GEOGRAFIYA VA TA'LIM | Rasmiy kanal
8.47K subscribers
8.56K photos
2.95K videos
4.13K files
7.77K links
«GEOGRAFIYA» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun MAXSUS kanal!

📮Murojaat uchun: @geografiyavatalimbot
📝Reklama uchun: @talabageograflar
Chat: @geografiyavatalim_guruhi

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  http://myurls.co/geografiyavatalim
Download Telegram
Quyidagi topografik shartli belgida "B" harfi qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
24%
A) to'shamali qismining kengligi
19%
B) umumiy kengligi
43%
C) to'shamasining materiali
14%
D) to'shamasining qalinligi
Forwarded from Fan olimpiadalari
📣 Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalariga saralashning yakuniy bosqichiga start berildi.

Joriy yil fevral oyida o‘tkazilgan saralash bosqichi natijalariga ko‘ra fanlar kesimida har bir hududdan eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar jami 42 nafardan 9-11-sinf o‘quvchilari yakuniy bosqichda ishtirok etmoqda.

Iqtisod va geografiya fanlaridan o‘tkazilayotgan saralash olimpiadasi 2 bosqichda tashkil qilinadi.
Birinchi kun har ikkala fandan ochiq va yopiq tarzda tayorlangan test topshiriqlari o‘quvchilarga taqdim qilinadi. Iqtisod fani bo‘yicha 90 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 50 bal bilan, geografiya fanidan 120 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 70 ball bilan baholanadi.

Ikkinchi kuni iqtisod fanidan birinchi kuni eng yuqori natija qayd etgan 10 nafar o‘quvchilar hakamlar tomonidan taqdim qilingan mavzuda 45 daqiqada taqdimot tayorlash talab etiladi va bu 25 bal bilan baholanadi hamda taqdimot ballariga birinchi kunning ballari qo‘shiladi. Jami 75 bal.

Geografiya fani bo‘yicha ikkinchi kuni ishtirokchilarga 6 ta topshiriq taqdim qilinib, 90 daqiqa vaqt ajratiladi hamda maksimal 30 bal bilan baholanadi. Jami 100 bal.

Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, 5 nafar o‘quvchi joriy yil 22-30-iyul kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan Xalqaro iqtisod olimpiadasiga, 4 nafar o‘quvchi 19-24-avgust kunlari Irlandiyada o‘tkaziladigan xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, geografiya fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta qatnashadi, iqtisod fani bo‘yicha 2019-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ONLAYN TEST BOSHLANDI!

📆 Bugun, 20-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 4⃣-onlayn test tashkil etilmoqda. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

📆 Test vaqti: 20-aprel (10:00-23:00)
💻 Test tillari: O'zbek va Rus
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Forwarded from Ta'lim nazorati
Oʻqituvchi navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.

Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.

❗️Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Attestatsiya

Attestatsiya jarayonlariga doir muhim axborot
!!!

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Sinovlarga kiruvchi har bir talabgor ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.

Aytish lozimki, oʻz bilim va malakalariga tayangan holda berilgan topshiriqlarni imkon qadar bajarishga intilayotgan, yuqori ballarni qoʻlga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kun ortib borayotgani bizni xursand qiladi.

Ammo vaziyatga noxolis yondashgan holda, test sinovlarini turli qingʻir yoʻllar bilan bajarishga harakat qilayotgan nomzodlar ham afsuski, uchrab turibdi. Bu kabi ustozlarimiz test oʻtkazilayotgan binoga har xil qoʻshimcha buyumlar (telefon, ovoz yoki tasvir yozish uskunasi, matn)larni olib kirishga urinishmoqda.

Bunday yoʻl tutayotgan pedagoglar nazoratchilar tomonidan aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda test sinovlaridan chetlashtirilmoqda. Joriy yilning 19-apreliga qadar 18 nafar bu kabi ishtirokchi pedagoglar sinovlardan chetlashtirildi va ularga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

❗️Hurmatli pedagoglar!

✔️ Test sinovlarining barcha jarayonlari: binoga kirish, belgilangan joyga oʻtirish, roʻyxatdan oʻtish, topshiriqlarni bajarish va hatto qaysi tomonga qarayotganingiz ham kuzatuv kameralari orqali sinchkov kuzatuvchilarimiz tomonidan nazorat qilinmoqda.

❗️ Shunday ekan, faqat va faqat oʻz bilimingizga tayangan holda, test sinovlarida ishtirok etishingizni soʻraymiz. Pedagog imidjiga xos boʻlmagan turli harakatlardan uzoq boʻling.

👉 Barchangizga test sinovlarida omad tilaymiz
!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi 💡

Har yili 22 aprelda nafaqat ulkan, balki chinakam xalqaro bayram - Xalqaro Yer kuni - bizning umumiy uyimiz bo'lgan kun nishonlanadi.

Bayram 2009 yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida (A / RES / 63/278 sonli rezolyutsiya, BMTning 50 dan ortiq davlat a'zolari tomonidan homiylik qilingan) 22 aprel kuni tayinlangan va 2010 yil boshidan nishonlanish boshlangan.

Bosh Assambleyaning 63-sessiyasining raisi Migel d'Escoto Brokman ushbu Xalqaro kunning qarorida Yer va uning ekotizimlari bizning uyimiz ekanini tan olish, insoniyatni hayot bilan ta'minlashni e'tirof etishni BMTning Atrof-muhit bo'yicha konferentsiyasida qabul qilingan majburiyatlarni tasdiqlashini 1992 yilda Rio-de-Janeyroda e'lon qildi. Shuning uchun hozirgi va kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlari o'rtasida adolatli muvozanatga erishish uchun tabiat va Yer sayyorasi bilan uyg'unlikni ta'minlash kerak.

👉🏻 @geografiyavatalim

Bizni kuzating:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
⁠Bu tabiiy mo'jiza - Morning Glory ko'li qayerda joylashganligini bilasizmi?
Anonymous Quiz
14%
A) Rossiya
20%
B) Yaponiya
9%
C) Xitoy
57%
D) AQSH
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Xushxabar

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga:

“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 100 million yildan keyin Yerimiz qanday bo'ladi?

Ⓜ️ www.youtube.com

🌐 @Globus_MAX
🌐 @geografiyavatalim
Forwarded from AKMAL ABDULLAYEV
Assalomu Alaykum! Professional darajadagi "Video montaj" xizmatlarimizni taklif qilamiz!

🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬

-Videodarslar;
-Video roliklar;
-Matnli videolar;
-Introlar;
-Audiodarslar;
va shunga o'xshash barcha turdagi xizmatlarimizni taklif qilamiz !
Biz sizga qulay narxda o'zingiz hohlagandek professional darajada videolar yaratib tayyorlab beramiz !

《 Shu vaqtga qadar 10.000 dan ziyod xizmatlarimizni butun respublikamiz bo'ylab ko'rsatdik, barcha xususan Ustozlarimiz bizdan mamnun va ko'plab tanlovlar uchun videorolik va darslar tayyorlab berganmiz va o'rinlarni olib kelishmoqda 》.

🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞

Murojaat uchun :
@ABDULLAYEV_AKMAL

Qo'ng'iroq qiling:
+998932293100
Ўзбекистон аҳолиси Яқин дақиқаларда 37 млн бўлади...

https://t.me/geografiyavatalim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda milliy sertifikatga ustama olish uchun pedagoglar necha ball yig‘ishi kerak?

Milliy sertifikat olgan pedagoglarga ustama to'lab berishda muammolar yuzaga kelmoqda. Chunki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan milliy sertifikat berish tartibi o'zgargan.

Xo'sh bu muammoga qanday yechim bor? Qachondan pedagoglarga ustama to'lash boshlanadi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/613

Telegram I Facebook I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi 💡

Har yili 22 aprelda nafaqat ulkan, balki chinakam xalqaro bayram - Xalqaro Yer kuni - bizning umumiy uyimiz bo'lgan kun nishonlanadi.

Bayram 2009 yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida (A / RES / 63/278 sonli rezolyutsiya, BMTning 50 dan ortiq davlat a'zolari tomonidan homiylik qilingan) 22 aprel kuni tayinlangan va 2010 yil boshidan nishonlanish boshlangan.

Bosh Assambleyaning 63-sessiyasining raisi Migel d'Escoto Brokman ushbu Xalqaro kunning qarorida Yer va uning ekotizimlari bizning uyimiz ekanini tan olish, insoniyatni hayot bilan ta'minlashni e'tirof etishni BMTning Atrof-muhit bo'yicha konferentsiyasida qabul qilingan majburiyatlarni tasdiqlashini 1992 yilda Rio-de-Janeyroda e'lon qildi. Shuning uchun hozirgi va kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlari o'rtasida adolatli muvozanatga erishish uchun tabiat va Yer sayyorasi bilan uyg'unlikni ta'minlash kerak.

👉🏻 @geografiyavatalim

Bizni kuzating:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM