GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️Test o‘tkaziladigan joylar haqida ma‘lumotga egamisiz?

Davlat test markazi joriy yil kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ushbu ma’lumotlar bilan (hududlar kesimida) quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Andijon viloyati
Namangan viloyati
Farg‘ona viloyati
Sirdaryo viloyati
Jizzax viloyati
Samarqand viloyati
Navoiy viloyati
Buxoro viloyati
Qashqadaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Xorazm viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Toshkent shahri

Manba: DTM rasmiy sayti

☝️Eslatib o‘tamiz, OTMga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:
1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

🏷 F o y d a l i p o s t l a r:
Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish
Yangilangan javoblar varaqasi bilan tanishish
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#maslahat | #tavsiya | #abituriyent

📌 7 USUL ORQALI TESTLARNI TO‘G‘RI ISHLASHNI O‘RGANING

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

🏷 Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Imtihon2021

📌 IMTIHONGA TUSHGAN SAVOLLAR

#ONA_TILI (majburiy)

1 . Qaysi qatordagi gapda til oldi undoshlari bor
A.diltortar
2. Toʻgʻri yozilgan qatorni toping?
Tomosha, talanganot
3. Orfografik jihatdan xato yozilgan soʻzlar qatorini toping.
Melodramma, tamosha
4. Osmon yum-yum yigʻladi. Maʼno koʻchish turini soʻragan .
Metafra
5 . Besh bolalik keldimi degan maʼno koʻchish turi
Metaniya
6.Bir xil soʻz turkumi doirasida omonimlik xususiyatiga ega boʻlgan soʻzlar qatori degan.
Devon deb berilgan qatorni oldim
7 . Tinish belgisidan tushdi.
Ikki nuqta tushdi
8. Soʻz qoʻllash bilan xatolikni toping.
Oʻrmon shoxi sheʼr
9. Xato yozilgan soʻz toʻldiruvchi vazifasida kelgan soʻzni toping.
... Mukofatlanganlarni degan soʻzi bor edi
10. Qaysi qatordagi gapda til oldi undoshlari bor
A.diltortar
12. Toʻgʻri yozilgan qatorni toping?
Tomosha, talanganot
13. Orfografik jihatdan xato yozilgan soʻzlar qatorini toping.
Melodramma, tamosha
14. Osmon yum-yum yigʻladi. Maʼno koʻchish turini soʻragan .
Metafra
15 . Besh bolalik keldimi degan maʼno koʻchish turi
Metaniya
16. Bir xil soʻz turkumi doirasida omonimlik xususiyatiga ega boʻlgan soʻzlar qatori degan.
Devon deb berilgan qatorni oldim
17. Tinish belgisidan tushdi.
Ikki nuqta tushdi
18. Soʻz qoʻllash bilan xatolikni toping.
Oʻrmon shoxi sheʼr
19. Xato yozilgan soʻz toʻldiruvchi vazifasida kelgan soʻzni toping.

#TARIX (majburiy)

1) Oltoyni g'arbida va IRtish daryosi quyi oqimida vujudga kelgan davlat
2) Buxoro amirligini boshqargan sulola amirligini...
3) Oq kiyimlilar qozg'alonini rahbari kim...
4) Ovchilik va termachilik xo'jaligi qanday nomlangan....
5) Qaysi Shayboniy hukmdor Zahiriddin Bobur bilan aloqa o'rnatgan savdo
6) Rus bosqini davrida qaysi shaxs xalq orasida yarim podsho nomi bilan atalgan...
7)... viloyat va Toshkent viloyati hokimi qaysi tuzilma orqali saylangan...
8) O‘zbekistondan ilk davlatchilik nechinchi asrda boshlangan
9) 2003- yilda qaysi partiya tashkil topgan J: Uzlidep
10) “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloniga kim boshchilik qilgan?
11) 1866-yil egallangan shahar ?
12) Turkiston gubernatirligi tashkil topgan
13) Shaybonixon qachon vafot etgan
14) Turkiston general gubernatorligiga ruslardan Kim kelgan?
15) Qaysi qabilalar daryo va toğ yaqinida chorvachilik bilan shuğullangan?
16) Movarounnahr ni maʼnosi?
17) Dukchi eshon qaysi qôzğolonda qatnashgan.
18) Parak daryosi qaysi daryo?

#MATEMATIKA (majburiy)

1. Tarozining o'ng pallasiga 10 kg tosh qo'yilgan chap pallaga qo'yilishi kerak bo'lgan muqobilni tanlang
J: 3 kg sabzi 2kg kartoshka 5 kg piyoz
2. Mahsulotning narxi ketma -ket ikki marta 25 % dan oshirildi , shunda narx umumiy necha foizga oshadi
J: 56,25 %
3. G'o'lani 4 bo'lakka bo'lish uchun 12 minut vaqt sarflandi , shunday g'o'lani 2 bo'lakka bo'lish uchun qanday vaqt sarflanadi
J: 4 minut
4. 3 mushuk 4 kunda 12 ta siqqon yedi , 6 ta mushuk 6 kunda nechta sichqon yeydi ?
J: 36 ta

Eslatma: Mazkur savollar internet ijtimoiy tarmoqlaridan olindi va kanalga tahrirsiz joylandi. Ularning qachon va qayerda tushganligi ma‘lum emas.

❗️Abituriyent tanishlaringizga yuboring


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Imtihon2021

⚡️ https://mandat.dtm.uz saytida familiyalar paydo bo‘la boshladi

DTMning yangi dizayndagi mandat saytida abituriyentlarning ism-familiyalari paydo bo‘la boshladi. Hozircha ballar «qiymatlanmagan» maqomida turibdi.

Shuningdek, mandat saytning yana bir funksiyasi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, har bir abituriyentning natijalarini alohida sahifada ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bunda abituriyent topshirgan beshta yo‘nalish, ularning ustuvorligi, imtiyozi va maqsadli qabul haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Manba: Xushnudbek telegram kanali


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Qabul2021 | #magistratura

⚡️Magistraturaga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar DIQQATIGA!

🔰 Roʻyxatdan oʻtgan hujjatlarni koʻrib chiqish davomida, kamchiliklar aniqlanib arizalari rad qilingan abituriyentlarga, kamchiliklarni toʻgʻirlashga imkoniyat berilmoqda hamda bu haqida ularning telefon raqamlariga SMS xabarnoma shaklida maʼlumotlar yuborilmoqda.

⚠️ Imtihonlar oʻtkazish muddati yaqinlashganligini inobatga olgan holda, koʻp sonli abituriyentlar hamda oliy taʼlim muassasalarining murojaatlari asosida hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, kamchiliklarini tahrirlab joʻnatishning yakuniy muddati etib joriy yilning 10-avgust kuni soat 24:00 etib belgilandi.

‼️ Ushbu muddatga qadar hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalarini tahrirlab joʻnatishlari lozim.

Hujjatlari tekshirilib, arizasi qabul qilingan abituriyentlarning hujjatlarini qayta tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi.


👉 @geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Imtihon2021

#GEOGRAFIYA

📌 GEOGRAFIYADAN BUGUN IMTIHONGA TUSHGAN SAVOLLAR HAQIDA

Manba

❗️Abituriyent tanishlaringizga yuboring

Davomi bor...


👉 @geografiya_test_video_slayd
#abituriyent

Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади?

Кўпчилик шу савол билан мурожаат қилаётгани учун аниқ мисол билан тушунтирмоқчиман.

Жуда кўп хотин-қизлар "тавсиянома олдим, энди аниқ ўқишга кираман" деб ўйлаяпти. Аммо бу хато. Тавсияномадан ташқари улар юқори балл ҳам тўплаши керак, яъни билим ҳам муҳим.

Тавсиянома берилган хотин-қизларга республика бўйлаб кундузги таълимга давлат гранти асосида жами 2000 та ҚЎШИМЧА квота ажратилган. Сиртқи ва кечки таълимда имтиёз берилмайди.

Квоталар ҳудудлар кесимида бўлиб чиқилган. Батафсил квота мана бу ерда

Ҳисоблаш тартиби

Келинг, Самарқанд мисолида кўриб чиқамиз. Самарқанд вилоятида яшайдиган ва тавсиянома олган хотин-қизлар учун жами 227 та қўшимча квота ажратилган. Хўш, бу нимани англатади? Имтиёз қандай қўлланади?

Бунинг тартиби қуйидагича:

тушуниш осонроқ бўлиши учун Самарқанд вилоятига 5 та квота берилган деб, тасаввур қиламиз;

айтайлик Самарқанд вилоятида жами 40 нафар хотин-қизларга тавсиянома берилди;

пастдаги 1-расмга қарасангиз, тавсиянома олган 40 нафар хотин-қизлар республиканинг исталган ОТМларига ҳужжат топширган (бу ерда осонроқ тушунарли бўлиши учун ОТМлар номларини олдим, йўналишларга бўлиб ўтирмадим);

абитуриентлар турлича балл тўплашди;

Самарқанддан тавсиянома олган барча хотин-қизлар орасида энг юқори балл олган 5 нафар абитуриентлар грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади (2-расмда яшил ранг билан берилган);

расмга қарасангиз, грантга кирган хотин-қизлар турли ҳудудлардаги ОТМларни танлаганини кўриш мумкин.

қолган хотин-қизлар ўзининг бали билан умумий, эл қатори танловда иштирок этади, яъни имтиёз доирасида ўқишга кира олмаса ҳам умумий тартибда танловда қатнашаверади;

Қиссадан ҳисса шуки, Самарқанд вилоятида жами айтайлик минг нафар хотин-қизларга тавсиянома берилган бўлса, улар орасидан энг кўп балл тўплаган 227 нафар хотин-қизлар давлат гранти асосида қўшимча квотага қабул қилинади.

‼️Бешта йўналишни танлаганда, тавсиянома фақат 1-йўналишга ўтади. 2 ва ундан кейинги йўналишларда қўшимча квота берилмайди, умумий тартибда танловда қатнашилади.

Манба

🏷 Foydali postlar:
5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni oʻqishga qabul qilish haqida
Endi majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi
2021/2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlari va boshqa xabarlar
OTMga hujjat topshirish bo'yicha ba'zi savollarga javob va muhim tavsiyalar

👉 @geografiya_JDPI
#abituriyent

Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta'lim shaklidagi umumiy qabul ko‘rsatkichlarining 4%i miqdorida qo‘shima davlat granti asosidagi kvotalarning hududlar kesimidagi taqsimoti.

O'tgan yil xotin-qizlar uchun 940 ta kvota berilgan bo'sa, joriya yilida 2 mingta etib belgilandi.
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️ Ali Ahmad Jaloliy Afg‘oniston islom amirligining yangi rahbari

Ashraf Gʻani shu daqiqalarda hokimiyatni topshirdi.

ℹ️ Ali Ahmad Jaloliy - zahiradagi general, Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#eslatma

📌 Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

🔄 Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

🔘 Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

✔️ ariza;

✔️ to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

✔️ ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

✔️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

✔️birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

📝 Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

🏦 Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

⚠️ Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🚫 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

Manba: @Eduuz


👉 @geografiya_JDPI
#muhim_xabar

📌 Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin.

ℹ️ Ta’lim krediti haqida batafsil ma‘lumot: https://t.me/geografiya_JDPI/2750


👉 t.me/geografiya_JDPI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik |#Bilasizmi

📌 Talabalar akademik taʼtilni sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻzgartirishi mumkin — A.Mamanazarov

Bu yengillik qaysi toifadagi talabalarga nisbatan qoʻllaniladi?

Kimga murojaat qilish kerak?

Qachondan boshlab bu tartib amalda qoʻllaniladi?

🔰Shu kabi savollar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Abdusamad Mamanazarov „Oʻzbekiston 24“ telekanaliga bergan intervyusida javob berdi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#eslatma

📌 2 toifadagi talabalarga masofaviy (onlayn) o‘qishga ruxsat beriladi:

1) homilador;
2) 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul talabalar.

Asos


👉 t.me/geografiya_JDPI
#abituriyent | #magistratura

⚡️ Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo'ldi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3️⃣-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#abituriyent | #eslatma

​​❗️ Tanlov natijalarini e‘lon qilindi

2021-2022-o‘quv yili u
chun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 r
aqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Ab
ituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Sh
uningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Manba: DTM telegram kanali


👉 @geografiya_test_video_slayd
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
#muhim_xabar

⚡️KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDI

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

❗️Bunda, OTMning KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

P. S. Yuqoridagi jadvaldan o‘zingizga kerakli soha bo‘yicha kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.


👉 http://t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#statistika

📊 O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining etnik tarkibi

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi 34,6 mln. kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining etnik tarkibi:

🔸 o‘zbek – 29,2 mln. kishi
🔸 tojik – 1,7 mln. kishi
🔸 qozoq – 821,2 ming kishi
🔸 qoraqalpoq – 752,7 ming kishi
🔸 rus – 720,3 ming kishi
🔸 qirg‘iz – 291,6 ming kishi
🔸 turkman – 206,2 ming kishi
🔸 tatar – 187,3 ming kishi
🔸 koreys – 174,2 ming kishi
🔸 ukrain – 67,9 ming kishi
🔸 ozarbayjon – 41,2 ming kishi
🔸 belorus – 18,5 ming kishi
🔸 boshqa millatlar – 426,4 ming kishi

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbarining rasmiy kanali


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#yurist_xizmati

MAGISTR TALABASINI ISHLASHINI TAQIQLOVChI QOIDA BORMI?

Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Magistratura 1-bosqich talabasi maktabda muayyan muddatga 1 stavka ishga qabul qilingan. Ammo magistraturadagi o‘qish davri maktab darslariga ba‘zan xalaqit qildi. Shu sababli unga 10 soat dars berilsa, qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi. Magistratura 2-bosqich talabasi aslida o‘rindosh qilib ishga olinishi kerakmi yoki asosiy qilibmi? Dars soatlari taqsimlashda unga 3271 bo‘yicha 10 soat dars berilgan.

YURIST JAVOBI:

Magistratura talabasining ishlashini taqiqlovchi qoida yo‘q.

U bemalol asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.

Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat № 402, 29.01.1998 y.)ga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar bo‘limida yoki shunga mas’ul etilgan shaxsda saqlanadi. O‘rindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.

🙅‍♂ Mehnat kodeksi 115-moddasiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Shuningdek normaning ikkinchi qismiga asosan olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

💁‍♂ Endi qarang! Magistrantning asosiy vazifasi ta’lim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan bo‘sh vaqtlaridagina ishlashga haqli. An’anaviy yoki masofaviy shaklda o‘qishning o‘qishning ahamiyati yo‘q. Har ikki holatda ham asosiy vazifa o‘qish.

Mehnat kodeksi 118-moddasiga ko‘ra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarni nazarda tutgan.

Shunga ko‘ra magistrant OTMdagi darslari qo‘yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Biroq o‘qish soatlari va ish yuklamasi bir biriga halal bermasa, 1 stavkada ishlash mumkin. Bunga MK 118-moddasi asos bo‘ladi.

Manba

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? - mutaxassis bilan suhbat.
Sirtqi ta‘limda o‘qiyotgan talabalarni maktabga ishga olish mumkinmi?
4 kurs talabalari ham to‘liq stavkada ishlashi mumkinmi?
Ikkita maktabda 1 stavkadan dars o‘tishim mumkinmi?
Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi kerak?
Maktab xodimlarining oylik ish haqi qancha?


👉 @geografiya_test_video_slayd