GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#abituriyent_2020

⚡️2020/2021 O‘QUV YILI QABULIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH UCHUN TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN STADIONLAR VA XIYOBONLAR RO‘YXATI

👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOEDU.UZ
Havo bosimi 275 mm simob ustuniga teng bo‘lsa, joyning dengiz sathidan balandligini toping.
Anonymous Quiz
34%
4850
41%
2750
17%
4350
8%
4650
⚡️Jizzaxlik abituriyentlar qayerda test topshirishadi?

Jizzax viloyatidagi test sinovlari viloyat markazida joylashgan “So‘g‘diyona” sport majmuasida tashkil etilmoqda. Bunda imtihonlar kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.


👉 @geografiya_JDPI 👈
📢 E’LON!

Ertaga, 21 avgust, soat 11:00da AOKA anjumanlar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

⚡️Mavzu: Test sinovlarining stadion va xiyobonlar o‘tish tartibi, abituriyent ruxsatnomasining shakli va uni tarqatish masalalariga bag‘ishlanadi

Ishtirokchilar:

🎙 Sardor Rajabov – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari

🎙Barno Rajabov — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i

🎙Diyorbek Qo‘chqorov — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i

Matbuot anjumaniga savollarni @aokapressa ga jo‘natishingiz mumkin.

❗️OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

🎥 Anjuman UzReport TV va O‘zbekiston 24 telekanallari hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Ertaga, 22 avgustdan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlanadi

Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKA zalida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

❗️Unga ko‘ra, ertadan, ya’ni 22 avgustdan boshlab DTMning sayti orqali har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qo‘yiladi. Har bir abituriyentning ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda SMS-xabar yuboriladi.

👉 @geografiya_JDPI 👈

🔰Ma’lumot uchun, abituriyent ruxsatnomasining ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi👇
#Brifing

⚡️Abituriyentlarni qiziqtirayotgan ba’zi bir savollarga Davlat test markazi rahbariyati va mas’ul xodimlar javob berdi.


❗️Agar test o‘tkaziladigan kun ob-havo tufayli, qattiq shamol va yog‘ingarchilik kuzatilsa, shu kungi test boshqa kunga, ya’ni barcha imtihonlar tugagandan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.
_____________________

❗️Davlat komissiyasining 2-bayoniga maxsus band kiritilib, abituriyentlarga to‘lovni amalga oshirish uchun yana uch kun muddat berildi. Ana shu muddatda 7 ming abituriyent to‘lov qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning barchasiga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma beriladi. Agar to‘lovning ma’lum qismini to‘lab qolganini muayyan sabablarga ko‘ra to‘lamagan va ruxsatnomani ololmagan abituriyentlar bo‘lsa, ariza bilan murojaat qilib, bemalol to‘lagan pullarini qaytarish olishlari mumkin.
_____________________

❗️Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan sektorlarga kamida yarim soat oldin kelib o‘z o‘rnini egallashi kerak. Ertalabki smenada 6:30dan boshlab abituriyentlarni binoga kiritish boshlanadi, Ikkinchi smenada 16:30 dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.
_____________________

❗️Abituriyentning qo‘lida ikkita hujjat bo‘lishi lozim — pasport va DTM ruxsatnomasi. Ushbu hujjatlar bo‘lmagan taqdirda abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi!

Brifingning to‘liq videosini ko‘rish uchun quyidagi havola ustiga bosing👇

🎥 https://youtu.be/oiy6cKO3RFU


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from Davronxoʻja (JDD | 🇺🇿)
2-sentabr kuni imtihonga 128° azimut bilan borgan bo‘lsangiz uyga qaysi azimut bilan qaytasiz?
Anonymous Quiz
51%
308°
18%
128°
23%
232°
8%
52°
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🧰 Ta’lim kreditlari kimlarga beriladi?

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing


👉 @geografiya_JDPI 👈
Siz abituriyent ruxsatnomasini yuklab oldingizmi?
Anonymous Poll
27%
Ha oldim
53%
Yo‘q olmadim
20%
Men o‘qishga topshirmaganman
Forwarded from GEOEDU.UZ
#bizda_yangilik

​​⚡️Abituriyentlar va o‘qituvchilar uchun geografiya fanidan onlayn ko‘rinishdagi variantli savollar ko‘lami kengaytirildi. Endilikda mazkur variantlar soni 50 tani(!) tashkil qilmoqda. Ular orqali o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va imtihonlarga qanchalik tayyor ekanligingizni tekshirib ko‘ring!

🌐 @geografiya_test_video_slayd

🔰Test savollarida ishtirok etish uchun quyidagi variantlardan birini tanlang👇
​​⚡️Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi

Ma’lumki, 22-avgustdan abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmaydi:

👉 Test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga (ular o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);

👉 Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga;

👉 Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini o‘chirgan abituriyentlarga;

👉 Tegishli tartibda ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport ma’lumotlarini kiritgan, lekin ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan);

👉 Test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari);

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⁉️Siz o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza berdingizmi?

Xabar berilishicha, o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash istagida bo‘lgan talabgorlar (xoh xorijdan, xoh mahalliy OTMlardan) transfer.edu.uz sayti orqali 5 avgustga qadar ariza yuborgan edi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Ayrim arizalar kamchiliklari borligi sabab RAD ETILDI.

❗️ Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun transfer.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kirib, ariza holatini tekshirish kerak, agar rad etilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etish uchun tahrirlash lozim.

‼️Arizani tahrirlashning so‘nggi muddati 25 avgust kuni soat 23:59 gacha.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng kamchiliklarni bartaraf etishga (arizani tahrirlashga) yo‘l qo‘yilmaydi. Kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KO‘RIB CHIQILMAYDI.

⛔️ Shu bilan birga, 2020 yilning bahorgi semestrida qo‘shni davlatlardan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishi ko‘chirilishiga ruxsat etilgan ammo belgilangan tartibda buyruq asosida talabalikka qabul qilinmagan talabalar o‘qishini qayta ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra qayta tahrirlash uchun qaytarildi:

🔹 pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);
🔹 OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;
🔹 o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;
🔹 mavjud bo‘lmagan OTM yoki ta’lim shakli yoki ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOEDU.UZ
⚡️7-sentabrdan yashil hududlardagi, 14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi

24-avgust bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor yigʻilishi o‘tkazildi
. Videoselektor yigʻilishida quyidagi topshiriqlar berildi:

👉🏻 7-sentabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;

👉🏻 14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;

👉🏻 Maktablar ochilgach, o‘quvchilar «sinf rejimi» tartibida o‘qishadi. Ya’ni xonama-xona ko‘chib yurishmaydi;

👉🏻 Viloyat hokimliklari tomonidan 10-sentabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi (ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkillanadi);

👉🏻 Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi;

👉🏻 Barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi;

👉🏻 Maktablarning turar joyida qoladigan o‘quvchilarning (IDUMI) oziq ovqatlari, albatta, Sanitariya-epidemiologiya xizmati nazorati ostida bo‘ladi.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
⚡️Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 3 kun ketma-ket dam olishadi

2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli Prezident Farmoniga binoan, 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.

Demak, 29 avgust – shanba kuni, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 31 avgust – dushanba kuni esa, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Shunday qilib Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar quyidagi 3 kunda ketma-ket dam olishadi:

30 avgust – yakshanba (dam olish kuni);

31 avgust – dushanba (barcha uchun ko‘chirilgan dam olish kuni);

1 sentyabr – seshanba (Mustaqillik bayrami).


t.me/geografiya_JDPI
#Brifing

⚡️AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va sohaga oid savollarga javob qaytardi:

______________________

Magistraturaga kirishda mutaxassislik fani bilan xorijiy tildan imtihonlar bir kunda bo‘ladimi yoki alohida o‘tkaziladimi?

❗️Hozirgi kundagi pandemiya holatlari, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari bir kunda topshiriladi.

______________________

Magistraturaga kirish imtihonini topshirish uchun ruxsatnomani qaysi saytdan yuklab olish mumkin?

⛔️ 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun RUXSATNOMA JORIY ETILMAYDI.

📲 Talabalar o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga elektron tizim orqali kirib, kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joy va muddat to‘g‘risida axborot olishlari mumkin bo‘ladi.

📗 Talabalardan kirish imtihonlariga pasporti bilan kelishlari talab etiladi.

______________________

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarda yashovchi talabalarga 4 mln. so‘mgacha belgilangan chegirmani olish uchun qanday ma’lumot kerak va qaysi tashkilot tomonidan beriladi?

🧾 Talaba “temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan oila a’zosi ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni o‘zi tahsil oladigan OTM rahbariyatiga taqdim etishi zarur.

📢 “Temir daftar” ro‘yxatida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni olish uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari (ya’ni o‘zi yashab turgan hududiy bo‘linmasi)ga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.

______________________

Nega faqat kunduzgi talim shaklida o‘qiyotgan talabalarga 10% kontrakt puliga chegirma berildi? Sirtqi ta’limga bu yil o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq hujjat topshirilganku?

🚫 OTMlarda sirtqi va kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar asosiy ish o‘rni va o‘zlarini moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli ushbu chegirmadan foydalana olmaydi.

______________________

Oldingi o‘quv yillarida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar umumiy imtihonlardan 10 kun oldin suhbat asosida alohida vaqtda olinardi. Bu yil imtihonlar qanday tartibda bo‘ladi?

🗣 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish muayyan ta’lim yo‘nalishi test blokidagi fanlardan og‘zaki savol-javob orqali amalga oshiriladi.

📣 Bunda oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlarining o‘tkazish muddati va joyi to‘g‘risida axborot beriladi.

______________________

O‘qishga kirish uchun ball yetmay qolgan taqdirda superkontrakt tabaqalashtirilgan tizimi mavjud, lekin juda qimmat. Superkontrakt to‘lovini kamaytirish va superkontrakt to‘lovini 4 yoki 6 yil mobaynida bo‘lib to‘lash tartibini joriy etsangiz.

🔎 Avvalo bildirilgan taklif uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda amaldagi oshirilgan to‘lov-shartnoma (superkontrakt) to‘lovini to‘lashga doir hujjatlar zaruratga ko‘ra o‘zgartirilganda mazkur taklifingiz vakolat doirasida ko‘rib chiqiladi.

⚡️Ma’lumot o‘rnida, oshirilgan to‘lov-shartnoma (superkontrakt) asosida o‘qish ixtiyoriy bo‘lib, undan tushgan mablag‘lar OTMning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi bir qator xarajatlarga yo‘naltirilgan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Oliy ta’lim muassasalari xodimlari qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish pul mukofotlari ko‘rinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

👩🏻‍💼Pul mukofotlari, ustamalar va qo‘shimcha haqlar miqdori har bir xodimning oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.

💵 To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi — ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi mumkin.


👉 @geografiya_JDPI 👈