Forwarded from GEOEDU.UZ
#yurist_xizmati
❓MAGISTR TALABASINI ISHLASHINI TAQIQLOVChI QOIDA BORMI?
Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Magistratura 1-bosqich talabasi maktabda muayyan muddatga 1 stavka ishga qabul qilingan. Ammo magistraturadagi o‘qish davri maktab darslariga ba‘zan xalaqit qildi. Shu sababli unga 10 soat dars berilsa, qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi. Magistratura 2-bosqich talabasi aslida o‘rindosh qilib ishga olinishi kerakmi yoki asosiy qilibmi? Dars soatlari taqsimlashda unga 3271 bo‘yicha 10 soat dars berilgan.
YURIST JAVOBI:
❌ Magistratura talabasining ishlashini taqiqlovchi qoida yo‘q.
✅ U bemalol asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.
Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat № 402, 29.01.1998 y.)ga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar bo‘limida yoki shunga mas’ul etilgan shaxsda saqlanadi. O‘rindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.
🙅♂ Mehnat kodeksi 115-moddasiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek normaning ikkinchi qismiga asosan olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
💁♂ Endi qarang! Magistrantning asosiy vazifasi ta’lim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan bo‘sh vaqtlaridagina ishlashga haqli. An’anaviy yoki masofaviy shaklda o‘qishning o‘qishning ahamiyati yo‘q. Har ikki holatda ham asosiy vazifa o‘qish.
Mehnat kodeksi 118-moddasiga ko‘ra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
❌ Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarni nazarda tutgan.
✅ Shunga ko‘ra magistrant OTMdagi darslari qo‘yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Biroq o‘qish soatlari va ish yuklamasi bir biriga halal bermasa, 1 stavkada ishlash mumkin. Bunga MK 118-moddasi asos bo‘ladi.
Manba
🏷 Mavzuga aloqador postlar:
• Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? - mutaxassis bilan suhbat.
• Sirtqi ta‘limda o‘qiyotgan talabalarni maktabga ishga olish mumkinmi?
• 4 kurs talabalari ham to‘liq stavkada ishlashi mumkinmi?
• Ikkita maktabda 1 stavkadan dars o‘tishim mumkinmi?
• Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi kerak?
• Maktab xodimlarining oylik ish haqi qancha?
👉 @geografiya_test_video_slayd

#DOKTORANTURA_2021
Doktoranturaga kirish istagidagilar diqqatiga!!!
⚡️ Joriy yilda doktorantura imtihonlari an’anaviy (oflayn) tarzda oʻtkaziladi
📝 Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an’anaviy (oflayn) tarzda boʻlib oʻtadi.
🎥 Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya) oʻtkazish choralari koʻriladi.
⛔️ Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi.
〰️〰️〰️〰️
#FAQ
❓Bir tayanch doktorant oʻz yoʻnalishidan boshqa yoʻnalishga «perevod» qilishi mumkinmi?
✅ Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka toʻgʻri kelmaganligi sababli koʻchirish mumkin emas.
〰️〰️〰️〰️
❓Mustaqil tadqiqotchi boʻlgan izlanuvchi tayanch doktoranturaga oʻqishga topshirishi mumkinmi?
✅ Normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkinligi va mumkin emasligi toʻgʻrisida normalar berilmagan. Shu munosabat bilan, hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.
〰️〰️〰️〰️
❓Stajyor tadqiqotchilikda oʻqiyman. Ilmiy maqolalarim, ilmiy ishim ancha oldinlagan. Doktoranturaga kirishga menda imtiyoz bormi?
✅ Stajyor tadqiqotchilik ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda oʻqigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.
Manba
👉 http://t.me/geografiya_JDPI

Super kontrakt miqdori.pdf
973.9 KB
#kontrakt
⚡️Super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi
2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.
Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilandi. Mazkur chegirma sirtqi hamda kechki ta‘lim shaklida shu jumladan super kontrakt bo‘lib tahsil olayotgan talabalar uchun ham amal qiladi.
Eslatma: Super kontrakt uchun ariza topshirishning so‘nggi muddati 1-oktabr etib belgilandi

#diqqat
⚡️⚡️ DIQQAT E‘LON
Oliy o'quv yurtlariga tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lgan abituriyentlar va attestatsiya jarayonidan yuqori ballni qo'lga kiritmoqchi bo'lgan o'qituvchilarni Geografiya fani bo'yicha tashkil etilayotgan o'quv kurslarimizga taklif qilamiz.
❗️Dars mashg'ulotlari Jizzax davlat pedagogika institutining malakali professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladi.
ℹ️ Qo'chimcha ma'lumot va bog'lanish:
@geomurojatbot | @frilanser_uzb
+998901800535 | +998935918567

Shoshiling, joylar soni cheklangan.
📍Manzil: Jizzax shahri, Yoshlar hiyoboni.ℹ️ Qo'chimcha ma'lumot va bog'lanish:
@geomurojatbot | @frilanser_uzb
+998901800535 | +998935918567
#PhD_DSc
🎓 DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL DAVOM ETMOQDA
🗂Respublika ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2022-yil uchun hujjat topshirish davom etmoqda.
📩Eslatib o‘tamiz, hujjatlar onlayn tarzda oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi – www.phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.
⏳Hujjatlar qabuli 15-OKTABRga qadar davom etadi.
📌Ma’lumot uchun, 2022-yilga ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari uchun qabul kvotalari IKKI BAROBARGA oshirilgan bo’lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar uchun quyidagicha tasdiqlangan:
🔹Tayanch doktorantura (PhD) – 1613 ta;
🔸Doktorantura (DSc) – 123 ta;
🔹Maqsadli doktorantura – PhD – 204 ta, DSc – 9 ta;
🔸Stajyor-tadqiqotchi – 292 ta.
📥Talabgorlardan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq belgilangan hujjatlarni tizimga kiritish talab etiladi.
☝️Oiy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotganlarga beriladigan stipendiyalar miqdori quyidagicha:
✔️Stajyor-tadqiqotchilarga – 3 912 720 so‘m,
✔️Tayanch doktorantlarga – 4 419 894 so‘m,
✔️Doktorantlarga – 5 647 140 so‘m.

GEOGRAFIYA JDPU
#PhD_DSc 🎓 DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL DAVOM ETMOQDA 🗂Respublika ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2022-yil uchun hujjat topshirish davom etmoqda.…
#izoh
❗️IZOH
🔰 oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;
🔰 oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;
🔰 stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
🔰 tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
🔰 doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
🔰 mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
🔰 stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
🔰 doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
🔰 mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
🔰 izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
🔰 oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi boʻyicha hisobotlarni shakllantirish boʻyicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga moʻljallangan axborot tizimi.

#iqtibos_time
Dunyoda bitta kasb bor – oʻqituvchilik.
Qolgan kasblar uning hosilasidir!
👉 t.me/geografiya_JDPI
Dunyoda bitta kasb bor – oʻqituvchilik.
Qolgan kasblar uning hosilasidir!
👉 t.me/geografiya_JDPI
#PhD_DSc
MUHIM‼️
Bugun oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirishning so‘ngi kuni
⚡️ Bugun, 20-oktabr Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali soat 24:00 gacha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha hujjatlarni respublika oliy ta’lim muassasa va ilmiy tashkilotlariga yuborishning so‘ngi kuni.
⌛️Bugun mana shu belgilangan vaqt oraligʻida hujjatlar tegishli muassasalarga yuborilib, ular tomonidan hujjatlar qabul qilingan boʻlishi shart.
❗️Aks holda hujjatlar OTM va ilmiy tashkilotlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, platforma yopilgandan soʻng hujjatlarni qayta tahrirlab yuborish imkoni boʻlmaydi.
Ma’lumot uchun: Hujjatlar topshirilayotgan ta’lim muassasalari tomonidan tekshirib, qabul qilinadi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.

Geografiya.pdf
240.8 KB
#abituriyent
⚡️ 2022/2023-o‘quv yili uchun Oliy ta‘lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarida Geografiya fanidan foydalaniladigan test varianti tafsiloti e’lon qilindi
*Izoh: Mazkur hujjatga aprobatsiya natijalari hamda vakolatli davlat tashkilotlarining tegishli qaror va buyruqlariga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
🏷 Boshqa fanlar uchun
Manba: DTM rasmiy sayti

📌 ABITURIYENTLAR UCHUN GEOGRAFIYA FANIDAN TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI
✅ Mazkur adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.
Izoh: Abituriyentlar uchun 2022/2023 o‘quv yili kirish test sinovlarida Geografiya fani mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarda yuqoridagi darsliklar asosida test savollari tuziladi.
📚 Boshqa fanlar uchun darsliklar ro'yxati
P. S. Rus va qoraqolpoq tilidagi darsliklar ro‘yxatini kommentariyda qoldiraman.
🏷 Mavzuga aloqador postlar:
• 2022/2023-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida Geografiya fanidan foydalaniladigan test varianlari tafsiloti
• Geografiya fanidan maktab darsliklari va o‘quv atlaslarining elektron varianti
• Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar
• Geografiya fanidan tezkor o'quv kurslari

Tug’ilgan kuning bilan, padar la’nat! Ilohim umring qisqa va mazmunsiz bo’lsin. Tezroq o’lib ket😀
P.S.: Aynan 2019-yil 17-noyabr kuni ilk bora Covid-19 infeksiyasi aniqlangan edi!
t.me/geografiya_JDPI

#Qonunchilik_yangiliklari
❗️Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi
Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).
Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.
Manba: Edu.uz rasmiy sayti

#eslatma | #yangilik | #foydali_tavsiya
📌 GEOGRAFLAR UCHUN FOYDALI BOT
Mazkur botda sizga eng ko‘p kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni jamlashga harakat qildik
💠 Bot menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🔹DTM testlar
▪️1-qism
▪️2-qism
🔹Onlayn (Quiz) test savollari
▪️Geografiya
▪️Tarix
🔹Geografik atamalarning izohli lug‘ati
▪️1-qism
▪️2-qism
🔹Maktab darsliklari
▪️Geografiya
▫️1-sinf |▫️6-sinf
▫️2-sinf |▫️7-sinf
▫️3-sinf |▫️8-sinf
▫️4-sinf |▫️9-sinf
▫️5-sinf |▫️10-sinf
▪️IBA va Tadbirkorlik asoslari
▫️8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari
▫️9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari
▫️11-sinf Tadbirkorlik asoslari
🔹O‘quv atlaslari
▪️5-sinf
▪️6-sinf
▪️7-sinf
▪️8-sinf
▪️9-sinf
🔹Boshqa adabiyotlar
🔹Amaliy mashg‘ulot darslari
🔹Taqvim mavzu rejalar (excel/pdf)
🔹Kundalik.com da ish yuritish (video)
🔹Zamonaviy metodlar to‘plami
🔹Ko‘rgazmali qurollar to‘plami
▪️5-sinf uchun
▪️6-sinf uchun
▪️7-sinf uchun
▪️8-sinf uchun
▪️9-sinf uchun
▪️10-sinf uchun
▪️Boshqa turdagi ko‘rgazmalar
🔹Oliy ta‘lim
🔹Xalq ta‘limi
🔹Abituriyent
🔹Eng muhim qonun hujjatlari
◾️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
◾️Ta'lim to'g'risidagi qonun (2020-y.)
🔹Frilanser xizmatlari
🔹E‘lonlar va takliflar
🔹Murojaatlar uchun
ℹ️ Shartli belgilar izohi:
🔹asosiy menyu buyruqlari;
▪️asosiy menyu buyruqlari tarkibi;
▫️asosiy menyu buyruqlari tarkibini tashkil qiluvchi buyruqlar.
Bot manzili: @geograflar_uchun_bot
❗️Botdagi ma‘lumotlar bazasi doimiy tarzda yangilanib (boyitib) boriladi.
P. S. Foydalanib ko‘ring, agar biroz bo‘lsada ma‘qul kelsa do‘st va yaqinlarga ham ulashing.
👉 @geografiya_test_video_slayd kanali — siz azizlarga eng yaxshilarini taqdim etish uchun har doim harakatda!

#geo_izoh
Geotektura (geo... va lot. tectura - qoplam) — Yerning eng yirik relyef shakllari: materiklar va okean botiqlari. Relyef elementlarining shakllanishi umumsayyoraviy (planetar) kuchlar bilan bogʻliq.
Morfostruktura (yunoncha: morphe -shakl va structure - tuzilish) — yer yuzasi relyefining uzoq, geologik davr mobaynida endogen va ekzogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri natijasida, xususan endogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan qismlari. Bunday ko‘rinishdagi relyef shakllariga qirlar, yassi togʻlar, togʻ zanjirlari, tizma togʻlar, togʻ vodiylari, platolar, pasttekisliklar, botiq va boshqalar misol bo‘la oladi.
Morfoskulptura - (yunoncha: morph "shakl", lotincha sculptura - "haykal, o'ymakorlik") — asosan tashqi omillar (oqar suvlar, yer osti suvlari, shamollar, muzliklar, doimiy muzloqlar, nurash va b.) tasirida paydo bolgan qiyosan kichik reylef shakllari. Masalan, jar, yassi jar, morena tepaligi, barxan, dyuna, do`ng qum, karst voronkalari va h.k.
👉 @geoedu_uz

Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik
DIQQAT! MUHIM‼️
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi
🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.
✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Muhim
#Qonunchilik_yangiliklari
Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
➡️ Unga koʻra, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Transformatsiya ofisi tashkil etiladi.
📌 Shuningdek, universitet tarkibida
🏛 agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;
🏛 muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti;
🏛 pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
✔️ Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

Uza.uz
Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar
⚡️RASMIY XABAR
24 yanvardan boshlab maktablar va OTMlar bir oy davomida «Onlayn» faoliyat olib boradi
__________________
С 24 января в Узбекистане ученики общеобразовательных школ и студенты высших учебных заведений перейдут на онлайн-обучение