Qarorlar soyasida
1.96K subscribers
321 photos
52 videos
96 links
💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan
🎓PhD in Economics, Skolkovo School

Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu
Download Telegram
📦 Market Yandex Go logistikani kengaytirishda davom etadi!

7-iyul kuni Samarkandda yangi sortirovka markazi ishni boshlaydi 🚛
Manzil: Saidrizo Alizoda MFY, Gagarin ko‘chasi, 236-uy.

Endi buyurtmalarni topshirish yanada osonlashadi - Markaz har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Maksimal yuk og‘irligi - 200 kg, o‘lchamlar yig‘indisi - 500 sm gacha (hammasi qo‘shib hisoblanadi).

Samarkandlik tadbirkorlarning “savdo tomiri”ga ishonaman!

Ishonchim komil - bu markaz shaharning faol sotuvchilari uchun tez orada asosiy nuqtaga aylanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍7🔥1💯1
📌 Bugun ertalabdan yosh talabalar uchun tashkil etilgan bir tadbirda qatnashdim. Yirik kompaniyalar o‘zlarining ishga qabul rejalari va talablarini taqdim qildi. Tadbirni Savdo-sanoat palatasi tashkil qilgan.

Meni eng hayratga solgani - yoshlarning fikrlash tarzi.

Ular endi «avval kichik lavozimdan boshlang, tajriba orttiring», yoki «bir muddat davlat xizmatida ishlang» degan oddiy maslahatlarni umuman qabul qilmaydi.

Ko‘pchilik bir zumda direktor bo‘lishni, kattakon odam bo’lishni istaydi. Bu - ambitsiya, albatta. Lekin unda ortiqcha shoshqaloqlik va haqiqatdan uzoq xayolparastlik ham bor.

🧷Ammo eng ko‘p ta’sir qilgan suhbat boshqacha bo‘ldi.

Ko‘plab yoshlar jiddiy ishonch bilan O‘zbekiston barcha mehnat migrantlarini qaytarib kelishi kerak, deb o‘ylashadi. Ularning fikricha, bu yerda ish ko‘p, tashqariga chiqayotganlar esa aslida «eng yaxshi aql-zakovat egalari».

Bu suhbat oson bo‘lmadi. Go‘yo biz butunlay boshqa dunyo vakillarimiz - fikrlarimiz mutlaqo to‘g‘ri kelmadi.

🧮 Men ularga oddiy haqiqatni tushuntirmoqchi bo‘ldim: har yili O‘zbekistonda millionga yaqin yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi, lekin yaratilayotgan ish o‘rinlari soni atigi 300 ming atrofida. Bu fakt ham ularni qoniqtirmadi.

Men ularga shuni aytdim: muammo faqat «hammani qaytarib kelish»da emas. 🗂️ Asosiy masala - ta’lim sifati va kasbiy malakalarda.

Odamlar kuchli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsa, ular qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, yaxshiroq daromad topa oladi.

Shuningdek, mehnat migrantlari allaqachon mamlakatga katta foyda keltirayotganini ham tushuntirdim - pul o‘tkazmalari, biznes va tajriba ko‘rinishida.

Lekin ochig‘ini aytsam, meni tushunishmadi. Yuzlarida menga qarab, «bu odam hayotdan uzoq, hech narsani tushunmaydi» degan nigohni aniq ko‘rdim.

Bu holat meni ancha o‘ylantirib qo‘ydi. Biz hali ham og‘ir mavzularni sabr bilan, hissiyotlarsiz, ochiq va mantiqan muhokama qilishni o‘rganmaganmiz. Hamma oson va tezkor yechim kutadi.

Afsuski, bu masalada bunday yechim yo‘q.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
123🏆18💯12🎉11👍7
Tanaffus vaqti keldi.

Oxirgi olti oy juda zich, mas’uliyatli va ba’zan og‘ir o‘tdi. Endi esa haqli ravishda ta’tilga chiqib, biroz to‘xtab, qayta kuch yig‘ish va eng aziz insonlarim - ikkita qizim bilan vaqt o‘tkazishni xohlayapman.

Bir muddat ijtimoiy tarmoqlardan chiqib turaman. Shoshilinch bo‘lsa - tg’ga yozing. So’g bo’linglar!!!
421🏆15👍12💯12🎉10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚦 Toshkentdagi tirbandliklar - bu mashinalar soni emas, balki tahlil yetishmasligi.

So‘nggi ikki yil ichida shahar tezligi deyarli ikki barobar pasaydi, lekin avtomobillar sonida keskin o‘zgarish yo‘q.

Ma’lumot uchun: Toshkentda hozir 582 477 yengil avtomobil (2024-yilda - 597 931 ta).

Asosiy muammo - yangi qurilishlar va noto‘g‘ri rejalashtirilgan yo‘l infratuzilmasi.

Yechim - AI-model.
U shahar ritmini tahlil qiladi va oqimlarni ob-havo, vaqt, yopilgan yo‘llar kabi omillar bilan bog‘lab boshqaradi. Toshkent IIBB va Yandex allaqachon svetofor tsikllarini real vaqt rejimida tahlil qilishni boshladi.

Google GL tajribasi shuni isbotladi: bunday yondashuv zararli chiqindilarni 10% ga kamaytiradi, svetoforlardagi kutish vaqtini 30% ga qisqartiradi va shahardagi harakatni tezlashtiradi.

🚀 Kelajak allaqachon shu yerda - endi uni aqlli tahlil va texnologiyalar bilan boshqarish vaqti keldi.
1🎉125💯115🔥10897👍903
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha chiqishlar ichida eng informativ - shu. Uzbekistan 24 TOP!
2🏆16💯14🎉1110🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🙏🏻Katta avlod biz uchun donolik va boy hayotiy tajriba timsolidir.

Bobo obrazi - avloddan-avlodga o‘tadigan bilim va qimmatli hayot saboqlarining ramzi. U har doim maslahat berayotganda madaniy qadriyatlarimizga suyanadi, tariximiz va turmush tarzimizni chuqur his etadi.

Kattalarga hurmat - bu bizning mentalitetimizning ajralmas qismi: biz ularning maslahatini qadrlaymiz, chunki ularning fikrlari har doim to‘g‘ri va puxta bo‘ladi.

29-iyul kuni esa sizni juda qiziqarli va o‘ziga xos yangilik kutmoqda. Yangiliklardan boxabar bo‘ling!
🏆21💯1210🎉9👍3
👀 Bugun O‘zbekistonda yangilangan Yandex Qidiruv ishga tushdi - endi u o‘zbek tilida o‘rgatilgan sun’iy intellekt asosida ishlaydi.

Bu shunchaki texnologik yangilanish emas. Bu - kelajak sari o‘yin qoidalarini butunlay o‘zgartiradigan ulkan qadam.

📍Endi sun’iy intellekt o‘zbek tilida o‘ylaydi, tushunadi va javob beradi. Bu - bizning tafakkurimiz, madaniyatimiz va milliy o‘zligimizning tili.

📍Javoblar endi shunchaki havolalar ro‘yxati emas: AI savolingizning mohiyatini tushunadi va yandex.uz bosh sahifasining o‘zida qisqa, aniq va tushunarli javoblarni taqdim etadi.

🚀 Yandex AI ishga tushishi bilan biz milliy raqamli kontentning keskin rivojlanishi uchun yangi sharoit yaratmoqdamiz.

Endi har bir o‘quvchi, tadbirkor, jurnalist yoki mutaxassis - eng ilg‘or neyrotarmoq bilan o‘zbek tilida ishlash imkoniga ega.

🧠 Bundan keyin brauzer, qidiruv va sun’iy intellekt bilan bog‘liq har bir yangilik - sizga fantastikaga o‘xshab tuyuladi. Yaqinda juda ko‘p yaxshi yangiliklar bo‘ladi 🦾

Lekin bu fantastika emas. Bu - Yandex texnologiyalari, ular bugun bizning hayotimizni o‘zgartiryapti. Va buning barchasi - o‘zbek tilida!

Endi qidiruv uzoq va charchatadigan jarayon emas. U tez, aniq va tabiiy. Til to‘siq emas - bilim va texnologiyalarga yo‘l ochadigan ko‘prik.

❤️ Loyihani yaratgan jamoamiz bilan g‘ururlanaman! Bu - raqamli kelajak sari, o‘zbek tilining raqamli dunyoda munosib o‘rin egallashi yo‘lidagi ulkan qadam 🙌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🏆30286👍5🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Raqamli ta’limdagi o‘zgarishlar sari birinchi qadam!

29-31 iyul kunlari butun O‘zbekistondan eng sara, eng fidokor informatika o‘qituvchilari - ya’ni eng zo‘rlar ichidagi eng zo‘rlari - 250 nafar pedagog bir joyga jam bo‘ldi. Uch kunlik intensiv trening ularga nafaqat bilim, balki katta ilhom berdi.

Bu trening - o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha katta loyihaning birinchi bosqichi bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekistonda taxminan +16 ming nafar informatika o‘qituvchisi faoliyat yuritmoqda va aynan ular ta’lim sohasidagi raqamli transformatsiyaning asosiy tayanchi hisoblanadi.

📱 Texnologiyalar juda tez sur’atda rivojlanmoqda. O‘qituvchilar zimmasida katta mas’uliyat turibdi - ular nafaqat bilim berishlari, balki yangi davrga mos tarzda doimiy rivojlanishlari, yangilikka hamnafas bo‘lishlari kerak.

🎓 Yosh avlod kelajagi aynan o‘qituvchilarning tayyorgarligi va malakalariga bog‘liq. Bolalar raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishi uchun, biz bugundan tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

💡 Treningdagi muhit o‘ta ilhomlantiruvchi bo‘ldi - motivatsiya, tajriba almashinuvi va umumiy maqsad. Bu faqatgina boshlanishi. Oldimizda ulkan ishlar turibdi va biz tayyormiz.

🎉 Katta rahmat Raqamli texnologiyalar vazirligiga hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga - ushbu tashabbus va ishonch uchun!
2🏆15💯14🎉128
🚂 Kasb bayramingiz muborak, aziz temiryo‘lchilar!

Bugun Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda katta hurmat bilan mening bobom - Qodirov Aziz Mavlyanovich, sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘li boshlig‘i, “Temir yo‘llarning otasi” nomi bilan esga olindi.

Ushbu mas’uliyatli tizimni 40 yildan ortiq boshqargan bobomning nomi hanuz ehtirom bilan tilga olinayotgani - bu biz uchun faxr.

Yillar o‘tdi, lekin temir yo‘l uni unutgani yo‘q. Bu juda ta’sirli va sharafli on edi.

Hurmat va xotirani saqlayotganingiz uchun butun oilamizdan rahmat.

https://t.me/shmirziyoyev/28431
221💯17🏆12🎉8👍3
Siz korporativ tarakanga o‘xshaysiz

Yaqinda shunday xabar oldim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri. Lichkamga. Smayliksiz, hazilga o‘xshamadi.

Faqat Yandeks haqidagi yangiliklar.
Go‘yoki sizda shaxsiy hayot ham yo‘q, do‘stlar ham, qiziqishlar ham.

Dastlab kuldim. Keyin o‘ylab qoldim.
To‘g‘risini aytsam - bu yerda qisman haqiqat bor.

Ba’zida ishga shunchalik ishtiyoq bilan kirishib ketasizki,
hayotingizdagi boshqa ranglar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinmay qoladi.

Ish bu - maqsad, Lekin odam hammiz. Hayot faqat ish emas.

Bu post - eslatma: Ba’zida odam o‘zini faqat ish orqali emas, yashayotgan hayoti orqali ham ko‘rsatishi kerak ekan…

Raxmat halol fikrlar uchun. Ko‘rib, eshitib, o‘rganib yashaymiz.

📸 Suratda - Isfay. Kecha aylanib keldim. 8 soat piyoda, borib-kelishga 20 km - toshli, tik tog‘ yo‘llari.

O‘zimga o‘zim yana bir narsa isbot qilgandek bo‘ldim. Xuddi biz yoqtirgancha - tinmay, to‘xtamay, balandlik sari.

🪳 Tarakan Qodirov
131🎉2711👍32
IT-nonushta: texnologiyalar, qahva va ochiq suhbatlar

Har oy bir guruh faol va qiziqqon IT-mutaxassislar bilan bir stol atrofida jam bo‘lamiz. Rasmiylik yo‘q, prezentatsiyalar yo‘q - faqat mazali nonushta, xushbo‘y qahva va jonli muloqot.

Kod, testlash, sun’iy intellekt va texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni - bizni har safar yangi mavzular kutadi.

Mehmonlarimiz - Yandex Uzbekistan va boshqa yetakchi IT-kompaniyalardan mutaxassislar. Har bir ishtirokchi suhbatda faol bo‘lishi mumkin - format 20 kishigacha, iliq va ochiq muhit.

Eng quvonarlisi - har gal qatnashishni istaganlar soni ortib boryapti. Demak, biz bir-birimizdan o‘rganishga, fikr almashishga tayyormiz.

🔍 Kuluar suhbatlarda esa eng qiziq mavzular ochiladi: maoshlar, imkoniyatlar, ish muhitlari, ofisdagi mevalargacha 😃

💡 Endi esa savol: viloyatlarda ham bunday nonushtalarni tashkillashtirsak-chi?

Masalan, Samarqand, Andijon, Nukuslarda? Siz qanday o‘ylaysiz - yig‘ilsak bo‘ladimi?
420🎉18🏆16🔥55
Bu oddiy texnologiya emas. Bu - ishonch, xavfsizlik va minglab inson hayotlari haqida…

Bugun Toshkentda yangi sahifa ochildi. Endilikda har bir fuqaro tez yordam chaqirganidan so‘ng brigadaning harakatini real vaqt rejimida xaritada kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Bu - shunchaki qulaylik emas.
Bu - xotirjamlik.
Bu - “yordam yo‘lda” degan ishonch.
Bu - texnologiya insoniylik bilan uyg‘unlashganda yuz beradigan o‘zgarish.

Yandex uchun bu loyiha - texnik yangilik emas, balki qadriyatlarning ifodasidir. Biz ongli ravishda jamiyat hayotining muhim yo‘nalishlariga hissa qo‘shishni tanladik: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, sport va kreativ industriya.

Har bir yo‘nalishda biz alohida loyihalarni amalga oshirmoqdamiz - Yandex texnologiyalari asosida va mutlaqo bepul.

Chunki biz ishonamiz - kuchli texnologiyalar odamlar hayoti uchun xizmat qilishi kerak.

Mazkur loyiha Yandex Maps API asosida ishlab chiqilgan. Yaqin kunlarda tizim quyidagi imkoniyatlar bilan kengaytiriladi: tibbiy infratuzilmani vizualizatsiya qilish, navigatsiya, masofa matritsalari va optimal yo‘nalishlarni aniqlovchi algoritmlar

Bu texnologiyalarning har biri - muhim daqiqalarda vaqt yutishga xizmat qiladi. Aynan vaqt esa ko‘p hollarda inson hayotini belgilaydi.

Raqamlar ortida esa odamlar turibdi. O‘zbekiston bo‘ylab har kuni 40 minggacha chaqiruv qabul qilinadi - ulardan 60 foizi shoshilinch.

Yangi tizim esa takroriy qo‘ng‘iroqlar sonini kamaytiradi, fuqarolarga brigadani kutib olishga tayyorlanish imkonini beradi va dispetcherlar yukini sezilarli darajada kamaytiradi.

Bu - boshlanishi. Biz har doim bir narsani aytamiz: Agar texnologiyalar bilan yaxshilash imkoni bo‘lsa - biz bu imkoniyatdan foydalanamiz.

Texnologiyalar odamlarga xizmat qilishi kerak - biz esa aynan shu xizmat yo‘lida ishlayapmiz.

P.S. Ushbu loyihaning amalga oshishida o‘z bilimini, vaqtini va qalbini berganlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman:

Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasiga, Be Pro kompaniyasiga, va alohida ehtirom bilan - Abduvoitjon Xusainovichga, Respublika markazi direktoriga RAHMAT!

U kishining va jamoasining sog‘liqni saqlash tizimidagi raqamli islohotlarga qo‘shayotgan hissasi - har kuni 40 ming fuqaroning hayotida aks etmoqda.

Yurakdan shuni aytaman: umid qilamanki, bir kun kelib sizlar haqida hujjatli film suratga olishga vaqt va imkon topaman. Chunki bu yerda - chinakam qahramonlar ishlayapti. Va bu haqida butun mamlakat bilishi kerak.
230🎉18🏆15👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | “103” xizmatini onlayn kuzatish imkoni paydo bo‘ldi
#5aug

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
216🎉15💯10🏆10👍3
😂 Spot.uzga rahmat aytish kerak - reklama ostidagi rasmda uzumni ehtiyotkorlik bilan bijir-bijir bilan yopib qo‘yishgan.

Yana biror tomonga tegib ketmasin, Uzum yana hafa bo‘lib, Komitetga yurmasin deb.

🍇 Yandex Market roligida hech kimni ochiq aytmaganmiz.

Lekin Uzum o‘zini tanib qolgan: “obro‘yga putur yetdi, odamlar adashyapti” deb shikoyat yozgan.

⚖️ Komissiya aytdi: ha, taqqoslash qonunga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin hech kim ziyon ko‘rmagan, shuning uchun jarima yo‘q.

Faqat 14-avgustgacha reklama butunlay to‘xtatilgani haqida hujjat topshiringlar deyishdi.

📦 Biz esa Yandeksda ishlashda davom etamiz - sifat bilan, hazilga berilmasdan, lekin baribir yahshi kayfiyat bilan.

https://www.spot.uz/ru/2025/08/06/yandex-uzum/
120🎉1413🏆11💯10🔥6
AI Forum CIS 2025 - ikki kunlik ilhom manbai

Samarqandda o‘tayotgan forumda sun’iy intellektning kelajagi haqida jiddiy, lekin juda samimiy muhokamalar bo‘lyapti. Muammo va imkoniyatlar, g‘oyalar va echimlar - barchasi bir joyda.

Shu doirada o‘tkazilgan panel sessiyalardan biriga moderatorlik qilish nasib etdi. Yandex - mintaqadagi sun’iy intellektni kommertsiyalash bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri sifatida alohida e’tiborga loyiq.

Panelimizda sog‘liqni saqlash, ta’lim, retail, urbanistika va hatto “hardkor” sanoat (salom Huawei!) yo‘nalishlarida AI yechimlarini joriy qilayotgan kuchli integratorlar ishtirok etdi.

Forumning umumiy kayfiyati - ijobiy va ilhomlantiruvchi. Juda ko‘p foydali fikrlar va yangi tanishlar bo‘ldi.

📍 Samarqandda bo‘lsangiz - albatta ertangi forsayt-sessiyani o‘tkazib yubormang.

Bu yerda MDHning sun’iy intellekt sohasidagi eng kuchli mutaxassislari yig‘iladi. Ko‘pchilik aynan shu sessiya uchun uchib kelgan.

Qiziqsangiz, izohda ismingizni yozing - sizni ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritishga harakat qilaman.
416🎉13🏆13💯11