GRAND TA'LIM MAKTABI
836 subscribers
1.92K photos
380 videos
1 file
172 links
Grand taʼlim maktabi farzandingizning porloq kelajagi va yorqin istiqboli uchun birinchi qadam!

☎️ Aloqa markazi: +99899-905-29-92
✍️ Murojaatlar uchun: @grandmaktabadmin
🌐 Veb-sayt: https://grandmaktab.uz/
🎬 https://www.instagram.com/grandmaktabi
Download Telegram
🏫 GRAND TAʼLIM MAKTABI ilmli, axloq va amalda sobit, tafakkuri keng yoshlarni tarbiyalash va tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan maʼrifat va ziyo maskanidir!

📞 Aloqa: 99-905-29-92
✍️ Telegram:
@GrandMaktabi
👍64🔥4🤩3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Maktabimiz tilga kirib so‘zlaganida, qanday so‘zlar aytgan bo‘lardi? Bu siz uchun ham qiziqmi? Unda videoni tomosha qiling.

📎 Ma’lumot o‘rnida: bugun maktabimiz o‘z faoliyatini boshlaganiga 1255 kun bo‘ldi.

☎️ Aloqa: 99-905-29-92
✍️ Telegram:
@GrandMaktabi
👍6🥰6🤩65🔥4
#UCHRASHUV

📌 Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bugungi kunda, axborot daxlsizligini ta’minlash va kiber-tahdidlardan himoyalanish har birimiz uchun hayotiy zaruratdir. Shu maqsadda, Grand ta’lim maktabida xodimlarimizning huquqiy va raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan yuqori saviyadagi sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰 Toshkent shahri Shayxontohur tumani Kiberxavfsizlik sohasi mutaxassisi ishtirokida o‘tgan ushbu muloqot davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan virtual firibgarliklar, bank kartalari bilan bog‘liq xavflar va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning eng samarali usullari tahlil qilindi. Mutaxassis tomonidan keltirilgan hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar jamoamiz uchun nafaqat bilim, balki kundalik faoliyatda asqotadigan ishonchli qalqon vazifasini o‘tadi.

📎 Biz uchun xodimlarimizning har tomonlama xavfsizligi va hushyorligi — barqaror rivojlanishimizning asosiy garovidir.

☎️ Aloqa: 99-905-29-92
✍️ Telegram:
@GrandMaktabi
👍8🤩32🔥2🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TADBIR

Grand ta’lim maktabida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

📚 Tadbir davomida o‘quvchilar Navoiy va Bobur g‘azallaridan parchalar o‘qib, ularning mazmun-mohiyati haqida fikr almashdilar. Ajdodlarimiz qoldirgan har bir satr hayot haqiqatlari, insoniy fazilatlar va tafakkur kengligiga chorlayotgani alohida ta’kidlandi.

📎 Navoiy o‘z asarlari orqali inson ma’naviyatiga yo‘l ochgan bo‘lsa, Bobur qalami va jasorati bilan haqiqat hamda adolat yo‘lida xizmat qilgan. Ularning bebaho merosi bugungi yoshlar uchun ham muhim ma’naviy tayanch bo‘lib qolmoqda.

☎️ Aloqa: 99-905-29-92
✍️ Telegram:
@grandmaktabi
5👍4🔥3🤩3🥰2
⚡️ Maktabimizning 3-sinf o‘quvchilari nufuzli xalqaro "Kenguru" (Mathematical Kangaroo) matematika musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, maktabimiz nomini munosib himoya qilishdi. Yosh bo‘lishlariga qaramay, murakkab mantiqiy misollar va intellektual bellashuvda yuqori salohiyat ko‘rsatgan o‘quvchilarimiz bilan faxrlanamiz!

📚 Ma’lumot o‘rnida: "Kenguru" — dunyodagi eng ommabop matematika tanlovlaridan biri bo‘lib, u ilk bor o‘tgan asrning 90-yillarida Fransiya va Avstraliya tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda mazkur musobaqada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan millionlab o‘quvchilar ishtirok etadi.

💐 Xalqaro maydondagi bunday muvaffaqiyatli ishtirok o‘quvchilarimizning raqobatbardosh ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Bilimlar bellashuvida maktabimiz bayrog‘ini baland ko‘targan yosh qahramonlarimizga keyingi bosqichlarda ham omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!

📞 Aloqa: 99-905-29-92
✍️ Telegram:
@grandmaktabi
👍11🥰42🔥2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Bilim va mehnatlar qadrlanadigan maskan — Grand ta’lim maktabida yana bir quvonchli tashabbus amalga oshirildi.

🎀 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishgan hamda maktab ma’muriyati tomonidan bir martalik imtiyozli vaucher bilan taqdirlangan o‘quvchilarimiz uchun maxsus sayohat tashkil etildi.

🔰 Bu kun bolalarimizning intilishi, sabr-toqati va bilimga bo‘lgan muhabbatiga munosib rag‘bat bo‘ldi. Quvonchli lahzalar, samimiy tabassumlar va iliq xotiralar bilan boyigan ushbu sayohat o‘quvchilarimizga yangi kuch va ilhom bag‘ishladi. Chunki bizda mehnat qadrlanadi. Bilim esa har doim e’tiborda.

🏫 Grand taʼlim maktabi - farzandingizning porloq kelajagi va yorqin istiqboli uchun birinchi qadam!

☎️ Aloqa: 99-905-29-92
✍️ Telegram:
@Grandmaktabi
5👍3🔥2🥰2🤩2