GEOGRAFIYA JDPU
144 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
🗺#xarita

Toshkent shahrining siyosiy-ma’muriy xaritasi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (Davronxo‘ja | 🇺🇿)
Tabaqalashtirilgan.pdf
106.1 KB
#super_kontrakt_miqdori

⚡️2020/2021 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yildagi 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
🗺#xarita

O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-ma’muriy xaritasi.

❗️Yuqori sifatli surat bu yerda.
____________________________________

Ma’muriy-hududiy birliklar xaritasi👇

Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Toshkent shahri
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati

Izoh: Tanlangan ma’muriy-hududiy birlik ustiga bosish orqali uning xaritasini yuklab olishingiz mumkin.


👉 @geografiya_test_video_slayd
⚡️ "Super kontrakt" shartnomasini rasmiylashtirish endi yanayam osonlashdi

Jizzax davlat pedagogika institutida oshirilgan to'lov-shartnomasi asosida o'qish istagida bo'lgan abituriyentlar shartnoma shaklini telegramdan chiqmagan holda olishlari va qayta yuborishlari mumkin.

Buning uchun abituriyent JDPI interaktiv xizmatlar boti — @jspibot ga kirib /start buyrug'ini bosgan holda, keyingi chiqadigan ko'rsatmalar asosida harakat qilishi kifoya.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#sher

📜 Respublikamizda o‘qituvchiga o‘rnatilgan yagona haykalga sabab bo‘lgan she’r

"DARSDAN SO‘NG"

Kimnidir koyidi chekkani uchun,
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.
“Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham «Ikki» qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsin. Xayr”
Qish kuni – bir tutam. Qoraygandi qosh,
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
«Ko‘ngli sovidimi...»-vahm etdi birdan.
Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
«Tunab keting,-dedi.-Kech bo‘lib qoldi».
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.
Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi,
«O‘g‘lim xastalanib qoldimikin yo?..»
Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.
Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.
Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng – yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi –yoqardi, qashqir-to‘xtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi
Muallimda daftar, qashqirda – toqat.
Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi.
No‘noq nazmim uchun avf et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,
Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.
Lekin... ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
...Sen yo‘l bo‘yi yoqib ketaver
Qashqirlar qo‘rquvchi kitoblarimni.

©Matnazar Abdulhakim

Voqea haqida batafsil o‘qish...


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
Yer yuziga O‘zbekiston hududidan nechtasini joylashtirsa bo‘ladi?
Anonymous Quiz
29%
1136 ta
32%
1150 ta
28%
1075 ta
11%
1108 ta
17.10.2020.zip
141.6 MB
💻#Baza | 17.10.2020.

Kompyuterlarning antivirus bazasini offlayn yangilash uchun ESET NOD32 baza


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Qabul

📌 Bugun kollej va texnikumlarga hujjat topshirishning oxirgi kuni.

Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirildi.

Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali qo'yidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- Elektron ariza;
- Pasport (elektron) nusxasi
- Umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom (elektron) nusxasi;
- 3x4 fotosurat.


👉 t.me/geografiya_JDPI
​​⚡️ Aytishlaricha Noyabr oyidan boshlab (aniq sanasi tez orada maʼlum qilinadi), birinchi kurs talabalar toʻliq anʼanaviy shaklda taʼlim ola boshlaydi.

- Noyabr oyidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-kurs va undan yuqori talabalari uchun va magistratura bosqichi talabalari uchun fanlarning nazariy qismlari (maʼruza mashgʻulotlari)ni masofaviy taʼlim platformasi orqali, amaliyot, labaratoriya va seminar darslarini anʼanaviy taʼlim shaklida olib borish rejalashtirilmoqda.

- Endilikda pandemiya sababli oliy taʼlim muassasalarida bir para dars vaqti 80 daqiqa emas, 60 daqiqaga tenglashtirilishi kutilmoqda.


👉 t.me/geografiya_JDPI
21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!


👉 t.me/geografiya_JDPI
#kontrakt

⚡️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganini eʼlon qildi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib, quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari mumkin.

Jumladan:

▫️belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

▫️belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha amalga oshiriladi.

❗️Ayni shu mavzuni kanalimiz orqali bir necha marotaba tanqidiy ruhda yozib chiqqan edik. Mana, va nihoyat, Prezident farmonining ijrosi taʼminlanadigan boʻldi. Albatta, toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlash qisman boʻlsa-da talabalar va ularning ota-onalariga yordam beradi, degan umiddamiz.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Jamoatchilikka o'z foydasiga ta'sir o'tkazish maqsadida yolg'on va'dalar berish, faktlarni buzib talqin qilishdan foydalanadigan siyosiy shaxslarga nisbatan qanday termin qo'llaniladi?

👉 @geografiya_JDPI
#Futbol_vaqti

❗️Ayni damda UZREPORT TV telekanali orqali jonli efirda "El klasiko" bo‘lib o‘tmoqda.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Futbol_vaqti

"Barselona" 1:3 "Real Madrid"

Real Madrid muxlislarini tabriklaymiz 🥳👏


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Aholi_soni

📌 2020-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston respublikasi hududlaridagi doimiy aholi soni.

▪️Samarqand viloyati – 3,928 mln kishi;
▪️Farg‘ona viloyati – 3,802 mln kishi;
▪️Qashqadaryo viloyati – 3,318 mln kishi;
▪️Andijon viloyati – 3,172 mln kishi;
▪️Toshkent viloyati – 2,977 mln kishi;
▪️Namangan viloyati – 2,852 mln kishi;
▪️Surxondaryo viloyati – 2,667 mln kishi;
▪️Toshkent shahri – 2,654 mln kishi;
▪️Buxoro viloyati – 1,939 mln kishi;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1,916 mln kishi;
▪️Xorazm viloyati – 1,884 mln kishi;
▪️Jizzax viloyati – 1,403 mln kishi;
▪️Navoiy viloyati – 1,009 mln kishi;
▪️Sirdaryo viloyati – 856,9 ming kishi.

Manba: stat.uz


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Jizzax_info

📌 Siz Jizzax viloyatidagi tuman va shahar hokimlari kim ekanligini bilarmidingiz?

Agar bu borda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, unda mazkur infografik ma’lumot siz uchun! E’tiboringizga Jizzax viloyatidagi tuman(shahar) hokimlari haqidagi ma’lumot taqdim etilmoqda.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Eslatma | #Tavsiya

📌 Geograflar uchun yordamchi botni ishga tushurganimizni eslatib o‘tmoqchiman. Ushbu botda sizga eng ko‘p kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni jamlashga harakat qildik.

Shu jumladan:

- maktab darsliklari (Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari turkumidagi fanlar va boshqa adabiyotlar);
- o‘quv atlaslari;
- onlayn test savollari;
- geografik atamalar izohi;
- amaliy mashg‘ulot darslari;
- oliy ta’lim va xalq ta’limi yangiliklari;
- o‘qituvchi, talaba va abituriyentlar uchun ko‘ngillilar yordami.

Bot manzili:
📲 t.me/Geograflar_uchun_bot

❗️Do‘st va yaqinlarga ham ulashishni tavsiya qilaman 📨

👉 @geografiya_test_video_slayd
Super-kontrakt summasini qachongacha to‘lash kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin.

Bunda:

o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50%i 2020 yilning 1 dekabridan;

ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismi 2021 yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

Manba


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

📖 KOMBINAT - [lot. combinatus – qo'shilgan, birlashtirilgan] Bir-biriga uzviy bog'langan, birining mahsuloti ikkinchisiga xomashyo bo'ladigan bir necha turli tarmoqdagi muassasa, korxona va shu kabilarni birlashtiruvchi yirik tashkilot.
Masalan: Sellyuloza-qog'oz kombinati; Go'sht-sut kombinati; To'qimachilik kombinati.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Mindeyy o‘ylab qarasang to‘g‘ri lekin...🤦🏻‍♂️👆

O‘g‘irlandi😉

👉 t.me/geografiya_JDPI
#Kontrakt

1-KURSGA KIRGANLAR KONTRAKTNING 50%INI TO‘LASHI KERAKMI?

Menga shu haqda talabalar va ularning ota-onalaridan juda ko‘plab savollar kelmoqda. Ya’ni aksariyat OTMlar 1-kursga tavsiya qilingan talabalarga kontraktning kamida 50%ini to‘lashi kerakligini, yo‘qsa ularga talabalikka qabul qilish haqida buyruq chiqmasligini, kontraktni to‘rtga bo‘lib to‘lashga oid qoida faqat yuqori kurslarga taalluqli ekanligini aytishayotgan emish. Shu vaj bilan joriy yilda o‘qishga kirganlardan kontraktning 50%ini to‘lash talab qilinmoqda.

Xo‘sh, bu talabda qanchalik jon bor?

❗️JAVOB: OTMlarning bunday talabi noto‘g‘ri.

Chunki Davlat qabul komissiyasining qarorida quyidagicha qoida belgilangan:

“belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha yoki OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha amalga oshiriladi”.

Bu yerda qoraytirilgan matndan aniq-ravshan ko‘rinib turibdiki, to‘rtga bo‘lib to‘lash qoidasi 1-kurslarga ham taalluqli. Demak, 1-kurslar ham 25% to‘lash huquqiga ega va ular 25% to‘laganda talabalikka qabul qilish haqida rektor buyrug‘i chiqishi kerak.

Shuningdek, ayrimlarni 15-sentyabr sanasi chalg‘itdi, ya’ni test javoblar kech chiqdiku, endi biz muddatni o‘tkazib yubordikmi, deyishmoqda. Yo‘q, unday emas. Joriy yil pandemiya sababli imtihonlar kech o‘tkazildi, shu sababli Davlat qabul komissiyasi kontrakt to‘lash muddatini 1-noyabrga qadar uzaytirdi (yuqoridagi tagiga chizilgan matnga qarang).

Ushbu masala bo‘yicha Oliy ta’lim vazirligi mas’ullarining munosabatini ham so‘radim, ular ham buni tasdiqlashdi. Va alohida qayd etishdiki, mazkur masala bo‘yicha vazirlik tomonidan barcha rektorlarga 1-kurslar ham kontraktning 25%ini to‘lash huquqiga ega ekanligi haqida tushuntirish berilgan.

XULOSA: 1-kursga oddiy kontraktga kirganlar 1-noyabrga qadar 25% to‘lovni amalga oshirsa kifoya, ularga talabalikka qabul qilish haqida buyruq chiqariladi. Kontraktni 50% yoki undan ko‘proq to‘lash ixtiyoriy, lekin majburiy emas.

Ammo super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar kamida 50%ni 1-dekabrgacha to‘lashi kerak.


👉 t.me/geografiya_JDPI