuqtadagi loyihalarni boshqaradi, hamkorliklarni kengaytirish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Biz Yandexda texnologiyani ijobiy o‘zgarishlar vositasi deb biladigan mutaxassislarni birlashtirayotganimizdan faxrlanamiz.

Jamoamizga xush kelibsiz, Raximaxon!
🔥1165👍1💯1