GEOGRAFIYA VA TA'LIM | Rasmiy kanal
10.4K subscribers
9.39K photos
3.13K videos
4.59K files
8.5K links
«GEOGRAFIYA» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun MAXSUS kanal!

📮Murojaat uchun: @geografiyavatalimbot
📝Reklama uchun: @talabageograflar
Chat: @geografiyavatalim_guruhi

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  http://myurls.co/geografiyavatalim
Download Telegram
Forwarded from GEOGRAFIYADAN YANGI TESTLAR (sunnatillo.sirmatov.official)
​​⚡️Navbatdagi test sinovlari juma kuni o‘tkaziladi.

Kanallarimizda geografiya fanidan navbatdagi attestatsiya andozasidagi onlayn test juma kuni 1-dekabr kechki soat 20:00 dan 21:30 ga qadar o‘tkaziladi.

▪️Shu kungacha o‘tkazilgan loyiha doirasidagi test sinovlarida 700 ga yaqin pedagog ustozlarimiz ishtirok etdilar hamda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Loyihamiz ishtirokchilari soni ortishi uchun yaqinlaringizni telegram kanallarimizga taklif eting hamda birinchilar qatorida bo‘ling!

P/s:. Asosiy fan olimpiadalari viloyat bosqichida hakamlik etganimiz sabab bugun test tuzishga ulgira olmadik aybga buyurmaysiz!

👉🏻 @geografiyadan_testlar_DS

Bizni kuzating👇🏻
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
🎲ONLAYN OLIMPIADA - №1
Respublikamizdagi barcha geograf o‘qituvchilar va qiziquvchi yoshlarning bilimini baholash uchun sinov testi testi
🖊 25 ta savol · 45 soniya
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchilar diagnostika testi qay tartibda o'tkaziladi?


Joriy yilning 4 15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchi va rahbar xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini diagnostika testidan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xo'sh, test jarayonlari qay tartibda o'tkaziladi?

Diagnostika jarayoni test sinovi shaklida onlayn ravishda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil etilib, unda o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar.

Diagnostika jarayonida har bir o‘qituvchiga har biri bitta savol va 4 ta muqobil javobdan iborat 50 ta test taqdim etiladi hamda ularga javob berish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir test savoli uchun belgilangan birinchi javob hisobga olinadi va qayta o‘zgartirishga imkoniyat berilmaydi. Test sinovi yakunlangach o‘qituvchi kompyuter ekranida yoki telefonida natijalarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

O'qituvchilar test topshirish uchun qayerga borishlari kerak bo'ladi?

Test topshirish uchun o'qituvchilar qayergadir borishlari shart emas. Ya'ni, oʻqituvchilarning diagnostika jarayonlarida oʻz ish joyidan onlayn ishtirok etishlari ta'minlanadi. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari diagnostika (test sinovi) jarayonlarini shaffof va xolis oʻtkazilishini ta’minlaydi va zoom platformasi orqali nazorat qiladi.

Test sinovida ma'lum bir sabablarga ko'ra qatnasholmay qolgan o'qituvchilar nima qiladi?

Test sinovi jarayonida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan maktab o‘qituvchilari vazirlik ruxsati bilan alohida grafik asosida diagnostikadan o‘tkaziladi. Test sinovida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganlar diagnostikada nol ball olgan deb hisoblanadi.

O‘qituvchilar diagnostika testi bo'yicha qo'shimcha savollarga mana bu postda ham batafsil tushuntirish berilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Forwarded from Uzb_Meteo
Пойтахтда қор ёғгани бу ҳақиқатга тўғри келмайди.

Кундуз куни исиб туриб, кечга борганда совуқ фронтнинг ўтиши кузатилса, биринчи ёғин юқори ҳароратда бизга ой шуъласи ёки, чироқ ёруғликларида қор каби кўринади.

Бу жуда енгил сув томчилари ва тезлиги паст ёғин туридир. Бу қор эмас. Ижтимоий тармоқларда пойтахтда қор ёғмоқда деган хабарлар тарқалмоқда.

Пойтахтда ҳозир +9°С +10°С. Бундай ҳароратда табиий равишда осмондан қор тушмайди. Қор одатда табиий равишда максимал +4°С (жуда кам ҳолларда +5°С да) гача бўлган ҳароратда ёғиши мумкин. Сунъий равишда эса юқори ҳароратда ҳам буни имкони бор. Масалан, Сочи олимпиадасида +10°С да қор "ёғдиришган".

Ҳозир ҳам пойтахт бўйлаб ёмғир ёғмоқда ва туни билан биз фронт ўтишида ёмғир ҳодисасини кўрамиз.

Яна қайтараман, бу ҳодиса кундуз куни бўлганда, ҳеч ким уни қор деб атамас эди.
Bugun — 2023-yilgi Kuzning so‘nggi kuni.

👉🏻 @geografiyavatalim

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-sinf 21-§. UMUMLASHTIRUVCHI DARS (Javoblari).pdf
466 KB
📕10-sinf 21-§. UMUMLASHTIRUVCHI DARS (Javoblari).

✍🏻 Tayyorladi: @Umidjon_03_12

👉🏻 @geografiyavatalim

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
Bizni youtube sahifamizda ham muntazam kuzatib boring!

Obuna bo‘lish uchun havola ustiga bosing

👉🏻 https://www.youtube.com/channel/UC627RFwGR2G7A8I2tW9BgVg
Bugun tunda kelarmish qish.


👉🏻 @geografiyavatalim

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
#Diqqat

Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari bilan tanishing

Demak, 4–15-dekabr kunlari respublika bo'yicha barcha o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari quyidagicha:

4-dekabr kuni

O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari (ona tili va adabiyoti);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari.

4–5-dekabr kunlari

Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari.

5–6-dekabr kunlari

Ingliz tili fani o‘qituvchilari;
Nemis tili fani o‘qituvchilari.

6-dekabr kuni

Fransuz tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (o‘zbek) tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (qoraqalpoq) tili fani o‘qituvchilari;
Kimyo fani o‘qituvchilari;
Rus tili va adabiyoti fani (rus sinflarda) o‘qituvchilari;
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari.

7-dekabr kuni

Biologiya fani o‘qituvchilari;
Geografiya fani o‘qituvchilari;
Fizika fani o‘qituvchilari.

7–9-dekabr kunlari

Matematika fani o‘qituvchilari.

9-dekabr kuni

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari.

9–11-dekabr kunlari

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari.

11-dekabr kuni

Tarix fani o‘qituvchilari;
Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari;
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari.

11–12-dekabr kunlari

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari.

12-dekabr kuni

Texnologiya fani o‘qituvchilari;
Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari;
Tarbiya fani o‘qituvchilari;
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari.

13–15-dekabr kunlari

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda).

15-dekabr kuni

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (qoraqalpoq sinflarda);
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (rus sinflarda).

Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazishning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar kesimidagi reja-jadvali va o'tkazilish kun, soati haqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi reja-garfik bilan tanishib, bilib olishingiz mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo