This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zan odamni hafa qiladi: haqiqiy yangi texnologiya yoki yechim olib kelasiz - javob esa bitta: «dunyo tajribasini ko‘rsating».
Nega doimo boshqalarga qarashimiz kerak, axir bizning o‘z kuchimiz va noyob g‘oyalarimiz bor-ku?
Toshkent allaqachon bir necha bor isbotladi: biz birinchi bo‘lishimiz mumkin. 1928-yil - Grobovskiy aynan shu yerda dunyoda ilk bor telefot orqali harakatlanuvchi tasvirni radio orqali uzatdi. Tajriba edi, lekin tarixni o‘zgartirgan tajriba.
Ulug‘bek esa o‘z davrining eng buyuk yulduzlar xaritasini yaratdi. Tasavvur qiling, agar unga o‘sha payt aytishsa: «dunyo tajribasi yo‘q - demak, mumkin emas». Bu faqat obraz, lekin u ko‘rsatadi: yangidan qo‘rqish har qanday g‘oyani yo‘q qilishi mumkin.
Endi bugunga qaraylik.
Moskvada yaqinda raqamli svetoforlar ishga tushdi.
Bu texnologiyaning ILK sinovi aynan Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Shu sababli shahrimiz tizimni bepul oldi va Yandex to‘liq qamrov uchun darhol byudjet ajratdi.
Eng qiziq tomoni oldinda: shahar transportini modellashtirish, «yashil to‘lqinlar» va boshqa raqamli vositalar yo‘llarni yanada aqlli va xavfsiz qiladi.
Tarix ham, bugungi amaliyot ham shuni ko‘rsatadiki, taraqqiyot qo‘rquvdan, byurokratiyadan emas - jasoratdan boshlanadi, jasoratsiz biz doimo izma-iz yuramiz, jasorat bilan esa O’zbekistonimiz yanada yangi davrlarni boshlab berishi mumkin.
https://www.kommersant.ru/doc/8006096

1💯21🎉18🏆13👍6⚡1
☪️ Yaqinda “Vaqf” xayriya tashkiloti bilan tanishdim. Juda katta taassurot qoldirdi - ular chinakam zarur va hayotga yaqin loyihalarni amalga oshirmoqda.
Gap shunchaki tashabbuslar haqida emas, balki oddiy odamlarga berilayotgan real yordam haqida ketmoqda. Ishonchim komilki, oldinda bizni samarali hamkorlik kutmoqda.
Uchrashuv oxirida menga Muqaddas Qur’on sovg‘a qilishdi.
Ehtimol, bu Yandex O‘zbekiston ofisimizdagi birinchi muqaddas kitobdir. Shu paytda ichimda biroz uyat hissi ham tug‘ildi…
Qur’onni nafaqat muqaddas kitob sifatida, balki bilim va hikmat manbai sifatida ham qadrlash va keng yoyish kerak. Agar hali o‘qimagan bo‘lsangiz, chin dildan maslahat beraman: unda kundalik hayot va shaxsiy rivoj uchun juda ko‘p foydali saboqlar bor.
👉 Aytilgandek, Qur’onni Yandex ilovasida ham topish mumkin - bilim manbalari yanada yaqinroq bo‘lishi uchun:
https://books.yandex.uz/books/Geh9eV2o?utm_campaign=users_referral&utm_medium=referral&utm_source=direct_link

1🎉25💯17❤13🏆11 3
Migrantmasbu - o’zimizaniki Oleg)))
Tushunmayman, nega TOP-menejerlarni chetdan olib kelish kerak - biz bunga qarshi immunitetni shakllantirishimiz lozim. Ishonchim komil, bu yirik texnologik kompaniyalar orasida trendga aylanishi kerak.
Mamlakatimizda deyarli 40 million aholi yashaydi, va tayyor mutaxassisni chetdan olib kelgandan ko‘ra, o‘zimizda super mutaxassisni tarbiyalash ancha oqilona. Strategik jihatdan kerak bo’lsa!
Mana sizga yorqin misol - bizning Oleg, Yashnobodlik yigitimiz. O‘zbek, ingliz va rus tillarida mukammal gapiradi. Istak va maqsad bo‘lsa, imkoniyat ham topiladi.
https://www.linkedin.com/posts/sardor-qodirov-863130252_yandex-uzbekistan-on-instagram-tanishing-activity-7369707850241052675-BlfS?utm_source=share&utm_medium=member_ios&rcm=ACoAAD5Po8sBbYfIgPIxTT-QQipZGH5aueYT1Ac

Linkedin
Yandex Uzbekistan on Instagram: "Tanishing bu Oleg. U Yandex Go’dagi Taomlar xizmatini O‘zbekistonda rivojlantirish bilan shug‘ullanadi…
Migrantmasbu - o’zimizaniki Oleg)))
Tushunmayman, nega TOP-menejerlarni chetdan olib kelish kerak - biz bunga qarshi immunitetni shakllantirishimiz lozim. Ishonchim komil, bu yirik texnologik kompaniyalar orasida trendga aylanishi kerak.
Mamlakatimizda…

2🎉14❤13💯13🏆11👍3
Kim uchundir haydovchi. Oilasi uchun esa - superqahramon.
Har kuni minglab taksichilar liniyaga chiqadi - oilasini ta’minlash, farzandlariga ertangi kunga ishonch berish va eng oddiy baxtni yaratish uchun.
Madina Muminovaning yangi «Mening superqahramonim» kitobi qizaloqning nigohi bilan shuni ko‘rsatadi: qahramon bu ertak qahramoni emas, balki uning dadasi - taksichi.
Oila uchun qayg‘uradigan, yordam beradigan, yaqinlari uchun ishlaydigan va kun qanchalik og‘ir bo‘lmasin, uyga qaytadigan inson.
Biz ilk 10 ming nusxani haydovchilarimizning farzandlariga taqdim etamiz. Har bir bola o‘z dadasini chinakam qahramon sifatida ko‘rishi va undan faxrlanishi uchun.
Qahramonlar yonimizda. Ular minglab. Va har biri - o‘z oilasi uchun hammasini anglatadi.

2❤32🎉13🏆11💯9🔥4
Ijtimoiy taksi - bolalar uchun teng imkoniyat yo‘lida 🚕👦👧
Do‘stlar, bugun katta yangilik!
“Ijtimoiy taksi” loyihamiz Toshkent, Samarqand va Andijondan tashqari endi yana 11 ta shaharda ishga tushdi: Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Urganch, Qo‘qon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Nukus, Guliston va Xiva.
Bu tashabbus imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay borishiga xizmat qiladi.
Davlat tomonidan kompensatsiya ajratilib, har bir bola uchun oylik 1,2 BRV (494 ming so‘mgacha) yo‘lkira qisman yoki to‘liq qoplanadi.
Eng muhimi - xizmatdan tushgan to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydovchilarga yetib boradi.
Bu loyiha Milliy ijtimoiy himoya agentligi hamkorligida amalga oshmoqda.
Maqsadimiz - transport emas, balki ijtimoiy tenglik va imkoniyat yaratish. Maktabga borish har bir bola uchun huquq, biz esa bu huquqni hayotga tatbiq etishga hissa qo‘shyapmiz.

1❤19🏆10💯9🎉8
🎭 Ilhom teatri 50-mavsumini ochadi!
14-sentabr kuni soat 21:00 da Toshkentdagi Ilhom teatrining yozgi maydonchasida yubiley ochilish konserti bo‘lib o‘tadi.
Bu safar bizni Yandex Music’ning UCHQUN loyihasi sahnaga olib chiqadi - yosh va iqtidorli musiqachilarni qo‘llab-quvvatlash va butun sanoatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://forms.yandex.ru/u/68c13c50d04688001881de21
Kelajakka qarash va san’atni qo‘llab-quvvatlashni biz bilan birga his eting!

1🎉11🏆9❤8💯5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy siyosat O‘zbekistonda nisbatan yaqinda shakllandi. Oldingi davrida bu mavzu deyarli ko‘tarilmas, ko‘plab yordamga muhtoj odamlar esa muammolari bilan yolg‘iz qolib ketar edi.
Bugun esa mamlakat ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda.
Yangi O‘zbekistonda davlat eng himoyaga muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik qilmoqda: nogironlar aravachalari, kiyim-kechak hamda oziq-ovqatni bepul tarqatmoqda, kam ta’minlangan oilalarga turli subsidiyalar ajratmoqda.
Bu shunchaki chizilgan raqamlar yoki hisobotlar emas - bu minglab odamlarning hayotidagi haqiqiy o‘zgarishlardir.
Men chin dildan Ijtimoiy himoya agentligi olib borayotgan ishlardan faxrlanaman. Va biz ham qo‘shma loyihalarimiz orqali bu jarayonga hissa qo‘shayotganimizdan yurakdan xursandman.
Mana, siz bilan kichikgina video bo‘lishmoqchiman - unda har bir o‘quv kuni bizning yechimimizdan foydalanayotgan insonlarning minnatdorchiligi va quvonchi aks etgan.
Ularning tabassumi bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanimizning eng katta isbotidir.

1🎉13🏆13❤12💯12🔥1
Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabiga qabul boshlandi!
14 - 17 yoshli o‘quvchilar uchun bepul o‘quv dasturi ochildi. Maktabda Python dasturlash tili asoslari va mashhur kutubxonalar bilan ishlash amaliy tarzda o‘rgatiladi.
Darslar Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida, shuningdek, onlayn shaklda ham o‘tkaziladi.
Qabul jarayoni ikki bosqichdan iborat: test va suhbat. Testdan o‘tish uchun 18 sentyabrgacha ariza topshirish lozim. Yakuniy qabul 30 sentyabrga qadar davom etadi.
Bu imkoniyat - dasturlash olamiga ilk qadam qo‘yishni istagan yoshlar uchun katta start.
👉 Аriza topshirish
https://codingschool.yandex.uz/
O‘zbekistonda loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda ish boshlagan. Ikki yil davomida 75 nafar o‘quvchi ushbu dastur bitiruvchisiga aylangan.

2❤16🏆16🎉14💯4⚡1
🚀 Yandex Uzbekistan chakana savdo uchun AI yechimlarini ishga tushirdi
Kompaniya yangi yo‘nalish - Yandex Retail/tech ni taqdim etdi. Bu tizim yirik chakana savdo tarmoqlari uchun: operatsion boshqaruvni avtomatlashtirish, analitika, WMS, ERP, PIM, AI-marshrutlash va mijozlar ilovalari kabi yechimlarni o‘z ichiga oladi.
Asosiy loyihalardan biri -«Aqlli do‘kon». Kompyuter ko‘rish texnologiyasi yordamida savdo zalining raqamli egizagi yaratiladi. Bu yechim samaradorlikni 30% ga oshirishi, savdo aylanmasini esa kamida 2% ga ko‘tarishi mumkin.
Yandex Retail/tech to‘liq kompleks shaklida ham, alohida modullar ko‘rinishida ham joriy qilinadi: fufilment, yetkazib berish, marketing, analitika va AI-konsalting.
👉 Bu - O‘zbekistonda chakana savdoning raqamli transformatsiyasiga yangi qadam.

1🏆15🎉14❤13💯10🔥3👍2
🚗⛽ Yandex Uzbekistan “Zapravki” - kontaktsiz yoqilg‘i to‘lash xizmati ishga tushdi!
Endi haydovchilar Yandex Go ва Yandex Fuel orqali mashinadan tushmasdan yoqilg‘i uchun to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Xizmat АYoQSh lardagi narxlarni solishtirish, eng yaqin stansiyani topish ва qulay yo‘lni qurish imkonini ham beradi.
📍 Hozircha Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand ва Qarshida ishlayapti.
🎁 Yandex Plus obunachilari 15 litr va undan ko‘p yoqilg‘i olganda - 8% gacha keshbek.
🚕 Yandex Taxi haydovchilari uchun - 5-oktyabrgacha 5% chegirma.
Bu - faqat boshlanishi. Ishonchim komilki, “Zapravki” xizmatimiz tez orada har bir haydovchi uchun ajralmas yordamchiga aylanadi.
Asosiy navarotlari oldinda 🕹️

2🎉22❤14🏆14💯9👍1
Last call: dasturchilar uchun Dev Meetup 🚀
Shanba kuni katta va foydali uchrashuv o‘tkazamiz - dastur ham boshlovchilar, ham tajribali dasturchilar uchun qiziqarli bo‘ladi.
Bugun ariza topshirishning oxirgi kuni - imkoniyatni boy berib qo‘ymang!
Karyera haqida suhbatlashamiz: stajyorlarning hikoyalari va CV yozish bo‘yicha workshop bo‘ladi. Texnologiyalarni muhokama qilamiz: algoritmlar, vositalar, AI va vibe-coding mavzulari kutmoqda. Eng asosiysi, jonli muloqot va ko‘plab networking!
Spikerlar va to‘liq dastur bilan shu yerda tanishing: yandex.uz/fordevelopers/dev-camp
❗Ushbu xabarni qayta ulashganlarga Yandex Plus obunasi sovg‘a qilinadi va albatta plus karmangizga 😉 Olg'a!

11🏆29❤28🎉25💯17👍1🔥1
Toshkentdagi Amity Universitetida talabalar uchun navbatdagi qiziqarli va ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi. Bu safar Yandex Uzbekistan vakili universitetga tashrif buyurib, “Frontend Development” mavzusida maxsus ma’ruza o‘tkazdi.
Dars jarayonida talabalar dasturlash bo‘yicha eng so‘nggi bilimlar va foydali amaliy ko‘nikmalarni egallashdi. Yakunda esa ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassisdan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Shu kabi uchrashuvlar yoshlarni IT olamiga yanada yaqinlashtiradi, nazariy bilimlarini mustahkamlaydi va ularni amaliy tajriba bilan boyitadi. Amity jamoasi esa talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni yetkazishda izchil davom etmoqda.

16🏆19🎉11💯11❤10🔥1👨💻1
Yandex Uzbekiston’dagi texnologiyalar va yosh mutaxassislar uchun martaba yo‘llari
Yandex texnologiyalari va yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi? Yandexda stajirovkaga qanday kirish mumkin?
📢 Avoz Shokiriy, Yandex Flutter-dasturchisi bilan uchrashuvga tashrif buyuring!
🗓 Sana: 17-sentabr
🕚 Vaqt: 11:30
📍 Auditoriya: A318
Imkoniyatni boy bermang - insaytlarni oling va o‘z savollaringizni bering!

1❤26🏆16 3🔥2👨💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yandex Cup 2025 uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Yandex bu yil sakkizinchi marotaba xalqaro dasturlash musobaqasi Yandex Cup 2025ni o‘tkazadi. Dunyodagi eng kuchli dasturchilar umumiy 140 ming dollar mukofot jamg‘armasi uchun bellashadi.
🏆 Final bosqichi 5–7 dekabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda Istanbul dunyoning 180 nafar eng yaxshi dasturchi va ML mutaxassislariga mezbonlik qiladi.
📌 Musobaqa 6 yo‘nalishda tashkil etiladi: Data Analytics, Frontend, Backend, Mobile Development, Machine Learning, Algoritmlar (competitive programming)
Machine Learning va Algoritmlar bo‘limlari ingliz tilida o‘tkaziladi, bu esa global ishtirokni ta’minlaydi.
🗓️ Muhim sanalar:
20–29 oktabr: sinov bosqichi (ML’dan tashqari barcha yo‘nalishlar uchun)
2 noyabr: asosiy saralash
15 oktabr – 5 noyabr: ML yo‘nalishi uchun saralash
📍 Ro‘yxatdan o‘tish 29 oktabrgacha (ML yo‘nalishi uchun 5 noyabrgacha) davom etadi.
2011 yildan beri Yandex dasturlash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni tashkil etib keladi.
O‘tgan yili 90 mamlakatdan 20 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan, final esa Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. Videoni ko‘rib, qanday bo‘lganini bir eslaylik)))
👉 Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
https://yandex.ru/cup/

🎉22🏆15💯12❤5
17–21 sentabr kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida Hamnafas - Inklyuziya va imkoniyatlar festivali bo‘lib o‘tadi.
Yandex Kinopoisk ham festival dasturida ishtirok etadi va 21 sentabr kuni «Paddingtonning sarguzashtlari 3» 🐻 filmini subtitrlar (SDX) bilan eshitishida qiyinchiliklari bo‘lganlar uchun namoyish qiladi.
Festival dasturi juda boy - bu besh kun davomida faqat shu yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.
🔥 Must have’dan:
20 sentabr, 18:00 — Jhe An (arxitektor, Studio Weave, London) ma’ruzasi: jamoalar ishtiroki loyihalash g‘oyasining o‘zini qanday o‘zgartiradi.
18 sentabr, 18:00 - Moisen Mahjubniya (Kanada) ma’ruzasi: raqamli inklyuziya bo‘yicha ekspert.
U AI qanday qilib inklyuziv raqamli muhitni shakllantirayotganini va chinakam inklyuziv dasturlarni yaratish sirlarini tushuntiradi.
✨ Kino namoyishlari:
21 sentabr, 19:00 - «And the Trees Danced Below» (16+).
Film Toshkentdagi «Alternativa» kinolaboratoriyasi doirasida o‘smirlar tomonidan suratga olingan.
Bu orzular mozaikasi: qo‘rqinchli, ta’sirchan. Namoyishdan oldin o‘smir mualliflar bilan ochiq suhbat o‘tkaziladi.
«Choy», Shokir Xolikov filmi - Kann festivalida nogironlar hayotini aks ettiruvchi eng yaxshi filmlar orasida Gran-pri sovrindori.
🎨 To‘liq dastur, ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot - Kutubxona saytida: acdflibrary.uz
O‘zingiz keling va do‘stlaringizni ham olib keling 🫶

❤16💯14🏆12🎉8
🚀 Global Founders Meet in Tashkent - ICT Week 2025 doirasida
23-sentyabr kuni Toshkent ilk bor А-Seriya bosqichidagi startap asoschilari va investorlarni birlashtiradigan Global Founders Meet in Tashkent uchrashuviga mezbonlik qiladi.
Bu tadbir - ICT Week 2025ning eng asosiy maydonchalaridan biri bo‘lib, xalqaro va mahalliy tadbirkorlar hamda investorlar uchun muloqot, tajriba almashish va yangi g‘oyalar uchun ochiq forumga aylanadi.
Tashkilotchi: Yandex Uzbekistan.
🎤 Spikerlar:
Sheryar Bawany - Trukkr (Pokiston)
Maxim Prokhorov - Platma (Markaziy Osiyo)
Alisher Akbarov - Comfi (BAA–Saudiya Arabistoni)
Roman Lavrentiev - Uzum (O‘zbekiston)
📌 Moderator: Izzat Shukurov, CEO Yandex Uzbekistan
⏰ 12:00 - 13:40
📍 Hall 2, ICT Week maydonchasi
🌍 Tadbir tili: ingliz tilida
🔥 Maxsus taqdimot
Uchrashuv yakunida mahalliy startap ekotizimi va investitsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi venchur taqdimoti o’tadi.
🌙 Networking kechasi
Ishtirokchilar uchun maxsus yopiq networking party soat 20:00 da o‘tkaziladi. Taklifnomalar faqat “invite only”. Joylar soni cheklangan.
https://forms.yandex.ru/u/68c19bdf49363913bc74d04e/

1❤15💯15🏆15🎉10👍1
♻️ Yandex Uzbekistan экологик ташаббусларни қўллаб-қувватлайди
Бугун биз “Ҳаёт учун жой ажратинг” шиори остидаги оммавий экоакцияда иштирок этдик.
Тадбир Бутунжаҳон тозалик кунига бағишланди.
Ушбу акция Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги ташаббуси билан ўтказилмоқда.
Бундай лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш – бу бизнинг мамлакат келажагига қўшган ҳиссамиз:
🌱 экологик маданиятни ривожлантириш,
🌍 атроф-муҳитга ғамхўрлик қилиш,
🤝 тоза ва хавфсиз келажак учун биргаликда ишлаш.
Биз ишонамизки, ҳар биримизнинг кичик қадамларимиз катта ўзгаришларга олиб келади.

1💯20🎉12🏆10❤9👍1
Bugun biz o‘zimizning telba darajada ulkan rejamizning birinchi qadamini tashladik - dasturchilar hamjamiyatini shunday darajada kuchaytiramizki, ular haqida rok-yulduzlar kabi gapirishadi.
Biz ishonamiz: koderlar - yangi superqahramonlar. Endi payt keldi: maktabdagi bolalar prokuror kreslosini emas, balki xakaton va startaplarni orzu qilishlari kerak.
Start shov-shuvli bo‘ldi: 500 kishi qatnashgan tadbir, keyin esa yopiq tusovkali joy. Va bu faqatgina razminka xolos.
Oldinda 20 dan ortiq tadbirlar - nonushtalar, mitaplar, xakatonlar.
Biz koderlarni mahoratlarni oshiramiz, eski tartiblarni sindiramiz va katta g‘oyalar tug‘iladigan jasur bir jamoani yig‘amiz.
Ha, orzu oddiy: dunyoning top kompaniyalarda CEO hindlar emas, bizning qora ko‘zlarimiz o‘tirishi kerak. Bugun bu kichkina odamning ulkan orzu sari qo‘ygan kichkina qadami.
Bizga omad tilang! Sizning haqiqiy vatanparvaringiz va uning jamoasi.

2❤19🏆17🎉12💯11👍7🔥2