Qarorlar soyasida
1.96K subscribers
320 photos
52 videos
96 links
💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan
🎓PhD in Economics, Skolkovo School

Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu
Download Telegram
Dev Camp #1 (4-chi kun)

Dasturda: Vinsent Ambo’ning “Large System Design” ma’ruzasi (u talabalar yuragini zabt etdi, hatto uni sahnadan qo‘yib yuborishmadi), mahalliy xab dasturchilari bilan networking va Q&A sessiyasi, hamda “Feature’larni qanday ishlab chiqish kerak” mavzusida workshop.

Bugun 170 nafar ishtirokchi yig‘ildi - suhbatlar, g‘oyalar, energiya bilan to‘la kun bo‘ldi.

Lekin eng muhimi - bu raqamlar emas, bu muhit. Biz dasturchilar hamjamiyatini quryapmiz - tirik, ochiq va ilhomlantiruvchi jamoa!

Maqsadimiz - texnologiyalarni nafaqat kasb, balki dunyoni o‘zgartirish vositasi deb biladigan insonlarni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va birlashtirish.

Sizni hech tanimagan odam sizni ilhomlantirgan paytlaringiz bo‘lganmi? Mana shunday uchrashuvlar aynan shu tuyg‘uni beradi - o‘rganish, yaratish, harakat qilish istagini.

IT - bu doimiy rivojlanish. Bu ko‘nikma o‘zi bilan kelmaydi, uni yoshlar ongiga singdirish kerak. Yigit-qizlarning yuzlariga, ularning qanday muloqot qilayotganiga, ko‘zlaridagi chaqnashga qarang - bu kelajak, bu bizning texnologik mustaqilligimiz.

Chunki bir kun kelib, hal qiluvchi omil texnologiyalar emas, balki ular bilan ishlay oladigan insonlar bo‘ladi.
11🔥1🎉1
Yaqinda mazmunli podkastni tingladim. Mavzular dolzarb, fikrlar asosli va hayotiy.

Ish jarayonida ham, shaxsiy rivojlanishda ham foydali bo‘lishi mumkin.

👉 Podkastni tinglash

Tinglab ko‘ring!
🔥21👍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eslatma: 26-oktabr, Yakshanba kuni Toshkent city parkda Yandex Uzbekistan Race bo‘lib o‘tadi!

Start soat 7:00 da boshlanadi. Ishtirokchilar 2 km, 5 km, yoki 10 km masofani tanlashlari mumkin.

Sport bilan kuch va yaxshilikni birlashtiring! Yaqinlaringiz bilan qatnashing va xayriya loyihasida o‘z hissangizni qo‘shing!

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://prorun.uz/competition-detail-present/64
11👍1🔥1💯1
Yandex Uzbekistan ofisiga ishga taklif qilamiz! Quyida mavjud ochiq ish o‘rinlarining qisqa ro‘yxati bilan tanishing.

1. Yandex Pro’ning o‘quv jarayoni va InApp-qo‘ng‘iroqlar jamoasiga Flutter dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/30002?utm_source=space

2. Tehnik Service Desk
https://yandex.ru/jobs/vacancies/35326?utm_source=space

3. Taksi yo‘nalishida chegirmalar samaradorligini tahlil qiluvchi analitik
https://yandex.ru/jobs/vacancies/10245?utm_source=space

4. CoreTaxi jamoasiga backend dasturchi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/26789?utm_source=space

5. Yandex Pro’ga Flutter dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/6537?utm_source=space

6. Taksi jamoasiga iOS dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/10693?utm_source=space

7. Ride Hailing jamoasiga Android dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/27575?utm_source=space
11👍1🔥1💯1
“Yandex Uzbekistan” o‘zining birinchi ESG hisobotini taqdim etdi

Biz uchun barqaror rivojlanish va jamiyat oldidagi mas’uliyat – bu shunchaki rasmiy talab yoki “galochka” emas. Bu bizning ongli tanlovimiz.

Bugun katta jamoaga aylanganimiz bilan, birinchi kunlardagi qanday ishonch va mas’uliyat bilan boshlasak, hozir ham shunday qalbimizdan harakat qilyapmiz.

Yandex nafaqat servislar, balki taraqqiyot, imkoniyat va yaxshilik uchun ishlaydi. Biz katta biznes yuki - katta mas’uliyat ekanini anglab, har bir qadamda jamiyat manfaatini o‘ylaymiz.

Yordamingiz va ishonchingiz uchun rahmat! Birga ulkan o‘zgarishlarni amalga oshiramiz.

Batafsil ma’lumot va ESG hisobot bilan quyida havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://yandex.uz/company/uz/sustainability/highlights
144👍2🔥1
O'zbek biznesi uchun yangi bosqich

Yaqinda "Yandex 360" korporativ ekotizimini ishga tushirdik!🎉

Bu - kompaniyalar va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan, sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega virtual ofis.

Bu - shunchaki mahsulot emas. Biznes ish uslublarining yangi falsafasi.

Endi jamoalar turli shahar va mamlakatlarda bo‘lsa ham, xuddi bitta ofisda ishlayotgandek harakat qilishi mumkin.

🟡 "Yandex 360" nimalar qiladi?
- elektron pochta, taqvim, hujjatlar, virtual disk, messenjer va videokonfrensiyalar;
- AI yordamida matn yozish va tahrirlash imkoni;
- ma’lumotlarni himoya qiluvchi xavfsiz muhit...

Bu - kichik va o’rta biznes uchun jarayonlarni avtomatlashtirish ва samaradorlikni oshirish imkoniyati.

Yirik biznes uchun esa - ichki tizimlarni shaffof, tartibli va boshqariladigan holga keltirish vositasi.

🇺🇿 Eng quvonarlisi, ilgari faqat global kompaniyalarga tegishli bo‘lgan texnologiyalar endi O‘zbekiston biznes ekotizimining ajralmas qismiga aylanmoqda.
111👍5🔥1
Sinov bosqichi boshlandi. Vazifalarni bajarish mumkin

Bugundan boshlab 29-oktabrgacha Yandex Cup'da ro'yxatdan o'ting va o'zingizni sinov bosqichida sinab ko'ring!

Sinov bosqichida:
Platfforma qanday tuzilganini ko'rishingiz va sinov topshiriqlarini bajarishingiz mumkin.

Baholash bosqichi:
2-noyabrni kalendaringizga frontend, backend, analitika, algoritmlash va mobil bo'yicha baholash kuni sifatida belgilab qo'ying!

ML yo'nalishida saralash bosqichi allaqachon boshlangan va 5-noyabrgacha davom etadi.

O'z yo'nalishida eng zo’rlari Istanbulga yo'l olishadi.

Final: CodeCraft - qo'lda kodlash ustasi. Turk va Istanbul hunarmandchiligidan ilhomlangan: xattotlikdan zargarlikkacha.

Vazifa esa - ishtirokchilar texnologiyalar va qo'l kodlari yordamida qadimiy san'atni qayta tiklashlari kerak.

YandexCup 2025 uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting!
1🔥5💯42👍11
Kuchli dasturchilar hamjamiyatini yaratish - bu biz chin dildan ishonadigan eng muhim vazifalardan biri!

Aynan uchrashuvlar, muloqot va tajriba almashish orqali yosh mutaxassislar o‘sadi, rivojlanadi va o‘z yo‘lini topadi.

Bugun menga uchinchi “Yandex Uzbekistan DevCamp” bitiruvchilarini tabriklash va ularga omad tilash baxti nasib etdi.

Ular zimmasiga O‘zbekistonning texnologik mustaqilligini rivojlantirish bo‘yicha katta mas’uliyat yuklangan.

Yana bir bor takrorlayman: bizning yurtimizning kelajagi bor. Ammo agar bu kelajakni baxtli, farovon va mustaqil qilishni istasak, bizga kuchli dasturchilar, chuqur bilim va zamonaviy texnologiyalar kerak.

Davlat mustahkam poydevor yaratdi, endi esa dasturchilar ushbu imkoniyatdan to‘liq foydalanib, uni yuksak natijaga aylantirishi kerak.
1🔥5🥰3💯2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Uzbekistan “Erta aniqla - Hayotni saqla” forumini hamda “Pushti oktabr” doirasida, bachadon bo‘yni va sut bezi saratonini nazorat qilish dasturiga bag‘ishlangan media kampaniyani qo‘llab-quvvatladi.

Biz, Yandex Uzbekistan jamoasi, insonlar hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va jamiyat uchun muhim bo‘lgan tashabbuslarni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz.

“Erta aniqla - Hayotni saqla” forumi ana shunday tashabbuslardan biri bo‘lib, shifokorlar, ekspertlar, yetakchilar va jamiyat sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaganlarni birlashtirmoqda.

Reproduktiv saraton turlari - ayollar orasida eng keng tarqalgan kasalliklar.

Har sakkizinchi ayol sut bezi yoki bachadon bo‘yni saratoni bilan to‘qnash kelish xavfiga ega.

Bachadon bo‘yni saratonini emlash va muntazam skrining orqali butunlay oldini olish mumkin, sut bezi saratoni esa erta bosqichda aniqlansa - tez, oson va arzon davolanadi.

Mazkur dastur tufayli mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida sezilarli o‘zgarishlar, ommaviy tekshiruvlar va profilaktik skrininglar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu esa erta tashxis qo‘yish madaniyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash biz uchun shunchaki ishtirok emas, balki texnologiyalarni jamiyat foydasiga yo‘naltirish haqidagi missiyamizning ifodasidir.

Zamonaviy yechimlar, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bugun shifokorlarga kasalliklarni erta aniqlash va inson hayotini saqlab qolishda haqiqiy yordamchi bo‘lmoqda.

Biz mamlakatda ayollar salomatligini qadrlaydigan yangi ongli madaniyat shakllanayotganidan xursandmiz.
Ochiq va samimiy hamkorlik esa doimiy taraqqiyotning manbai bo‘lishiga ishonamiz.

Tashkilotchilarga bildirilgan ishonch va bu muhim hamda ilhomlantiruvchi tashabbusda qatnashish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Batafsil: ertaaniqlaforum.uz
4🔥1🥰1
🏃‍♂️Marafon - bu energiya, harakat va o‘zini yengish

Aynan shu qadriyatlar Yandex Uzbekistan falsafasining asosi - texnologiya, tezlik va uzluksiz rivojlanish.

Bugun start chizig‘iga chiqqan barcha ishtirokchilarga - energiya, qo‘llab-quvvatlash va ajoyib muhit uchun katta rahmat!

Va eng asosiysi - bu marafon faqat km haqida emas edi. Barcha yig‘ilgan mablag‘lar Teach4Uzbekistan loyihasiga yo‘naltirildi.

Bu tashabbus iqtidorli o‘qituvchilarni mamlakatning eng olis maktablariga yuborib, u yerda ta’lim sifatini ko‘tarishga yordam beradi.

Shuning uchun agar bugun siz shunchaki yugurdim deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz - biling: 💛 aslida siz kimningdir yorqin kelajagiga umid sovg‘a qildingiz.
6👍5🔥44