GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#magistratura

“Saytda texnik ishlar olib borilmoqda”

Men bu so‘zlarni magistr.edu.uz saytining imzosimikan deb o‘ylabman. Ammo unday emas ekan 😁.

Bunday o‘ylashimga sabab, qabul jarayonlari boshlangan kundan, shu kunga qadar mazkur saytida 9 marotaba shunday ko‘rinishdagi (Saytda texnik ishlar olib borilmoqda) xabar keldi. Bu degani mazkur sayt jami hisobda (ularning hisobi bo‘yicha) bir sutka vaqt (aniqrog‘i 23 soat 30 daqiqa) mobaynida ishlamadi. Ushbu statistika 29-iyul holatiga ko‘ra, hali qabul jarayonlari tugashiga bir sutkadan ko‘proq vaqt bor, demak yangilanish ehtimoli ham yo‘q emas. Futbolda ham ayrim to‘xtalishlar sabab qo‘shimcha vaqt beriladi (garchand bunda hakamlarning aybi bo‘lmasa ham). Lekin bizni “ko‘ngli nozik” saytimizning 1 daqiqa ham qo‘shib berish niyati yo‘q shekilli. Shu sababli “magistraturaga oxirida hujjat topshiraman” deb yurganlarga maslahatim tezroq harakat qiling bo‘lmasa rejalaringiz bir yilga kechikib ketishi ham mumkin.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan e’lon!

❗️2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun magistr.edu.uz veb-platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tayotgan abituriyentlar diqqatiga:

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati – 30 iyul kuni, yanayam aniqrog‘i – kunning eng so‘nggi daqiqasiga qadar (23:59).


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (30-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2
Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish

🚫Qabul jarayonlari yakunlangan.



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 39 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 6,5

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (JDD | 🇺🇿)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​#Қабул2020 | #Magistratura

Олий таълим муассасаларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш бўйича йўриқнома.

Ҳужжатлар magistr.edu.uz сайти орқали рўйхатдан ўтказилади.

👉 2020/2021 ўқув йили учун мутахассисликлар ва ўқитиш тиллари бўйича қабул квоталари.

Манба


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (JDD | 🇺🇿)
​​#Қабул2020 | #Magistratura

❗️ДИҚҚАТ, ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИДАН ЭЪЛОН!

МАГИСТРАТУРАГА ЎҚИШГА КИРИШ УЧУН ҲУЖЖАТЛАРИНИ РЎЙХАТДАН ЎТКАЗУВЧИЛАР ДИҚҚАТИГА!

Давлат олий таълим муассасаларининг магистратура мутахассисликларига қабул қилиш учун ҳужжатларни рўйхатдан ўтказиш жараёни 2020 йил 1 июлдан бошлаб, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий веб-сайти орқали амалга оширилмоқда.

Мазкур ҳужжат топшириш жараёнида ТЕСТ СИНОВЛАРИ топшириладиган ҲУДУД белгиланиши лозим.

‼️ Ҳозирги коронавирус пандемияси шароитида республика ҳудудларини “сариқ” ва “қизил” ҳудудларга ўзгариш эҳтимоллиги сақланиб қолмоқда. Шу боис, талабгорлар ТЕСТ СИНОВЛАРИ топшириладиган ҳудуд сифатида ЎЗИ бугунги кунда ЯШАБ ТУРГАН ҳудудни белгилаши ТАВСИЯ ЭТИЛАДИ.

Шундагина вақтни ортиқча сарфлаш чекланади ва масофани босиб ўтишга эҳтиёж юзага келмайди.

Манба


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Diqqat! Magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi!

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (31-iyul 2020-yil, soat 00:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2
Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish

🚫Qabul jarayonlari yakunlangan.



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 46 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 7,67
Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish

🚫Qabul jarayonlari yakunlandi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
GEOGRAFIYA JDPU pinned «⚡️Diqqat! Magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi! 👉 @geografiya_JDPI 👈»
Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni kirib kelgan muqaddas ayyom Qurbon Hayiti bilan muborakbod etaman. Oilalaringizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik tilayman!

Shu kunlarda qilgan ezgu orzularimizning ijobatini ko‘rish barchamizga nasib qilsin. Yaqinlarimiz baxtimizga sog‘-omon bo‘lib, bugungi sinovli kunlardan yo‘qotishlarsiz o‘tib olish nasib qilsin.

Ayyomingiz muborakbod bo‘lsin!
Ushbu suratda Amerika qit’asidagi qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

⚡️ Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.


Qisqa vaqt davom etgan brifingda magistraturaga kirish imtihonlarining qachon o‘tkazilishi, o‘qishni ko‘chirish hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi haqidagi savollarga javob berildi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
🎯#Iqtibos_time

“Телевиденияда Ўзбекистон минтақалари об-ҳавосини алфавит бўйича бериш саводсизлик; унда республика харитаси на керак? ”

География фанлари доктори, профессор:
Абдусами Солиевич Солиев


👉 @geografiya_JDPI 👈
Shubayev Umumiy yer bilimi.djvu
19 MB
📚#Kutubxona

L.P.Shubayev “Umumiy yer bilimi”, “O‘qituvchi” nashriyoti, Toshkent-1975 y.


Kanal manzilimiz👇👇👇
📮@geografik_adabiyotlar

Hamkor kanallar👇👇
♻️@geografiya_JDPI

Murojaat uchun👇👇
📧 @GeoMurojatbot
Forwarded from GEOEDU.UZ
#bizda_yangilik

​​⚡️Abituriyentlar uchun geografiya fanidan onlayn ko‘rinishdagi variantli savollar ko‘lami kengaytirildi. Endilikda mazkur variantlar soni 30 tani(!) tashkil qilmoqda. Ular orqali o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va imtihonlarga qanchalik tayyor ekanligingizni tekshirib ko‘ring!

🌐 @geografiya_test_video_slayd

Test savollarida ishtirok etish uchun quyidagi variantlardan birini tanlang👇
Talabalarning muammosi nimada?

Yoshlar ishlari agentligi U-Report orqali OTM talabalarining COVID-19 pandemiyasida masofadan o'qishi bilan bog'liq muammolarini, shartnoma pulini to'lashdagi qiyinchiliklarini o’rganib chiqyapti.

Siz OTM talabasi bo'lsangiz - o'z fikringizni albatta bildiring va Agentlikka Sizga ma'qul bo'lgan qarorni qabul qilishda yordam bering!

👉 @UReportUzbBot

_______________________________
Какие проблемы у студентов?

Агентство по делам молодёжи проводит опрос Ю-Репорт, чтобы выявить проблемы студентов ВУЗов, возникших в связи с пандемией COVID-19, и, связанных с дистанционным обучением, оплатой контрактов за обучение.

Если Ты студент, вырази своё мнение и помоги Агентству принять оптимальное решение в свою пользу!

👉 @UReportUzbBot
TA’ZIYA!

Geografiya va ekologiya fakulteti, Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professori, geografiya fanlari doktori, «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» ustozimiz Alibekov Lapas Alibekovich bugun olamdan o‘tdi. Ustozning farzandlari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Ўзбекистонда зилзила кузатилди

5 август, Тошкент вақти билан 13:18 да Тожикистонда зилзила содир бўлди, дея хабар бермоқда ФВВ Сейсмопрогностик мониторинг Республика маркази.

Зилзила координаталари: 40,2 градус шимолий кенглик; 70,84 градус шарқий узунлик. Магнитуда М=5.

Чуқурлик 10 км. Зилзила эпицентридан Тошкентгача масофа 181 км жанубий-шарқий йўналиш бўйича.

Зилзила Ўзбекистон ҳудудида:

Тошкент : 181 км, 3 балл.
Наманган : 113 км, 4 балл.
Aндижон : 143 км, 3 балл.
Фарғона : 83 км, 4 балл.
Гулистон : 177 км, 3 балл.
Жиззах : 255 км, 3 балл.
Самарқанд : 336 км, 2 балл.
Термиз : 453 км, 2 балл.
Қарши : 458 км, 2 балл.
Навоий : 464 км, 2 балл.


👉 @geografiya_JDPI 👈
📜 RIVOYAT...

Rivoyat qilishlaricha, Amir Temur askarlariga safar vaqtida bittadan g‘isht olib yurishni buyurar ekan.

Ba’zi sarkardalar buni jismoniy chiniqish uchun deb bilsa, ba’zilar qo‘shimcha qurol deb bilar ekan.

Ammo, bir davlatga yurish vaqtida askarlar orasida norozilik kuchayib, bu g‘isht bizga ortiqcha yuk deb, e’tiroz bildiribdilar.

Shunda Amir Temur ulkan xandaq qazib, loy qorishni buyuribdi. Keyin esa uning oldiga borib, askarlarga navbat bilan kelishni buyuribdi. Har bir askar olib kelgan g‘ishtni qorilgan loy bilan biriktirib, xandaq atrofida devor ko‘tara boshladilar.

Bir zumda kichikkina qo‘rg‘oncha qad ko‘tardi...

Bu voqea bo‘lgan yo bo‘lmagani noma’lum. Ammo juda ibratlidir.

Har birimizda ba’zan shunday xolat bo‘lib turadi. Biror yaxshi ish qilgimiz yoki aksincha yomonlikni to‘sgimiz keladi.
Ammo...
Bitta mening harakatim va urunishim bilan nima ham o‘zgarardi...
degan fikr bilan o‘zimizni chetga tortamiz. Agar, biz qilayotgan ezgu ish, xuddi askarlar qo‘lidagi g‘isht kabi, birlashib qo‘rg‘onga aylanishi mumkinligini tasavvur qilsak, uning axamiyatini tushunamiz.

Ba’zan arzimasdek tuyulgan harakatlar ortida ulkan maqsadlar turadi!


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh

UNIFIKATSIYA - [lot. uni, unus – bir + facere – qilmoq] unifikatsiya qilmoq Yagona tizimga, shaklga, bir xillikka keltirmoq; uyg'unlashtirmoq.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu suratda Osiyo qit’asidagi qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd