GEOGRAFIYA JDPU
134 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#abituriyent_2021

⚡️​​ABITURIYENTLARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI E’LON QILINDI

2020-2021-o‘quv yilida
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.


👉 t.me/geografiya_JDPI
073 Madhiya +
073 Madhiya
#Kun_tarixi

"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan.

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi;
Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

MAGISTR - [lot. - boshliq, ustoz] ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o'rtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy ta'lim kursidan so'ng qo'shimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

AGRAR - INDUSTRIAL MAMLAKAT - asosiy boyligini qishloq xoʻjalik mahsulotlari tashkil qiladigan, sanoati qishloq xoʻjalik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni qayta ishlashga yo'naltirilgan mamlakat.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#futbol_time

⚡️Klublar o'rtasidagi Yevropa chempionlari ligasining nimchorak finaliga qur'a tashlandi.

👉 t.me/geografiya_JDPI
#Rasmiy

⚡️⚡️Talabalar joriy yil 28-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020-yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.

2021-yil 11-yanvar - o‘qishning birinchi kuni.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

❗️Talaba va oʻquvchilarga poyezd chiptalari uchun 50% chegirma beriladi

2020-yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha
oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar hamda oʻquvchilarga poyezd chiptalariga tarif qismidan 50% miqdorda chegirma beriladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

Ekstraditsiya (lot. — dan va — berish) — xalqaro huquqda jinoyat sodir qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki unga nisbatan chiqarilgan sud hukmini ijro etish uchun bir davlatdan ikkinchi davlatga berish. Jinoyatchini berish shartlari va tartibi xalqaro shartnoma va milliy qonunchilik bilan belgilanadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Master_klass | #Maqola_yozish

Hozirgi kunda eng dolzarb bo'lgan mavzulardan biri bu maqola yozish. Agar siz maqola yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz ushbu qo'llanma sizga juda ham foydali bo'ladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Master_klass | #Tezis_yozish

Hozirgi kunda yana bir dolzarb bo'lgan mavzulardan biri bu tezis yozish. Agar siz tezis yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz ushbu qo'llanma sizga juda ham foydali bo'ladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Kun_tarixi

📌 Bugun 25-dekabr, juma
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani tashkil etilgan kun.
Nukus tumani - 1968-yil 25-dekabrda tashkil etilgan. Gʻarbda Xo‘jayli, shimoliy-g‘arbda Amudaryo orqali Qanliko‘l tumani, sharqda Qorao‘zak, shimoliy-sharqda Kegeyli, shimolda Bo‘zatov tumanlari, janubiy-sharqda Amudaryo tumani bilan chegaradosh.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
⚡️"2021 yil - Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e’lon qilindi!

👉 @geografiya_test_video_slayd
#Sarhisob

KANAL SARHISOBI

👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
📌 PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASIDA AYTILGAN TA’LIMGA OID ENG MUHIM GAPLARI:

👉 xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

👉 keyingi yildan oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi;

👉 OTMlarga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga ko‘paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi;

👉 a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;

👉 “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;

👉 30 ta yetakchi OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

👉 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to‘lovlar 1,5 baravarga oshirilib, byudjetdan 400 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi;

👉 boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatdagi olis tumanga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanadi;

👉 Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalariga 330 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;

👉 kelgusi yil maktabgacha ta’lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard so‘m subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi;

👉 2021 yili doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan qo‘shimcha 240 milliard so‘m ajratiladi;

👉 2021 yilda fizika va chet tillarini o‘rganish ustuvor yo‘nalish etib belgilandi.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Muhim_xabar

⚡️1-FEVRALDAN ISH HAQI VA STIPENDIYALAR 10 FOIZGA OSHIRILADI

2021-yil 1-fevraldan boshlab, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori (shu jumladan, OTM talabalarining to‘lov-kontraktlari ham) 1,1 barobarga oshiriladi. Tegishli qaror 30-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan.

Shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdori va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham 10 foizga ko‘tariladi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2020-yil 1-fevraldan:

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 245 000 so‘m (hozirda 223 000 so‘m);
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (hozirda 679 330 so‘m) etib belgilanadi.

Bundan tashqari:

🔹 2 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi uchun nafaqa – oyiga 434 ming so‘m;
🔹 kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan moddiy yordam 326–653 ming so‘m (hududlar kesimida turlicha) etib belgilanadi;
🔹 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10 foizga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-fevraldan ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshirilgan edi. 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab esa pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilgan.

Jarimalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda foydalaniladigan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 2020-yilda oshirilmagandi.

Manba


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Tabrik

🎉 BAYRAM TABRIGI

Milodiy taqvim bo‘yicha yana bir yil tugab, yangisi boshlanishiga ham oz fursatlar qoldi. Mana shu yaqinlashib kelayotgan 2021-yilning har bir kuni Siz azizlar uchun xayrli bo‘lishini, sog‘lik, baxt va quvonch doimiy hamrohlik qilishini tilayman.

Ona vatanimiz O‘zbekiston kelayotgan yilda yanada gullab-yashnasin, xatolarimizdan g‘alabalarimiz ko‘proq bo‘lsin, xalqimizning har bir vakili o‘zini bugungi kundan ham ko‘proq baxtli his qilsin, yurtimizni tinchlik hech qachon tark etmasin.

Yil davomida bizni kuzatib, xatolarimizni kechirgan va qo‘llab-quvvatlab borgan barcha mushtariylardan minnatdormiz.
Sog‘ va salomat bo‘ling!


Hurmat bilan kanal ma’muriyati
#Muhim_xabar

⚡️⚡️TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORI O‘ZGARMAYDI

Ayni daqiqalarda AOKADA Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritiladi.

👉 Ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanishi xususida

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

👉 O‘quv jarayonini an’anaviy shaklida boshlash to‘g‘risida

Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi. Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

👉 To‘lov-kontrakt miqdorlari xususida

2021-yil 1-fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi.

ASOS


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Eslatma

📌 Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? — OTM talabalarining mehnatiga oid masalalar yuzasidan mutaxassis bilan suhbat

Maqolani o'qish | Videoni ko'rish


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

⚡️Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga:

❗️2021-yil 11-yanvardan barcha kurslarda (1-2-3-4) o‘quv jarayoni a’nanaviy shaklda davom etadi.

ASOS | Batafsil ma’lumot


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Kun_mavzusi

SUD JARAYONI

Bir bino qulab tushibdi. So‘ng g‘isht, qum va sementni sudga berishibdi. Birinchi g‘ishtni so‘roqlashibdi:⠀
— Seni qamaymiz, seni deb bino quladi desa
g‘isht:⠀
— Meni hech qanday aybim yo‘q, meni qanday qo‘yishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.⠀
qumga:⠀
— Barchasiga sen aybdorsan, bino seni deb qulagan desa.⠀
qum:⠀
— Men hech narsa qilganim yo‘q. Meni qanday qorishgan bo‘lsa shunday turdim debdi. ⠀
Oxiri sementga:⠀
— Bino seni deb qulagan, sen aybdorsan desa,⠀
Sement:⠀
Meni bunga qo‘shmanglar, men bularni orasida yo‘q edim debdi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Bu_qiziq | #virtual_Uzbekistan

📡 O'zbekistonga virtual sayohat uyushtiring! Bu sayt bilan O'zbekistonning turli nuqtalaridan turib 360 gradusda atrofni tomosha qilishingiz mumkin.

📍LINK: Uzbekistan360.uz


👉 t.me/geografiya_JDPI