Qarorlar soyasida
1.96K subscribers
321 photos
52 videos
96 links
💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan
🎓PhD in Economics, Skolkovo School

Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu
Download Telegram
Har kimning o‘z orzusi bor

Kimdir “Uzbekistan Dream” - katta mashina va sakkiz sotixli, bog‘i bor hovli haqida orzu qiladi.

Boshqalar borki, ularning orzusi - raqamli servislarni ishga tushirish, yuzlab jarayonlarni soddalashtirish va yaxshilash, millionlab yangi ishchi o’rinlarni yaratish.

Ko‘rinadi, shunday “katta bolalar”dan biri uchun bugun bayram)))

Davlat soliq qo‘mitasi “Soliq agenti” tizimini ishga tushirdi - bu juda juda katta qadam. Endi daromadi belgilangan chegaraidan oshib ketgan haydovchilar millionlab qog‘ozbozlik va jarayonlar bilan azob chekmaydi.

Bunday haydovchilar, kuryerlar allaqachon ko‘paygan, va yana ko‘payadi - chunki iqtisodiyot o‘smoqda, daromadlar ortib bormoqda.

Raqamli kelajakni barpo etayotgan Soliq qo‘mitasi jamoasiga tashakkur!

Men chin qalbimdan ishonamanki, bir kun kelib biz hisobotlar, deklaratsiyalar va buxgalteriyaning o‘zi yo‘q bo‘lgan mamlakatda uyg‘onamiz. Big data borku)))

Shunda odamlar faqat daromad olish bilan shug‘ullanadi, byurokratiya bilan emas. Va O‘zbekiston bu yo‘nalishda dunyoda birinchi bo‘ladi!

https://t.me/soliqnews/15738
1💯3327🎉23🏆20👍4
🚖 Yandex Go haydovchilari va kuryerlari O‘zbekistonda 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishdi

Yandex Go’ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad topishdi.

2025-yilning birinchi yarmida esa ularning daromadi 340 million dollarga yetdi - bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +50 foiz.

Bu raqamlar Taksi, Yetkazib berish, Yandex Eda va Lavka yo‘nalishlaridagi buyurtmalar bo‘yicha, kompaniya komissiyasiz sof daromadni aks ettiradi.

2025-yil iyun holatiga ko‘ra, Yandex Go ekotizimida 179 ming haydovchi va 49 ming kuryer faoliyat yuritmoqda. Kompaniya kundalik faol bo‘lgan, ya’ni kuniga 7-8 soat ishlaydigan ijrochilar soni ortib borayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, 2-iyuldan boshlab O‘zbekistonda onlayn agregatorlar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi va kuryerlarning yillik daromadi 100 million so‘mdan oshsa, ularning soliqlarini avtomatik ushlab qolishga majbur.

Yandex Uzbekistan mamlakatda ushbu jarayonni birinchi bo‘lib avtomatlashtirgan kompaniya bo‘ldi va Soliq qo‘mitasi bilan integratsiyani yakunladi.
1💯1513🏆12🎉11👍7
🚀 Yandex yangi pilot loyiha boshladi - backend dasturchilar uchun kasbiy maslahatlar!

Bu loyiha orqali Yandex’dagi ishga qabul jarayonini yaxshiroq tushunish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri rekruterlardan foydali tavsiyalar olish mumkin.

Nima kutadi:
- Ishga qabul bosqichlari va tayyorgarlik bo‘yicha maslahatlar
- Sizga mos bo‘lgan ish o‘rinlarni aniqlash
- Kasbiy o‘sish bo‘yicha tavsiyalar va CVni yaxshilash bo‘yicha takliflar
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri rekruterlardan ochiq va aniq maslahatlar

Jarayon qanday:
1️⃣ Ariza yuborasiz - 3-5 ish kuni ichida ko‘rib chiqamiz va TG orqali aloqaga chiqamiz
2️⃣ Qulay sana va vaqtni tanlaysiz
3️⃣ Uchrashuvda rekruter maqsadlaringizni aniqlashtirib beradi, rezyume yoki LinkedIn profilingizni tahlil qiladi va savollaringizga javob beradi
4️⃣ Agar tavsiyalar mos kelsa, bu maslahat ishga qabul qilishning birinchi bosqichi bo‘lishi mumkin
5️⃣ Suhbatga tayyorgarlik bo‘yicha aniq yo‘nalishlar olasiz - bu suhbat emas, aksincha, bilimlaringizni qanday to‘g‘ri ko‘rsatish bo‘yicha maslahat

Kimlar uchun:
- Java yoki Python bo‘yicha mustahkam bilimga ega backend dasturchilar
- Kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lganlar
- Middle darajasidan yuqori mutaxassislar

Bu maslahatlar bilim sinovi emas - bu qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish uchun.

👉 Batafsil ma’lumot va ariza uchun havolani bosing!
https://yandex.ru/jobs/pages/career-consultations
1🎉3427💯21🏆18🔥2
Bugun Yandex Uzbekistan CEO’sining tug‘ilgan kuni! 🎉Izzateyshen)))

Biz deyarli bir yildan beri bitta kabinetda ishlaymiz va aniq ayta olaman: u ajoyib inson. Yaxshi, mehribon, natijaga qaratilgan va doim ko‘zida olov borlardan…

Uning hayot yo‘li boshidan oxirigacha kurash, sinovlar va g‘alabalarga to‘la.

Shu uchun, u ishga hammadan oldin keladi va oxirgi bo‘lib ketadi. Ba’zida uni kuch bilan bo‘lsa ham, oilasiga, farzandlariga, ofisdan tashqaridagi hayotga jo‘natishga to‘g‘ri keladi.

U doim kurashda - sal bo‘shashsa, darrov kasal bo‘lib qoladi.

Tizzasida travma, vrachlar unga yugurish tugul, tez yurishni ham taqiqlashgan. Marafon yuguradi - bu jinni… na rekord uchun, na sport uchun, bu uning xarakteri, ichidagi kuch uni oldinga siljitadi.

Do‘stim, tug‘ilgan kuning muborak! Biz ko‘p marta birga orzu qilamiz - ertaga Yandex qanday bo‘ladi, biz qanday bo‘lamiz, oilalarimiz nima qiladi deb. Va menimcha, orzularimiz asta-sekin amalga oshyapti… sezyapsanmi?

Men sendan juda faxrlanaman. Yandeksdagi xatolar, og‘riqlar, g‘alabalar - hammasini birga o‘tkazamiz. Men har doim yoningdaman.

Tug‘ilgan kuning muborak! 🖤
@izzatonair
139🎉34💯329🔥61
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AICA’da yangi davr boshlandi!

Hikmatilla Ubaydullayev AICAga Direktor sifatida tayinlangani bilan tabriklayman!

Ochig‘i, bu juda o‘ylangan va to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Hech bo‘lmasa, sun’iy intellekt nima ekanini yaxshi tushunadigan odam rostan ham kerak edi.

Hikmatilla - aniq natijaga ishlaydigan, tizimli va strategik fikrlaydigan inson. Ishonaman, AICA faoliyatida yangi sahifa ochiladi.

Shahriyor Xudoyberdiyevga alohida rahmat! Qisqa vaqt ichida katta ishlar qilindi va muhim tashabbuslar yo‘lga qo‘yildi. Oldinda yana katta rejalar bor.

Birga ishlaymiz! 🚀
https://t.me/pulatov_kh/3372
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
218🎉15💯13🏆10
📦 Market Yandex Go logistikani kengaytirishda davom etadi!

7-iyul kuni Samarkandda yangi sortirovka markazi ishni boshlaydi 🚛
Manzil: Saidrizo Alizoda MFY, Gagarin ko‘chasi, 236-uy.

Endi buyurtmalarni topshirish yanada osonlashadi - Markaz har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Maksimal yuk og‘irligi - 200 kg, o‘lchamlar yig‘indisi - 500 sm gacha (hammasi qo‘shib hisoblanadi).

Samarkandlik tadbirkorlarning “savdo tomiri”ga ishonaman!

Ishonchim komil - bu markaz shaharning faol sotuvchilari uchun tez orada asosiy nuqtaga aylanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍7🔥1💯1
📌 Bugun ertalabdan yosh talabalar uchun tashkil etilgan bir tadbirda qatnashdim. Yirik kompaniyalar o‘zlarining ishga qabul rejalari va talablarini taqdim qildi. Tadbirni Savdo-sanoat palatasi tashkil qilgan.

Meni eng hayratga solgani - yoshlarning fikrlash tarzi.

Ular endi «avval kichik lavozimdan boshlang, tajriba orttiring», yoki «bir muddat davlat xizmatida ishlang» degan oddiy maslahatlarni umuman qabul qilmaydi.

Ko‘pchilik bir zumda direktor bo‘lishni, kattakon odam bo’lishni istaydi. Bu - ambitsiya, albatta. Lekin unda ortiqcha shoshqaloqlik va haqiqatdan uzoq xayolparastlik ham bor.

🧷Ammo eng ko‘p ta’sir qilgan suhbat boshqacha bo‘ldi.

Ko‘plab yoshlar jiddiy ishonch bilan O‘zbekiston barcha mehnat migrantlarini qaytarib kelishi kerak, deb o‘ylashadi. Ularning fikricha, bu yerda ish ko‘p, tashqariga chiqayotganlar esa aslida «eng yaxshi aql-zakovat egalari».

Bu suhbat oson bo‘lmadi. Go‘yo biz butunlay boshqa dunyo vakillarimiz - fikrlarimiz mutlaqo to‘g‘ri kelmadi.

🧮 Men ularga oddiy haqiqatni tushuntirmoqchi bo‘ldim: har yili O‘zbekistonda millionga yaqin yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi, lekin yaratilayotgan ish o‘rinlari soni atigi 300 ming atrofida. Bu fakt ham ularni qoniqtirmadi.

Men ularga shuni aytdim: muammo faqat «hammani qaytarib kelish»da emas. 🗂️ Asosiy masala - ta’lim sifati va kasbiy malakalarda.

Odamlar kuchli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsa, ular qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, yaxshiroq daromad topa oladi.

Shuningdek, mehnat migrantlari allaqachon mamlakatga katta foyda keltirayotganini ham tushuntirdim - pul o‘tkazmalari, biznes va tajriba ko‘rinishida.

Lekin ochig‘ini aytsam, meni tushunishmadi. Yuzlarida menga qarab, «bu odam hayotdan uzoq, hech narsani tushunmaydi» degan nigohni aniq ko‘rdim.

Bu holat meni ancha o‘ylantirib qo‘ydi. Biz hali ham og‘ir mavzularni sabr bilan, hissiyotlarsiz, ochiq va mantiqan muhokama qilishni o‘rganmaganmiz. Hamma oson va tezkor yechim kutadi.

Afsuski, bu masalada bunday yechim yo‘q.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
123🏆18💯12🎉11👍7
Tanaffus vaqti keldi.

Oxirgi olti oy juda zich, mas’uliyatli va ba’zan og‘ir o‘tdi. Endi esa haqli ravishda ta’tilga chiqib, biroz to‘xtab, qayta kuch yig‘ish va eng aziz insonlarim - ikkita qizim bilan vaqt o‘tkazishni xohlayapman.

Bir muddat ijtimoiy tarmoqlardan chiqib turaman. Shoshilinch bo‘lsa - tg’ga yozing. So’g bo’linglar!!!
421🏆15👍12💯12🎉10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚦 Toshkentdagi tirbandliklar - bu mashinalar soni emas, balki tahlil yetishmasligi.

So‘nggi ikki yil ichida shahar tezligi deyarli ikki barobar pasaydi, lekin avtomobillar sonida keskin o‘zgarish yo‘q.

Ma’lumot uchun: Toshkentda hozir 582 477 yengil avtomobil (2024-yilda - 597 931 ta).

Asosiy muammo - yangi qurilishlar va noto‘g‘ri rejalashtirilgan yo‘l infratuzilmasi.

Yechim - AI-model.
U shahar ritmini tahlil qiladi va oqimlarni ob-havo, vaqt, yopilgan yo‘llar kabi omillar bilan bog‘lab boshqaradi. Toshkent IIBB va Yandex allaqachon svetofor tsikllarini real vaqt rejimida tahlil qilishni boshladi.

Google GL tajribasi shuni isbotladi: bunday yondashuv zararli chiqindilarni 10% ga kamaytiradi, svetoforlardagi kutish vaqtini 30% ga qisqartiradi va shahardagi harakatni tezlashtiradi.

🚀 Kelajak allaqachon shu yerda - endi uni aqlli tahlil va texnologiyalar bilan boshqarish vaqti keldi.
1🎉125💯115🔥10897👍903
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha chiqishlar ichida eng informativ - shu. Uzbekistan 24 TOP!
2🏆16💯14🎉1110🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🙏🏻Katta avlod biz uchun donolik va boy hayotiy tajriba timsolidir.

Bobo obrazi - avloddan-avlodga o‘tadigan bilim va qimmatli hayot saboqlarining ramzi. U har doim maslahat berayotganda madaniy qadriyatlarimizga suyanadi, tariximiz va turmush tarzimizni chuqur his etadi.

Kattalarga hurmat - bu bizning mentalitetimizning ajralmas qismi: biz ularning maslahatini qadrlaymiz, chunki ularning fikrlari har doim to‘g‘ri va puxta bo‘ladi.

29-iyul kuni esa sizni juda qiziqarli va o‘ziga xos yangilik kutmoqda. Yangiliklardan boxabar bo‘ling!
🏆21💯1210🎉9👍3
👀 Bugun O‘zbekistonda yangilangan Yandex Qidiruv ishga tushdi - endi u o‘zbek tilida o‘rgatilgan sun’iy intellekt asosida ishlaydi.

Bu shunchaki texnologik yangilanish emas. Bu - kelajak sari o‘yin qoidalarini butunlay o‘zgartiradigan ulkan qadam.

📍Endi sun’iy intellekt o‘zbek tilida o‘ylaydi, tushunadi va javob beradi. Bu - bizning tafakkurimiz, madaniyatimiz va milliy o‘zligimizning tili.

📍Javoblar endi shunchaki havolalar ro‘yxati emas: AI savolingizning mohiyatini tushunadi va yandex.uz bosh sahifasining o‘zida qisqa, aniq va tushunarli javoblarni taqdim etadi.

🚀 Yandex AI ishga tushishi bilan biz milliy raqamli kontentning keskin rivojlanishi uchun yangi sharoit yaratmoqdamiz.

Endi har bir o‘quvchi, tadbirkor, jurnalist yoki mutaxassis - eng ilg‘or neyrotarmoq bilan o‘zbek tilida ishlash imkoniga ega.

🧠 Bundan keyin brauzer, qidiruv va sun’iy intellekt bilan bog‘liq har bir yangilik - sizga fantastikaga o‘xshab tuyuladi. Yaqinda juda ko‘p yaxshi yangiliklar bo‘ladi 🦾

Lekin bu fantastika emas. Bu - Yandex texnologiyalari, ular bugun bizning hayotimizni o‘zgartiryapti. Va buning barchasi - o‘zbek tilida!

Endi qidiruv uzoq va charchatadigan jarayon emas. U tez, aniq va tabiiy. Til to‘siq emas - bilim va texnologiyalarga yo‘l ochadigan ko‘prik.

❤️ Loyihani yaratgan jamoamiz bilan g‘ururlanaman! Bu - raqamli kelajak sari, o‘zbek tilining raqamli dunyoda munosib o‘rin egallashi yo‘lidagi ulkan qadam 🙌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🏆30286👍5🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Raqamli ta’limdagi o‘zgarishlar sari birinchi qadam!

29-31 iyul kunlari butun O‘zbekistondan eng sara, eng fidokor informatika o‘qituvchilari - ya’ni eng zo‘rlar ichidagi eng zo‘rlari - 250 nafar pedagog bir joyga jam bo‘ldi. Uch kunlik intensiv trening ularga nafaqat bilim, balki katta ilhom berdi.

Bu trening - o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha katta loyihaning birinchi bosqichi bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekistonda taxminan +16 ming nafar informatika o‘qituvchisi faoliyat yuritmoqda va aynan ular ta’lim sohasidagi raqamli transformatsiyaning asosiy tayanchi hisoblanadi.

📱 Texnologiyalar juda tez sur’atda rivojlanmoqda. O‘qituvchilar zimmasida katta mas’uliyat turibdi - ular nafaqat bilim berishlari, balki yangi davrga mos tarzda doimiy rivojlanishlari, yangilikka hamnafas bo‘lishlari kerak.

🎓 Yosh avlod kelajagi aynan o‘qituvchilarning tayyorgarligi va malakalariga bog‘liq. Bolalar raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishi uchun, biz bugundan tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

💡 Treningdagi muhit o‘ta ilhomlantiruvchi bo‘ldi - motivatsiya, tajriba almashinuvi va umumiy maqsad. Bu faqatgina boshlanishi. Oldimizda ulkan ishlar turibdi va biz tayyormiz.

🎉 Katta rahmat Raqamli texnologiyalar vazirligiga hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga - ushbu tashabbus va ishonch uchun!
2🏆15💯14🎉128
🚂 Kasb bayramingiz muborak, aziz temiryo‘lchilar!

Bugun Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda katta hurmat bilan mening bobom - Qodirov Aziz Mavlyanovich, sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘li boshlig‘i, “Temir yo‘llarning otasi” nomi bilan esga olindi.

Ushbu mas’uliyatli tizimni 40 yildan ortiq boshqargan bobomning nomi hanuz ehtirom bilan tilga olinayotgani - bu biz uchun faxr.

Yillar o‘tdi, lekin temir yo‘l uni unutgani yo‘q. Bu juda ta’sirli va sharafli on edi.

Hurmat va xotirani saqlayotganingiz uchun butun oilamizdan rahmat.

https://t.me/shmirziyoyev/28431
221💯17🏆12🎉8👍3
Siz korporativ tarakanga o‘xshaysiz

Yaqinda shunday xabar oldim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri. Lichkamga. Smayliksiz, hazilga o‘xshamadi.

Faqat Yandeks haqidagi yangiliklar.
Go‘yoki sizda shaxsiy hayot ham yo‘q, do‘stlar ham, qiziqishlar ham.

Dastlab kuldim. Keyin o‘ylab qoldim.
To‘g‘risini aytsam - bu yerda qisman haqiqat bor.

Ba’zida ishga shunchalik ishtiyoq bilan kirishib ketasizki,
hayotingizdagi boshqa ranglar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinmay qoladi.

Ish bu - maqsad, Lekin odam hammiz. Hayot faqat ish emas.

Bu post - eslatma: Ba’zida odam o‘zini faqat ish orqali emas, yashayotgan hayoti orqali ham ko‘rsatishi kerak ekan…

Raxmat halol fikrlar uchun. Ko‘rib, eshitib, o‘rganib yashaymiz.

📸 Suratda - Isfay. Kecha aylanib keldim. 8 soat piyoda, borib-kelishga 20 km - toshli, tik tog‘ yo‘llari.

O‘zimga o‘zim yana bir narsa isbot qilgandek bo‘ldim. Xuddi biz yoqtirgancha - tinmay, to‘xtamay, balandlik sari.

🪳 Tarakan Qodirov
131🎉2711👍32
IT-nonushta: texnologiyalar, qahva va ochiq suhbatlar

Har oy bir guruh faol va qiziqqon IT-mutaxassislar bilan bir stol atrofida jam bo‘lamiz. Rasmiylik yo‘q, prezentatsiyalar yo‘q - faqat mazali nonushta, xushbo‘y qahva va jonli muloqot.

Kod, testlash, sun’iy intellekt va texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni - bizni har safar yangi mavzular kutadi.

Mehmonlarimiz - Yandex Uzbekistan va boshqa yetakchi IT-kompaniyalardan mutaxassislar. Har bir ishtirokchi suhbatda faol bo‘lishi mumkin - format 20 kishigacha, iliq va ochiq muhit.

Eng quvonarlisi - har gal qatnashishni istaganlar soni ortib boryapti. Demak, biz bir-birimizdan o‘rganishga, fikr almashishga tayyormiz.

🔍 Kuluar suhbatlarda esa eng qiziq mavzular ochiladi: maoshlar, imkoniyatlar, ish muhitlari, ofisdagi mevalargacha 😃

💡 Endi esa savol: viloyatlarda ham bunday nonushtalarni tashkillashtirsak-chi?

Masalan, Samarqand, Andijon, Nukuslarda? Siz qanday o‘ylaysiz - yig‘ilsak bo‘ladimi?
420🎉18🏆16🔥55
Bu oddiy texnologiya emas. Bu - ishonch, xavfsizlik va minglab inson hayotlari haqida…

Bugun Toshkentda yangi sahifa ochildi. Endilikda har bir fuqaro tez yordam chaqirganidan so‘ng brigadaning harakatini real vaqt rejimida xaritada kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Bu - shunchaki qulaylik emas.
Bu - xotirjamlik.
Bu - “yordam yo‘lda” degan ishonch.
Bu - texnologiya insoniylik bilan uyg‘unlashganda yuz beradigan o‘zgarish.

Yandex uchun bu loyiha - texnik yangilik emas, balki qadriyatlarning ifodasidir. Biz ongli ravishda jamiyat hayotining muhim yo‘nalishlariga hissa qo‘shishni tanladik: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, sport va kreativ industriya.

Har bir yo‘nalishda biz alohida loyihalarni amalga oshirmoqdamiz - Yandex texnologiyalari asosida va mutlaqo bepul.

Chunki biz ishonamiz - kuchli texnologiyalar odamlar hayoti uchun xizmat qilishi kerak.

Mazkur loyiha Yandex Maps API asosida ishlab chiqilgan. Yaqin kunlarda tizim quyidagi imkoniyatlar bilan kengaytiriladi: tibbiy infratuzilmani vizualizatsiya qilish, navigatsiya, masofa matritsalari va optimal yo‘nalishlarni aniqlovchi algoritmlar

Bu texnologiyalarning har biri - muhim daqiqalarda vaqt yutishga xizmat qiladi. Aynan vaqt esa ko‘p hollarda inson hayotini belgilaydi.

Raqamlar ortida esa odamlar turibdi. O‘zbekiston bo‘ylab har kuni 40 minggacha chaqiruv qabul qilinadi - ulardan 60 foizi shoshilinch.

Yangi tizim esa takroriy qo‘ng‘iroqlar sonini kamaytiradi, fuqarolarga brigadani kutib olishga tayyorlanish imkonini beradi va dispetcherlar yukini sezilarli darajada kamaytiradi.

Bu - boshlanishi. Biz har doim bir narsani aytamiz: Agar texnologiyalar bilan yaxshilash imkoni bo‘lsa - biz bu imkoniyatdan foydalanamiz.

Texnologiyalar odamlarga xizmat qilishi kerak - biz esa aynan shu xizmat yo‘lida ishlayapmiz.

P.S. Ushbu loyihaning amalga oshishida o‘z bilimini, vaqtini va qalbini berganlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman:

Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasiga, Be Pro kompaniyasiga, va alohida ehtirom bilan - Abduvoitjon Xusainovichga, Respublika markazi direktoriga RAHMAT!

U kishining va jamoasining sog‘liqni saqlash tizimidagi raqamli islohotlarga qo‘shayotgan hissasi - har kuni 40 ming fuqaroning hayotida aks etmoqda.

Yurakdan shuni aytaman: umid qilamanki, bir kun kelib sizlar haqida hujjatli film suratga olishga vaqt va imkon topaman. Chunki bu yerda - chinakam qahramonlar ishlayapti. Va bu haqida butun mamlakat bilishi kerak.
230🎉18🏆15👍7🔥2