Nukusdan boshlandi yangi bosqich - HealthTech ruhidagi harakat. Endi bu to‘lqin butun O‘zbekistonga yoyiladi.
Coming soon...
Coming soon...
👍1🔥1💯1
📱 Platforma iqtisodiyoti: O‘zbekiston uchun yangi chaqiriq va yangi imkoniyat
Bugun Toshkentda, “Platform Economy: Competition Law and Market Power of Digital Platforms” xalqaro seminari ishtirokchisiman.
Tadbirda Xitoy, Hindiston, Braziliya, Germaniya va boshqa o‘nlab mamlakatlardan raqobatni rivojlantirish agentliklari va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Muhokamalar markazida - yirik raqamli platformalarning bozordagi ta’siri, ekotizimlarni tartibga solish va sun’iy intellektning raqobatga ta’siri.
Bugun O‘zbekiston o‘z raqamli iqtisodiyotining yangi bosqichiga kirib bormoqda. Raqamli bozorlar tez sur’atlarda kengaymoqda, xalqaro gigantlar faol kirib kelmoqda, mahalliy kompaniyalar esa o‘z ekotizimlarini yaratmoqda.
Shu sharoitda aqlli va moslashuvchan tartibga solish siyosati zarur - rivojlanish, ma’lumot va texnologiyalar jamiyat manfaatiga xizmat qilishi uchun.
Shuni ham unutmaslik kerakki, hozirda mamlakatda 6 millionga yaqin o‘zini o‘zi band qilganlar (self-employed) faoliyat yuritmoqda. Kutilishicha, kelgusi yilda bu raqam ikki baravar oshadi. Bu - platforma iqtisodiyotining real hajmi va imkoniyatlari qanchalik katta ekanining yaqqol isboti.
Bunday xalqaro maydonlar - bu faqat tajriba almashish emas, balki biznes, davlat va ekspertlar o‘rtasida umumiy til topish imkoniyati, halol raqobat va barqaror raqamli taraqqiyot yo‘lida muhim qadamlardir.
Toshkent tobora ko‘proq mintaqaviy raqamli iqtisodiyot kelajagi bo‘yicha muloqot markaziga aylanib bormoqda.

👍2 2❤1💯1
Bugun Toshkentda Yandex ML School Uzbekistan - o‘z ishini boshladi.
Bu mamlakatimizda ta’lim va texnologiyalar rivojining yangi bosqichi. 3 mingdan ortiq nomzod orasidan atigi 31 nafar eng iqtidorli talaba tanlab olindi - ular Yandex mutaxassislaridan saboq olib, sun’iy intellekt kelajagini aynan O‘zbekistonda yaratadilar.
Loyiha New Uzbekistan University hamkorligida, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Bu tashabbus O‘zbekistonni sun’iy intellekt sohasida yetakchi markazlardan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
P.S. Shunchaki darajani his eting: ikkinchi suratda ko‘rib turganingiz - ML School talabasi Davlatbek, u nafaqat talaba, balki O‘zbekiston milliy jamoasining sport dasturlash bo‘yicha murabbiyi hamdir.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir bola erkin harakatlansin - Ijtimoiy taksi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab!
Avvallari bu imkoniyat faqat Toshkent va Toshkent viloyatida mavjud edi. Endi esa - Yandex Go ilovasining “Komfort” darajadagi avtomobillari ishlaydigan barcha hududlarda, ya’ni 14 ta shaharda, Ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Bu loyiha - ko‘rish yoki harakatlanishida cheklovlari bo‘lgan, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarga qulay, xavfsiz va ishonchli safar imkonini yaratadi.
Ular uchun jamoat transportida yurish - sinov, oddiy taksi esa ko‘pincha orzu edi. Endi esa har bir safar imkoniyatga, har bir manzil esa erkinlikka aylanadi.
💵 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi oilalar uchun qatnovlar 100 foiz, boshqa o‘quvchilar uchun esa 60 foizgacha subsidiya orqali qoplab beriladi (oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravarigacha).
Bu shunchaki transport xizmati emas - bu ijtimoiy adolat va teng imkoniyat sari tashlangan katta qadam.
Nogironligi bor bolalar uchun bu loyiha - o‘qishga, orzuga va hayotga ochilgan yo‘l.
Ijtimoiy taksi - harakatda tenglik, safarda ishonch.

👍11❤2🔥2 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi servis nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar bilan bir qatorda, eshitishida nuqsoni bo‘lgan haydovchilar uchun ham to‘liq moslashtirilgan.
Bizning maqsad - nogironligi bo‘lgan insonlar ham boshqalar kabi erkin ishlash va daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lishidir.
Agar haydovchi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga eshitishida muammo borligini bildirsa, ilovada qo‘ng‘iroq va tovushli signal o‘rniga yorug‘lik ogohlantirishlari paydo bo‘ladi. Yo‘lovchi bilan muloqot esa chat orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro Karlar kuni arafasida biz servisga yangi imkoniyatlar qo‘shdik: endi haydovchilar qo‘ng‘iroqsiz - to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayt orqali ro‘yxatdan o‘ta oladi, o‘quv materiallari esa imo-ishora tilida ham mavjud.
Mashinalarda “Kar yoki zaif eshidatigan haydovchi” degan yozuvli maxsus chexollar va yo‘lovchilar bilan muloqot qilish uchun kartochkalar paydo bo‘ldi.
Taksоparklar esa bunday haydovchilar bilan qanday ishlash kerakligi bo‘yicha yo‘riqnomalar oldi.
Videoda siz Yandex Go bilan 6 yildan beri ishlayotgan haydovchi Utkirakaning hikoyasini ko‘rasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤7💯3👍2 1
Dev Camp #1 (4-chi kun)
Dasturda: Vinsent Ambo’ning “Large System Design” ma’ruzasi (u talabalar yuragini zabt etdi, hatto uni sahnadan qo‘yib yuborishmadi), mahalliy xab dasturchilari bilan networking va Q&A sessiyasi, hamda “Feature’larni qanday ishlab chiqish kerak” mavzusida workshop.
Bugun 170 nafar ishtirokchi yig‘ildi - suhbatlar, g‘oyalar, energiya bilan to‘la kun bo‘ldi.
Lekin eng muhimi - bu raqamlar emas, bu muhit. Biz dasturchilar hamjamiyatini quryapmiz - tirik, ochiq va ilhomlantiruvchi jamoa!
Maqsadimiz - texnologiyalarni nafaqat kasb, balki dunyoni o‘zgartirish vositasi deb biladigan insonlarni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va birlashtirish.
Sizni hech tanimagan odam sizni ilhomlantirgan paytlaringiz bo‘lganmi? Mana shunday uchrashuvlar aynan shu tuyg‘uni beradi - o‘rganish, yaratish, harakat qilish istagini.
IT - bu doimiy rivojlanish. Bu ko‘nikma o‘zi bilan kelmaydi, uni yoshlar ongiga singdirish kerak. Yigit-qizlarning yuzlariga, ularning qanday muloqot qilayotganiga, ko‘zlaridagi chaqnashga qarang - bu kelajak, bu bizning texnologik mustaqilligimiz.
Chunki bir kun kelib, hal qiluvchi omil texnologiyalar emas, balki ular bilan ishlay oladigan insonlar bo‘ladi.

1❤1🔥1🎉1
Yaqinda mazmunli podkastni tingladim. Mavzular dolzarb, fikrlar asosli va hayotiy.
Ish jarayonida ham, shaxsiy rivojlanishda ham foydali bo‘lishi mumkin.
👉 Podkastni tinglash
Tinglab ko‘ring!

🔥2❤1👍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eslatma: 26-oktabr, Yakshanba kuni Toshkent city parkda Yandex Uzbekistan Race bo‘lib o‘tadi!
Start soat 7:00 da boshlanadi. Ishtirokchilar 2 km, 5 km, yoki 10 km masofani tanlashlari mumkin.
Sport bilan kuch va yaxshilikni birlashtiring! Yaqinlaringiz bilan qatnashing va xayriya loyihasida o‘z hissangizni qo‘shing!
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://prorun.uz/competition-detail-present/64

1❤1👍1🔥1💯1
Yandex Uzbekistan ofisiga ishga taklif qilamiz! Quyida mavjud ochiq ish o‘rinlarining qisqa ro‘yxati bilan tanishing.
1. Yandex Pro’ning o‘quv jarayoni va InApp-qo‘ng‘iroqlar jamoasiga Flutter dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/30002?utm_source=space
2. Tehnik Service Desk
https://yandex.ru/jobs/vacancies/35326?utm_source=space
3. Taksi yo‘nalishida chegirmalar samaradorligini tahlil qiluvchi analitik
https://yandex.ru/jobs/vacancies/10245?utm_source=space
4. CoreTaxi jamoasiga backend dasturchi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/26789?utm_source=space
5. Yandex Pro’ga Flutter dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/6537?utm_source=space
6. Taksi jamoasiga iOS dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/10693?utm_source=space
7. Ride Hailing jamoasiga Android dasturchisi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/27575?utm_source=space

“Yandex Uzbekistan” o‘zining birinchi ESG hisobotini taqdim etdi
Biz uchun barqaror rivojlanish va jamiyat oldidagi mas’uliyat – bu shunchaki rasmiy talab yoki “galochka” emas. Bu bizning ongli tanlovimiz.
Bugun katta jamoaga aylanganimiz bilan, birinchi kunlardagi qanday ishonch va mas’uliyat bilan boshlasak, hozir ham shunday qalbimizdan harakat qilyapmiz.
Yandex nafaqat servislar, balki taraqqiyot, imkoniyat va yaxshilik uchun ishlaydi. Biz katta biznes yuki - katta mas’uliyat ekanini anglab, har bir qadamda jamiyat manfaatini o‘ylaymiz.
Yordamingiz va ishonchingiz uchun rahmat! Birga ulkan o‘zgarishlarni amalga oshiramiz.
Batafsil ma’lumot va ESG hisobot bilan quyida havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://yandex.uz/company/uz/sustainability/highlights

1❤4 4👍2🔥1