GEOGRAFIYA JDPU
135 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Izoh_
TENDENSIYA - [nem. Tendenz < lot. tendere – yo'nalmoq, intilmoq]
1. Taraqqiyot yo'nalishi; biror narsaga qiziqish, moyillik, intilish.
2. Ma'lum o'y-mulohaza, tasvir yoki asarning asosiy mazmuni, g'oyasi. Ma'lumki, 60–70-yillar davomida tarixiy kinolentalar yaratish sohasidagi ijodiy tendensiyalar yanada rivojlantirildi. (S. Xo'jaev, O'zbek tarixiy filmlari.) Bunday asarlarga qiziqishning siri esa, menimcha, turmushdagi ilg'or tendensiyalarni zamonga, kishilar talablariga hamohang. bo'ladigan tomonlarini topib, tanlab, saralab olib yozish bilan bog'liq. (N. Safarov, Jasoratning davomi.)

📮 @geografiya_JDPI
#Izoh
INTENSIV - [fr. intensif < lot. intensio – g'ayrat qilish; kuchayish] 1 Ortiq darajada jadal, tez, qizg'in. Intensiv harakat. Intensiv tebranishlar. O'zbek tilini xorijliklarga intensiv o'rgatish kurslari. Ko'pgina xo'jaliklar chorvachilikni intensiv rivojlantirish yo'liga o'tib, yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Gazetadan. 2 Eng ko'p mahsul beradigan, serunum. Dehqonchilikning intensiv tizimi.

📮@geografiya_JDPI