GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Bilasizmi | #Yurist_javobi

📌 4-KURS TALABASI HAM TO‘LIQ STAVKADA ISHLASHI MUMKINMI?

Assalomu aleykum. Savolim bor edi. Pedagogika institutida 4-bosqich talabasiman. Sentyabr oyidan maktabga ishga kirdim. Menga 21 soat dars berishdi. Dekabr oyigacha menga asosiy ishchi sifatida o’rta maxsus ma’lumotli xodim oyligini berishdi. Yanvar oyidan 10 soatimga to’liq, 11 soatimga vakant hisobidan yani 75% to’lashyapti. Shu to’g’rimi? Xozir amaliyotdaman. Menga to’liq to’lashlari uchun huquqiy asos ko’rsatsangiz. Oldindan raxmat.

❗️YURIST JAVOBI:

Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, siz 4-kursda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlisiz

💁‍♂ Biroq sizga o‘rta maxsus ma’lumotli xodim qatori haq to‘lanadi.

➡️ Endi stavka masalasiga kelsak, talabaning asosiy vazifasi ta’lim olishdir. An’anaviy, masofaviy ta’lim yoki amaliyotda bo‘lsin, farqi yo‘q.

❗️Asosiy vazifa o‘qish. Mehnat kodeksi 118-moddasiga ko‘ra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarni nazarda tutgan.

Manashu qoidaga ko‘ra talaba ta’lim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda to‘liq stavkada ishlay olmaydi.

Bunda talaba OTMdagi darslari qo‘yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 6 soat, 7.2 soat (boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 5 soatlik ish haftasi uchun) vaqt sarflanadi.

Lekin sizga 75% ish haqi to‘lash mumkin emas. Bu darslar sizga soatbay asosida berilgan.

O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorga (ro‘yxat raqami 3157) muvofiq umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to‘lanadi.

❗️Diqqat qiling! Yuqoridagi qarorga muvofiq soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan.


👉 t.me/geografiya_JDPI