GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️ Ali Ahmad Jaloliy Afg‘oniston islom amirligining yangi rahbari

Ashraf Gʻani shu daqiqalarda hokimiyatni topshirdi.

ℹ️ Ali Ahmad Jaloliy - zahiradagi general, Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#muhim_xabar

📌 Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin.

ℹ️ Ta’lim krediti haqida batafsil ma‘lumot: https://t.me/geografiya_JDPI/2750


👉 t.me/geografiya_JDPI
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
#muhim_xabar

⚡️KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDI

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

❗️Bunda, OTMning KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

P. S. Yuqoridagi jadvaldan o‘zingizga kerakli soha bo‘yicha kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.


👉 http://t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMIY XABAR

24 yanvardan boshlab
maktablar va OTMlar bir oy davomida «Onlayn» faoliyat olib boradi
__________________

С 24 января в Узбекистане ученики общеобразовательных
школ и студенты высших учебных заведений перейдут на онлайн-обучение


👉 @geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMAN: 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladiSSV


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️MAGISTRATURADA O‘QIYDIGAN BARCHA XOTIN-QIZLARNING KONTRAKTI TO‘LAB BERILADI

2022/2023 o‘quv yilidan magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to'lanadi.

☑️ 2022/2023 o‘quv yilidan:

davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️⚡️Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi.


👉 @geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️9 iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olishadi:

• 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
• 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
• 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
• 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

🏷 Batafsil...


@geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar | #magistratura

⚡️23 avgust kuni magistratura mandati e’lon qilinishi kutilmoqda

2022/2023 o‘quv yili davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlarning qabul natijalari magistr.edu.uz platformasi orqali e’lon qilinadi.


👉 @geoedu_uz - biz bilan birinchilar qatorida bo'ling!