GEOGRAFIYA JDPU
143 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
#tabiat_ajoyibotlari

📌 Dunyo go‘zalliklaridan bahramand bo‘ling. Afrika tabiati

👉 t.me/geografiya_JDPI kanali bilan dunyo bo‘ylab sayohat qiling
Forwarded from GEOEDU.UZ
⚡️ O‘zbek adabiyotining zamonaviy bolalar yozuvchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi.

Ta’ziya 22-mart kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

P. S: Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Amaliy_mashgulot_darslari

📌 TABIIY GEOGRAFIYADAN BA’ZI BIR MASALA VA MASHQLARNING ISHLANISH USULLARI
_______________________

1-dars: Yo‘nalish azimuti va uni aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

2-dars: Balandlikka ko’tarilgan sari ufq chegarasining kengayishi. Masshtab va uning yordamida masofalarni aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

3-dars: Nuqtaning geografik kengligi va uzunligi. Daraja to‘ri, geografik koordinatalar
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

4-dars: Daraja to’ri yordamida masofalarni aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

5-dars: Yerning tosh qobig'i-litosfera
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

6-dars: Okean, dengiz va ko’llarning chuqurliklarini aniqlash. Ko‘z bilan chamalab masofani aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

7-dars: Okean suvining sho’rligi va haroratini aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

8-dars: Daryolarning nishabligi, suv sarfi va daryo tarmoqlari zichligini aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

9-dars: Havo harorati va uning o’zgarib borish qonuniyati
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

10-dars: Atmosfera bosimi va uni aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

11-dars: Havoning namligi va namlik koeffitsientini hisoblash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

12-dars: Shamollar va yog’in miqdorini aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

13-dars: Mahalliy vaqt va mintaqa vaqti. Nuqtalar orasidagi vaqt farqini aniqlash. Dunyo vaqti
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

14-dars: Yilning turli vaqtlarida quyoshning ufqdan balandligini aniqlash
👉 Batafsil ko‘rish
_______________________

Izoh: "Batafsil ko‘rish" so‘zini chertish orqali mavzu bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#statistika

📊 O‘zbekistonning qaysi davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori?

🇨🇳 Xitoy – 908,5 mln., eksport – 285,5 mln., import 623,0 mln. AQSH dollari

🇷🇺 Rossiya – 843,9 mln., eksport – 225,5 mln., import 618,4 mln. AQSH dollari

🇰🇿 Qozog‘iston – 585,6 mln., eksport – 151,9 mln., import 433,7 mln. AQSH dollari

🇹🇷 Turkiya – 404,0 mln., eksport – 215,0 mln, import 188,9 mln. AQSH dollari

🇰🇷 Koreya – 175,0 mln., eksport – 5,5 mln., import 169,5 mln. AQSH dollari

🇰🇬 Qirg‘iziston R. – 119,2 mln., eksport – 91,6 mln., import 27,6 mln. AQSH dollari

🇦🇫 Afg‘oniston – 107,6 mln., eksport – 107,5 mln., import 0,1 mln. AQSH dollar

🇮🇳 Hindiston – 85,5 mln., eksport – 4,7 mln., import 80,8 mln. AQSH dollar

🇺🇦 Ukraina – 82,6 mln., eksport – 24,7 mln., import 57,9 mln. AQSH dollar

🇱🇹 Litva – 77,6 mln., eksport – 5,5 mln., import 72,1 mln. AQSH dollar

🇩🇪 Germaniya – 75,9 mln., eksport – 5,0 mln., import 71,0 mln. AQSH dollari

🇹🇯 Turkmaniston – 69,1 mln., eksport – 13,0 mln., imprt 56,2 mln. AQSH dollari

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi (2021 yilning yanvar-fevral holatiga).


👉 t.me/geografiya_JDPI
#statistika

📊 Qaysi hududning tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘ldi?

🏢
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida hududlarning tashqi savdo aylanmasi:

🟢 Toshkent sh. – 1,9 mlrd., eksport – 470,7 mln., import 1,4 mlrd. AQSH dollari

🟢 Toshkent – 727,1 mln., eksport – 276,7 mln., import 450,4 mln. AQSH dollari

🟢 Andijon – 308,5 mln., eksport – 117,0 mln., import 191,6 mln. AQSH dollari

🟢 Samarqand – 240,6 mln., eksport – 59,6 mln., import 181,0 mln. AQSH dollari

🟢 Farg‘ona – 212,9 mln., eksport – 72,2 mln., import 140,7 mln. AQSH dollari

🟢 Navoiy – 163,9 mln., eksport – 68,3 mln., import 95,5 mln. AQSH dollari

🟢 Namangan – 145,8 mln., eksport – 57,1 mln., import 88,7 mln. AQSH dollari

🟢 Buxoro – 124,0 mln., eksport – 49,7 mln., import 74,3 mln. AQSH dollari

🟢 Sirdaryo – 123,0 mln., eksport – 36,7 mln., import 86,3 mln. AQSH dollari

🟢 Qoraqalpog‘iston R. – 103,0 mln., eksport – 66,2 mln., import 36,8 mln. AQSH dollari

🟢 Xorazm – 100,3 mln., eksport – 31,5 mln., import 68,8 mln. AQSH dollari

🟢 Surxondaryo – 65,1 mln., eksport – 26,9 mln., import 38,3 mln. AQSH dollari

🟢 Jizzax – 60,2 mln., eksport – 29,5 mln., import 30,7 mln. AQSH dollari

🟢 Qashqadaryo – 50,7 mln., eksport – 24,2 mln., import 26,5 mln. AQSH dollari


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bilasizmi | #Yurist_javobi

📌 4-KURS TALABASI HAM TO‘LIQ STAVKADA ISHLASHI MUMKINMI?

Assalomu aleykum. Savolim bor edi. Pedagogika institutida 4-bosqich talabasiman. Sentyabr oyidan maktabga ishga kirdim. Menga 21 soat dars berishdi. Dekabr oyigacha menga asosiy ishchi sifatida o’rta maxsus ma’lumotli xodim oyligini berishdi. Yanvar oyidan 10 soatimga to’liq, 11 soatimga vakant hisobidan yani 75% to’lashyapti. Shu to’g’rimi? Xozir amaliyotdaman. Menga to’liq to’lashlari uchun huquqiy asos ko’rsatsangiz. Oldindan raxmat.

❗️YURIST JAVOBI:

Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, siz 4-kursda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlisiz

💁‍♂ Biroq sizga o‘rta maxsus ma’lumotli xodim qatori haq to‘lanadi.

➡️ Endi stavka masalasiga kelsak, talabaning asosiy vazifasi ta’lim olishdir. An’anaviy, masofaviy ta’lim yoki amaliyotda bo‘lsin, farqi yo‘q.

❗️Asosiy vazifa o‘qish. Mehnat kodeksi 118-moddasiga ko‘ra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarni nazarda tutgan.

Manashu qoidaga ko‘ra talaba ta’lim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda to‘liq stavkada ishlay olmaydi.

Bunda talaba OTMdagi darslari qo‘yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 6 soat, 7.2 soat (boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 5 soatlik ish haftasi uchun) vaqt sarflanadi.

Lekin sizga 75% ish haqi to‘lash mumkin emas. Bu darslar sizga soatbay asosida berilgan.

O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorga (ro‘yxat raqami 3157) muvofiq umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to‘lanadi.

❗️Diqqat qiling! Yuqoridagi qarorga muvofiq soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bilasizmi

⚡️Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 24-martdagi 12- va 19-q/q -sonli qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qaroriga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
⁠Xaqqulobod shahri respublikamizdagi qaysi viloyatda joylashgan?

🌐 @geografiya_JDPI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq | t.me/geografiya_JDPI

Qumning kattalashtirilgan ko‘rinishi
#statistika

💎 O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ular:

- Argillitlar va alevrolitlar.
- Harsangtoshlar, shag‘al va mayda shag‘allar.
- Gillar (bo‘yoq va sement ishlab chiqarish uchuy yaroqlilardan tashqari).
- Dolomit.
- Ohaktosh (sement ishlab chiqarish va metallurgiya sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari).
- Ohaktosh-chig‘anoqtosh.
- Tosh bo‘laklari.
- Kvarsit (texnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan hamda dinasli va flyuslilardan tashqari).
- Lyoss va lyossimon jinslar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari). Mergel (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
- Bo‘rsimon jinslar.
- Marmar.
- Qum (qoliplashda va shisha ishlab chiqarishda foydalaniladiganlaridan tashqari).
- Qumtosh.
- Slanes (yonuvchi va qorasidan tashqari).
- Suglinkalar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).
- Magmatik, metamorfik va vulqanogen jinslar (sement va o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).

Manba


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bilasizmi | #Eslab_qoling

📌 STIR ni aniqlashning tezkor usulini bilasizmi?

O'zbekiston davlat soliq qo'mitasi ma’lumotlaridan qulay tarzda foydalanish uchun maxsus bot yaratildi. Ushbu bot orqali СТИР(INN) raqamingizni aniqlashingiz, elektron imzo va shu kabi soliqqa oid boshqa foydali ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

📲 Bot manzili: @uzsoliq_bot

P. S. Avvallari bu xizmatlar uchun soliq idorasiga borishga toʻgʻri kelardi. Endi esa uydan chiqmasdan bajarish mumkin. Siz ham foydalanib ko‘ring.


👉 t.me/geografiya_JDPI
ҚарДУ_География_конференция_ахборот_хати.docx
313.8 KB
#Axborot_xati | #mahalliy

📌 AXBOROT XATI

Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi tomonidan 2021-yil 15-may kuni "O‘zbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

❗️Maqola va tezislar 2021-yilning 25-apreliga qadar qabul qilinadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
16_22_апреля_2021_ж_Нур_Султан,_Казахстан,_Международная_научно.pdf
2.4 MB
#Axborot_xati | #xalqaro

📌 Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya uchun axborot xati.

Maqolalar 16-aprelga qadar qabul qilinadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
SAVOL

Korea tarixida saroy va qal'a soqchilariga jang san'atini mukammal oʻrgatishgan, lekin jang san'atidan tashqari yana bir narsani oʻrgatishgan.

Diqqat savol: Nimani oʻrgatishgan va nima sababdan?