GEOGRAFIYA JDPU
137 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#statistika

⚡️ Respublikamizda 12,9 mln. bosh yirik shoxli qoramollar mavjud

2021-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 180,2 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 12 925,7 ming boshga yetdi.

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikadagi jami yirik shoxli qoramollar bosh sonining 92,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng asosiy ulushi qo‘yidagicha:
Qashqadaryo viloyati – 12,4 %
Samarqand viloyati – 12,1 %
Buxoro viloyati – 9,6 %
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8,7 %


👉 @geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Eslatma

⚡️ QOʻSHIMCHA DAM OLISH KUNLARI

Prezident tomonidan imzolangan hujjatlar bilan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilandi.

13 may (Ramazon hayiti), 14–15 may (qoʻshimcha dam olish kunlari) ishlanmaydigan kunlar sifatida belgilandi.

Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtkaziladi.

Qurbon hayiti
munosabati bilan 20-22 iyul dam olish kunlari sifatida belgilandi (17 iyul va 24 iyul uchun dam olish kunlari koʻchiriladi).

Shuningdek, 31-dekabr ham qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Eslatma

❗️Hayit namozi vaqtlari ma’lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, 2021-yil 13-may, payshanba kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
#bayram_tabrigi | #ramazon

Bismillahir rohmanir rohiym.

Hurmatli dindoshlar, aziz vatandoshlar. Barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman.

Ushbu ayyomda har bir xonadonga baxtu-saodat, quvonch, shodlik, tinchlik va xotirjamlik olib kelishini tilayman. Barchangizning qilgan ezgu orzu-istaklaringiz amalga oshsin! Keyingi yil shu kunlarga barchamizni bag‘ri butunlikda yetkazsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
#Diqqat

📢 E’LON

Jizzax davlat pedagogika institutida barcha kurs (1,2,3,4 kurslar) talabalari uchun 2021-yil 17-may kunidan boshlab an’anaviy ta’lim shaklida o‘qish boshlanadi.

Batafsil...


👉 @geografiya_JDPI
#kun_tarixi | #statistika

📊 18-may – Xalqaro muzeylar kuni. O‘zbekistondagi eng ommabop muzeylar

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 105 tani tashkil etib, ularga 1515,8 ming kishi tashrif buyurgan.

Mamlakatimizdagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan top: 5 muzeylar

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V. Saviskiy nomidagi davlat muzeyi – 12,9 ming kishi

🔸Temuriylar tarixi davlat muzeyi – 31,5 ming

🔸Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey qo‘riqxonasi – 119,8 ming kishi

🔸 Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi – 143,8 ming kishi

🔸Samarqand davlat badiiy muzey qo‘riqxonasi – 167,5 ming kishi


👉 @geografiya_JDPI
💡Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni ko'rmaganlar va "haqiqiy haybati"ni his qilmaganlar uchun maxsus!

👉@geografiya_JDPI
#yaxshi_kayfiyat

🛣 Yo'llarni ta'mirlashning "innovatsion" usuli


👉 @geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Diqqat

📌 Toshkent shahri hududi kengaymoqda

Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqda joriy yil 20-may kuni Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan.

Jumladan, Qibray tumanidagi:

📌Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;

📌 Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkaziladi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kontrakt | #bilasizmi | #eslatma

📌 Kontrakt uchun to‘lagan mablag‘ingizning 12% ni qonuniy yo‘l bilan olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

🏷 Mavzuga a’loqador postlar: #kontrakt


👉 @geografiya_JDPI
#Diqqat

📌 Hurmatli Jizzax davlat pedagogika instituti 3-4 bosqich talabalari!

Sizlarni 29-may 2021-yil soat 14:00da Institut Madaniyat Saroyida Webster Universiteti vakillari ishtirokida tashkil etilayotgan "Xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishning afzalliklari va Webster University MA dasturlari" mavzusidagi seminar treningga taklif etamiz.


👉 @geografiya_JDPI
#Bilib_oling | #Eslatma

⚡️ QOZOGʻISTONNING QAYSI UNIVERSITETLARI DIPLOMI O‘ZBEKSTONDA O‘TADI?

❗️Qozog‘iston Respublikasining quyidagi OTMlari akkreditasidan o‘tgan:

Sizga ushbu Universitetlarni ikki qismga bo‘lib sanab o‘tamiz.

1⃣ Xalqaro tan olingan tashkilotlarning TOP 1000 talik ro‘yxatiga kirgan OTMlar:
Qozig‘iston milliy universiteti;
• Yevroosiya milliy universiteti;
• Qozog‘iston milliy texnika universiteti;
• Qozog‘iston milliy pedagogiki universiteti;
• Janubiy Qozog‘iston universiteti;
• Karanganda davlat universiteti;
• Qozog‘iston Britaniya universiteti;
• Qozog‘iston xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti;


2⃣ Diplom nostrifikasiyasi past OTMlar:
Janubiy Qozog‘iston davlat formatseftika akademiyasi;
• Qozog‘iston muhandislik-pedagogika xalqlar do‘stligi universiteti;
• Jambul gumanitar-texnika universiteti;
• Shimkent universiteti;
• Sirdarya universiteti;
• Tazar universiteti;

🏷 Mavzuga oid postlar:
Nostrifikatsiya qilish tartibini bilasizmi.
Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati (TOP 1000 talik).


👉 t.me/geografiya_JDPI
olimpiada sanalari.xlsx
12.1 KB
#Diqqat | #olimpiada2021

⚡️RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARINI O'TKAZISH VAQTI E'LON QILINDI

Respublika fan olimpiadasini olimpiada.edu.uz tizimida onlayn shaklida oʻtkaziladigan fanlar ro'yxati hamda mazkur fanlardan bo’lib o’tadigan olimpiadaning o’tkazish sanasi va vaqtlari.

🏷 Mavzuga oid postlar:
Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati.
Ro'xatdan o'tish tartibi.
Qaysi yo'nalishdagi g'oliblarga magistraturaga kirish imkoniyati beriladi > Asos.


👉 t.me/geografiya_JDPI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#futbol_time

🇪🇺 YCHL-2020/2021 | FINAL 🏆

CHELSINI CHEMPION QILGAN GOL!

Gol muallifi: Havertz


👉 t.me/geografiya_JDPI
#xulosa

Moddiy boyliging qanchalik ko‘p bo‘lmasin, vaqti kelsa hatto bir so‘z uchun ham yetmay qolar ekan.

juraxujayev ©
Forwarded from GEOEDU.UZ
#yulduz | #koinot

Ushbu super grafik 3D xarita-sayt sizga jami 10 000 ta yulduzlarning koinotda joylashuvini 3 oʻlchamda koʻrish va har biri haqida batafsil maʼlumot olish imkoniyatini taqdim etadi.

P. S. Olimlarning aniqlashicha koinot haqidagi toʻgʻri tasavvurlar - fikrlash qobiliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan. Ayniqsa, bolajonlarga koinotni tushuntirishimizni ushbu sayt juda yengillashtirib beradi.

LINK: stars.chromeexperiments.com


👉 @geografiya_test_video_slayd kanali bilan koinotga sayohat qiling...
#maslahat | #abituriyent

Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot 🧠

Xotirani yaxshilash va miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun ko‘proq qanday mahsulotlar tanovul qilish kerak?

1. Tuxum 🥚

Ushbu mahsulot tarkibida ko‘plab vitaminlar, jumladan B12 hamda xolin moddasi mavjud. Odatda xolin moddasining tanqisligi eslash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. B12 vitamini esa miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

2. Koʻk choy 🍵

Ko‘k choy odamdagi xavotir, tahlika va qo‘rquvni nari ketkazadi, tushkunlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ishga bo‘lgan layoqatni oshiradi va xotirani yaxshilaydi.

3. Yasmiq 🌾

Yasmiq (chechevitsa) – tarkibida tabiiy oqsil jamlangan eng foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Foliy kislotasi, temir moddasi va В guruhidagi vitaminlarni ham aynan uning tarkibidan topasiz. Ushbu elementlar miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, atrofdagi hodisalarni teran anglash va voqealarni eslab qolishga yordam beradi.

4. Kakao ☕️

Xotira sustligidan aziyat chekuvchi insonlarga ko‘proq magniy, flavonoid va triptofan moddalari kerak bo‘ladi. Kakao esa mazkur moddalarning haqiqiy konidir.

5. Brokkoli 🥦

Ushbu mahsulotning foydali xususiyatlarini barmoq bilan sanab, tugatib bo‘lmaydi. Brokkoli inson organizmini tozalab, undan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Tarkibidagi oqsil sharofati bilan xotirani mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 Manba: Xabardor.uz


👉 t.me/geografiya_JDPI
❗️ZAKOVAT SAVOL

1975-yilda grossmeysterlar Maylz Millar va Ruben shaxmat tarixidagi eng qisqa o'yinni o'tkazdilar. Millar oq, Ryuben qora donalarda o'ynadi.

Diqqat savol: ushbu o'yinda nechta yurish qilindi va kim g'alaba qozondi
Forwarded from GEOEDU.UZ
#xarita | #zilzila

Ushbu saytdan eng soʻngi yer silkinishlari haqida qayerda, qachon, necha ball boʻlganligini koʻrishingiz mumkin.

LINK: geofon.gfz-potsdam.de


👉 @geografiya_test_video_slayd
❗️ZAKOVAT SAVOL

Ma'lumki, arablar o'ngdan chapga yozadilar. Biroq, ular chapdan o'ngga yozadigan narsalar mavjud.

Diqqat savol:
Bu nima va nima uchun aksincha yozilgan