GEOGRAFIYA JDPU
141 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM‼️

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Muhim
#Qonunchilik_yangiliklari

Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

➡️ Unga koʻra, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Transformatsiya ofisi tashkil etiladi.

📌 Shuningdek, universitet tarkibida

🏛 agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;

🏛 muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti;

🏛 pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMIY XABAR

24 yanvardan boshlab
maktablar va OTMlar bir oy davomida «Onlayn» faoliyat olib boradi
__________________

С 24 января в Узбекистане ученики общеобразовательных
школ и студенты высших учебных заведений перейдут на онлайн-обучение


👉 @geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
Kompyuterlar uchun ZOOM dasturi(@geoedu_uz).exe
122.2 KB
#Programma | #EXE

💻 Kompyuterlar uchun ZOOM dasturi

P. S
. Ushbu dasturdan birinchi bor foydalanoyotganlarga kanalimizdagi maxsus videodars yoki matnli qo'llanma bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qilamiz.


👉 @geoedu_uz - onlaynda ta'limda ham siz bilan birga!
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMAN: 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladiSSV


👉 @geoedu_uz
#Bayram_tabrigi

Aziz ayollar! Muhtarama onajonlar, qadrli opa-singillar. Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbot etamiz! Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, bitmas tuganmas boylik, kasbingizga rivoj, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz! Hamisha yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat va ehtirom bilan kanal ma’muriyati.

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat uchun
Forwarded from GEOEDU.UZ
#rasm

Barometr - aneroid va simobli barometr.

👉 https://t.me/geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️MAGISTRATURADA O‘QIYDIGAN BARCHA XOTIN-QIZLARNING KONTRAKTI TO‘LAB BERILADI

2022/2023 o‘quv yilidan magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to'lanadi.

☑️ 2022/2023 o‘quv yilidan:

davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️⚡️Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi.


👉 @geoedu_uz
#geo_izoh

Rеlyеf — yеr yuzаsining shаkllаri – tоg‘lаr, tеkisliklаr, qirlаr, tеpаlаr, vоdiylаr, аdirlаr, sоylаr vа bоshqаlаr mаjmuyi. Relyef uchga: makrorelyef, mezorelyef va mikrorelyefga bo'linadi:

Makrorelyef - relyefning eng katta relyef shakli boiib, bunga kattakatta tekisliklar, togiar, vodiylar va b. lar kiradi.

Mezorelyef - relyefning o‘rtacha relyef shakli boiib, bunga terrasalar, soy, jarlik va boshqalar kiradi.

Mikrorelyef - eng kichik relyef shakllari hisoblanib, unga tepachalar, dalalardagi past-balandliklar kiradi.


👉 @geoedu_uz
#magistratura

⚡️Abduqodir Toshqulov: «Magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilmoqda»

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov 22 aprel kuni Qarshi davlat universitetining talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Abduqodir Toshqulov tizimda o‘z yechimini kutayotgan muammolarga to‘xtalib, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida batafsil so‘z yuritgan. Tadbirda talabalarning magistratura mutaxassisligiga o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati majburiy qilinganligi to‘g‘risidagi savolga oliy ta’lim vaziri quyidagicha javob bergan:

«Shu savolga javob berish asnosida sizni yangi o‘zgarishdan xabardor qilmoqchiman. Joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibini ko‘rib chiqyapmiz. O‘zi shunday ham talaba 8 semestr davomida mutaxassislik fanlaridan kerakli ko‘nikma va bilimni egallaydi.

Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha balli hisobga olinadi. Hozirda ushbu taklif o‘rganilyapti».

Muloqotda, shuningdek, san’atshunoslik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ham alohida davlat stipendiyalarini tashkil qilish, bakalavriat bosqichida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv soatlarini ko‘paytirish, madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish, xorijiy tillarni o‘rgatishga moslashgan volontyorlik markazlarini ochish, koreys tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘quv rejaga kiritish kabi bir qator masalalar yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlangan.

Vazir bildirilgan taklif va tashabbuslar o‘rganib chiqilishini ma’lum qilgan.

Manba: Daryo.uz


👉 @geoedu_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️«Endi oʻqishni koʻchirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi: turmush qursa va davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga oʻtsagina oʻqishini koʻchira oladi» — Abduqodir Toshqulov.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining qayd etishicha, oʻqishni koʻchirishda vazir xati talab etiladi. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilmaydi.


👉
@geoedu_uz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Қабул квоталари тасдиқланди

Президентнинг тегишли фармойишига асосан, 2022/2023 ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари қуйидагича тасдиқланди:

а) бакалаврлар тайёрлаш бўйича:

кундузги таълим шаклига – 77 477 нафар;

сиртқи таълим шаклига – 26 095 нафар;

кечки таълим шаклига – 3 725 нафар;

масофавий таълим шаклига – 3 410 нафар;

б) магистрлар тайёрлаш бўйича – 10 688 нафар.

Молиявий мустақиллик берилган давлат ОТМларининг кузатув кенгашларига ҳамда қабул параметрларини Васийлик кенгаши қарори билан тасдиқлаш ваколати берилган олий таълим ташкилотларига тегишли қабул параметрларини 2022 йил 20 июнга қадар тасдиқлаш тавсия этилди.


Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
❗️РАСМАН: энди қабул 20 июндан бошланади

Президентнинг тегишли қарорига асосан, давлат олий таълим муассасаларига қабул жараёнида абитуриентларни онлайн рўйхатдан ўтказиш Ягона интерактив давлат хизматлари портали ва Давлат тест марказининг расмий веб-сайти орқали ҳар йили 20 июндан 20 июлга қадар (20 июль куни ҳам), чет тили фанидан касбий (ижодий) имтиҳон ўтказиладиган бакалавриат таълим йўналишлари бўйича эса 10 июлга қадар (10 июль куни ҳам) амалга оширилади.


Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Ўқишни кўчириш бўйича янги тартиб белгиланди

Президентнинг тегишли қарорига кўра, давлат олий таълим муассасасининг биридан бошқасига талабалар ўқишини кўчиришга фақатгина қуйидаги ҳолатларда рухсат берилади:

1️⃣ талаба оила қуриши муносабати билан турмуш ўртоғи доимий яшайдиган ҳудуддаги олий таълим муассасасига ўқишини кўчириш учун мурожаат қилганда;

2️⃣ давлат органларининг ходимлари иш жойи ўзгарган тақдирда унинг турмуш ўртоғи ёки вояга етмаган фарзанди ўқишини кўчириш учун мурожаат қилганда, тегишли вазирлик (идора) раҳбарининг тавсияси асосида.

Бошқа ҳолларда бир давлат ОТМдан бошқасига (ҳудудидан қатъи назар) ўқишни кўчиришга рухсат этилмайди.

Хориждан ва Ўзбекистондаги хорижий ва нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда ўтган йилги тартиб сақланиб қолган.


Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
❗️Эндиликда магистратурага йилда 2 марта қабул бўлади

Президентнинг тегишли қарорига кўра, давлат ОТМларининг магистратурасига қабул бир йилда икки мартаавгуст ва январь ойларида ташкил этилади. Бунда:

1️⃣ август ойидаги қабул – навбатдаги ўқув йили учун тасдиқланган давлат гранти ва тўлов-контракт асосидаги ҳамда молиявий мустақиллик берилган ОТМларнинг кузатув кенгашлари томонидан тасдиқланган тўлов-контракт асосидаги қабул параметрларига мувофиқ;

2️⃣ январь ойидаги қабул – дастлабки қабул натижаларига кўра тўлмаган ўринлар ҳамда Давлат комиссияси томонидан тасдиқланган қўшимча тўлов-контракт асосидаги қабул параметрларига мувофиқ амалга оширилади.


Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
GEOGRAFIYA JDPU
❗️Эндиликда магистратурага йилда 2 марта қабул бўлади Президентнинг тегишли қарорига кўра, давлат ОТМларининг магистратурасига қабул бир йилда икки марта – август ва январь ойларида ташкил этилади. Бунда: 1️⃣ август ойидаги қабул – навбатдаги ўқув йили учун…
⚡️Жорий йилдан бошлаб давлат ОТМлари магистратурасига қабулда мутахассислик фанидан имтиҳон бўлмайди.

Фақат абитуриентнинг бакалавриат диплом бали ўртача кўрсаткичи ҳамда хорижий тилни билиш даражаси бўйича тегишли миллий ёки халқаро сертификат бали асосида, баллар кетма-кетлигига қатъий риоя қилган ҳолда амалга оширилади.

Бошқа қўшимча имтиҳон ўтказилмайди.


Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Эндиликда ОТМларга имтиҳонларсиз давлат гранти асосида ўқишга кириш бўйича имтиёзга эга бўлган шахслар умумий қабул параметрларидан ташқари қўшимча давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинади.

Илгари имтиёзга эга айрим абитуриентлар умумий квота доирасида давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинар ва мавжуд грант ўринларини банд қилишар эди.


Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Магистратурада ўқийдиган барча хотин-қизларнинг тўлов-контракт миқдорлари давлат бюджети ҳисобидан қопланади

Президентнинг тегишли қарорига кўра, бундан буён давлат ОТМлари магистратурасига ўқишга кирган барча хотин-қизларнинг тўлов-контракт миқдорлари давлат бюджети маблағлари ҳисобидан қопланади.

Бунда:

2021/2022 ўқув йилида давлат олий таълим муассасалари магистратурасига талабаликка қабул қилиниб, тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган хотин-қизларнинг 2022/2023 ўқув йили учун тўлов-контракт миқдори;

2022/2023 ўқув йилидан бошлаб давлат олий таълим муассасалари магистратурасига ажратилган қабул параметрлари доирасида базавий тўлов-контракт асосида талабаликка қабул қилинган хотин-қизларнинг тўлов-контракт миқдори қоплаб берилади.


Каналга уланиш:
@uzauz