GEOGRAFIYA VA TA'LIM | Rasmiy kanal
8.16K subscribers
8.79K photos
2.97K videos
4.15K files
7.87K links
«GEOGRAFIYA» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun MAXSUS kanal!

📮Murojaat uchun: @geografiyavatalimbot
📝Reklama uchun: @talabageograflar
Chat: @geografiyavatalim_guruhi

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  http://myurls.co/geografiyavatalim
Download Telegram
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak?

Xabaringiz bor, Hukumat (10.01.2024 17-son) qarori bilan umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatini olish uchun test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilandi.

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

Qarorda abituriyentlarga beriladigan imtiyoz aniq koʻrsatilgan boʻlib, 65 balldan oʻtgan abituriyent “A +, A” darajaga ega boʻladi va OTMga kirishda oʻsha fandan maksimal ballga ega boʻladi.

Oʻtgan yillarda olingan milliy sertifikatlar 100 ballik tizimda hisoblanar edi va oʻqituvchilar uchun ustama belgilash boʻyicha qoʻshma qarorda 100 ballik tizim boʻyicha minimum 80 va undan yuqori ball, boshlangʻich taʼlim ustozlari (ona tili va adabiyot va matematika fanlaridan) minimum 60 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda ustama toʻlanishi belgilangan edi.

Hozirlikcha vakolatli vazirliklar tomonidan qoʻshma qarordagi oʻzgarish va ballar haqida rasmiy maʼlumot berilmadi.

Biroq bizga bu borada juda koʻp savollar yuborilgani uchun mustaqil mutaxassislardan izoh soʻraganimizda pedagoglarga minimum A daraja (65 — 69,9 ball), boshlangʻich taʼlim ustozlar esa minimum C daraja(46 — 49,9 ball) olgan taqdirda ustama toʻlanishi mantiqan toʻgʻri boʻlishini maʼlum qilishdi.

Vazirliklar tomonidan bu haqida rasmiy maʼlumot berilsa kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fan olimpiadalari
Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlandi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil20-21-aprel kunlari iqtisod va geografiya fanlaridan tashkil qilingan saralash olimpiadasining respublika bosqichi yakuniga yetdi va natijalarga ko‘ra iqtisoddan 5 nafar hamda geografiyadan 4 nafar iqtidorli yoshlar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi.

📈Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2024) 22-31 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining, Gonkong shahrida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

1️⃣Olimov Davlatbek - Toshkent shahar, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
2️⃣Ruziqulov Jasurbek - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Boymuratova Xilola - Surxondaryo viloyati, Termiz shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
4️⃣G‘anijonov Azizbek - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
5️⃣Zaynobiddinov Muslimbek - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

🌍Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24 avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing :

1️⃣Tursunbayev Mansurbek - Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA 1-son IMI 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣Safarov Alisher - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Axmadjonov Xazratbek - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣Qosimjonov Jaloliddin - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
🔥Booom. Bugun Attestatsiya darajasida test sinovlari tashkil etilsa ishtirok etadilar bormi ?
anonymous poll

Ha albatta – 186
👍👍👍👍👍👍👍 91%

Yo‘q – 10
▫️ 5%

💡Vaziyat ko‘rsatadi – 9
▫️ 4%

👥 205 people voted so far.
“Tarbiya”, “Science “ va “Informatika” fanini qaysi o‘qituvchilarga o‘qitishga ruxsat berildi?

Bosh vazir Abdulla Oripov imzolagan hujjat bilan umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini ayrim toifadagi o‘qituvchilar o‘qitishiga ruxsat berildi. Aslida bu qoida avval ham mavjud edi.

Lekin pedagoglarni hali ham bir qancha muammoli savollar qiynab kelmoqda. Shu sababli biz bu mavzuni batafsil sharhlab berishga harakat qildik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/614

Telegram I Facebook I YouTube
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

22-aprel — Xalqaro Yer kuni

   Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fani o'qituvchisi  O'. Xudoyberdiyev tomonidan mahorat darsi.
Bayram 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 50 dan ortiq davlat vakillari tomonidan ma'qullangan.

Ma'lumki, Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to'rt yarim milliard yil bo'lgan.

Murojaat uchun👇👇👇
📮👉 @tabiiyfan_sciencebot

Tabiiy fanlar faniga oid yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring:
➡️
@sciense_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23-27-aprel kunlari vazir ustamasiga da’vogar pedagoglar uchun suhbat bo‘lib o‘tadi

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglarga 9 oy mobaynida 5 mln 775 ming so‘mlik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Suhbat jarayoni qanday o'tadi? Talabgorlarning kasbiy mahorati qanday mezonlar asosida baholanadi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/612

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎22-aprel Xalqaro Yer kuni

Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahridagi 61-sonli  umumta’lim maktabida  22- aprel “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda yerga rasm chizish tanlovi tashkil qilindi.

🍃🍃Ushbu tanlovda maktabning 7- sinf o‘quvchilari o‘zlarining  mahoratlarini ko‘rsatishdi.  

Biz ekologlar yoshlarning tabiatni sevishlarini rasm chizish jarayonida aks ettirganidan xursand bo‘ldik.

🖌️Toshkent shahar Yashnobod    tumani 61-maktabning 
Geografiya fani o'qituvchisi : Usmanova G.E.

Murojaat uchun👇👇👇
📮👉 @tabiiyfan_sciencebot

Tabiiy fanlar faniga oid yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring:
➡️
@sciense_uz