GEOGRAFIYA JDPU
141 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
📜 RIVOYAT...

Rivoyat qilishlaricha, Amir Temur askarlariga safar vaqtida bittadan g‘isht olib yurishni buyurar ekan.

Ba’zi sarkardalar buni jismoniy chiniqish uchun deb bilsa, ba’zilar qo‘shimcha qurol deb bilar ekan.

Ammo, bir davlatga yurish vaqtida askarlar orasida norozilik kuchayib, bu g‘isht bizga ortiqcha yuk deb, e’tiroz bildiribdilar.

Shunda Amir Temur ulkan xandaq qazib, loy qorishni buyuribdi. Keyin esa uning oldiga borib, askarlarga navbat bilan kelishni buyuribdi. Har bir askar olib kelgan g‘ishtni qorilgan loy bilan biriktirib, xandaq atrofida devor ko‘tara boshladilar.

Bir zumda kichikkina qo‘rg‘oncha qad ko‘tardi...

Bu voqea bo‘lgan yo bo‘lmagani noma’lum. Ammo juda ibratlidir.

Har birimizda ba’zan shunday xolat bo‘lib turadi. Biror yaxshi ish qilgimiz yoki aksincha yomonlikni to‘sgimiz keladi.
Ammo...
Bitta mening harakatim va urunishim bilan nima ham o‘zgarardi...
degan fikr bilan o‘zimizni chetga tortamiz. Agar, biz qilayotgan ezgu ish, xuddi askarlar qo‘lidagi g‘isht kabi, birlashib qo‘rg‘onga aylanishi mumkinligini tasavvur qilsak, uning axamiyatini tushunamiz.

Ba’zan arzimasdek tuyulgan harakatlar ortida ulkan maqsadlar turadi!


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh

UNIFIKATSIYA - [lot. uni, unus – bir + facere – qilmoq] unifikatsiya qilmoq Yagona tizimga, shaklga, bir xillikka keltirmoq; uyg'unlashtirmoq.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu suratda Osiyo qit’asidagi qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shunchaki

Kallani ishlatsang qo‘llaring dam oladi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing

⚡️Abituriyentlar va talabalarni qiziqtirayotgan ba’zi bir savollarga Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi rahbariyati mas’ul xodimlari javob berdi.

❗️Birinchi kurslar uchun o‘qish 1 oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilyapti
________________________

❗️Ikkinchi va undan yuqori kurslar sentyabrdan boshlab masofadan tahsil olishni boshlaydilar.
________________________

❗️Bu yilgi to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish bo‘lmaydi.
________________________

❗️Agar karantin 15 avgust yoki 30 avgustda bekor qilinsa, test sinovlari 2 sentyabrda boshlanadi.
Agar karantin uzaytirilsa, albatta test qoldiriladi.
________________________

❗️Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00da boshlanib, 10:00da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00da boshlanib, 19:00da yakunlanadi.
________________________

❗️Abituriyentlarga bir martalik himoya vositalariga qo‘shimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.
________________________

❗️Abituriyentlar 2 ta fandan jami 60 ta test savoliga javob topadi.
________________________

❗️Barcha test sinovlari stadionlarda o‘tkaziladi. Shaklidan qat’iy nazar. Kunduzgi, kechki yoki sirtqi — barchasi ochiq stadionlarda o‘tkaziladi.
________________________

❗️Test sinovlaridan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida DTM hujjati qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.
________________________

❗️Har bir abituriyent test topshirish joyi sifatida qayerni ko‘rsatgan bo‘lsa, test sinovlarini o‘sha joyda topshiradi. Davlat test markazi bazadagi ma’lumotni o‘zgartirish huquqiga ega emas.
________________________

❗️Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qabul jarayonlari, jumladan magistratura, akademik liseylar va ijodiy imtihonlar ham test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda (2-16 sentyabr) o‘tkaziladi.
________________________

❗️Ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish 10 avgustdan onlayn tarzda boshlanadi va avgust oyining oxiriga qadar davom etadi.
________________________

❗️Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi. Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi.
________________________


👉 @geografiya_JDPI 👈
Proffessor sabog‘i...

Professor suv to‘ldirilgan stakanni oldi va qo‘llarini oldinga uzatib, talabalardan so‘radi:
– Stakanning vazni qancha deb o‘ylaysizlar?
Sinfga jon kirdi, har kim o‘zicha taxminladi.
– Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-ye, ana besh yuz gramm bo‘lsin.
– Tortib ko‘rmaguncha, aniq vaznini baribir bilib bo‘lmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. Mening so‘ramoqchi bo‘lgan savolim aslida boshqa: agar idishni shu holda birnecha daqiqa ushlab tursam nima bo‘ladi?
– Hech narsa.
– To‘g‘ri, hech narsa bo‘lmaydi, – dedi professor. – Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima o‘zgaradi?
– Qo‘llaringiz og‘rib ketadi.
– Bir kun tutib tursam-chi?
– Qo‘llaringiz uyushib, tamom bo‘ladi, mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga to‘g‘ri kelar.
– Kun bo‘yi ushlab tursam, stakanning vazni o‘zgaradimi?
– Aslo yo‘q!
– Xo‘sh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?
– Idishni qaytarib stol ustiga qo‘ying!
– Yashanglar! – yuzlariga kulgu yugurib javob berdi professor. – Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga o‘xshaydi. Agar muammolar haqida birnecha daqiqa o‘ylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qiladigan bo‘lsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi. Kun bo‘yi shu muammolarning dardi bilan yuradigan bo‘lsangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi, ya’ni to‘g‘ri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida o‘ylayverish biror-bir yaxshi natijaga olib kelmaydi. Bu bilan muammolarning “vazn”i ham o‘zgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yo‘li – harakat qilish. Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qo‘ying. Yuragingizga yuk bo‘lib tushadigan og‘ir toshlarni – qayg‘uli o‘y-xayollarni ko‘tarib yurish yaramaydi.



👉 https://t.me/geografiya_JDPI
Ushbu suratda Yevropa qit’asidagi qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
⚡️Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha muhim savollarga javoblar

AOKA huzuridagi shtabda Innovasion rivojlanish vaziri birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingdan muhim ma’lumotlar:

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktoranturaga (PhD) onlayn qabul hali ham davom etyaptimi?

Hujjatlar OTM va ITM qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.

〰️〰️〰️〰️
Men tayanch doktoranturaga talabgorman. Bu yil karantin sharoitidan kelib chiqib, kirish imtihonlari onlayn test orqali bo‘lishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq "Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1–25 noyabr davrida o‘tkaziladi.

Pandemiyaga bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib, noyabr oyida o‘tkaziladigan imtihonlar masalasiga qo‘shimcha axborot beriladi.

〰️〰️〰️〰️
Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj bo‘lishi kerakmi?

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.

〰️〰️〰️〰️
Mustaqil izlanuvchilikka xujjatlar topshirish qachondan qachongacha davom etadi?

OTM va ilmiy tashkilotlar talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha, 15 yanvardan 15 fevralgacha, 15 apreldan 15 maygacha, 15 iyuldan 15 avgustgacha bo‘lgan davrlarda qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktoranturaga kirishga hujjat topshirishda maqolalar konferensiyalarda chiqqan bo‘lsa ham bo‘ladimi?

Bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandida berilgan.

〰️〰️〰️〰️
Stajyor-tadqiqotchilikka kvota so‘rash uchun kimga murojaat qilish kerak?

Stajyor-tadqiqotchilik kvotalariga talabnomalar bo‘yicha OTM
va ilmiy tashkilotlar o‘zining yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga murojaat etadi.

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3-bob 9-12 bandlarida talabgorlarga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.

〰️〰️〰️〰️
Ilmiy unvonga ega bo‘lgan PhD nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin?

Birinchi marta rahbarlik qilayotgan bo‘lsa, 1 ta va faoliyatidagi samarali natijasiga qarab maksimum 2 ta PhD ilmiy darajasiga talabgor bo‘lgan izlanuvchiga rahbarlik qilishi mumkin.

〰️〰️〰️〰️
Yaqinda PhD ni yoqlagan kishi tayanch doktorantura uchun rahbarlik qila oladimi?

Yo‘q. Dosent yoki professor unvonini olgan PhD yoki DSc bo‘lsagina rahbar bo‘la oladi.

〰️〰️〰️〰️
Mutaxassisligi ingliz tili bo‘lganlar C1 sertifikati bo‘lsa imtihonidan ozod bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 3 bob 22-bandiga asosan tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

〰️〰️〰️〰️
Vaqtida himoya qilinmasa yoki umuman himoya qilinmasa stipendiyani qaytarib beriladimi?

Yo‘q, lekin ilmiy rahbarga nisbatan chora ko‘riladi. Keyingi yillarda mazkur tashkilotga doktoranturaga kvota berish davomida salbiy qaror qabul qilishga asos bo‘ladi.

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktorantlarga o‘qish qachondan boshlanadi?

Yangi kalendar yilining birinchi ish kunidan.

〰️〰️〰️〰️
Doktoranturada ham akademik ta’til beriladimi?

Uzoq muddat betob bo‘lsa yoki tug‘ruq bilan bog‘liq holatdagina.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️DIQQAT, E’LON !

Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2-OLIY TA’LIM olish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 10 avgust kunidan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
ikkinchitalim.edu.uz - onlayn platformasi orqali amalga oshiriladi.

Shoshilmaslikni tavsiya etamiz. Jarayon avgust oyining oxirigacha davom etadi.


👉 https://t.me/geografiya_JDPI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bakalavrlar bir vaqtning o'zida ham ikkinchi mutaxassislik, ham magistraturaga hujjat topshirishi mumkin. Qaysi biriga kirsa, o‘shani tanlab o‘qiyveradi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️ Bugun, 12-avgust kuni soat 11:15 da Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

📣 Press-klub oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va yangi 2020-2021-o‘quv yili mavzusiga bag‘ishlanadi.

Ishtiroklar:

🔹 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri;
🔹 Davlat test markazi direktori;
🔹 Oliy ta’lim muassasalari rektorlari.

🎥 Efirni “O‘zbekiston 24” va “UzReport TV” telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️«Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar qaysi OTMni tanlaganidan qat’i nazar har bir viloyatda tashkil qilingan maxsus joyda kompyuter orqali onlayn tarzda test topshirig‘ini bajaradi.

📎 Yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch OTM testni ishlab chiqadi va testlarning maxfiyligi ta’minlanadi. O‘sha yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlaganidan qat’i nazar bir xil testni ishlaydi. Masalan, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha turli OTM talabalari uchun testlar bir xil bo‘ladi.

🖌 Ko‘pchilik odamlar magistratura imtihonlari onlayn bo‘lishi haqidagi ma’lumotni noto‘g‘ri tushunib, hamma o‘zi xohlagan joyda test sinovlarini bajarishi mumkin, deb o‘yladi. Lekin bunday qilinsa, shaffoflikni ta’minlashning imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun imtihon uchun maxsus joy tashkil qilinadi».

Bahriddin Shayvaliyev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ustozimiz Adilova Ozoda Amonovnaning geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasining himoyasi to‘g‘risida

🔰 Adilova Ozoda Amonovnaning 11.00.01-Tabiiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha «Tog‘ landshaftlarida cho‘llanish jarayonini tayanch-tajriba uchastkalar yordamida kartalashtirish va baholash (Gʻo‘bdin tog‘i misolida)» mavzusidagi geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasining himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03\30.12.2019.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengashning 2020-yil 20-avgust kuni soat 10°° dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 15 uy.
Tel/faks: (+99866) 239-11-40

Ustozimizga dissertasiya himoyasida kuch-quvvat hamda omad tilaymiz!!!


👉 @geografiya_JDPI 👈
🎓#magistratura

⚡️Magistratura uchun test sinovida nechta savol bo‘ladi?

Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni bilan magistraturaga kirish imtihonlarida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Mutaxassislik fani uchun - 30 ta savol (2,3 ball);
Ilmiy-pedagogik layoqati uchun - 10 ta savol (3,1 ball);
Chet tili uchun - 25 ta savol (2 ball).

Maksimall ball - 250 ball.

Test uchun beriladigan umumiy vaqt - 130 daqiqa.


👉 @geografiya_JDPI 👈
ЖДПИ_5А110501_Аниқ_ва_табиий_фанларни_ўқитиш_методикаси_география.pdf
430.4 KB
🎓#magistratura

⚡️Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (geografiya) magistratura ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlarning mutaxassislik bo‘yisha(!) qaysi fanlardan test topshirishlari ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra 5A110501- Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (geografiya) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar 5110500 - Geografiya o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishining 2016/2017 o'quv yilida tasdiqlangan o'quv rejasidagi asosiy fanlardan imtihon topshiradilar.

Batafsil ma’lumot faylda keltirilgan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️2020/2021 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️⚡️Талабаларга контракт тўлови бўйича енгилликлар берилди

📉 Пандемия шароитида аҳолининг тўлов қобилияти пасайиши ҳисобга олиниб, фарзанди тўлов-шартнома асосида ўқийдиган оилаларга қатор енгилликлар берилди.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги пандемия даврида контракт нархлари борасида келиб тушган мурожаатларни инобатга олиб, Молия вазирлиги билан бирга таклифлар ишлаб чиқди. Унга кўра:

2020/21 ўқув йилида амалдаги базавий тўлов-контракт миқдори учун кундузги шаклда ўқийдиган барча талабаларга 10 фоиз чегирма берилади;

ОТМлар томонидан етим, чин етим, ногирон бўлган талабаларга ҳамда ижтимоий ҳимояга муҳтож, «темир дафтар» рўйхатидаги оилалар фарзандлари бўлган талабаларга контракт тўловларини қоплаш учун манзилли моддий ёрдам кўрсатилади. Бунда ОТМлар мавжуд маблағлари ҳисобидан талабаларнинг ижтимоий ҳолатидан келиб чиқиб, 4 млн сўмгача молиявий ёрдам кўрсатиш имкониятига эга бўлади;

Қуролли Кучлар сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаган ва ОТМларда тўлов-контракт шакли асосида ўқиётган 4 минг нафардан зиёд талабага шартнома миқдорининг 35 фоизини тўлаш орқали моддий ёрдам кўрсатилади. Ушбу моддий ёрдам бир талабага бир йилда 2,4 млн.сўмдан 3,4 млн.сўмгача миқдорни ташкил этади.

〰️〰️〰️〰️

Қўшимча қилинишича, ОТМларда таълим олиш (ўзининг, 26 ёшга тўлмаган фарзандларининг ёки эрининг (хотинининг) таълим олиши) учун тўловларга йўналтириладиган, солиқ солиниши лозим бўлган иш ҳақи ва бошқа даромадлари даромад солиғидан озод қилинган бўлиб, бунда бир нафар талаба учун контракт тўлаган оилага бир йилда 770 минг сўмдан 1 млн 177 минг сўмгача маблағ даромад солиғидан имтиёз шаклида қайтади.

Тўлов-шартнома асосида ўқийдиган талабаларга шартнома шартларини бажаришда бериладиган чегирмалар ҳисобига давлат бюджетига ортиқча юк тушмаслиги учун олий таълим муассасаларида ўқув жараёнига тегишли харажатлар нормативлари қайта кўриб чиқилади ҳамда уларда қўшимча таълим хизматларни кўрсатиш ҳисобига бюджетдан ташқари маблағларни жалб қилиш орқали чегирма харажатларини қоплаш чоралари кўрилади.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov shartnoma miqdori kamaytirildi.

Hali ham ishonmayotganlar uchun maxsus😉

👉 @geografiya_JDPI 👈
#izoh

APOSTIL NIMA?

Apostil (frantsuzcha Apostille) - bu legallashtirishning ushbu shaklini tan olgan mamlakatlar hududida taqdim etish uchun hujjatning qonuniyligi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'ldirish uchun xalqaro standartlashtirilgan shakl. "Apostil" shtampi faqat davlat standartidagi hujjatlarga joylashtiriladi.

Apostil boshqa hujjatni tasdiqlashni yoki qonuniylashtirishni talab qilmaydi va Konventsiyaga a'zo barcha davlatlarning rasmiy organlari tomonidan tan olinadi. Hujjatni legallashtirishni bekor qiladigan yoki soddalashtiradigan huquqiy asoslar mavjud bo'lsa, apostil qo'yish mumkin emas.


👉 @geografiya_JDPI 👈