GEOGRAFIYA JDPU
137 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Izoh

Paradoks nima?

Ushbu tushuncha qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va sog'lom fikrga zid bo'lgan fikrni anglatadi. Keng ma'noda paradoks so'zi ajabtovur ko'rinadigan hodisa, vaziyatdir va g'ayrioddiyligi tufayli odamlarning haqiqat haqidagi odatiy g'oyalariga mos kelmaydi.‌‌


👉 t.me/geografiya_JDPI
GEOGRAFIYA JDPU
​#PhD_DSc 🎓 DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL DAVOM ETMOQDA 🗂Respublika ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2022-yil uchun hujjat topshirish davom etmoqda.…
#izoh

❗️IZOH

🔰 oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;

🔰 oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;

🔰 stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

🔰 tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

🔰 doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

🔰 mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

🔰 stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

🔰 doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

🔰 mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

🔰 izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.

🔰 oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi boʻyicha hisobotlarni shakllantirish boʻyicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga moʻljallangan axborot tizimi.


👉 http://t.me/geografiya_JDPI