GEOGRAFIYA JDPU
135 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (JDD | 🇺🇿)
​​#Қабул2020 | #Magistratura

❗️ДИҚҚАТ, ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИДАН ЭЪЛОН!

МАГИСТРАТУРАГА ЎҚИШГА КИРИШ УЧУН ҲУЖЖАТЛАРИНИ РЎЙХАТДАН ЎТКАЗУВЧИЛАР ДИҚҚАТИГА!

Давлат олий таълим муассасаларининг магистратура мутахассисликларига қабул қилиш учун ҳужжатларни рўйхатдан ўтказиш жараёни 2020 йил 1 июлдан бошлаб, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий веб-сайти орқали амалга оширилмоқда.

Мазкур ҳужжат топшириш жараёнида ТЕСТ СИНОВЛАРИ топшириладиган ҲУДУД белгиланиши лозим.

‼️ Ҳозирги коронавирус пандемияси шароитида республика ҳудудларини “сариқ” ва “қизил” ҳудудларга ўзгариш эҳтимоллиги сақланиб қолмоқда. Шу боис, талабгорлар ТЕСТ СИНОВЛАРИ топшириладиган ҳудуд сифатида ЎЗИ бугунги кунда ЯШАБ ТУРГАН ҳудудни белгилаши ТАВСИЯ ЭТИЛАДИ.

Шундагина вақтни ортиқча сарфлаш чекланади ва масофани босиб ўтишга эҳтиёж юзага келмайди.

Манба


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Diqqat! Magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi!

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (31-iyul 2020-yil, soat 00:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2
Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish

🚫Qabul jarayonlari yakunlangan.



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 46 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 7,67
Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish

🚫Qabul jarayonlari yakunlandi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
GEOGRAFIYA JDPU pinned «⚡️Diqqat! Magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi! 👉 @geografiya_JDPI 👈»
Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni kirib kelgan muqaddas ayyom Qurbon Hayiti bilan muborakbod etaman. Oilalaringizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik tilayman!

Shu kunlarda qilgan ezgu orzularimizning ijobatini ko‘rish barchamizga nasib qilsin. Yaqinlarimiz baxtimizga sog‘-omon bo‘lib, bugungi sinovli kunlardan yo‘qotishlarsiz o‘tib olish nasib qilsin.

Ayyomingiz muborakbod bo‘lsin!
Ushbu suratda Amerika qit’asidagi qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

⚡️ Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.


Qisqa vaqt davom etgan brifingda magistraturaga kirish imtihonlarining qachon o‘tkazilishi, o‘qishni ko‘chirish hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi haqidagi savollarga javob berildi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
🎯#Iqtibos_time

“Телевиденияда Ўзбекистон минтақалари об-ҳавосини алфавит бўйича бериш саводсизлик; унда республика харитаси на керак? ”

География фанлари доктори, профессор:
Абдусами Солиевич Солиев


👉 @geografiya_JDPI 👈
Shubayev Umumiy yer bilimi.djvu
19 MB
📚#Kutubxona

L.P.Shubayev “Umumiy yer bilimi”, “O‘qituvchi” nashriyoti, Toshkent-1975 y.


Kanal manzilimiz👇👇👇
📮@geografik_adabiyotlar

Hamkor kanallar👇👇
♻️@geografiya_JDPI

Murojaat uchun👇👇
📧 @GeoMurojatbot
Forwarded from GEOEDU.UZ
#bizda_yangilik

​​⚡️Abituriyentlar uchun geografiya fanidan onlayn ko‘rinishdagi variantli savollar ko‘lami kengaytirildi. Endilikda mazkur variantlar soni 30 tani(!) tashkil qilmoqda. Ular orqali o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va imtihonlarga qanchalik tayyor ekanligingizni tekshirib ko‘ring!

🌐 @geografiya_test_video_slayd

Test savollarida ishtirok etish uchun quyidagi variantlardan birini tanlang👇
Talabalarning muammosi nimada?

Yoshlar ishlari agentligi U-Report orqali OTM talabalarining COVID-19 pandemiyasida masofadan o'qishi bilan bog'liq muammolarini, shartnoma pulini to'lashdagi qiyinchiliklarini o’rganib chiqyapti.

Siz OTM talabasi bo'lsangiz - o'z fikringizni albatta bildiring va Agentlikka Sizga ma'qul bo'lgan qarorni qabul qilishda yordam bering!

👉 @UReportUzbBot

_______________________________
Какие проблемы у студентов?

Агентство по делам молодёжи проводит опрос Ю-Репорт, чтобы выявить проблемы студентов ВУЗов, возникших в связи с пандемией COVID-19, и, связанных с дистанционным обучением, оплатой контрактов за обучение.

Если Ты студент, вырази своё мнение и помоги Агентству принять оптимальное решение в свою пользу!

👉 @UReportUzbBot
TA’ZIYA!

Geografiya va ekologiya fakulteti, Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professori, geografiya fanlari doktori, «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» ustozimiz Alibekov Lapas Alibekovich bugun olamdan o‘tdi. Ustozning farzandlari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Ўзбекистонда зилзила кузатилди

5 август, Тошкент вақти билан 13:18 да Тожикистонда зилзила содир бўлди, дея хабар бермоқда ФВВ Сейсмопрогностик мониторинг Республика маркази.

Зилзила координаталари: 40,2 градус шимолий кенглик; 70,84 градус шарқий узунлик. Магнитуда М=5.

Чуқурлик 10 км. Зилзила эпицентридан Тошкентгача масофа 181 км жанубий-шарқий йўналиш бўйича.

Зилзила Ўзбекистон ҳудудида:

Тошкент : 181 км, 3 балл.
Наманган : 113 км, 4 балл.
Aндижон : 143 км, 3 балл.
Фарғона : 83 км, 4 балл.
Гулистон : 177 км, 3 балл.
Жиззах : 255 км, 3 балл.
Самарқанд : 336 км, 2 балл.
Термиз : 453 км, 2 балл.
Қарши : 458 км, 2 балл.
Навоий : 464 км, 2 балл.


👉 @geografiya_JDPI 👈
📜 RIVOYAT...

Rivoyat qilishlaricha, Amir Temur askarlariga safar vaqtida bittadan g‘isht olib yurishni buyurar ekan.

Ba’zi sarkardalar buni jismoniy chiniqish uchun deb bilsa, ba’zilar qo‘shimcha qurol deb bilar ekan.

Ammo, bir davlatga yurish vaqtida askarlar orasida norozilik kuchayib, bu g‘isht bizga ortiqcha yuk deb, e’tiroz bildiribdilar.

Shunda Amir Temur ulkan xandaq qazib, loy qorishni buyuribdi. Keyin esa uning oldiga borib, askarlarga navbat bilan kelishni buyuribdi. Har bir askar olib kelgan g‘ishtni qorilgan loy bilan biriktirib, xandaq atrofida devor ko‘tara boshladilar.

Bir zumda kichikkina qo‘rg‘oncha qad ko‘tardi...

Bu voqea bo‘lgan yo bo‘lmagani noma’lum. Ammo juda ibratlidir.

Har birimizda ba’zan shunday xolat bo‘lib turadi. Biror yaxshi ish qilgimiz yoki aksincha yomonlikni to‘sgimiz keladi.
Ammo...
Bitta mening harakatim va urunishim bilan nima ham o‘zgarardi...
degan fikr bilan o‘zimizni chetga tortamiz. Agar, biz qilayotgan ezgu ish, xuddi askarlar qo‘lidagi g‘isht kabi, birlashib qo‘rg‘onga aylanishi mumkinligini tasavvur qilsak, uning axamiyatini tushunamiz.

Ba’zan arzimasdek tuyulgan harakatlar ortida ulkan maqsadlar turadi!


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh

UNIFIKATSIYA - [lot. uni, unus – bir + facere – qilmoq] unifikatsiya qilmoq Yagona tizimga, shaklga, bir xillikka keltirmoq; uyg'unlashtirmoq.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu suratda Osiyo qit’asidagi qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shunchaki

Kallani ishlatsang qo‘llaring dam oladi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing

⚡️Abituriyentlar va talabalarni qiziqtirayotgan ba’zi bir savollarga Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi rahbariyati mas’ul xodimlari javob berdi.

❗️Birinchi kurslar uchun o‘qish 1 oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilyapti
________________________

❗️Ikkinchi va undan yuqori kurslar sentyabrdan boshlab masofadan tahsil olishni boshlaydilar.
________________________

❗️Bu yilgi to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish bo‘lmaydi.
________________________

❗️Agar karantin 15 avgust yoki 30 avgustda bekor qilinsa, test sinovlari 2 sentyabrda boshlanadi.
Agar karantin uzaytirilsa, albatta test qoldiriladi.
________________________

❗️Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00da boshlanib, 10:00da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00da boshlanib, 19:00da yakunlanadi.
________________________

❗️Abituriyentlarga bir martalik himoya vositalariga qo‘shimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.
________________________

❗️Abituriyentlar 2 ta fandan jami 60 ta test savoliga javob topadi.
________________________

❗️Barcha test sinovlari stadionlarda o‘tkaziladi. Shaklidan qat’iy nazar. Kunduzgi, kechki yoki sirtqi — barchasi ochiq stadionlarda o‘tkaziladi.
________________________

❗️Test sinovlaridan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida DTM hujjati qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.
________________________

❗️Har bir abituriyent test topshirish joyi sifatida qayerni ko‘rsatgan bo‘lsa, test sinovlarini o‘sha joyda topshiradi. Davlat test markazi bazadagi ma’lumotni o‘zgartirish huquqiga ega emas.
________________________

❗️Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qabul jarayonlari, jumladan magistratura, akademik liseylar va ijodiy imtihonlar ham test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda (2-16 sentyabr) o‘tkaziladi.
________________________

❗️Ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish 10 avgustdan onlayn tarzda boshlanadi va avgust oyining oxiriga qadar davom etadi.
________________________

❗️Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi. Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi.
________________________


👉 @geografiya_JDPI 👈
Proffessor sabog‘i...

Professor suv to‘ldirilgan stakanni oldi va qo‘llarini oldinga uzatib, talabalardan so‘radi:
– Stakanning vazni qancha deb o‘ylaysizlar?
Sinfga jon kirdi, har kim o‘zicha taxminladi.
– Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-ye, ana besh yuz gramm bo‘lsin.
– Tortib ko‘rmaguncha, aniq vaznini baribir bilib bo‘lmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. Mening so‘ramoqchi bo‘lgan savolim aslida boshqa: agar idishni shu holda birnecha daqiqa ushlab tursam nima bo‘ladi?
– Hech narsa.
– To‘g‘ri, hech narsa bo‘lmaydi, – dedi professor. – Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima o‘zgaradi?
– Qo‘llaringiz og‘rib ketadi.
– Bir kun tutib tursam-chi?
– Qo‘llaringiz uyushib, tamom bo‘ladi, mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga to‘g‘ri kelar.
– Kun bo‘yi ushlab tursam, stakanning vazni o‘zgaradimi?
– Aslo yo‘q!
– Xo‘sh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?
– Idishni qaytarib stol ustiga qo‘ying!
– Yashanglar! – yuzlariga kulgu yugurib javob berdi professor. – Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga o‘xshaydi. Agar muammolar haqida birnecha daqiqa o‘ylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qiladigan bo‘lsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi. Kun bo‘yi shu muammolarning dardi bilan yuradigan bo‘lsangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi, ya’ni to‘g‘ri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida o‘ylayverish biror-bir yaxshi natijaga olib kelmaydi. Bu bilan muammolarning “vazn”i ham o‘zgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yo‘li – harakat qilish. Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qo‘ying. Yuragingizga yuk bo‘lib tushadigan og‘ir toshlarni – qayg‘uli o‘y-xayollarni ko‘tarib yurish yaramaydi.



👉 https://t.me/geografiya_JDPI
Ushbu suratda Yevropa qit’asidagi qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
⚡️Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha muhim savollarga javoblar

AOKA huzuridagi shtabda Innovasion rivojlanish vaziri birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingdan muhim ma’lumotlar:

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktoranturaga (PhD) onlayn qabul hali ham davom etyaptimi?

Hujjatlar OTM va ITM qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.

〰️〰️〰️〰️
Men tayanch doktoranturaga talabgorman. Bu yil karantin sharoitidan kelib chiqib, kirish imtihonlari onlayn test orqali bo‘lishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq "Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1–25 noyabr davrida o‘tkaziladi.

Pandemiyaga bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib, noyabr oyida o‘tkaziladigan imtihonlar masalasiga qo‘shimcha axborot beriladi.

〰️〰️〰️〰️
Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj bo‘lishi kerakmi?

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.

〰️〰️〰️〰️
Mustaqil izlanuvchilikka xujjatlar topshirish qachondan qachongacha davom etadi?

OTM va ilmiy tashkilotlar talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha, 15 yanvardan 15 fevralgacha, 15 apreldan 15 maygacha, 15 iyuldan 15 avgustgacha bo‘lgan davrlarda qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktoranturaga kirishga hujjat topshirishda maqolalar konferensiyalarda chiqqan bo‘lsa ham bo‘ladimi?

Bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandida berilgan.

〰️〰️〰️〰️
Stajyor-tadqiqotchilikka kvota so‘rash uchun kimga murojaat qilish kerak?

Stajyor-tadqiqotchilik kvotalariga talabnomalar bo‘yicha OTM
va ilmiy tashkilotlar o‘zining yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga murojaat etadi.

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3-bob 9-12 bandlarida talabgorlarga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.

〰️〰️〰️〰️
Ilmiy unvonga ega bo‘lgan PhD nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin?

Birinchi marta rahbarlik qilayotgan bo‘lsa, 1 ta va faoliyatidagi samarali natijasiga qarab maksimum 2 ta PhD ilmiy darajasiga talabgor bo‘lgan izlanuvchiga rahbarlik qilishi mumkin.

〰️〰️〰️〰️
Yaqinda PhD ni yoqlagan kishi tayanch doktorantura uchun rahbarlik qila oladimi?

Yo‘q. Dosent yoki professor unvonini olgan PhD yoki DSc bo‘lsagina rahbar bo‘la oladi.

〰️〰️〰️〰️
Mutaxassisligi ingliz tili bo‘lganlar C1 sertifikati bo‘lsa imtihonidan ozod bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 3 bob 22-bandiga asosan tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

〰️〰️〰️〰️
Vaqtida himoya qilinmasa yoki umuman himoya qilinmasa stipendiyani qaytarib beriladimi?

Yo‘q, lekin ilmiy rahbarga nisbatan chora ko‘riladi. Keyingi yillarda mazkur tashkilotga doktoranturaga kvota berish davomida salbiy qaror qabul qilishga asos bo‘ladi.

〰️〰️〰️〰️
Tayanch doktorantlarga o‘qish qachondan boshlanadi?

Yangi kalendar yilining birinchi ish kunidan.

〰️〰️〰️〰️
Doktoranturada ham akademik ta’til beriladimi?

Uzoq muddat betob bo‘lsa yoki tug‘ruq bilan bog‘liq holatdagina.


👉 @geografiya_JDPI 👈