GEOGRAFIYA JDPU
143 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
Hobbisi matematik jumboqlarni yechish bo'lgan mushtariylar uchun maxsus. Mazkur o'yin tezlik bilan qaror chiqarishga o'rgatadi👇

https://t.me/geografiya_JDPI_group/16446


👉@geografiya_JDPI
#Mandat | #ijodiy_imtihon

⚡️ Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar DIQQATIGA !

❗️2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari tegishli oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilindi.

👉 Respublika oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar o‘zlarining talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi natijalar bilan tegishli oliy ta’lim muassasasining RASMIY VEB-SAYTI orqali tanishishlari mumkin.

__________________________________

❗️❗️JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 2020-2021 o'quv yili uchun Kasbiy-ijodiy imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin👇

📲 http://qabul.jspi.uz/ijodiy-mandat


👉 t.me/geografiya_JDPI
O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida.pdf
158.2 KB
#Qonun | O‘RQ-637-son

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TO‘G‘RISIDA QONUNI

Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan.
Prezident tomonidan 2020-yil 23-sentabrda imzolandi.

Manba


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Mandat | #magistratura

​​Aytishlaricha, magistratura kirish imtihonlari natijalari bugun yoki ertaga oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi. (xabar rasman tasdiqlanmagan)

Magistratura natijalari huddi bakalavriat mandati kabi oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb saytlari orqali e’lon qilinadi.

Avval DTM rosa kuttirdi, endi esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Boshqa nimayam qilardik, kutamiz!


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Mandat | #magistratura

⚡️RASMAN: vanihoyat magistratura imtihonlari natijalari bugun e’lon qilinadi

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Natijalar bilan tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb sayti orqali joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 17:00 dan boshlab tanishishlari mumkin.

❗️Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Ma’lumot uchun: Jizzax davlat pedagogika instituti rasmiy sayti: jspi.uz


👉 t.me/geografiya_JDPI
JDPI.pdf
2.3 MB
#Mandat | #magistratura

🎓2020/2021 O'QUV YILIDA JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAGISTRATURA TA’LIM YO‘NALISHIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BO'YICHA TEST SINOVLARI NATIJALARI (Barcha yo'nalishlar bo‘yicha)

Geografiya mutaxassisligi bo‘yicha natijalar bu yerda


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Mandat | #magistratura

⚡️2020/2021 o‘quv yilida Jizzax davlat pedagogika istituti magistratura ta’lim yo‘nalishi, 5A110501 Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi
(Geografiya) mutaxassisligiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshirgan abituriyentlarning umumiy natijalari.

Boshqa yo‘nalishlar bu yerda


👉 t.me/geografiya_JDPI
Tabaqalashtirilgan.pdf
106.1 KB
#super_kontrakt_miqdori

⚡️2020/2021 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yildagi 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
ГЕОГРАФИЯ АХБОРОТ ХАТИ (3).doc
147 KB
#Axborot_xati | TerDU

“GEOGRAFIYA FANINING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA MIQYOSIDA ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA

Konferensiyaga o‘zbek, rus, ingliz tillarida maqola va tezislar qabul qilinadi. Eng asosiysi mutlaqo BEPUL


👉 t.me/geografiya_JDPI
#info | #bakalavriat | #magistratura

⚡️«Super kontrakt» haqidagi ba’zi savollarga javoblar:

Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?


Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda hamma qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.


👉 t.me/geografiya_JDPI
🗺#xarita

Toshkent shahrining siyosiy-ma’muriy xaritasi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (Davronxo‘ja | 🇺🇿)
Tabaqalashtirilgan.pdf
106.1 KB
#super_kontrakt_miqdori

⚡️2020/2021 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yildagi 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
🗺#xarita

O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-ma’muriy xaritasi.

❗️Yuqori sifatli surat bu yerda.
____________________________________

Ma’muriy-hududiy birliklar xaritasi👇

Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Toshkent shahri
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati

Izoh: Tanlangan ma’muriy-hududiy birlik ustiga bosish orqali uning xaritasini yuklab olishingiz mumkin.


👉 @geografiya_test_video_slayd
⚡️ "Super kontrakt" shartnomasini rasmiylashtirish endi yanayam osonlashdi

Jizzax davlat pedagogika institutida oshirilgan to'lov-shartnomasi asosida o'qish istagida bo'lgan abituriyentlar shartnoma shaklini telegramdan chiqmagan holda olishlari va qayta yuborishlari mumkin.

Buning uchun abituriyent JDPI interaktiv xizmatlar boti — @jspibot ga kirib /start buyrug'ini bosgan holda, keyingi chiqadigan ko'rsatmalar asosida harakat qilishi kifoya.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#sher

📜 Respublikamizda o‘qituvchiga o‘rnatilgan yagona haykalga sabab bo‘lgan she’r

"DARSDAN SO‘NG"

Kimnidir koyidi chekkani uchun,
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.
“Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham «Ikki» qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsin. Xayr”
Qish kuni – bir tutam. Qoraygandi qosh,
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
«Ko‘ngli sovidimi...»-vahm etdi birdan.
Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
«Tunab keting,-dedi.-Kech bo‘lib qoldi».
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.
Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi,
«O‘g‘lim xastalanib qoldimikin yo?..»
Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.
Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.
Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng – yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi –yoqardi, qashqir-to‘xtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi
Muallimda daftar, qashqirda – toqat.
Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi.
No‘noq nazmim uchun avf et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,
Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.
Lekin... ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
...Sen yo‘l bo‘yi yoqib ketaver
Qashqirlar qo‘rquvchi kitoblarimni.

©Matnazar Abdulhakim

Voqea haqida batafsil o‘qish...


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
Yer yuziga O‘zbekiston hududidan nechtasini joylashtirsa bo‘ladi?
Anonymous Quiz
29%
1136 ta
32%
1150 ta
28%
1075 ta
11%
1108 ta
17.10.2020.zip
141.6 MB
💻#Baza | 17.10.2020.

Kompyuterlarning antivirus bazasini offlayn yangilash uchun ESET NOD32 baza


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Qabul

📌 Bugun kollej va texnikumlarga hujjat topshirishning oxirgi kuni.

Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirildi.

Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali qo'yidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- Elektron ariza;
- Pasport (elektron) nusxasi
- Umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom (elektron) nusxasi;
- 3x4 fotosurat.


👉 t.me/geografiya_JDPI
​​⚡️ Aytishlaricha Noyabr oyidan boshlab (aniq sanasi tez orada maʼlum qilinadi), birinchi kurs talabalar toʻliq anʼanaviy shaklda taʼlim ola boshlaydi.

- Noyabr oyidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-kurs va undan yuqori talabalari uchun va magistratura bosqichi talabalari uchun fanlarning nazariy qismlari (maʼruza mashgʻulotlari)ni masofaviy taʼlim platformasi orqali, amaliyot, labaratoriya va seminar darslarini anʼanaviy taʼlim shaklida olib borish rejalashtirilmoqda.

- Endilikda pandemiya sababli oliy taʼlim muassasalarida bir para dars vaqti 80 daqiqa emas, 60 daqiqaga tenglashtirilishi kutilmoqda.


👉 t.me/geografiya_JDPI
21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!


👉 t.me/geografiya_JDPI