GEOGRAFIYA JDPU
134 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Bu_qiziq
☝️Chapaqaylar haqida 5 ta fakt:

🔵 Yer yuzi aholisining 10 foizi chapaqaylardir.

🔵 Mashhur chapaqaylar: Napoleon, Lionardo da Vinchi, Mikelanjelo, Eynshteyn, Nyuton, Bill Geyts, Oprah Winfrey, Obama va Jimi Hendrik.

🔵 1996-yildan beri 13-avgust "Chapaqaylar kuni" sifatida nishonlanadi.

🔵 Tadqiqotlarga ko'ra, muddatidan oldin tug'iluvchi chaqaloqlar ko'pincha chapaqay bo'lar ekan.

🔵 Kengrularning deyarli barchasi hamma vaqt chapaqay bo'ladi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq
🐆 Гепард энг тезкор ҳайвондир. Унинг тезлиги 130км/соатгача етади. У 2 секундда 75км/соат тезликка эриша олади. ✔️

♻️ Тошкентдан Андижонгача (450км) масофани 3,5 соатда босиб ўтади. Йиртқич ҳайвонларнинг ,,афросиёб"и...

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bu_qiziq
BUYUK XI
TOY DEVORI

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida qad rostlagan, Sariq dengizdagi Lyaodun qo‘ltig‘idan boshlanib, g‘arb tomon cho‘zilgan
bu mudofaa devori ko‘hna Chin me’morchiligining ulkan va noyob namunasidir. U miloddan avvalgi IV-III asrlarda hoqon Sin Shi Xuandiy farmoniga binoan, tashqi dushmanlar tajovuzidan saqlanish, chegaralarni mustahkamlash, savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida tiklangan. Bu ishga ikki milliondan ortiq kishi, jumladan, ko‘plab askarlar va qarollar ham jalb etilgan. Ular kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlashgan. Bunyodkorlik yumushlari bir necha asrlar davomida olib borilgan. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, devorga ilk tamal toshi qo‘yilgan davrda qurilish texnikalari rivojlanmagan, ikkinchidan, u vaqt o‘tgani sayin qor-yomg‘ir va shamollar ta’sirida yemirilgan. Ustiga-ustak, yog‘iylar ko‘p bor hujum qilib, ayrim qismlarini buzib ketishgan. Shunga qaramay, devor miloddan avvalgi II va I asrlarda g‘arbga tomon 500 kilometrga uzaytirilgan. XIV-XV asrlarda uni qurish va mustahkamlash ishlari davom ettirilgan. 1953 yili esa Pekinga yaqin bo‘lagi ta’mirlangan.

Buyuk Xitoy devori ikki qavatli bo‘lib, balandligi 6,6 metr, ayrim joylari bundan-da balandroq. Poydevorining kengligi – 6,5 metr, ustki qisminiki – 5-5,5 metr. Uzunligi qariyb 6 ming kilometrga teng. Devor mamlakat poytaxti Pekin shahridan 40-45 kilometrcha shimoli-g‘arbda janubi-g‘arbga buriladi, so‘ngra Su’jou shahridan o‘tib, Gansu o‘lkasidagi Szya­yuyguan qal’asida tugaydi. U taroshlangan qattiq va rangdor tog‘ jinslari, g‘ishtlar hamda loydan ko‘tarilgan. Har 60-100 metrda minoralar, muhim strategik ahamiyatga ega hududlar va tog‘li yo‘llar yoqasida istehkomlar mavjud bo‘lgan. Inshoot nihoyatda qalinligibois ustidan jang aravalari, otliq qo‘shinlar bemalol saf tortib o‘tishgan.

Bu devor haqida talay doston va rivoyatlar ham to‘qilgan. Ulardan birida aytilishicha, qurilish boshlangan dastlabki kezlarda ish yurishmay, devor o‘z-o‘zidan qulab tushaveribdi. Bundan ajablangan hoqon ko‘pni ko‘rgan allomalarni mashvaratga to‘plab, maslahat qilibdi. Shunda donishmandlar oqsoli hech kimning xayoliga kelmagan g‘alati bir taklif kiritibdi. Aniqrog‘i, devor ostiga endigina turmush qurgan yigit yoki qizni ko‘mib, qurbon qilishzarurligini, ana shundagina muddaoga erishish muqarrarligini aytibdi. Hoqon amriga ko‘ra, mulozimlar nihoyatda go‘zal qizga uylanayotgan Van ismli bir yigitni topib kelishibdi. So‘ngra uni mo‘miyolab, devor ostiga ko‘mishibdi. Qarabsizki, istehkom qulamaydigan bo‘libdi, bora-borauzunligi o‘n ming li(to‘rt million metr)ga yetibdi. Alqissa, u xitoy tilida “Van li chongchang” deb nomlanibdi. Bu “O‘n mingli uzunlikka ega devor” degan ma’noni anglatadi. Unga Vanning oti qo‘shilgani uchunmi, keyinchalik Xitoyda bu ism ramziy ma’noda keng tarqalib ketadi.

Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida esa jahongir Iskandar Chin mamlakatining Qirvon Navohisi aholisini ya’juz-ma’juzlar zulmidan asrash uchun tarkibi mis, qalay, rux, temir hamda toshlardan iborat mustahkam va muhtasham istehkom qurdirgani hikoya qilinadi. Albatta, asarda “Saddi Iskandariy” deya tilga olingan, aslida“Buyuk Xitoy devori” nomi bilan mashhur bo‘lgan ulkan inshootga oid ma’lumotlar afsonaviy tarzda bayon etilgan. Shunga qaramay,
bu dalillar mazkur devorning o‘taqadimiyligidan va azal-azaldan olamaro mashhurligidan dalolat beradi

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

Япон мўжизаси....🤔

🇯🇵 Японияда биноларнинг зилзила вақтида чидамлилигига қойил қолмасдан иложи йўқ....

👉 @geografiya_JDPI 👈
🎥#Bu_qiziq

Ушбу видеода мамлакатларнинг Ялпи ички маҳсулоти таққосланган. Графиканинг бунақа кўринишида уларни қиёслаш жуда осон ва қизиқ. Маълумот учун, Ўзбекистоннинг 2019 йилдаги ЯИМ ҳажми 511 838,1 млрд сўмни ташқил қилган.


👉 @geografiya_JDPI 👈


https://www.youtube.com/watch?v=P46pUs5kWj8
#Bu_qiziq

Osiyo davlatlari pasportlari qanday rangda?

👉
@geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq
Бундан бир йил олдин Европа осмонидаги самолёт парвозлари динамикаси ва ҳозирги ҳолат!

👉 @geografiya_JDPI 👈
​​#Bu_qiziq

Nega Filippin bayrog'idagi ranglarning joyi almashib turadi?

Bayroqdagi sakkiz qirrali quyosh Ispaniya bilan urushda bosh ko'targan ilk provinsiyalarni, uchta yulduz Filippinni tashkil qiluvchi uchta orollar guruhi : Luson, Visay va Mindanaoni, oq uchburchak - soflik va tinchlikni, ko'k va qizil - vatanparvarlik va mardlikni anglatadi.
Urush yoki harbiy holat paytida qizil rang tepada, ko'k rang esa pastda tasvirlanadi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bu_qiziq
​Yaponiya iqtisodiyoti shu darajaga yetganki, ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari 47 xil usulda ishlab chiqariladi. Sababi mamlakat 47 ta prefekturadan iborat bo'lib, mahsulotni ishlab chiqarishda har bir prefekturaning o'ziga xosligidan kelib chiqiladi va hududga qarab mahsulotga asosiy 5 ta modda: tuz, shakar, soya sousi, sirka va miso pastasi turlicha qo'shiladi.

Masalan, rasmdagi Kikkoman va Kalbi firmalari hamkorlikda ishlab chiqaruvchi soya sousi qo'shilgan chipslarni olaylik. Har bir prefektura odamlarining achchiqni qay darajada yaxshi ko'rishiga qarab,
bu chipslar ham qayergadir ko'proq sous qo'shilgan holda, qayergadir esa aksincha qilib ishlab chiqariladi. Umuman olganda, Yaponiyada "47 xil ta'm" seriasi - ishlab chiqaruvchilar uchun juda muhim.

👉 @geografiya_JDPI 👈
Geografiyadan ajoyib Zakovat savollari.docx
19 KB
#Bu_qiziq

Geografiyadan ajoyib Zakovat savollari.


Kanal manzilimiz 👇👇👇
https://t.me/geografiya_test_video_slayd

Murojaat uchun👇👇👇
📮https://t.me/GeoMurojatbot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

1955 - yillarda globus tayyorlash jarayoni.


👉 @geografiya_JDPI 👈
​​#Bu_qiziq

Samalyot derazalari nega yumaloq shaklda? 🛩

1950 - yillarning boshlarida de Havillend "Kometa" nomli samalyotni ishga tushirdi. Haqiqiy aviatsiya moʻjizasi deb hisoblangan bu samalyot, bir yil o'tgach havoda parchalanib ketadi. Bir necha oy o'tgandan keyin bu hol yana ikkita samalyotda kuzatildi. Muhandislar har bir samalyotni o'rganib, tashxis qo'yishdi va muammoni topdilar. Samalyotdagi aynan kvadrat oynalar avariyaga sabab deb ko'rsatildi.

Gap shundaki, deraza burchaklarida katta bosim boʻlib, u parvoz paytida yanada kuchayadi. Muhandislar ushbu muammoni oynalarni yumaloqlashtirish orqali bartaraf qilishdi. Buni yordamida esa parvoz qilish ancha xavfsiz boʻldi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

Geometriya fanini zerikarli deganlar uchun maxsus fokus...

A'lochi bo'lgan yaqinlaringizga yuboring,xush vaziyatni qanday izohlashar ekan?..🤔

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq
INSONIYAT TARIXIDAGI ENG KATTA 100 IMPERIYA.

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

Arximed qonuni mavzusi qiyin degan o'quvchilarga jo'natamiz.

Bu qonunni qarg'a ham bilarkan :)


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bu_qiziq | #virtual_Uzbekistan

📡 O'zbekistonga virtual sayohat uyushtiring! Bu sayt bilan O'zbekistonning turli nuqtalaridan turib 360 gradusda atrofni tomosha qilishingiz mumkin.

📍LINK: Uzbekistan360.uz


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bu_qiziq

📌 Tabiat ishlariga aralashish oqibati

1926-1935 yillar oralig‘ida AQSHning Yellow Stone milliy qo‘riqxonasida bo‘rilarni ovlashga ruxsat beriladi. Natijasi hayratlanarli: bo‘rilar yo‘qligi natijasida, bug‘ular va kiyiklar ko‘payib ketadi. Ularni ko‘payib ketishi esa ular uchun ozuqa yetishmovchiligiga olib keladi.

Bug‘ular atrofdagi o‘simliklarni ham yeyishga majbur bo‘lishadi va bu o‘z navbatida yer yuzasida o‘zgarishlar natijasida daryo bo‘ylarida yemirilishlar sodir bo‘la boshlaydi. Bug‘ular daraxt barglarini yeyishlari natijasida qushlar in qurmay qo‘yadilar. Boshqa joylarga ko‘chib ketadilar. Buning natijasida esa qumursqalar ko‘payadi. Qisqasi butun ekotizim ishdan chiqadi. Bularning barchasi birgina bo‘ri yo‘qligi tufayli.

Amerika hukumati 1995 yilda bo‘rilarni qo‘riqxonaga qayta olib kirishga majbur bo‘ladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bu_qiziq | #virtual_Dunyo

📡 Dunyo bo'ylab bir qancha shahar kameralariga kirib, ko'plab joylarni online tomosha qilishingiz mumkin.

Dunyoni ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib sayt

📍LINK: skylinewebcams.com


👉 t.me/geografiya_JDPI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

❄️ Sun’iy qor hosil qilish

P. S. Tayyorlash usuli noma’lum, agar siz bilsangiz bizga yozib yuboring.


👉 t.me/geografiya_JDPI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq | t.me/geografiya_JDPI

Qumning kattalashtirilgan ko‘rinishi