GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#PhD_DSc

🎓 DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL DAVOM ETMOQDA

🗂Respublika ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2022-yil uchun hujjat topshirish davom etmoqda.

📩Eslatib o‘tamiz, hujjatlar onlayn tarzda oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi – www.phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

Hujjatlar qabuli 15-OKTABRga qadar davom etadi.

📌Ma’lumot uchun, 2022-yilga ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari uchun qabul kvotalari IKKI BAROBARGA oshirilgan bo’lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar uchun quyidagicha tasdiqlangan:

🔹Tayanch doktorantura (PhD) – 1613 ta;

🔸Doktorantura (DSc) – 123 ta;

🔹Maqsadli doktorantura – PhD – 204 ta, DSc – 9 ta;

🔸Stajyor-tadqiqotchi – 292 ta.

📥Talabgorlardan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq belgilangan hujjatlarni tizimga kiritish talab etiladi.

☝️Oiy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotganlarga beriladigan stipendiyalar miqdori quyidagicha:

✔️Stajyor-tadqiqotchilarga – 3 912 720 so‘m,

✔️Tayanch doktorantlarga – 4 419 894 so‘m,

✔️Doktorantlarga – 5 647 140 so‘m.

Manba


👉 http://t.me/geografiya_JDPI
#PhD_DSc

MUHIM‼️

Bugun oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirishning so‘ngi kuni

⚡️ Bugun, 20-oktabr Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali soat 24:00 gacha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha hujjatlarni respublika oliy ta’lim muassasa va ilmiy tashkilotlariga yuborishning so‘ngi kuni.

⌛️Bugun mana shu belgilangan vaqt oraligʻida hujjatlar tegishli muassasalarga yuborilib, ular tomonidan hujjatlar qabul qilingan boʻlishi shart.

❗️Aks holda hujjatlar OTM va ilmiy tashkilotlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, platforma yopilgandan soʻng hujjatlarni qayta tahrirlab yuborish imkoni boʻlmaydi.

Ma’lumot uchun: Hujjatlar topshirilayotgan ta’lim muassasalari tomonidan tekshirib, qabul qilinadi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.

Manba


👉 t.me/geografiya_JDPI