Shodiyor | Grants Hunter
14.6K subscribers
1.48K photos
157 videos
439 files
4.85K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Майя Санду президент бўлишидан аввал шаҳар ташқарисидаги президент қароргоҳини халққа бераман, шаҳардаги Президент саройи олдидаги деворларни буздираман, деб ваъда берган экан. Шаҳар ташқарисидаги қароргоҳни маданий марказ қилмоқчи бўлишган экан, лекин харажати катталиги учун кейинроққа қолдиришибди. Президент саройи деворларини ҳам бузишга кўп пул кетиши сабаб бузишмабди. “Лекин дарвозасини очиб қўйдик, ҳамма бемалол кириб-чиқиб юрибди. Мустақиллик декларацияси қабул қилинган у бинода, кириб кўрса ҳам бўлади”, дейди. “Молдова президентлари шаҳар ташқарисидаги шу қароргоҳда яшаган, нега сиз бу ерда яшамаяпсиз?”, деган савол жавоби ҳам шундай – бу ҳам харажат, уйимда яшасам, бюджетга юк камроқ бўлади, умуман, ҳамма ўз уйида яшаши керак, дебди.

© Muhrim

@grants_hunter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Молдова президенти ҳозир ҳам президент бўлишидан анча аввал сотиб олган икки хонали квартирасида яшаркан. “Сиздан тепада ҳам, пастда ҳам одам яшайди, шундайми?”, деса, “Ҳа”, дейди. “Яъни, хоҳласа президентнинг устидан сув тошириб юбориши ҳам мумкин?”, деса, яна “Ҳа” дейди, бир марта сув тошириб ҳам юборишибди. Айнан президент бўлганидан кейин. Ғаройиб.

© Muhrim

@grants_hunter - join us!
Toshkentdagi AQSh Elchixonasi, murojaatchilar uchun yanada qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida, tez kunlarda shartnoma asosida qo'shimcha xizmatlarni yo'lga qo'yishini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.

1️⃣ 2024-yilning 10-Iyunidan e'tiboran, murojaatchilar noimmigratsion viza murojaati uchun to'lovni avvaldan ikki usulda: O'zbekistondagi belgilangan bank bo'linmasi orqali mahalliy valyutada yoki onlayn tarzda AQSh dollarida amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

2️⃣ Shuningdek, viza murojaatchilari ma'qullangan vizalarni, tegishli hujjatlarni taqdim etish bo'linmasidan qabul qilib olishlari yoki qo'shimcha to'lov orqali, to'g'ridan-to'g'ri o'z uylariga yoki ofisga yetkazish xizmatidan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

@grants_hunter - join us!
Shodiyor | Grants Hunter pinned «Yale universiteti stipendiyalari @grants_hunter Yel universiteti AQShda bakalavr, magistr yoki PhD darajasini olishga qiziqqan xalqaro nomzodlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalarni taklif etadi. Universitetda bir nechta stipendiya mavjud: Yale…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Молдова президенти қуруқ ойлик маошга яшаркан. Маоши 850 евро экан. Президент бўлишидан аввал Жаҳон банкида ишлаган экан, у ерда ойлиги "жуда катта" - 10 минг бўлган экан. Ўша ерда ишлаб, топиб, йиққан пулига сайловолди кампаниясини ўтказибди экан.

© Muhrim

@grants_hunter - join us!
Triatlon bo'yicha jahon chempionatida volontyorlik
@grants_hunter

Samarqand shahridagi volontyorlar uchun yaxshi taklif. Volontyorlik orqali tajribangizni oshirmoqchi bo'lsangiz ushbu chempionatga ro'yxatdan o'ting.

Joy: Samarqand shahri, Boqiy shahar
Sana: 17-18-19 may, 2024-yil
Vaqt: Kun bo'yi

Eslatib o'tamiz, yo’l harajati/turar joy xarajatlarini qoplanmaydi.

Volontyorlar uchun:
- ekipirovka;
- ovqatlanish;
- tashakkurnoma.

Ro'yxatdan o'tish

@grants_hunter - join us!
Mayya Sandu, Moldova Prezidenti Dudga intervyu beribdi. Bugun ham kun davomida kanalga intervyudan parchalarni ulashib bordim. "Prezident bo'lgandan keyin Prezident qarorgohini xalqqa beraman", "2 xonali kvartirada yashashi", "Oylik maoshi 850 yevroligi" va boshqa ko'plab iqtiboslarni keltirish mumkin bo'lgan intervyu barcha ishlar-u, imtixonlarni chetga surib 2 soat ko'rishga majbur etdi.

Prezident Mayya bilan bo'lgan intervyuda "Rossiya - Ukraina urushi, korrupsiyaga qarshi kurash, yaqin vaqtlarda 10 ga yaqin OAVlarni hukumat bloklaganiga qaramasdan, mamlakat Matbout erkinligida ancha oldingi o'rinlarda ekanligi (28 - o'rinda) va boshqa mavzular"da to'xtalib o'tilgan. Prezidentning asosiy orzusi davlatini Yevropa Ittifoqida ko'rish ekan. Bundan tashqari, dezinformatsiya va propogandaga qarshi kurashda Moldovadan o'rganish kerak bo'lgan jihatlar bor ekan manimcha. Umumiy fikrlar Mayya Sandu anchayin liberal va pozitiv imij qoldirdi. Ancha ko'p info va xulosalar oldim.

Shaxsiy kanal:
@A_Shodiyor
OSCE: Passionate about shaping a sustainable future and leading the transition to clean energy?
@grants_hunter

Calling aspiring female professionals from Afghanistan, Mongolia and Central Asia to apply for the OSCE Master’s scholarship in Strategic Management of Renewable Energy and Energy Efficiency at @DKU.

What we offer:
- tuition-free studies
- a monthly stipend
- roundtrip travel to and from Almaty, Kazakhstan
- field trip to a renewable energy facility

MORE INFORMATION

@ecoblog_uz | @grants_hunter - join us!
Summer School Programme 2024!!!
@grants_hunter

Application deadline – 06 June 2024, 6 pm (Bishkek time)
Dates: 5-30 August 2024
Location: Bishkek/Issyk-Kul, Kyrgyzstan

The OSCE Academy in Bishkek is pleased to announce its preparatory Summer School Programme for applicants from Kazakhstan, Kyrgyzstan, Mongolia, Tajikistan, Turkmenistan, and Uzbekistan.

🕵️‍♀️ The four-week Summer School is open to recent graduates majoring in economics, international relations, political science or related fields and interested in development and international relations with a focus on the wider Central Asian region.

🚀 The OSCE Academy offers a stipend of 450 euros and provides visa and registration support, as well as covers round-trip travel to Bishkek inside the region of Central Asia.

Apply now

@grants_hunter - join us!
Shodiyor | Grants Hunter pinned «Googledan onlayn kurslar to'plami @grants_hunter 1. Google Analytics for Beginners 2. Advanced Google Analytics 3. Google Analytics for Power Users 4. Fundamentals of digital marketing 5. Get started with Google Maps Platform 6. Google Cloud Computing…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSh elchixonasida ishlashning afzalliklari haqida ushbu savol-javob videomizdan bilib oling!

©️ U.S Embassy in Tashkent

@grants_hunter - join us!
“Bir makon, bir yo’l” nomli Shanxay almashuv dasturi “STEM (tabiiy fan, texnologiya, muhandislik, matematika) uchun oʻqituvchilar” deb atalgan va STEM ta’limi, xususan, milliy siyosat va amaliyot bo’yicha o’qituvchilarni tayyorlash va qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan 2024-yil kuzgi loyihasiga nomzodlar tanlovini eʼlon qildi.

Ushbu dastur ta’lim sohasidagi yetakchilar, universitet o’qituvchilari va tadqiqotchilari, maktab direktorlari va “Bir makon, bir yo’l” mamlakatlari o’qituvchilari o’rtasida ta’lim sohasida fikr va tajriba almashuvini rag’batlantirish uchun mo’ljallangan.

Bu yil dastur ikkita modulni taqdim etadi: «STEM oʻqituvchilari uchun taʼlimning xalqaro tendensiyalari» va «STEM oʻqituvchilarining kuchli tomonlari va muammolar».

Almashuv dasturi haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin
⬇️

@grants_hunter - join us!
Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi
@grants_hunter

Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

@grants_hunter - join us!
Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi
@grants_hunter

Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
- abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
- oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

@grants_hunter - join us!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri: Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz!

@grants_hunter
Saylov mavzusini davom ettirib qo'yar edim-u, Matbuot erkinligi reytingida 148 - o'rinda ekanligimiz esimga tushib qoldi...

#notes

@grants_hunter - join us!
"Admission Courses"ga navbatdagi qabulni e'lon qilamiz

💡"Admission Courses" - bu xorijda o'qishni rejalashtirayotganlar uchun kurslar to'plami
Kimlar uchun: Bakalavr va magistrlik kabi darajalarda o'qishini xorijda davom ettirmoqchi bo'lganlar uchun.

📜Kurs quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Admission platformalarini o'rganish va to'g'ri foydalanish;
- Admission hujjatlarini tayyorlash tartiblari (Essay turlari, CV, References va boshqa dasturlarga qarab talab qilinadigan barcha hujjatlar;
- Nomzodga mos dasturlar va imkoniyatlar tanlash;
- Barcha admission bosqichlari, intervyu va jarayonlarga tayyorgarlik va shu kabi muhim jihatlarni o'z ichiga oladi;
- 25 + fully-funded scholarship dasturlarini o'z ichiga olgan scholarship kalendari va boshqa muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi
.

Kurs shakli: online, telegram/zoomda olib boriladi
Kurs narxi: 500 000 UZS
Kurs haqdida qo'shimcha savollar va ro'yxatdan o'tish uchun:
@Contact_GrantsHunter_bot ga bo'glaning
Ro'yxatdan o'tish 15 - mayga qadar davom etadi
.

Telegram | Youtube | Mentorlik xizmatlari | Ads_Service