GEOGRAFIYA JDPU
135 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#statistika

⚡️ Metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda vaziyat qanday?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2020-yilda faoliyat yuritayotgan 1023 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 79,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 106,3 % ni tashkil etdi.

📌 Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega hududlar:

🟢 Navoiy viloyati 56,9 %
🟢 Toshkent viloyati 36,0 %
🟢 Toshkent shahri 6,1 %

☑️ Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilda 1,2 mlrd. AQSH dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu respublika umumiy eksport hajmining 8,2 % ini tashkil etdi.

Manba: stat.uz


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#qiziqfan®

🏜 Dunyoda eng quruq joy

Chili davlatida joylashgan Atakama cho‘li dunyodagi eng quruq joy hisoblanadi. Ushbu cho‘lda yomg‘ir juda kam miqdorda yog‘adi. Ushbu cho‘lda oxirgi marta yomg‘ir 2015 (25-mart va 9-avgust) va 2017 (7-iyun) yillarda yog‘gan.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Investitsiya - xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli.

Eksport - tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi.

Import - chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni olib kelish.


👉 @geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

❄️ Sun’iy qor hosil qilish

P. S. Tayyorlash usuli noma’lum, agar siz bilsangiz bizga yozib yuboring.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#talaba | #maslahat

👨🏻‍🎓 Talabalar uchun ba'zi bir maslahatlar:

🔹 kimdandir (xoh u ustoz bo‘lsin, xoh siz kabi talaba) biror-nimani so‘rashdan qo‘rqmang - sizni yuksaltirishga xizmat qiluvchi rejalar o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi;

🔸 seminarlarni shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tkazmang, balki faol ishtirokchisi bo‘ling - baribir javob berishingizga to‘g‘ri keladi, lekin bu safar siz uchun savolni o‘zingiz emas, balki o‘qituvchi tanlaydi;

🔹 testlar, kollokviumlar, o‘tkazib yuborilgan amaliyot darslari va ma’ruza konspektlari bilan bog‘liq qarzlaringizni darhol qayta topshiring;

🔸 siz uchun zerikarli bo‘lsa ham, bu sohaga oid fan bo‘lmasa ham, hattoki buni keyinchalik mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri kelsa ham, dars vaqti (para)da chalg‘imang - o‘qituvchilar o‘zlari uchun alohida belgilab borishmasa-da, barchasiga e’tibor berishadi;

🔹 o‘zingiz bilan fleshka olib yuring;

🔸 paralarga xuda-behuda noutbuk olib yurishga shoshmang - ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho qurilmani olib yurgandan ko‘ra, ehtimol, sizga qo‘lda yozish varianti durustroqdir;

🔹 kursdoshlaringizdan yordam so‘rashdan yoki bir jamoa bo‘lib ishlashni taklif etishdan o‘zingizni olib qochmang - bundan sizga ham, boshqalarga ham osonroq, qolaversa ma’lumot ham tez izlab topiladi;

🔸 turli manbalardan foydalaning, faqatgina konspektlarga tayanib ish tutmang;

🔹 agar bir kunlik paralar soni ko‘p bo‘lsa, o‘zingiz bilan yo suv/choy va tezkor tanovul uchun yegulik, yo (agar mavjud bo‘lsa, albatta) bunga yetarli miqdorda mablag‘ olib yuring;

🔸 hajmi 350-500 ml'lik kichik termos - foydali narsa: paralarda yoki ularning oralig‘ida issiq kofe/choy/tovuq bulyoni ichib yurish mumkin;

🔹 o‘zingiz bilan yalpiz ta’mli konfetlar olib yuring - inson tanovul qilayotgan payti uxlab qolishi mushkuldir;

🔸 ko‘k choy kofega nisbatan yaxshiroq tetiklashtiradi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bahor

📌 Toshkentda daraxtlar gulladi

P. S. Rasm Maksim Gorkiydan olingan


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Bilasizmi

📌 Antipodni qanday topish mumkin?

Antipodingizni topayotganda, siz yarim sharlarni ikki tomonga aylantirayotganingizni anglang. Agar siz Shimoliy yarim sharda bo'lsangiz, antipodingiz Janubiy yarim sharda bo'ladi. Agar siz G'arbiy yarim sharda bo'lsangiz, antipodingiz Sharqiy yarim sharda bo'ladi.

Antipodni topmoqchi bo'lgan joyning kengligini oling va uni qarama-qarshi yarim sharga aylantiring. Biz Memfisni misol tariqasida keltiramiz. Memfis taxminan 35° shimoliy kenglikda joylashgan. Memfis antipodi 35° janubiy kenglikda bo'ladi.

Antipodni topmoqchi bo'lgan joyning uzunligini oling va uzunlikni 180 dan chiqaring. Antipodlar har doim 180° uzunlik bo'ylab. Memfis taxminan 90° G'arbiy uzunlikda joylashgan, shuning uchun biz 180-90 = 90 ni qabul qilamiz. Ushbu yangi 90° biz Sharqiy darajaga (G'arbiy yarim shardan Sharqiy yarim sharga, Grinvichning g'arbiy darajasidan Grinvichning sharqigacha) aylanamiz va biz Memfis antipodining joylashgan joyiga egamiz - 35° S 90° E Hind okeanidan Avstraliyaning g'arbiy qismida.

🔅Xitoydan Yer bo'ylab qazish

Xo'sh, Xitoyning antipodlari aniq qaerda? Keling, Pekin antipodini hisoblab chiqamiz. Pekin taxminan 40° Shimoliy va 117° Sharqda joylashgan. Shunday qilib, yuqoridagi birinchi qadam bilan biz janubiy 40° (shimoliy yarim shardan janubiy yarim sharga aylanadigan) antipod qidirmoqdamiz. Ikkinchi qadam uchun biz Sharqiy yarim shardan G'arbiy yarim sharga o'tishni va 180 dan 117° Sharqni olib tashlamoqchimiz, natijada 63° G'arb. Shu sababli, Pekin antipodi Janubiy Amerikada, Argentinaning Bayia-Blanka yaqinida joylashgan.


🔅Avstraliyaning antipodlari

Avstraliya haqida nima deyish mumkin? Keling, Avstraliyaning o'rtalarida qiziqarli nomlangan joyni olaylik; Oodnadatta, Janubiy Avstraliya. Bu qit'ada qayd etilgan eng yuqori haroratning uyi. 27,5° janubga va 135,5° sharqqa yaqin joylashgan. Shunday qilib, biz Janubiy yarim shardan Shimoliy yarim sharga va Sharqiy yarim shardan G'arbiy yarim sharga aylanamiz. Yuqoridagi birinchi qadamdan biz 27,5° janubdan 27,5° shimolga burilib, 180-135,5 = 44,5° g'arbga boramiz. Shuning uchun Oodnadatta antipodi Atlantika okeanining o'rtasida joylashgan.

🔅Tropik antipod

Tinch okeanining o'rtasida joylashgan Gavayi Honolulu antipodi Afrikada joylashgan. Honolulu 21° Shimoliy va 158° G'arbga yaqin joylashgan. Shunday qilib, Honolulu antipodi 21° janubda va (180-158 =) 22° sharqda joylashgan. 158° G'arbiy va 22° Sharqdagi antipod Botsvananing o'rtasida joylashgan. Ikkala joy ham tropik mintaqada, ammo Honolulu Saraton tropikasi yaqinida, Botsvana esa Uloq tropikasi bo'yida joylashgan.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
#kontrakt

Talabalar kontraktini to‘laganda daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Hozir talabalarning kontrakt to‘lash jarayonlari boshlangan. Ushbu jarayonlar mobaynida ko‘pchilik soliq imtiyozi haqida savol bermoqda.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun o‘tkazilgan ish haqlaridan daromad solig‘i ushlanmaydi:

1) fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
3) er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

Bu nima degani?

Masalan, ota o‘z farzandining kontrakti uchun ish haqining bir qismini, aytaylik 1 mln so‘mini to‘g‘ridan-to‘g‘ri institut hisobiga o‘tkazadi deylik. Buning uchun institutdan shartnoma (hisob-raqam) olib, tashkilot buxgalteriyasiga ariza berib qo‘yish kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln so‘m oylik olsa, demak farzandining kontrakti uchun o‘tkazgan 1 mln so‘mdan 12%lik daromad solig‘i ushlanmaydi, faqat qolgan 2 mln so‘mdan soliq olinadi.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki boshqa shaxslarning kontrakti uchun ish haqidan to‘lov o‘tkazilsa hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
💐🍃🌿🌸🍃🌾🌼
🍃🌺🍂
🌿🍂 Assalomu alaykum
🌸 yurtdoshim! Bahor muborak!!
🌹
Derazamning oldida bir tup 
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...

Novdalarni bezab g‘unchalar, 
Tongda aytdi hayot otini 
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar 
Olib ketdi gulning totini.

🌷 Hamid Olimjon.
🌿
🌾🍂 👉 @geografiya_JDPI 👈
🍃🌺🍂
💐🌾🍀🌼🌷🍃🌼
#talaba

🎯​​Sessiyadan soʻng (ayrim) talabalarning ahvoli

* Zato halol pul topamiz-a toʻgʻrimi?


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Eslatma

📆 O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishlari aniq bo‘ldi

Prezident farmoniga binoan o‘zbek xalqi Navro‘z bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi:

👉 20-mart - shanba (qo‘shimcha ishlamaydigan kun);
👉 21-mart - yakshanba (dam olish kuni);
👉 22-mart - dushanba (dam olish kuni 27 martga qoldirildi).

8-mart bayrami dushanba kuniga to‘g‘ri kelishini hisobga olinsa, mart oyida umumiy 4 kun dam oladilar.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bilasizmi

🏭 Marganetsning ishlatilishi

1-Traktor zanjirlari.
2-Mineral o‘g‘it.
3-Aviatsiya.
4-Kimyo sanoati.
5-Tegirmon va maydalash. 6-Elektrotexnika.
7-Metallurgiya.
8-Temir yo‘l.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bayram_tabrigi

Aziz ayollar! Muhtarama onajonlar, qadrli opa-singillar. Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbot etamiz! Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, bitmas tuganmas boylik, kasbingizga rivoj, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz! Hamisha yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat va ehtirom bilan kanal ma’muriyati.

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat uchun
#tabiat_ajoyibotlari

📌 Dunyo go‘zalliklaridan bahramand bo‘ling. Yer yuzidagi eng go‘zal sharsharalar.

👉 t.me/geografiya_JDPI kanali bilan dunyo bo‘ylab sayohat qiling