GEOGRAFIYA JDPU
137 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
​​"Xoʻsh, Vatanimiz qancha turar ekan?"

"Победа" (Gʻalaba) avtomobili ishlab chiqarilgan vaqtda uning nomi "Родина" (Vatan) boʻlishi kerak edi. Stalin bu haqda bilgach, istehzo bilan shunday deb soʻragan: "Xoʻsh, bizning VATANImiz qancha turar ekan?". Avtomobil nomi tezda oʻzgartirilgan.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilib_oling
1 ta davlat bilan chegaradosh mamlakatlar 

1.  Bruney→Malayziya

2.  Buyuk Britaniya→Irlandiya

3.  Daniya →Germaniya

4.  Dominikan→Gaiti

5.  Gaiti→Dominikan

6.  Ganbiya→Senegal

7.  Irlandoya→Buyuk-Britaniya

8.  Koreya Respublikasi→KXDR

9.  Kanada→AQSH

10. Lesoto→ JAR

11. Lextenshteyn→Shvetsariya 

12. Papua-Yangi Gvineya→ Indoneziya

13. Portugaliya→Ispaniya

14. Qatar→ Saudia Arabistoni

15. San-Marino→Italiya

16. Sharqiy  Timor→Indoneziya

17. Vatikan→Italiya

18. Yaponiya→Rossiya


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Mavzuni_davom_ettirib
2 ta davlat bilan chegaradosh mamlakatlar

1. Andorra→Fransiya, Ispaniya

2. Birlashgan Arab Amirliklari→ Saudia Arabistoni, Ummon

3. Bangladesh→ Hindiston, Myanma

4. Beliz→Meksika, Gvatemala

5. Butan→ Hindiston, Xitoy

6. Ekvador→Kolumbiya, Peru

7. Ekvatorial Gvineya→Gabon, Kamerun

8. Estoniya→Latviya, Rossiya

9. Falastin→Iordaniya, Isroil

10. G`arbiy Sahroi Kabir→Marokash, Mavritaniya

11. Gvineya-Bisau→Senegal, Gvineya 

12. Kosto-Rika→ Nikaragua, Panama

13. Kuvayt→Iroq, Saudia Arabistoni

14. Livan→Isroil, Suriya

15. Manako→Fransiya, Italiya

16. Moldova→Ukraina, Ruminiya

17. Mongoliya→Rossiya, Xitoy

18. Nepal→ Hindiston, Xitoy

19. Niderlandiya→Belgiya, Germaniya

20. Nikaragua→Gonduras, Kosto-Rika

21. Panama→ Kosto-Rika, Kolumbiya

22. Salvador→Gonduras, Gvatemala

23. Serra-Leone→Gvineya, Liberiya

24. Shvetsiya→Norvigiya, Finlandiya

25. Svazilend→ Mozambek, Jar

26. Tunis→Jazoir, Liviya

27. Urugvay→Argentina, Braziliya

28. Yaman→ Saudia Arabistoni, Ummon


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOEDU.UZ
#MAXSUS_TAKLIF

❗️Hurmatli kanalimiz aʼzolari, endi siz @geografiya_test_video_slayd kanali orqali mazkur fanga (geografiya) oid...

Dars konspektlari (5-10 sinflar uchun);

Nazorat ishlari uchun mavzulashtirilgan test savollari va krossvordlar;

Abiturientlar uchun test savollari;

Taqdimotlar (slaydlar), 5-10 sinflar uchun mavzulashtirilgan (Siz stagan mavzuda ham taqdimotlar tayyorlab beramiz);

Videoroliklar, fotosuratlar va xaritalar;

Oliy ta'lim uchun kurs ishlari va mustaqil ishlar
;

Maktab hamda oliy ta’lim darsliklari; shuningdek oʻquv atlaslarining elektron shakli (bundan tashqari fanga oid qoʻshimcha adabiyotlar);

Shu bilan birga siz o‘zingizni qiziqtirgan mavzuga
oid qiziqarli ma’lumotlar, maqolalar, videofilmlar va boshqa ma’lumotlarni ham buyurtma qilishingiz mumkin.

Buyurtma berish 👉
@JDD0567

☝️Siz izlagan eng sifatli va eng yangi ma’lumotlar faqat bizda!


♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing, balki ular buni izlashayotgandir.

Kanal manzili 👉 https://t.me/geografiya_test_video_slayd

Hamkor kanalimiz ♻️
👉 @geografiya_JDPI 👈
🌴 YEVROPA 🌴

❇️ Maydoni ( orollar bilan birga ) - 10 080 000 km.kv.
*♻️ Orollar maydoni - 730 000 km.kv
❇️ Qirgʻoq chizigʻining uzunligi - 38 000 km.
*♻️ Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi - 340 metr.
❇️Dengiz sathidan eng yuqori balandlik ( Monblan choʻqqisi, Fransiya ) - 4807 m.
*♻️ Dengiz sathidan eng past balandlik ( Niderlandiyadagi pasttekislik ) - -5 metr.
* ♻️Eng uzun daryo - Dunay, 2860 km.
❇️ Eng katta koʻl ( Shvetsiya ) - Venern, 5 585 kv.km.
*♻️ Eng chuqur koʻl ( Italiya ) - Garda, 346 metr.
❇️Eng katta orol - Buyuk Britaniya, 229 885 km.kv.
*♻️ Eng baland harakatdagi vulqon ( Italiya ) - Etna, 3323 metr.
❇️ Eng baland sharshara ( Norvegiya ) - Sharqiy Mardalsfoss, 517 metr.
*♻️Eng chuqur gʻor ( Fransiya ) - Jan-Bernar, 1 535 metr.
❇️Eng uzun gʻor ( Shveysariya) - Xellox, 78 km.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Saylov2019

Бугун Марказий Сайлов Комиссияси Олий Мажлис Қонунчилик Палатаси депутатлигига партиялардан кўрсатилган номзодларни расман рўйхатга олди.

Ушбу суратда номзодлар ҳақидаги қизиқ маълумотлар билан танишишингиз мумкин.

Manba: Xushnudbek telegram kanali

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Tabrik
​​Бугун Халқаро талабалар куни!

Барча талабаларни ушбу байрам билан чин қалбимдан табриклайман.

Халққа, юртга ва жамиятга фойдаси тегадиган ўз касбининг етук мутахассиси бўлиб етишишингизни тилайман!

Сизлар ҳақиқатдан Ўзбекистоннинг келажагисиз, бу баландпарвоз ёки тўқиб чиқарилган гаплар эмас.

Асосийси "Олтин давр"ни беҳудага ўтказманг. Қадрига етинг. Ўқиш ва изланишдан сира тўхтаманг. Йўқса кейин афсусланасиз. Омад барчангизга!

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Талабалар_yчун_янгилик
#Сайлов2019
Кеча соат 21:30 да MY5, Sevimli ҳамда Milliy телеканалларида жонли эфирда “Демократик дебат” бўлиб ўтди, эфирда кўп қизиқ гаплар айтилди. Хусусан, контракт миқдори ва стипендия тўғрисида Адолат социал демократик партияси вакили «агар биз сайловда ғалаба қозонсак контракт нархини пасайтиришга, стипендияни эса аввалги ҳолтига қайтаришга ваъда берамиз» дея такидлаб ўтди. Талабалар учун яна умид учқунлари пайдо бўлмоқда. Ажаб эмас яқин кунларда хушхабар эшитиб қолсак...

Бундан ташқари мазкур “Демократик дебат”да партия аъзолари ўзларининг олдига қўйган мақсадлари ҳақида ҳам қисқа вақт (2 дақиқа) ичида маълумот бериб ўтди.

Мана шундай сиёсий жараёнларни имкон қадар кўпроқ кузатиб боришни тавфсия қилган бўлардим. Чунки кейинги беш йилнинг қандай ўтиши қайсидир маънода сиз билан бизга боғлиқ.

👉 @geografiya_JDPI 👈
📅 KUN KISHISI 📅

SOITIRO XONDA
(1906-yilning 17-noyabrida Yaponiyaning Sidzuoka shahrida tugʻilgan, 1991-yilning 5-avgustida Xamamatsu shahrida vafot etgan) - mashhur yapon ixtirochisi, tadbirkori. Butun dunyoga mashhur "Honda Motor Co., Ltd" kompaniyasi asoschisi.🇯🇵👨‍💼🎯🚙🏍

👉 @geografiya_JDPI 👈
Audio
#Talabalik_oltin_davrim
Ovozini balandroq qo‘yib eshiting!!! 👍👍🎧🎧🎧🎼🎼🎼🎼

👉 @geografiya_JDPI 👈
Jahondagi eng baland minoralar.

Ushbu statistika 2018 yilda yangilangan bo‘lib, quyidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi:

🏰 Minora nomi
🗺 Qaysi davlatga tegishli ekani
🗼 Balandligi
📆 Barpo qilingan yil


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilasizmi

🎓 "XALQARO TALABALAR KUNI" TARIXI

1946-yil 17-noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojeali voqealarga bog'liq. 1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o'qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta'lim bayramini (1918 - yil 28-oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to'polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o'ldirilgan. 1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o'rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o'ldirilgan. Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o'quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o'tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko'pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

▪️ Rasmda Yan Opletal tasvirlangan

👉 @geografiya_JDPI 👈
📆GEOGRAFIK KUN TAQVIMI📆


📝 18-Noyabr 2019-yil Dushanba, yilning 322-kuni. Yil yakuniga 43 kun qoldi.

Bu kunda...

🗓 18-noyabr 1991-yil - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilindi.

🗓 18-noyabr 1832-yil — Niels Adolf Erik Nordensheld tug'ildi - shved geologi, Arktik tadqiqotchisi, 1878-1879 yillarda "Vega" kemasida birinchi bo'lib Atlantika okeanidan Tinch okeanga shimoli-sharqiy dovondan o'tgan;

🗓 18-noyabr 1873-yil — Sankt-Peterburgda I.F. Kruzenshtern (haykaltarosh I.N. Shreder) ning Vasilyevskiy oroli qirg'og'ida (hozirda leytenant Shmidt qirg'og'i) haykali ochildi;

🗓 18-noyabr 1918-yil — Latviya mutaqilligini e'lon qildi.

🗓 18-noyabr 1923-yil — Alan Bartlett Shepard tug'ilgan. 1961-yil may oyida 15 daqiqalik suborbital parvozni amalga oshirgan amerikalik kosmonavt edi. 1971 yilda u "Apollon 14" qo'mondoni sifatida Oyga parvoz qildi. Beshinchi odam oyga qadam bosmoqda.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bugungi_kun
🇺🇿BAYROG‘IMIZ 28 YOSHGA TO‘LDI

​​🇺🇿 Bugun 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda Oliy Kengashning VII sessiyasida tasdiqlangan.

Hurligimiz abadiy bo'lsin!
Bayrog'imiz hamisha mag'rur hilpirab tursin!!!

👉 @geografiya_JDPI 👈
Oʻzbekiston davlat bayrogʻi haqida to‘liq ma’lumot.pdf
235.6 KB
#Bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tarixi

👉 @geografiya_JDPI 👈
📅 KUN KISHISI 📅

MELIS ABZALOV
(1938-yilning 18-noyabrida Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan, 2016-yilning 26-oktabrida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida vafot etgan) - taniqli oʻzbek aktyori, rejissyori va ssenaristi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1987). Abzalov oʻzbek kinosining asoschilaridan va eng yorqin namoyondalaridan biri hisoblanadi. Melis Abzalovning eng mashhur filmlari "Suyunchi" (1982), "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1984), "Armon" (1986) va "Oʻtgan kunlar" (1997) filmlaridir.🇺🇿🤵🎥🎖

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Биласизми

18 ноябрь – “Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун.

Давлат байроғи Ўзбекистон давлат суверенитетининг рамзидир.

Давлат байроғи ва унинг тасвири катта-кичиклигидан қатъий назар, ҳамма вақт мазкур Қонунда белгиланган рангли ва схематик тасвирга аниқ мос бўлиши керак.

Ўзбекистон фуқаролари, шунингдек Ўзбекистонда турган бошқа шахслар Давлат байроғини ҳурмат қилишлари шарт.

Жиноят кодексига асосан, Ўзбекистон ёки Қорақалпоғистоннинг Давлат байроғига ҳурматсизлик қилиш 5 575 000 сўмгача миқдорда жарима ёки 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.

Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга асосан эса, Ўзбекистон ёки Қорақалпоғистоннинг Давлат байроғи тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш тегишли маъмурий жавобгарликка сабаб бўлади.

Manba: Huquqiy axborot telegram kanali

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilib_oling

O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy - hududiy tuzilishi.

👉 @geoedu_uz