GEOGRAFIYA JDPU
137 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
⚡️Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 3 kun ketma-ket dam olishadi

2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli Prezident Farmoniga binoan, 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.

Demak, 29 avgust – shanba kuni, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 31 avgust – dushanba kuni esa, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Shunday qilib Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar quyidagi 3 kunda ketma-ket dam olishadi:

30 avgust – yakshanba (dam olish kuni);

31 avgust – dushanba (barcha uchun ko‘chirilgan dam olish kuni);

1 sentyabr – seshanba (Mustaqillik bayrami).


t.me/geografiya_JDPI
#Brifing

⚡️AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va sohaga oid savollarga javob qaytardi:

______________________

Magistraturaga kirishda mutaxassislik fani bilan xorijiy tildan imtihonlar bir kunda bo‘ladimi yoki alohida o‘tkaziladimi?

❗️Hozirgi kundagi pandemiya holatlari, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari bir kunda topshiriladi.

______________________

Magistraturaga kirish imtihonini topshirish uchun ruxsatnomani qaysi saytdan yuklab olish mumkin?

⛔️ 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun RUXSATNOMA JORIY ETILMAYDI.

📲 Talabalar o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga elektron tizim orqali kirib, kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joy va muddat to‘g‘risida axborot olishlari mumkin bo‘ladi.

📗 Talabalardan kirish imtihonlariga pasporti bilan kelishlari talab etiladi.

______________________

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarda yashovchi talabalarga 4 mln. so‘mgacha belgilangan chegirmani olish uchun qanday ma’lumot kerak va qaysi tashkilot tomonidan beriladi?

🧾 Talaba “temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan oila a’zosi ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni o‘zi tahsil oladigan OTM rahbariyatiga taqdim etishi zarur.

📢 “Temir daftar” ro‘yxatida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni olish uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari (ya’ni o‘zi yashab turgan hududiy bo‘linmasi)ga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.

______________________

Nega faqat kunduzgi talim shaklida o‘qiyotgan talabalarga 10% kontrakt puliga chegirma berildi? Sirtqi ta’limga bu yil o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq hujjat topshirilganku?

🚫 OTMlarda sirtqi va kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar asosiy ish o‘rni va o‘zlarini moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli ushbu chegirmadan foydalana olmaydi.

______________________

Oldingi o‘quv yillarida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar umumiy imtihonlardan 10 kun oldin suhbat asosida alohida vaqtda olinardi. Bu yil imtihonlar qanday tartibda bo‘ladi?

🗣 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish muayyan ta’lim yo‘nalishi test blokidagi fanlardan og‘zaki savol-javob orqali amalga oshiriladi.

📣 Bunda oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlarining o‘tkazish muddati va joyi to‘g‘risida axborot beriladi.

______________________

O‘qishga kirish uchun ball yetmay qolgan taqdirda superkontrakt tabaqalashtirilgan tizimi mavjud, lekin juda qimmat. Superkontrakt to‘lovini kamaytirish va superkontrakt to‘lovini 4 yoki 6 yil mobaynida bo‘lib to‘lash tartibini joriy etsangiz.

🔎 Avvalo bildirilgan taklif uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda amaldagi oshirilgan to‘lov-shartnoma (superkontrakt) to‘lovini to‘lashga doir hujjatlar zaruratga ko‘ra o‘zgartirilganda mazkur taklifingiz vakolat doirasida ko‘rib chiqiladi.

⚡️Ma’lumot o‘rnida, oshirilgan to‘lov-shartnoma (superkontrakt) asosida o‘qish ixtiyoriy bo‘lib, undan tushgan mablag‘lar OTMning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi bir qator xarajatlarga yo‘naltirilgan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Oliy ta’lim muassasalari xodimlari qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish pul mukofotlari ko‘rinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

👩🏻‍💼Pul mukofotlari, ustamalar va qo‘shimcha haqlar miqdori har bir xodimning oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.

💵 To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi — ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi mumkin.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#kun_mavzusi

⚡️Eng muhim xabarlar:

-To‘ylarda 30 kishidan ortiq odam yig‘ish mumkin emas.

-14-sentabrdan barcha maktablar ochiladi.

Tushungan tushundi😉


👉 @geografiya_test_video_slayd
#abituriyent

​​Abituriyent ruxsatnomasini olish endi yanada oson

📝 Abituriyentlar tomonidan telefon raqami yo‘qolganligi, telefon raqami ishdan chiqqanligi yoki shaxsiy kabinetga kirish parolini unutib qo‘yganligi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

👨🏻‍💻 Davlat test markazi tomonidan mazkur murojaatlar inobatga olingan holda, abitur.dtm.uz sayti orqali “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

🔖 Endi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

Bunda “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:

👉 pasport seriyasi;
👉 pasport raqami;
👉 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).

Mazkur imkoniyatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin:
https://abitur.dtm.uz/allow


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Test sinovlarini topshirish uchun Jizzax viloyatini tanlagan abituriyentlar So‘g‘diyona futbol stadionida imtihon topshiradilar.

Manzilga qanday borishni bilmayotganlar bo‘lsa quyidagi havola orqali aniqlab olishlari mumkin👇

📍https://goo.gl/maps/bUrfB4ttgU9Vn5K49


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Jizzax shahrida test sinovlari qayerlarda o‘tkazilishi rasman e’lon qilindi

Davlat test markazi 2 sentyabrdan boshlab oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari o‘tadigan Jizzax shahridagi hududlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Jizzaxda test sinovlarining barchasi "So‘g‘diyona" markaziy futbol o‘yingohida bo‘lib o‘tadi

📍Manzil: Jizzax shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 2-uy

➡️ 1-sektor. 1-30 guruhlar
➡️ 2-sektor. 31-68 guruhlar
➡️ 3-sektor. 69-108 guruhlar

📍Geolokasiya

1-sektor — o‘yingoh hududida 900 nafar, 2-sektor — futbol maydoni yugurish yo‘laklariga 1140 nafar va 3-sektor — sun’iy qoplamali mashg‘ulot maydoniga — 1200 nafar abituriyentlar uchun o‘rinlar tayyorlangan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOEDU.UZ
⚡️Maktablarda yangi o‘quv yili 14 sentyabrdan an’anaviy, shu bilan birga masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 avgust kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan alohida so‘rovnoma tuzilib, har bir ota-onaning fikri batafsil o‘rganildi. Bu tadbirda 5 million 500 ming nafar ota-ona ishtirok etdi. Ularning 76 foizi ta’lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya’ni an’anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lgan. 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma’qul ko‘rishgan.

Bundan tashqari, mazkur masala yuzasidan dunyodagi vaziyat ham o‘rganildi. Kuni kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda koronavirus kasalligi yana ikki yilgacha davom etishi mumkinligini bildirdi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish pandemiya sababli ko‘p davlatlarda to‘xtab qolgan ta’lim jarayoni oqibatlari kelgusida dunyo hamjamiyati uchun o‘ta og‘ir bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu degani barchamiz pandemiya sharoitida koronavirus bilan yashash, ishlash va farzandlarimizni o‘qitishga tayyor bo‘lishimiz kerak.

O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ham aksariyat pedagoglar bolajonlarning ko‘zi va qalblarini sog‘inganini, ta’lim va tarbiya berishga tayyor ekanini, maktablar ochilishini orziqib kutayotganini bildirishgan.

Shu xulosalardan kelib chiqib, maktablarda ta’lim jarayonini bir vaqtning o‘zida ikki xil shaklda tashkil etishga qaror qilindi. Ya’ni, aksariyat ota-onalar talabiga ko‘ra an’anaviy, shu bilan birga masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi.

– Mendan bugungi kun qahramonlari kim deb so‘rashsa, bu sog‘liqni saqlash xodimlari bilan bir qatorda hurmatli ustozlarimiz, deb aytgan bo‘lar edim,
– dedi Prezident yig‘ilishda.


👉 @geografiya_test_video_slayd
🤦‍♂Hech bo'lmasa bugun, erta shunday qilmasa bo'lar edi.

Ma’lumot uchun ertaga ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirishning oxirgi kuni.


👉 @geografiya_JDPI 👈
UZBEKISTAN-RUSS-2019-APREL.jpg
9 MB
🗺#xarita

O‘zbekiston Respublikasi siyosiy xaritasi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Agar OTMlar ham ochilib maktablar singari onlayn yoki an'anviydan birini tanlash imkonini berishsa siz qaysi ta'lim shaklini tanlaysiz?(Tanlagan variantingiz sababini izohda qoldirishingiz mumkin)
Final Results
64%
An'anaviy ta'lim shaklini tanlab o'qiyman
25%
Onlayn ta'lim shaklini tanlab o'qiyman
4%
Buni men hal qilmayman, Ota-onamdan maslahatlashishim kerak
7%
Menga farqi yo'q
#Bayram_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug‘ damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lishini, xonadoningizdan fayz-baraka arimasligini tilab qolamiz! Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan sharafli kasbingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan kanal ma’muriyati jamoasi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Jon O'zbekiston (UzHits.Net)
Ozodbek Nazarbekov
🎶#Musiqa

Ozodbek Nazarbekov - Jon O‘zbekiston


👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#texnologiya

Studentlar bop stol ekan. Bunaqa stolda istalgancha dars qilish mumkin. (Vrachlar tavsiyasisiz berilmoqda😜)


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Абитуриентларга муҳим эслатмалар!

#abituriyent

Эртага, 2 сентябрдан бошлаб тест синовлари ҳамда айрим йўналишларга ижодий имтиҳонлар бошланади. 1 ярим миллион талабгорлар билимда ўз омадини синаб кўришади. Шунга кўра, Телеграмдаги «Xushnudbek.uz» канали абитуриентлар учун энг муҳим эслатмаларни йиғиб чиқди:

👉 тест синовлари 2 сменада бўлиб ўтади:

1-смена — 08:00 дан 11:00 гача;
2-смена — 17:00 дан 20:00 гача.

👉 абитуриентларни тестга киритиш:

1-смена — 06:30 дан;
2-смена — 15:30 дан бошланади.

❗️Абитуриентлар тестга камида 1 соат вақтлироқ боргани ўзлари учун фойдали.

кечиккан абитуриентлар тест синовларига қўйилмайди;

👉 тестга кириш учун атиги 2 та ҳужжат кифоя қилади:

1) паспортнинг оригинали;
2) абитуриент рухсатномаси.

‼️ Паспорт нусхаси (копия), ҳайдовчилик ёки ҳарбий гувоҳнома каби ҳужжатлар ўтмайди. Албатта паспортнинг оригинали бўлиши керак;

👉 абитуриент рухсатномасини abitur.dtm.uz сайтидаги абитуриентнинг шахсий кабинетидан юклаб олиш мумкин (йўриқнома);

👉 агар шахсий кабинетга кира олмаётган бўлсангиз, унда янада осонроқ йўли abitur.dtm.uz/allow манзилидан ҳам юклаб олса бўлади;

☝️абитуриент рухсатномасида тест санаси, вақти, жойи, сектор ва гуруҳ рақами акс этган бўлади;

🖨 абитуриент рухсатномасини принтер орқали қоғозга чоп этиб олиш керак. Оқ-қора рангда чоп этса ҳам бўлади, рангли принтердан чиқариш шартмас;

❗️Абитуриент рухсатномаси абитуриент қайд варағи билан алмаштирмаслик керак. Ҳужжатнинг юқори қисмида «ABITURIYENT RUXSATNOMASI» деган ёзув бўлиши керак. Кўпчилик «ABITURIYENT QAYD VARAQASI» деган ҳужжат билан адаштириб қўйяпти;

📍 тестлар қайси стадион ва хиёбонларда бўлиши ҳамда уларнинг жойлашган жойини мана бу саҳифа орқали кўриш мумкин:
https://dtm.uz/page/stadionlar_2020

✏️ тестга ручка олиб бориш шарт эмас, ўша ерда тарқатишади;

👕 тестга кириш учун талаб этилган аниқ бир кийим (форма) йўқ. Абитуриентлар ўзига қулай кўринишда кийинишлари мумкин, кийим ранги ҳам муҳим эмас;

👉 тестда 2 та мутахассислик фанидан 30 тадан жами 60 та савол берилади. 1-фан учун 3,2 балл, 2-фан учун 3,1 балл. Максимал тўплаш мумкин бўлган балл - 189 балл.

тестга жами 3 соат вақт берилади (жавобларни бўяш шунинг ичида). Хорижий тилда имтиёзга эга бўлган абитуриентларга 1 та фан учун 1 ярим соат вақт берилади (жавобларни бўяш шунинг ичида);

⛔️ карантин талаблари сабабли жорий йилда тест синовларида ота-оналар учун кутиб туриш жойлари қилинмайди, шу сабабли имкон қадар кузатувчиларсиз боришга ҳаракат қилинг;

узоқ туманлардан вилоят марказларига тестга бориб-келиш учун махсус автобуслар ташкил қилинади. Бу автобуслар мажбурий эмас, истаганлар шахсий машинасида ёки таксида бориши ҳам мумкин;

📹 тест жараёнларини test2020.uz сайти (ҳозир ҳам ишлаб турибди) ёки махсус телеканал орқали онлайн томоша қилиш мумкин.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOEDU.UZ
#imtihon | #1_kun

••••• 1-KUN •••••

Imtihon topshirgan abituriyentlar bilan fikr almashish maqsadida @Geograflar_choyxonasi guruhida har kuni commentary suhbatlarini tashkil qilishga qaror qildik. Bu orqali siz test jarayonlari bilan bog‘liq barcha holatlarni shu bilan birga bu yilgi test savollarining qay darajada ekanligini tahlil qilishingiz mumkin bo‘ladi.

👉 @geograflar_choyxonasi

Ko‘proq fikr almashish uchun maksimal darajada tarqating♻️
#Kun_tarixi

Bugun, 2 sentyabr, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash kuni.

Aynan 2016 yil 2 sentyabr kuni Islom Karimovning vafoti haqida Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining qo‘shma axboroti e’lon qilingan edi.


👉 @geografiya_JDPI 👈