GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#DOKTORANTURA_2021

Doktoranturaga kirish istagidagilar diqqatiga!!!

⚡️ Joriy yilda doktorantura imtihonlari an’anaviy (oflayn) tarzda oʻtkaziladi

📝 Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an’anaviy (oflayn) tarzda boʻlib oʻtadi.

🎥 Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya) oʻtkazish choralari koʻriladi.

⛔️ Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi.
〰️〰️〰️〰️
#FAQ

Bir tayanch doktorant oʻz yoʻnalishidan boshqa yoʻnalishga «perevod» qilishi mumkinmi?

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka toʻgʻri kelmaganligi sababli koʻchirish mumkin emas.
〰️〰️〰️〰️
Mustaqil tadqiqotchi boʻlgan izlanuvchi tayanch doktoranturaga oʻqishga topshirishi mumkinmi?

Normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkinligi va mumkin emasligi toʻgʻrisida normalar berilmagan. Shu munosabat bilan, hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.
〰️〰️〰️〰️
Stajyor tadqiqotchilikda oʻqiyman. Ilmiy maqolalarim, ilmiy ishim ancha oldinlagan. Doktoranturaga kirishga menda imtiyoz bormi?

Stajyor tadqiqotchilik ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda oʻqigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.

Manba


👉 http://t.me/geografiya_JDPI