GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Kulgu_time
Хотин эрига:
— Дадаси биз яқинда биттага кўпаямиз, - деса эри хурсанд бўлиб кетибди.
— Ростанми? Жуда зўр бўпти-ку! Ўғил эканми ёки қизми? – деса, хотини:
— Онам бизникига кўчиб келяптилар, - дермиш.

👉 @geografiya_JDPI 👈
📆GEOGRAFIK KUN TAQVIMI📆


📝 28-Oktabr 2019-yil Dushanba, yilning 301-kuni. Yil yakuniga 64 kun qoldi.

Bu kunda...

🗓 28-oktabr 1237-yil - Berlin shahriga asos solindi.

🗓 28-oktabr 1492-yil - Xristofor Kolumb Kubaga yetib keldi.

🗓 28-oktabr 1886-yil — Ozodlik Haykali ochildi.

🗓 28-oktabr 1918-yil - Chexoslovakiya mustaqillikni qo'lga kiritdi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
📅 KUN KISHISI 📅

BILL GEYTS
(haqiqiy ismi Uilyam Genri Geyts III; 1955-yilning 28-oktabrida AQSHning Sietl shahrida tugʻilgan) - mashhur amerikalik tadbirkor, jamoat arbobi, filantrop (saxovatpesha). Microsoft kompaniyasi asoschisi. Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri. 2019-yilda uning moliyaviy ahvoli 100 mlrd dollardan oshiqni tashkil qildi.🇺🇸🤵🖥💰

👉 @geografiya_JDPI 👈
⭐️ MASHHURLAR ⭐️

Geyts maktabda yuqori sinflarda o'qigan paytlarida maʼmuriyat undan kompyuterda darslar jadvalini tuzib chiqishni so'ragan. Geyts dasturni shunday tuzganki, o'zini maktabdagi eng chiroyli qizlar bilan bir sinflarga taqsimlagan.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilasizmi
JANUBIY YEVROPA DAVLATLARINING POYTAXTLARI HAQIDA

🇬🇷 Afina – Gretsiyaning poytaxti, dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. Shaharga dastlab aholi eramizdan avvalgi XVI – XIII asrlarda o’troqlasha boshlagan. Nomi esa afsonaviy Afina(qadimgi yunonlarning xudosi) ismidan olingan. Lekin qadimgi yunon tilida tepalik yerni bildiruvchi atinai so’zi ham bo’lgan. Shahar shunday tepalikda joylashganligi uchun unga atina, afina – “tepa” nomi berilgan bo’lishi mumkin, deb hisoblaydi H.Hasanov.

🇷🇸 Belgrad – Serbiyaning poytaxti. Keltlar tomonidan eramizdan oldingi IV-III asrlarda asos solingan. Eramizdan avvalgi 33-yilda rimliklar tomonidan bosib olingan va qal’aga aylantirilgan va shu bilan bir qatorda Singudunum nomi ham berilgan. IX asrda slovyanlar tomonidan bosib olingandan so’ng Belgrad nomi bilan atala boshlangan.

🇵🇹 Lissabon – Portugaliyaning poytaxti. Shahar o’rnida eramizdan avvalgi I asrda Yuliy Sezar tomonidan asoss solingan rimliklar lageri joylashgan bo’lgan. Shahar Yuliy Sezar sharafiga Baxtli Yuliy – Felisitas-Yuliya deb nomlangan. Eramiz boshlarida Ulisea nomi bilan keyinchalik esa Olisippo, Olisippona, Lisabon shakllari uchraydi.

🇸🇮 Lyublyana – Sloveniyaning poytaxti. Shahar eramizdan avvalgi I asrda Emona Rim koloniyasi sifatida shakllangan. IX asrda franklar tomonidan qayta tiklangan, X asrdan boshlab Lyublyana (Ljubljana) deb nomlana boshlangan. Shahar nomining kelib chiqishi Lyuvigan daryosi atrofida joylashganligi bilan izohlanadi.

🇪🇸 Madrid – Ispaniyaning poytaxti. Shaharga 927-yilda mavritanlar qarorgohi sifatida asos solingan. Magerit arab tilidan Madarat shahar ma’nosini bildiradi. Magarat shaklida tilga olinadi. Boshqa bir faraz bo’yicha arablargacha ya’ni arabcha nomga qadar shahar nomi eski ispan tilidan olingan bo’lib, maderita – o’rmon novdasi degan ma’noni anglatadi.

🇮🇹 Rim – Italiyaning poytaxti. Asl nomi Rumo – hozirgi Tibr daryosi nomidan olingan. Daryo nomi esa uning qirg’oqlari bo’yida yashagan qadimgi rumo qabilasi nomidan olingan, deb hisoblanadi. Rim – “abadiy shahar” degan ibora yasama nomdir. Uni “bo’ri emizib katta qilgan bolalar – Ramul bilan Rem – miloddan avvalgi 750-yil ilgari bunyod etgan” degan afsona ham to’qilgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Rim shahri qurilishidan 500 yilcha avval uning o’rni ko’cha, yo’l va kanallar bo’lgan.

🇧🇦 Sarayevo – Bosniya va Gersegovinaning poytaxti. XIII asrdan Vrxbosna (gora nad bosnoy) nomi bilan mashxur. Vrx – tog’, balandlik, Bosna – daryo nomi. Vrxbosna – Bosna daryosi ustidagi tog’ ma’nosini anglatadi. Bosna daryosi nomidan butun tarixiy joy Bosniya nomi kelib chiqqan. Ottomanlar hukmronligi imperiyasi davrida shahar Bosna-Saray (Saray turkchadan Saroy, qal’a) deb atalgan. Bu esa Bosnadagi saroy ma’nosini beradi. Bosnadagi saroyni XVI asrda Xusrav-Bek qurdirgan. Turklar imperiyasidan ozod bo’lgandan keyin shahar nomi slavyan tilida Sarayeva tarzida nomlangan. Sarayeva – qal’ali, saroyli degan ma’nolarni anglatadi.

🇸🇲 San-Marino – Appenin yarim orolidagi kichik davlat. Hozirgi davlat o’rnida milodning IV asrida Marino ismli kishi dindorlar jamiyati qurish maqsadida bunyod etgan. Shuning uchun uning nomiga Santo-Marino – “Muqaddas Marino” deb atalgan.

🇦🇱 Tirana – Albaniyaning poytaxti. Ushbu nom XVI asrda paydo bo’lgan. Tirana eramizdan avvalgi I ming yillikda Apennin yarim orolida yashagan tirren qabilasi nomidan olingan.

🇻🇦 Vatikan – shahar – davlat. Rim shahri ichida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng kichik davlat hisoblanadi. Rim shahri yetti tepalikda joylashgan bo’lib, tepaliklardan biri Monte-Vatikano tepaligida qadim zamonlarda kohinlar (latincha “vatikinatio”) yashagan. Shahar – davlat nomi shundan olingan.

🇭🇷 Zagreb – Xorvatiyaning poytaxti. XIII asrda Zagrabia hozirda esa Zagreb shaklida qo’llaniladi. Shahar nomi slavyan tilidan Zagreb tepalik ma’nosini bildiradi ya’ni tepalikdagi shahar ma’nosini anglatadi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
👨‍💻 Shiddat bilan rivojlananib borayotgan bu zamonda jamiyatdan ortda qolmaslik uchun yangiliklarni kuzatib borish va shu bilan birga ularni amaliyotda qo‘llay olish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Inson o‘z ustida ishlashi uchun eng yaxshi yo‘l bu-o‘zaro fikr almashishdir. Biz geografmiz shu sababdan Geografiyaning qiziqarli va javobi tortishuvlarga sabab bo‘layotgan savollarini @geograrafiya_JDPI kanalining maxsus gruppasida o‘zaro muhokama qilsak har jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Geografiyada bunday muhokamali savollar juda ham ko‘p.

Jumladan...

⁉️ Yer sharini birinchi bo‘lib aylanib chiqqan sayyoh kim? Buni yosh bola ham biladiku deyishingiz mumkin, lekin javob berishga shoshilmang to‘g‘ri biz adabiyotlarda yer sharini birinchi bo‘lib aylanib chiqqan sayyoh F. Magellan deb o‘qiganmiz lekin u Fillipin orolida mahalliy aholi tomonidan o‘ldirilgan. Shunday ekan u yer sharini to‘liq aylanib chiqmagan, unda nima uchun manbalarda Magellan deyilmoqda? Aslida kim dunyoni birinchi bo‘lib aylanib chiqqan?

⁉️ Dunyo xaritasiga qarang Arabiston, Oxota, Adriatika, Oq hamda Qizil dengizlarni diqqat bilan kuzating, keyin Bengaliya, Gvineya, Fors hamda Alyaska qo‘ltiqlarini kuzating. Endi ikkalasini farqini ayting. Nima uchun Fors dengiz emas qo‘ltiq deyilyapti? Yoki Qizil dengiz qo‘ltiq deb atalmayapti? Ikkalasi ham deyarli bir xil-ku?

⁉️ O‘rta Osiyo mamlakatlari va Kavkazorti mamlakatkari xaritasiga e’tibor qiladigan bo‘lsak anklav va eksklav hududlar mavjud. Savol tug‘uladi nima uchun aynan shu hududlarda bunday mintaqalar shakllangan?

.....



Geografiya shunday fanki, unga qanchalik chuqur kirib borsangiz shuncha ko‘p savollar tug‘ulaveradi, qayerda? nimaga? nima uchun?

♻️ Gruppaga do‘st va yaqinlaringizni taklif qiling, zero bitta fikrdan ko‘ra ikkita fikr muommoni ko‘proq oydinlashtiradi.💡🔒🔓

👥 Guruh manzili 👇
t.me/geografiya_JDPI_group

👉
@geografiya_JDPI 👈
GEOGRAFIYA JDPU pinned «👨‍💻 Shiddat bilan rivojlananib borayotgan bu zamonda jamiyatdan ortda qolmaslik uchun yangiliklarni kuzatib borish va shu bilan birga ularni amaliyotda qo‘llay olish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Inson o‘z ustida ishlashi uchun eng yaxshi yo‘l…»
#Kulgu_time
Ўта тарбияли одамнинг қарздор танишига ёзган СМСи:
"Жуда қўпол гаплар билан сўкиб айтяпман, олган қарзингни қайтариб бер!" 😁😂🤣

👉 @geografiya_JDPI 👈
📆 #Kun_tarixi

📝 29-Oktabr 2019-yil Seshanba yilning 302-(kabisa yilida 303) kuni. Yil yakuniga 63 kun qoldi.

Bu kunda...

🗓 29-oktabr 1863-yil — Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi tashkil topdi.

🗓 29-oktabr 1929-yil - Turkiya Respublika deb e'lon qilindi.

🗓 29-oktabr 1956-yil — Isroil Angliya va Fransiya yordamida Sinay yarim oroliga bostirib kirdi.

🗓 29-oktabr 1969-yil - ARPANET loyihasi doirasida ikkita kompyuter o'rtasida tarmoqqa birinchi ma'lumot uzatish amalga oshirildi - Shu kundan Internet paydo bo'ldi.

🗓 29-oktabr 2008-yil - Pokistonda kuchli zilzila sodir bo'ldi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Биласизми

2018-йил ҳолатига кўра таннархи энг арзон бўлган энергия манбаси сифатида экологик жиҳатдан хавфсиз бўлган қуёш ва шамол энергияси биринчи ўринга чиқиб олибди. Ҳатто газ ва кўмирдан ҳам арзон. Энг қиммати эса ядро реактори орқали олинадиган энергия. Экологик жиҳатдан хавфли бўлган ядро энергияси яқин-яқингача энг арзон манбалардан бири ҳисобланарди.

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu qiziqiqarli !!!

🇺🇿 Dunyoning eng baland binolari evolutsiyasi. Binolar balandligini taqqoslash (1901-2022)
🇬🇧 Evolution of word's tallest building.
Size comparison (1901-2022)
📀 sig‘imi | capacity: 10,8 MB
🎞 davomiyligi | duration: 05:04
Geograflar faoliyati👇

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Yaxshi_kayfiyat
Замонавий ўқувчига замонавий ўқитувчининг жавоби 😁😂🤣

Современный учитель ответил современному ученику

👉 @geografiya_JDPI 👈
📆 #Kun_taqvimi
📝 30-Oktabr 2019-yil Chorshanba yilning 303- kuni. Yil yakuniga 62 kun qoldi.

Bu kunda...

🗓 30-oktabr 1961-yil - SSSR dunyo tarixidagi eng kuchli 58-megatonnali bomba sinovdan o'tkazildi.

🗓 30-oktabr 1735-yil - AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams tug'ilgan.

🗓 30-oktabr 1960-yil — Argentinalik mashhur futbolchi, jahon chempioni Diyego Maradona tavallud topgan.

🗓 30-oktabr 1973-yil — Yevropa va Osiyoni bogʻlaydigan Bosfor koʻprigi ochildi

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilib_oling
Dunyo mamlakatlarining mustaqillik 🌎 XRONOLOGIYASI 🌏
(1951 - 2006 yilgacha)

Izoh:
1. Davlat nomi
2. Mustaqillik yoki tashkil topgan yili
3. Qaram bo‘lgan davlati
#####################
Liviya | 1951 | Italiyadan
Puerto-Riko | 1952 | AQSh
Kambodja | 1953 | Fransiyadan
Morokko | 1956 | Fransiyadan
Sudan | 1956 | B.Britaniya va Misrdan
Tunis | 1956 | Fransiyadan
Gana | 1957 | B.Britaniyadan
Malayziya | 1957 | B.Britaniyadan
Gvineya | 1958 | Fransiyadan
Benin | 1960 | Fransiyadan
Burkina-Faso | 1960 | Fransiyadan
Mavritaniya | 1960 | Fransiyadan
Mali | 1960 | Fransiyadan
Kot-d‘Ivuar | 1960 | Fransiyadan
Niger | 1960 | Fransiyadan
Nigeriya | 1960 | Fransiyadan
Senegal | 1960 | Fransiyadan
Togo | 1960 | Fransiyadan
Madagaskar | 1960 | Fransiyadan
Somali | 1960 | B.Britaniya va Italiyadan
Kamerun | 1960 | Germaniya va Fransiyadan
Kongo | 1960 | Fransiyadan
Chad | 1960 | Fransiyadan
Kipr | 1960 | B.Britaniyadan
Sierra-Leone | 1961 | B.Britaniyadan
Tanzaniya | 1961 | B.Britaniyadan
Quvayt | 1961 | B.Britaniyadan
Jazoir | 1962 | Fransiyadan
Uganda | 1962 | B.Britaniyadan
Yamayka | 1962 | B.Britaniyadan
Keniya | 1963 | B.Britaniyadan
Zambiya | 1964 | B.Britaniyadan
Malavi | 1964 | B.Britaniyadan
Malta | 1964 | B.Britaniyadan
Gambiya | 1965 | B.Britaniyadan
Singapur | 1965 | B.Britaniyadan
Barbados | 1966 | B.Britaniyadan
Gayana | 1966 | B.Britaniyadan
Mavrikiya | 1968 | Fransiyadan
Nauru | 1968 | B.Britaniyadan
Tonga | 1970 | B.Britaniyadan
Fidji | 1970 | B.Britaniyadan
Bahrayn | 1971 | B.Britaniyadan
Qatar | 1971 | B.Britaniyadan
Bangladesh | 1971 | B.Britaniyadan
Bangladesh | 1971 | B.Britaniyadan
Mozambik | 1975 | Portugaliyadan
Angola | 1975 | Portugaliyadan
Surinam | 1975 | Niderlandiyadan
Ispaniya | 1975 |
Eron | 1979 |
Zimbabve | 1980 | B.Britaniyadan
Bruney | 1984 | B.Britaniyadan
Yaman | 1990 |
Azarbayjon | 1991 |
Armaniston | 1991 |
Qozog‘iston | 1991 |
Qirg‘iziston | 1991 |
Tojikiston | 1991 |
Turkmaniston | 1991 |
O‘zbekiston | 1991 | l
Latviya | 1991 |
Litva | 1991 |
Estoniya | 1991 |
Belorusiya | 1991 |
Moldaviya | 1991 |
Rossiya Federatsiyasi | 1991 |
Ukraina | 1991 |
Makedoniya | 1991 |
Sloveniya | 1991 |
Xorvatiya | 1991 |
Serbiya va Chernogoriya | 1991 |
Bosniya va Gersegovina | 1992 |
Eritreya | 1993 | Italiyadan
G‘azo sektori | Millatlar ligasi(brit.)dan
Isroil | 1993 |
Slovakiya | 1993 |
Chexiya | 1993 |
Gonkong | 1997 | B.Britaniyadan
Efiopiya | 1998 |
Sharqiy Timor | 2001 | indoneziyadan
Chernogoriya | 2006 | Serbiya

👉 @geografiya_JDPI 👈
📅 KUN KISHISI 📅

DIEGO ARMANDO MARADONA
(1960-yilning 30-oktabrida Argentinaning Lanus shahrida tugʻilgan) - mashhur argentinalik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynagan. "Arxentinos Xuniors", "Boka Xuniors", "Barselona", "Napoli", "Sevilya" va "Nyuells Old Boyz" klublarida toʻp surgan. Argentina terma jamoasi tarkibida 91 ta matchda 32 ta gol urgan. 1986-yilgi Jahon chempioni.🇦🇷🤵⚽️🏆

👉 @geografiya_JDPI 👈
🔎 FOYDALI MAʼLUMOT

Butun dunyo mamlakatlarida intellektual qobiliyat (IQ) koʻrsatkichlari.

👉
@geografiya_JDPI 👈
Ilmiy daraja berish tartibi 2019-yil.pdf
3.8 MB
Ilmiy daraja berish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra 6 ta maqola (xorijiy davlatlarda) bilan ham PhD olish mumkin. O‘qib ko‘ring yaxshi imkoniyatlar yaratilibdi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
IMG_20191030_122728.jpg
447.1 KB
#Bilasizmi
Ушбу харитада Европа давлатларида аҳолининг неча фоизи пойтахтларда яшаши кўрсатилган.
Москвада Россия 🇷🇺 аҳолисининг 12 фоизи яшайди.
Берлинда эса Германия 🇩🇪 аҳолисининг 7 фоизи яшайди.

👉 @geografiya_JDPI 👈