Qarorlar soyasida
1.96K subscribers
321 photos
52 videos
96 links
💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan
🎓PhD in Economics, Skolkovo School

Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu
Download Telegram
IT-nonushta: texnologiyalar, qahva va ochiq suhbatlar

Har oy bir guruh faol va qiziqqon IT-mutaxassislar bilan bir stol atrofida jam bo‘lamiz. Rasmiylik yo‘q, prezentatsiyalar yo‘q - faqat mazali nonushta, xushbo‘y qahva va jonli muloqot.

Kod, testlash, sun’iy intellekt va texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni - bizni har safar yangi mavzular kutadi.

Mehmonlarimiz - Yandex Uzbekistan va boshqa yetakchi IT-kompaniyalardan mutaxassislar. Har bir ishtirokchi suhbatda faol bo‘lishi mumkin - format 20 kishigacha, iliq va ochiq muhit.

Eng quvonarlisi - har gal qatnashishni istaganlar soni ortib boryapti. Demak, biz bir-birimizdan o‘rganishga, fikr almashishga tayyormiz.

🔍 Kuluar suhbatlarda esa eng qiziq mavzular ochiladi: maoshlar, imkoniyatlar, ish muhitlari, ofisdagi mevalargacha 😃

💡 Endi esa savol: viloyatlarda ham bunday nonushtalarni tashkillashtirsak-chi?

Masalan, Samarqand, Andijon, Nukuslarda? Siz qanday o‘ylaysiz - yig‘ilsak bo‘ladimi?
420🎉18🏆16🔥55
Bu oddiy texnologiya emas. Bu - ishonch, xavfsizlik va minglab inson hayotlari haqida…

Bugun Toshkentda yangi sahifa ochildi. Endilikda har bir fuqaro tez yordam chaqirganidan so‘ng brigadaning harakatini real vaqt rejimida xaritada kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Bu - shunchaki qulaylik emas.
Bu - xotirjamlik.
Bu - “yordam yo‘lda” degan ishonch.
Bu - texnologiya insoniylik bilan uyg‘unlashganda yuz beradigan o‘zgarish.

Yandex uchun bu loyiha - texnik yangilik emas, balki qadriyatlarning ifodasidir. Biz ongli ravishda jamiyat hayotining muhim yo‘nalishlariga hissa qo‘shishni tanladik: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, sport va kreativ industriya.

Har bir yo‘nalishda biz alohida loyihalarni amalga oshirmoqdamiz - Yandex texnologiyalari asosida va mutlaqo bepul.

Chunki biz ishonamiz - kuchli texnologiyalar odamlar hayoti uchun xizmat qilishi kerak.

Mazkur loyiha Yandex Maps API asosida ishlab chiqilgan. Yaqin kunlarda tizim quyidagi imkoniyatlar bilan kengaytiriladi: tibbiy infratuzilmani vizualizatsiya qilish, navigatsiya, masofa matritsalari va optimal yo‘nalishlarni aniqlovchi algoritmlar

Bu texnologiyalarning har biri - muhim daqiqalarda vaqt yutishga xizmat qiladi. Aynan vaqt esa ko‘p hollarda inson hayotini belgilaydi.

Raqamlar ortida esa odamlar turibdi. O‘zbekiston bo‘ylab har kuni 40 minggacha chaqiruv qabul qilinadi - ulardan 60 foizi shoshilinch.

Yangi tizim esa takroriy qo‘ng‘iroqlar sonini kamaytiradi, fuqarolarga brigadani kutib olishga tayyorlanish imkonini beradi va dispetcherlar yukini sezilarli darajada kamaytiradi.

Bu - boshlanishi. Biz har doim bir narsani aytamiz: Agar texnologiyalar bilan yaxshilash imkoni bo‘lsa - biz bu imkoniyatdan foydalanamiz.

Texnologiyalar odamlarga xizmat qilishi kerak - biz esa aynan shu xizmat yo‘lida ishlayapmiz.

P.S. Ushbu loyihaning amalga oshishida o‘z bilimini, vaqtini va qalbini berganlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman:

Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasiga, Be Pro kompaniyasiga, va alohida ehtirom bilan - Abduvoitjon Xusainovichga, Respublika markazi direktoriga RAHMAT!

U kishining va jamoasining sog‘liqni saqlash tizimidagi raqamli islohotlarga qo‘shayotgan hissasi - har kuni 40 ming fuqaroning hayotida aks etmoqda.

Yurakdan shuni aytaman: umid qilamanki, bir kun kelib sizlar haqida hujjatli film suratga olishga vaqt va imkon topaman. Chunki bu yerda - chinakam qahramonlar ishlayapti. Va bu haqida butun mamlakat bilishi kerak.
230🎉18🏆15👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | “103” xizmatini onlayn kuzatish imkoni paydo bo‘ldi
#5aug

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
216🎉15💯10🏆10👍3
😂 Spot.uzga rahmat aytish kerak - reklama ostidagi rasmda uzumni ehtiyotkorlik bilan bijir-bijir bilan yopib qo‘yishgan.

Yana biror tomonga tegib ketmasin, Uzum yana hafa bo‘lib, Komitetga yurmasin deb.

🍇 Yandex Market roligida hech kimni ochiq aytmaganmiz.

Lekin Uzum o‘zini tanib qolgan: “obro‘yga putur yetdi, odamlar adashyapti” deb shikoyat yozgan.

⚖️ Komissiya aytdi: ha, taqqoslash qonunga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin hech kim ziyon ko‘rmagan, shuning uchun jarima yo‘q.

Faqat 14-avgustgacha reklama butunlay to‘xtatilgani haqida hujjat topshiringlar deyishdi.

📦 Biz esa Yandeksda ishlashda davom etamiz - sifat bilan, hazilga berilmasdan, lekin baribir yahshi kayfiyat bilan.

https://www.spot.uz/ru/2025/08/06/yandex-uzum/
120🎉1413🏆11💯10🔥6
AI Forum CIS 2025 - ikki kunlik ilhom manbai

Samarqandda o‘tayotgan forumda sun’iy intellektning kelajagi haqida jiddiy, lekin juda samimiy muhokamalar bo‘lyapti. Muammo va imkoniyatlar, g‘oyalar va echimlar - barchasi bir joyda.

Shu doirada o‘tkazilgan panel sessiyalardan biriga moderatorlik qilish nasib etdi. Yandex - mintaqadagi sun’iy intellektni kommertsiyalash bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri sifatida alohida e’tiborga loyiq.

Panelimizda sog‘liqni saqlash, ta’lim, retail, urbanistika va hatto “hardkor” sanoat (salom Huawei!) yo‘nalishlarida AI yechimlarini joriy qilayotgan kuchli integratorlar ishtirok etdi.

Forumning umumiy kayfiyati - ijobiy va ilhomlantiruvchi. Juda ko‘p foydali fikrlar va yangi tanishlar bo‘ldi.

📍 Samarqandda bo‘lsangiz - albatta ertangi forsayt-sessiyani o‘tkazib yubormang.

Bu yerda MDHning sun’iy intellekt sohasidagi eng kuchli mutaxassislari yig‘iladi. Ko‘pchilik aynan shu sessiya uchun uchib kelgan.

Qiziqsangiz, izohda ismingizni yozing - sizni ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritishga harakat qilaman.
416🎉13🏆13💯11
Xo‘sh, sinab ko‘rdingizmi? Qanday taassurotlar? Kecha GPT5 taqdim etildi!

Mana, bilmaganlar uchun havola: https://auth.openai.com/log-in
🏆1613🎉13💯8👍2
1. Разработчик бэкенда в Суперапп Яндекс Go
https://yandex.ru/jobs/vacancies/20405?utm_source=space

2. Бэкенд-разработчик в команду CoreTaxi
https://yandex.ru/jobs/vacancies/26789?utm_source=space

3. Flutter-разработчик в Яндекс Про
https://yandex.ru/jobs/vacancies/6537?utm_source=space

4. Аналитик-разработчик в команду маркетинга и повышенных тарифов Go
https://yandex.ru/jobs/vacancies/31902?utm_source=space

5. iOS-разработчик в команду Такси
https://yandex.ru/jobs/vacancies/5825?utm_source=space

6. Android-разработчик в команду Ride Hailing
https://yandex.ru/jobs/vacancies/27575?utm_source=space

7. Senior Legal Counsel
https://yandex.com/jobs/vacancies/35231?utm_source=space

8. Менеджер по маркетингу в Яндекс Маркет
https://yandex.ru/jobs/vacancies/33443?utm_source=space

9. Инженер по тестированию в Плюс
https://yandex.ru/jobs/vacancies/33711?utm_source=space

10. Техник Service Desk (Ташкент, Узбекистан)
https://yandex.ru/jobs/vacancies/35326?utm_source=space

11. Инженер технической поддержки ВКС и мероприятий (Ташкент)
https://yandex.ru/jobs/vacancies/35331?utm_source=space

12. Менеджер по работе с артистами в Узбекистане
https://yandex.ru/jobs/vacancies/30217?utm_source=space
💯19🎉1412🏆6👍1
Nega bilmayman, lekin buni siz bilan bo‘lishish men uchun muhim bo‘lib qoldi - balki bu to‘g‘ri emasdir, ehtimol menga ijtimoiy tarmoqlardan “detoks” ham kerakdir)))

Yaqinda meni juda qiziqarli bir bobo olib ketdi – yoqimli suhbatdosh, o‘z hayotidan ibratli hikoyaga ega inson.

U o‘ziga bir ulkan maqsad qo‘ygan – hovlisi hududida (Nazarbekda) kam ta’minlanganlar uchun 20 ta uy qurish.

Taksi haydab, topgan daromadini shu qurilishga sarflaydi. Hozirga qadar uchta uy qurib bo‘libdi – to‘rtinchisini boshlagan ekan.

Ayta-a yurgan ekan, ko‘plab mijozlari bu hikoyani eshitib, xayriya qilarkan. Bir kuni hatto yo‘lovchisi bo‘lib chiqqan bir kishi unga shifer beribdi, boshqa bir safar esa yo‘lida uchragan santexnik yordam berdi. Sababchilar)))

Bu juda chiroyli va samimiy hikoya – odamda shunday katta va muhim missiya bo‘lsa, hayot ham boshqacha bo‘ladi. Ishonamanki, u o‘sha kunni ko‘radi – hamma uylar bitib, oilalar joylashgan paytni.

Va u oilalarning ko‘pi jamiyatga foyda keltiradigan, halol, mehnatkash insonlarga aylanadi.

Buni men o‘z tajribamdan bilaman – bobomiz ham urush yillarida uchta yetim bolani o‘z uyida tarbiyalagan. Qiziq, ularning barchasi keyinchalik professor bo‘lishdi. Men esa ularning farzandlikka olinganini 16 yoshimda, tasodifan bildim.

Hech o‘ylamagan edim – nega Zoyaxola ruscha ismga ega ekanligini. Mana shunday hayot – unda yaxshilik urug‘ini ekkanlar bor ekan, u albatta unib chiqadi.

Yaxshilik sizlarga hamroh bo‘lsin.
329🏆17💯14🔥13👍8
🚀 Yandex ML School Uzbekistan - arizalar qabul qilinmoqda!

🇺🇿 O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt bo‘yicha chuqurlashgan ta’lim markazi ish boshlaydi - mashina o‘qitish, matematik modellashtirish va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni istaganlar uchun noyob imkoniyat!

🎯 Afzalliklari:
- To‘liq bepul ta’lim
- Yandex ShAD ekspertlari ishlab chiqqan zamonaviy dastur
- Kuchli ustozlar - Yandex mutaxassislari, yetakchi OTM professorlari va soha amaliyotchilari
- Real loyihalar, amaliy topshiriqlar, workshop va industrial weekendlar
- Ingliz tilida o‘qitish - xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshlik

📅 Muhim sanalar:
Ariza topshirish - 10-sentyabrgacha
Kirish testi → Toshkentda intervyu (sentabr oxiri)
O‘qish boshlanishi - oktabr
Davomiyligi - 2 semestr, haftasiga 20–30 soat (kechki darslar + mustaqil ish)

🎓 Maqsad: Har yili senior darajadagi mutaxassislar yetishtirish - O‘zbekistonda texnologik jamoani shakllantirish va xalqaro darajadagi mahsulotlar yaratish.

📍 Joylar cheklangan
📩 Arizani hoziroq topshiring — kelajak texnologiyalarini birga yarataylik!

https://mlschool.yandex.uz/
2💯2317🎉13👍4👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Platformali bandlik

O‘zbekiston Prezidentining yangi Qarori – “YTT va o’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to’grisida” jasoratda 10 dan 10.

Bu mamlakat endi islohotlardan qo‘rqmayotganini ko‘rsatadi. Ertaga Prezidentning nutqida ham shu ohang yangraydi)))

Amaliy natija:

2025-yil 1-noyabrdan YTT va o‘zini o‘zi band qilganlar raqamli platformalarda ro‘yxatdan o‘ta oladi – biometrik tasdiq va SMS orqali. Face ID va SMS bilan imzolangan shartnomalar va hisob-fakturalar qog‘ozdagidek yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Yana bir muhim nuqta – o‘zini o‘zi band qilganlar faqat 1% soliq to‘laydi. Bu minimal soliq yuklamasi ularni “soya”dan chiqarib, legallashtirishning eng kuchli stimulyatori bo‘ladi.

Inqilobiy qadam – “o‘sha kuni” mexanizmi.
Xodim ish haqini smena tugagach darhol oladi. Shartlar oddiy – elektron mehnat shartnomasi, raqamli hamyon va soliq intizomi.

Savollar bor: bozor yukni ko‘tara oladimi, yashirin iqtisodiyot qayta kuchaymaydimi? Lekin bitta haqiqat aniq – bu qaror mehnat bozorini tubdan o‘zgartiradi va platformali bandlikni vaqtinchalik «part-time»dan barqaror mehnat shakliga aylantiradi.

Bozor reaksiyasi ham kechikmadi. Qaror e’lon qilingach, oddiy kasblarni legallashtiruvchi startaplarning qiymati kamida ikki baravar oshdi. Investorlar endi bu sohada ulkan imkoniyat ko‘ryapti. E’tibor bering!

O‘nlab “o‘zbekcha Kaspi”lar. Millionlab o‘zini o‘zi band qilganlar uchun yangi ekotizimlar yaratiladi. Bu oddiy qulaylik emas – bu iqtisodiy o‘sish, shaffoflik va sog‘lom raqobatning poydevori.

Kelajak allaqachon shu yerda. Va u - raqamli.
1💯1918🏆13🎉8👍7
🚀 Yandex Pro bilan biznesingizni oching!

Yandex Pro hamkori bo‘ling va jami 3,5 mlrd so‘mgacha bonus olish imkonini beruvchi motivatsion dasturda ishtirok eting.

🔥 Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
– avtomobillarni ulash uchun bonuslar,
– avtomobil xaridi va lizingida maxsus shartlar,
– avtopark va buyurtmalarni boshqarish uchun raqamli vositalar,
– haydovchilarni jalb qilish va o‘qitishda qo‘llab-quvvatlash.

📅 Arizalarni topshirish muddati - 2025-yil 19-sentabr.

Ishtirokchilar soni cheklangan!

Yandex Pro bilan siz nafaqat daromad topasiz - balki barqaror biznes qurib, shahar tashish xizmatlarining kelajagi bir qismiga aylanishingiz mumkin.

https://pro.yandex/lp/uz-uz/partnership/offer
64👍1🔥1💯1
🚀 Market Yandex Go - endi yangi 8 ta hududda!

Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Navoiy aholisi endi Yandex Go ilovasi orqali Market’dan xarid qila oladi.

💡 Nimalar mavjud?
- Kuryer orqali yoki PVZdan tezkor yetkazib berish
Yandex Split orqali 2, 4 yoki 6 oylik muddatli to‘lov
– Shaxsiylashtirilgan tavsiyalar va mahsulotlarni solishtirish imkoniyati
– Elektronika, kiyim-kechak, maishiy texnika, uy-ro‘zg‘or buyumlari, go‘zallik va boshqa minglab mahsulotlar

📦 Buxoro, Farg‘ona va Marg‘ilonda allaqachon PVZ’lar ishlayapti, boshqa hududlarda esa tez orada paydo bo‘ladi.

🔥 Yangi foydalanuvchilar uchun maxsus START50 promo-kodi - birinchi buyurtmaga 50% chegirma (eng ko‘pi bilan 50 ming so‘m). 31-oktyabrgacha amal qiladi.

Bugun Market Yandex Go 10 ta hududda ishlayapti.

Maqsad - 2025-yil oxirigacha butun O‘zbekistonni qamrab olish.

🤝 Tadbirkorlar uchun imkoniyat: Market Yandex Go platformasiga qo‘shilib, mahsulotlaringizni minglab yangi xaridorga taqdim eting. Bu nafaqat savdoni, balki butun mintaqaning raqamli infratuzilmasini ham rivojlantiradi.
1
⚽️🇺🇿 “Ko‘rinmas medal” - har birimiz ko‘rishi kerak bo‘lgan tarix!

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ilk bor Olimpiadaga yo‘l oldi.

Bu - tasodif emas, balki tizimli mehnat, qo‘llab-quvvatlash va orzuga ishonch natijasi.

📽 Gazeta.uz’ning hujjatli filmi “Ko‘rinmas medal” shu tarixiy yo‘lni hikoya qiladi.

Premyera O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazildi.

👉 Film Kinopoisk’da.
Ko‘ring va ilhomlaning!

https://www.kinopoisk.ru/film/8691122/
1🎉17🏆17💯16🔥4👍1