Nurmuhammad
122 subscribers
54 photos
8 videos
7 files
34 links
👨‍💻 Go & Python Developer | 2years of experience
📡 Networking & CCTV Specialist | 3+ years
🎓 Student at PDP University 2/4
🏫 Completed 1 year at TUIT (TATU)
🚀 Tech enthusiast | Always learning
Download Telegram
🥰22221❤‍🔥1💋1
Forwarded from Janob Panda
TypeScript Go tilida qayta tug‘ilmoqda! Microsoftdan kutilmagan syurpriz!

Microsoft TypeScript kompilyatorini Go tilida qayta yozishga qaror qildi va bu IT olamida katta shov-shuv ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda! Nima uchun?

1. Tezlik - 10x oshadi!


TypeScript hozir JavaScript va TypeScript ning o'zida yozilgan, ammo katta loyihalarda bu Microsoft uchun qimmatga tushyapti. Masalan, VS Code sekin ishga tushadi, build jarayonlari esa cho‘zilib ketadi. Sababi, VS Code ham TS, JS da yozilgan (hozirgi yangi chiqayotgan AI ga asoslangan editorlarning 90% qismi ham VS Code ustiga qurilgan). Microsoft esa Go orqali bu muammoni yechmoqchi: Go’ning yengil tabiati va tez kompilyatsiyasi tufayli TypeScript 10 baravar tezroq ishlaydi. Dasturchi sifatida IDE ni ochib, bir soniyada ishlashni boshlashni xohlamaysizmi?

2. JavaScript dunyosiga moslik - Go C# dan ustun!


TypeScript JS ekotizimining yuragi. Go esa sodda sintaksisi va JS’ga o‘xshash tuzilishi bilan JS/TS dunyosiga C# ga qaraganda ancha yaqin. C# esa .NET runtime’ga bog‘liq va og‘irroq - uni har bir platformaga moslashtirish murakkab. Go esa bitta binary faylga aylanadi va Linux, Mac, Windows - hamma joyda bir zumda ishlaydi. JS dasturchilari uchun Go ni o‘rganish oson, C# esa "boshqa dunyo” dek tuyuladi.

3. Portlash oson - vaqt tejaladi!

Go bilan TypeScript’ni qator-ma-qator ko‘chirish mumkin, chunki uning xotira boshqaruvi (garbage collection) va soddaligi hozirgi mavjud kodni qayta yozishni osonlashtiradi. Agar C# tanlansa, .NET integratsiyasi va murakkab refactoring yillar talab qilardi. Go esa hozirgi semantikani saqlab, tez natija beradi. Aslida, Microsoft Rustni ham ko'rib chiqdi, ammo uni o‘rganish qiyinligi va qayta yozishdagi qiyinchiliklar uni bu tanlovlar safidan chiqardi.

4. C# ning darajasi pasaymaydi - bu strategik qadam!

“C# ni nima qilamiz?” deb xavotirlanmang. Microsoft C# ni Azure, korporativ dasturlar va boshqa sohalarda rivojlantirishda davom etyapti. Bu qaror C# ga xiyonat emas, balki TypeScript’ning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos yechim. Go bilan Microsoft nafaqat tezlik, balki JS hamjamiyatining ham ishonchini qozonmoqchi. Shu bilan birgalikda, bu yangilik C# haqida emas, TypeScript haqida. Microsoft MVP sifatida shuni ayta olamanki, Microsoftning C# bo'yicha ham zo'r yangiliklari bor ...

Dasturchilar, nima deysiz?

Endi TypeScript bilan editor va dasturlaringiz uchadi, Siz qanday fikrdasiz?

@mukhammadkarim_tukhtaboev
3❤‍🔥11🌚1111
5
👍51🔥1🥰1👏1🕊1💋1😎1
I was just asking when Hikvision's IDS-2CD7A46G0-IZHS camera was manufactured and when it entered the Uzbek markets, not such confidential information.
🔥21👍1
Saud aka
🔥3❤‍🔥2😍2👍1
🧠 Django vs FastAPI – Core darajasida qanday ishlaydi va nima uchun Django sekinroq?

Bugun ko‘p so‘raladigan bir savolga javob yozmoqchiman: "Nega Django sekin, FastAPI esa tez ishlaydi?" Bu savolga yuzaki emas, core (yadro) darajasida tushunib javob beramiz.
⚙️ 1. Django qanday ishlaydi?

Django — bu WSGI (Web Server Gateway Interface) asosida ishlaydi.

🔹 WSGI — sinxron (synchronous) arxitekturaga ega.
🔹 Bu degani, bir request kelganda, u yakunlanmaguncha keyingi request kutadi.
🔹 Masalan, foydalanuvchi ma'lumot so‘radi va Django uni bazadan olib keladi. Bu vaqt ichida boshqa requestlar kutadi (albatta, thread yoki process bilan parallel qilish mumkin, lekin bu ko‘proq resurs talab qiladi).
🔹 Django’da ORM, middleware va templating tizimlari juda boy — bu esa qulaylik beradi, lekin shu bilan birga tezlikni pasaytiradi.
⚡️ 2. FastAPI qanday ishlaydi?

FastAPI — bu ASGI (Asynchronous Server Gateway Interface) asosida ishlaydi.

🔹 ASGI — asinxron (asynchronous) arxitekturaga ega.
🔹 Har bir request await orqali kutiladi va boshqalar bilan birgalikda parallel ishlashi mumkin.
🔹 Bu esa FastAPI'ni real-time ilovalar (chat, websockets, API gateway va h.k.) uchun juda qulay qiladi.
🔹 FastAPI Pydantic yordamida ma'lumotlarni avtomatik validatsiya qiladi — bu ham tez, ham xavfsiz.
🐢 Django nega "sekinroq" hisoblanadi?

Sinxron arxitektura: Ko‘p foydalanuvchi bir vaqtda murojaat qilsa, bir-birini kutish holatlari yuzaga keladi.

Og‘ir middleware: Har bir request bir nechta middleware'dan o‘tadi (authentication, session, CSRF va h.k).

ORM og‘irligi: Django ORM juda kuchli, lekin ba'zida optimizatsiyasiz so‘rovlar katta resurs talab qiladi.

Template rendering: HTML generatsiyasi vaqt va kuch talab qiladi, ayniqsa katta loyihalarda.

🚀 FastAPI nima uchun tez?

Asinxron arxitektura: Har bir request boshqasiga to‘sqinlik qilmaydi.

Minimalist yondashuv: Faqat kerakli narsani ishlatadi, keraksiz "yuk" yo‘q.

Pydantic: Ma'lumotlar bilan ishlashda Cython'da yozilgan tez validatsiya mexanizmi bor.

Starlette bazasi: ASGI serverlar (Uvicorn, Hypercorn) bilan yaxshi integratsiya qilinadi.

Xulosa:

Django — kuchli, barqaror, boy ekotizimga ega. Tez ishlash ustuvor bo‘lmagan loyihalar (CMS, e-commerce, bloglar) uchun ideal.

FastAPI — zamonaviy, yengil va tez. API servislar, mikroservislar va real-time tizimlar uchun ajoyib tanlov.

Siz qanday frameworkni afzal ko‘rasiz? Fikrlaringizni kommentda kutaman! 👇
Agar yana bu mavzuda chuqurroq maqola kerak bo‘lsa, "reaction" bosib qo‘ying ⚡️
@gophersuz
👍6🔥1👀1
Go (Golang) — Zamonaviy va Tez Dasturlash Tili ⚡️

Go — bu Google tomonidan yaratilgan zamonaviy dasturlash tili bo‘lib, 2007-yilda boshlangan va 2009-yilda ommaga taqdim etilgan. Uni 3 nafar afsonaviy dasturchi ishlab chiqqan:
👨‍💻 Robert Griesemer
👨‍💻 Rob Pike
👨‍💻 Ken Thompson

Go tilining maqsadi — murakkablikdan qochib, sodda, tez va samarali dasturlar yozish edi. Va haqiqatdan ham shunday bo‘ldi!

Nega Go juda tez ishlaydi?

⚙️ Compiled til — kod mashina tiliga o‘giriladi, interpreter tillarga nisbatan tezroq ishlaydi.

🌀 Goroutine — yengil thread’lar orqali bir vaqtning o‘zida minglab ishlarni bajara oladi.

📄 Sodda sintaksis — oson yoziladi, oson o‘qiladi, tez ishlaydi.

♻️ Garbage Collector — xotirani o‘zi tozalaydi, lekin sekinlashtirmaydi.

Statik tur — xatolarni dastur ishga tushmasidan oldin topib beradi.

Qayerda foydali?

🌐 Server dasturlari
🔗 Tarmoq ilovalari
⚙️ Mikroservislar
🧠 High logical tizimlar
@gophersuz
🔥5❤‍🔥1👏1
DJANGO! NIMA UCHUN AYNAN SHU FRAMEWORK?⚡️

Web-dasturlash olamida ko‘plab freyvmorklar bor: Laravel, FastAPI, Express.js va h.k. Ammo Python muhitida eng kuchlilardan biri bu — Django. Nega? Keling, aniqlik kiritamiz!

1. ⚙️ Tez rivojlanish – kam kod, ko‘p imkoniyat

Django sizga loyihani noldan qisqa vaqt ichida yaratish imkonini beradi. Tayyor funksiyalar mavjud:
✔️ Avtorizatsiya
✔️ Formalar
✔️ Admin panel
✔️ ORM
✔️ Routing
✔️ Xavfsizlik
Kod yozishga emas, muammo yechishga e’tibor qaratasiz!

2. Ishlash tezligi – Django yetadimi?

Ha, biz FastAPI’ni APIlar uchun tez deb tan olganmiz. Lekin Django ham o‘z sohasida yetarlicha tez va barqaror. Caching, middleware va ORM optimizatsiyasi orqali kuchli ishlaydi. Katta web-ilovalar uchun ayni muddao!

API = FastAPI, Web platforma = Django
To‘g‘ri tanlov muhim!

3. 🔐 Xavfsizlik – himoya sizni o‘ylaydi

Django avtomatik tarzda ko‘plab xavflardan himoya qiladi:
CSRF
SQL Injection
XSS
Clickjacking
Xavfsizlik qo‘lingizda emas — tizimda!

4. 🛠 Tayyor admin panel – backend yoz, frontend ham bo‘ladi!

Model yaratdingizmi? Admin panel ham tayyor! Django sizga kuchli va qulay boshqaruv interfeysini avtomatik beradi. Bu boshqa freyvmorklarda qo‘lda yoziladi.

5. 🌍 Katta jamoa – kuchli documentationlar

Django 15+ yillik tajribaga ega. Hujjatlari aniq, tushunarli. StackOverflow, GitHub, YouTube – har joyda savolingizga javob bor!

6. 🏢 Real dunyoda sinovdan o‘tgan

Django’dan foydalanadigan brendlar:
✔️ Instagram
✔️ Pinterest
✔️ Mozilla
✔️ Disqus
✔️ National Geographic
Bu faktlar o‘z-o‘zidan hamma gapni aytib turibdi!
XULOSA:
Agar siz Python dasturchisi bo‘lsangiz va kuchli, xavfsiz, tez hamda zamonaviy web-ilova yaratmoqchi bo‘lsangiz — tanlov aniq:
Django – bu siz kutgan imkoniyat!

Kam kod – ko‘p ish – ishonchli tizim – bu DJANGO!

Yana ko‘proq texnologiyalar haqida bilmoqchimisiz?
Bizga qo‘shiling: @gophersuz
👍3🔥21
FastAPI SQLAdmin vs Django Admin — Qaysi biri qulay?

Web-backend loyihalarda admin panel juda muhim. Ko‘pchilik “Django Admin”ni yaxshi biladi, lekin FastAPI foydalanuvchilari uchun ham ajoyib yechim — SQLAdmin mavjud. Keling, bugun ikkalasini ko’rib chiqamiz.

Django Admin

Afzalliklari:
• Tayyor admin panel avtomatik yaratiladi
• CRUD amallarni yozmasdan turib bajarish mumkin
• User authentication & permissions tizimi tayyor
• Chiroyli va kengaytirilgan interfeys

Kamchiliklari:
• Django ORM’dan foydalanishga majbur bo‘lasiz
• Mikroservislar bilan ishlash biroz murakkab
• Custom logika qo‘shish ba’zan chalkash bo‘ladi

FastAPI + SQLAdmin

Afzalliklari:
• FastAPI’ning tezligi va async imkoniyatlari bilan birga ishlaydi
• SQLAlchemy bilan yaxshi integratsiya
• Docker va microservices arxitekturasi uchun mos
• Admin interfeys tez va minimalist

Kamchiliklari:
• Django Admin’dagidek boy imkoniyatlar hali yo‘q
• Authentication tizimi yo‘q — o‘zingiz yozishingiz kerak
• Kengaytirish uchun qo‘lda ko‘proq kod yozish talab etiladi

Siz qaysi birini tanlardingiz?
Fikringizni komentda yozing!

@GophersUz
#FastAPI #Django #AdminPanel #Backend #Python
👍5❤‍🔥1🔥1🥰1
source code of monkeytype.com
1👍31🤩1😍1
Go REST API Frameworklar: Qaysi birini tanlaysiz?
Sizga to‘g‘ri keladigan frameworkni topish uchun quyidagilarga e'tibor bering:

1. net/http – "Vanilla" Go

🪶 Minimalist, o‘ziga xos va nazorat sizda!

package main

import (
"fmt"
"net/http"
)

func helloHandler(w http.ResponseWriter, r *http.Request) {
fmt.Fprintln(w, "Salom, Gopher!")
}

func main() {
http.HandleFunc("/hello", helloHandler)
http.ListenAndServe(":8080", nil)
}

Qachon ishlatiladi?
✔️ API kichik bo‘lsa
✔️ Qo‘shimcha kutubxonasiz yozmoqchi bo‘lsangiz
✔️ Tizim ustidan to‘liq nazorat kerak bo‘lsa

2. Gin – "Mashhurlik + Performance"
⚡️ Middleware + Routing = Kuchli qurol!

package main

import (
"github.com/gin-gonic/gin"
)

func main() {
r := gin.Default()

r.GET("/ping", func(c *gin.Context) {
c.JSON(200, gin.H{"message": "pong"})
})

r.POST("/hello", func(c *gin.Context) {
var json struct {
Name string `json:"name"`
}
if err := c.BindJSON(&json); err != nil {
c.JSON(400, gin.H{"error": "Invalid data"})
return
}
c.JSON(200, gin.H{"message": "Hi " + json.Name})
})

r.Run(":8080")
}


Qachon ishlatiladi?
✔️ Tezlik kerak bo‘lsa
✔️ RESTful loyihalar
✔️ Professional darajadagi loyihalar

3. Fiber – "Go + Express.js feel"
🍃 Express'ga o‘xshash sintaksis + yuqori performance

package main

import (
"github.com/gofiber/fiber/v2"
)

func main() {
app := fiber.New()

app.Get("/api", func(c *fiber.Ctx) error {
return c.JSON(fiber.Map{
"status": "OK",
})
})

app.Post("/login", func(c *fiber.Ctx) error {
var body struct {
Username string `json:"username"`
Password string `json:"password"`
}
if err := c.BodyParser(&body); err != nil {
return c.Status(400).SendString("Invalid input")
}
return c.JSON(fiber.Map{"welcome": body.Username})
})

app.Listen(":3000")
}

Qachon ishlatiladi?
✔️ Node.js'dan Go'ga o‘tganlar uchun
✔️ Yuqori performance kerak bo‘lsa
✔️ Syntax soddaligi kerak bo‘lsa

4. Echo – "Toza va tartibli REST loyihalar"
🧩 Modullashtirish va oson testlash uchun ideal

package main

import (
"github.com/labstack/echo/v4"
"net/http"
)

func hello(c echo.Context) error {
name := c.QueryParam("name")
if name == "" {
name = "mehmon"
}
return c.String(http.StatusOK, "Salom, "+name+"!")
}

func main() {
e := echo.New()
e.GET("/hello", hello)
e.Logger.Fatal(e.Start(":8080"))
}

Qachon ishlatiladi?
✔️ Toza kod struktura kerak bo‘lsa
✔️ Middleware, context bilan ishlash kerak bo‘lsa
✔️ RESTful loyihalarda

net/http O‘rganish, minimal API uchun
Gin Katta, production loyihalar uchun
Fiber Express’ga o‘xshash yondashuv uchun
Echo Modular, RESTful va testlanadigan kod uchun

Qaysi frameworkni tanlagansiz?
Izohlarda yozing va Go ekotizimini birga rivojlantiraylik!

Kanalga ulaning: @gophersuz

#GoLang #RESTAPI #Gin #Fiber #Echo #nethttp #GophersUz #GoDevelopers #Backend
👍2❤‍🔥1👀1
Bugungi kun odatdagisidan farq qiladigan kun bo'ldi. Mayli kayfiyatni tushurmaymiz kelasi hafta bular to'g'irlanadi xudo xohlasa.
14🍾2👏1🤩1💋1
🐑 Qurbon hayiti muborak, aziz Gopherlar!

Bugun system-wide maintenance window e’lon qilingan — qalblar update, ruhiyatlar esa restart qilinadigan muqaddas kun!

@Gophersuz DevOps/Golang jamiyati sifatida sizni ulug‘ Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz!

🕌 Bu kunda:
Gunohlar rollback, savoblar esa auto-scale bo‘lsin
Duolaringiz high availability va zero downtime bilan qabul qilinsin
Hayotingizda latency past, throughput esa yuqori bo‘lsin
Qalbingiz har doim clean architectureda, niyatlaringiz esa idempotent bo‘lsin
Har bir amal event-driven, niyatlar esa containerized va stateless bo‘lib, Alloh roziligini olish yo’lida deploy qilinsin!

Shaxsiy clusteringizda tinchlik, pipelineingizda xatolarsiz CI/CD, va monitoringizda faqat green health checks tilaymiz.

YAML’day soddalik, C++ ’day aniqlik, Prometheus’day kuzatuvchanlik siz bilan bo‘lsin!

Bugun code push emas, qalbni refactor qilish va yaqinlaringiz bilan real time connection qilish vaqti.

🌙 Hayit muborak!
Barakali RAM, to‘la SSD, va yengil konteynerli hayot tilaymiz! 🐐💻
1🎉32💋2
Nurmuhammad
https://youtu.be/0_DjDdfqtUE
Aytishga arzigulik hech qanday yangilik yo’q.
14❤‍🔥2
Qanchonki modeling 100% to’g’ri ishlasa
3😁6👍2💋2🔥1🍓1
Nurmuhammad
Bugungi kun odatdagisidan farq qiladigan kun bo'ldi. Mayli kayfiyatni tushurmaymiz kelasi hafta bular to'g'irlanadi xudo xohlasa.
Cho'zilib kettdi lekin hozircha yaxshi ketayabdi oxrigacha ham shunday bo'lsinda ish qilib uzog'i shanba kunigacha hal bo'ladi hammasi.
12🥰1💋1
image_2025-06-18_15-13-47.png
66.9 KB
Amalladim 🤝

Distinction = 5
Merit = 4
Pass = 3
👍12💋3🥰2