GEOGRAFIYA JDPU
138 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Geo_izoh

KONFLIKT - [lot. conflictus – to'qnashish; qarama-qarshilik] Qarama-qarshi tomonlar, fikr, kuch va sh. k. ning to'qnashuvi; jiddiy kelishmovchilik, keskin nizo; xalqaro munosabatlarda ba'zan qurolli to'qnashuvlargacha olib keladigan janjal, mojaro. Chegara konflikti. Dramatik konflikt.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Geo_izoh
EKLIPTIKA - [yun. ekleiptike < ekleipsis – tutilish (mas., quyosh)]. Osmon sferasida Quyoshning ko'rinma yillik harakati ko'chib turadigan katta doirasi; bu doira yerning Quyosh orbitasi bo'ylab harakatini aks ettiradi. Osmon sferasida Quyosh markazi yil davomida siljib boradigan katta aylana ekliptika deb ataladi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Geo_izoh

REMILITARIZATSIYA - [re.. + militarizatsiya] siyos. Avval qurolsizlantirilgan (demilitarizatsiya qilingan) davlat qurolli kuchlari va harbiy imkoniyatlarini qayta tiklash; qayta qurollantirish.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Geo_izoh
Mezosfera (yunoncha mezos - o'rta, sfera - shar) - atmosferaning stratosfera bilan ionosfera oralig'idagi qatlami, balandligi 50-55 km dan 80 km gacha. Harorat quyi qismida 0° daraja bo'lsa, yuqori qismida -90° darajaga yetadi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Geo_izoh

Карст - эрувчан тоғ жинисларига сув таъсир этиши туфайли юзага келувчи табиий географик жараёни. Ушбу атама Болқон ярим оролидаги охактошли (юра даврига хос) Карст платоси номидан келиб чиққан бўлиб, у детопоним, яъни географик номларнинг терминларга, оддий турдош отларга айланиши туфайли юзага келгандир.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Geo_izoh

Iqtisodiy rayon - mamlakatning bir qismi bo‘lib, xalq-xo'jalik tarmoqlari o'rtasida har tomonlama aloqa bog'laydigan, umumdavlat miqyosida o'ziga xos ixtisoslashgan, hududiy ishlab chiqarish kompleksini o'z ichiga oladi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Geo_izoh

Jentrifikatsiya-shaharning eski, kambag'allar yashaydigan qismlarini rekonstruksiya qilish va sifatini oshirish jarayoni.

👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

📖 KOMBINAT - [lot. combinatus – qo'shilgan, birlashtirilgan] Bir-biriga uzviy bog'langan, birining mahsuloti ikkinchisiga xomashyo bo'ladigan bir necha turli tarmoqdagi muassasa, korxona va shu kabilarni birlashtiruvchi yirik tashkilot.
Masalan: Sellyuloza-qog'oz kombinati; Go'sht-sut kombinati; To'qimachilik kombinati.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

📖 KOMBINAT - [lot. combinatus – qo'shilgan, birlashtirilgan] Bir-biriga uzviy bog'langan, birining mahsuloti ikkinchisiga xomashyo bo'ladigan bir necha turli tarmoqdagi muassasa, korxona va shu kabilarni birlashtiruvchi yirik tashkilot.
Masalan: Sellyuloza-qog'oz kombinati; Go'sht-sut kombinati; To'qimachilik kombinati.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

FURFUROL - (lot. furfur — kepak, qipiq va oleum — moy), yogʻoch qirindilari, makkajoʻxori soʻtasi, kungaboqar poʻchogʻi va sh.k. lardan olinadigan, javdari non hidi keladigan och sariq rangli suyuqlik; organik birikma (kimyo va neft sanoatida ishlatiladi). Endilikda suyuqlik shaklidagi furfurol paxta chigiti va chigit toʻfonidan olinadi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

FERROQOTISHMALAR - [ferro.. + qotishma] Temirning boshqa elementlar (kremniy, marganets, xrom, molibden, vanadiy va b.) bilan qotishmalari.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

KAUCHUK - [ingl. caoutchouc < isp. caucho < indeyscha kay – daraxt + uchu – yig'lamoq, oqmoq] Ba'zi o'simliklarning (mas., ko'ksag'izning) shirasidan olinadigan yoki sun'iy yo'l bilan tayyorlanadigan, murakkab kimyoviy tarkibli elastik modda (rezina tayyorlash uchun ishlatiladi). Tabiiy kauchuk. Sintetik kauchuk.

Izoh: Suratda kauchukning olinishi va xomashyo holati tasvirlangan.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

IRRIGATSIYA - [lot. irrigatio – suv qo'yish; sun'iy sug'orish] Suvsiz yerlarga suv chiqarish, dalalarni, ekin maydonlarini sug'orish ishlari.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Antarktika — janubiy sovuq o‘lka, uning maydoni 52,5 mln kv km. Antarktikaga Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash qismlari, shuningdek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi.

Antarktida — yaxlit muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln kv km. Antarktida Janubiy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda joylashgan yagona materik.

Qo‘shimcha + | Antarktika | Antarktida


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

KOOPERATSIYA - [lot. cooperatio – sheriklik; hamkorlik] O'zaro bog'langan ishlab chiqarish jarayonida yoki sanoat tarmoqlarida kishilarning yoki tashkilotlarning hamkorlik asosida ishlashini tashkil etish shakli.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Fraxt – suv yo‘lida yuk tashish haqi. Bu haq yukning og‘irligi, qancha masofaga tashilishi, hajmi, kemada tashish vaqti miqdoriga ko‘ra belgilanadi. O‘zbekiston chetga sotgan mollarni chet el kemalarida tashib, ko‘p mablag‘ sarflashga majbur bo‘lmoqda.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Investitsiya - xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli.

Eksport - tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi.

Import - chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni olib kelish.


👉 @geografiya_test_video_slayd