GEOGRAFIYA JDPU
141 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
GEOGRAFIYA JDPU
❗️Eslatma | #abituriyentlar_uchun Bugun soat 08:03 da DTM.UZ dan kelgan sms xabar. 👉 @geografiya_JDPI 👈
Qiziq holat soat 12:00 dan keyin hujjat topshirganlar to‘lovni qanday amalga oshirarkin. Yoki to‘lovdan ozod qilinarmikin😁. Ma’lum xabarlarga ko‘ra hujjat topshirish va to‘lovni amalga oshirish 20-iyulga qadar (shu kuni ham) deyilgan edi. Yoki xalqona tilda 24:00 emas 12:00 deb qo‘ya qolganmikin 🤔. Biz mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida DTM ga xabar yo‘lladik. Natijani kutamiz ular bu holatga qanday izoh berar ekan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
❗️Yuqoridagi sms bilan bog‘liq murojaatimizga DTM quyidagicha javob yuboribdi. Nima deyishga ham hayronman. Berilgan javob savoldan biroz yiroqlashganga o‘xshab ko‘rindi menga. Siz ham o‘qib ko‘ring, fikrlaringizni commentariyda kutib qolaman.

(Rasmni ochib ko‘ring)

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (20-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 3881 ta;
Tanlov - 53,9

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 10 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 1,67

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
GEOGRAFIYA JDPU
#Qabul_2020 | #abituriyent 🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (20-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga) #Bakalavriat…
Magistraturaga hujjat topshirganlardan kimdir o‘z fikrini o‘zgartirganga o‘xshaydi. Kecha 19-iyul kuni arizalar soni 11 tani tashkil qilgan edi, bugun 10 ta qolibdi. Qabul tugagunicha qolganlar ham o‘zgarib qolmasaydi hali 😉


👉 @geografiya_JDPI 👈
❗️Bugun bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirishning oxirgi kuni!

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi, ma’lumotlarini tahrirlashi yoki yangi ma’lumot qo‘shish, shuningdek avval tanlagan yo‘nalishlarini o‘zgartirishi uchun bugun oxirgi imkoniyat. Tunda soat 23:59 dan keyin baza yopiladi va keyin hech qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi.

‼️ O‘tgan yilda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun to‘lanadigan to‘lovni (111 ming 500 so‘m) bugun to‘lashlari shart. Bugun to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Ertaga yoki undan keyin qilingan to‘lovlar befoyda bo‘ladi.

Qaysi yo‘nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganligi, tolovni qanday amalga oshirish kerakligi va boshqa ma’lumotlar quyidagi havolada batafsil keltirilgan👇

https://t.me/geografiya_JDPI/2227

☝️Eslatma: Bugun faqat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish yakunlanadi. Magistraturaga hujjat topshirish esa 30-iyulga qadar davom etadi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Axborot tizimlari va onlayn ariza yuborish axborot tizimi bo'yicha rasmiy botlar ishga tushirildi

Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish axborot tizimi boʻyicha savollarni qabul qilish uchun rasmiy bot ishga tushirildi - @magistredubot

Oʻqishni koʻchirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi boʻyicha savollarni qabul qilish uchun rasmiy bot ishga tushirildi - @transfer_edu_bot

Tizimlar boʻyicha savollaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli botlarga yoʻllang.


👉 @geografiya_JDPI 👈
​​#Qabul2020
2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi

2020-2021-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlangani DTM.UZ tomonidan ma’lum qilindi

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
👉 Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
👉 Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
👉 Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
👉 Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).


Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (21-iyul 2020-yil, soat 00:00 (B) hamda 08:00 (M) holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 12 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 2

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️Тўлов қилишга улгурмаган абитуриентлар диққатига!

Аввалги йилларда битирган абитуриентлар 20 июлга қадар тестга кириш учун 111 минг 500 сўм миқдорида тўловни амалга ошириши керак эди. Лекин айрим сабабларга кўра, тўлов қилишга улгурмаган абитуриентлар ҳам бор экан.

Шу сабабли ДТМ тўлов муддатини яна бир кунга узайтирди.

‼️ Онлайн рўйхатдан ўтган, лекин тўловга улгурмаган абитуриентлар бугун, 21 июль куни соат 23:59 га қадар тўловни амалга оширишлари мумкин.

❗️Тўловни амалга оширмаганлар рўйхатдан ўтмаган ҳисобланади ва тест синовларида иштирок эта олмайди.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu suratda qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
​​#eslatma | #Magistratura

Magistraturaga qaysi fanlardan imtihonlar bo‘ladi?

27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan magistratura bosqichining kirish imtihonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda faqat 2 ta fandan imtihon bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha).

Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha).

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Eslatma: Magistraturaga kirish imtihonlari bu yil onlayn test shaklida bo'ladi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (22-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2

🚫Qabul jarayonlari yakunlangan.



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 13 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 2,17

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
2020_2021_o'quv_yilidagi_jami_abituriyentlar_soni_Geografiya.pdf
356.4 KB
#QABUL_2020_statistikasi
#abituriyent | #bakalavriat

2020/2021 o'quv yilida bakalavriat ta'lim yo'nalishi (Geografiya) uchun jami ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar soni haqida umumiy ma’lumot.

Ma’lumotlar oliy ta’lim muassalari kesimida, ta’lim shakli va o‘qitish tili bo‘yicha keltirilgan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (23-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2

🚫Qabul jarayonlari yakunlangan.



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 13 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 2,17

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈
⁉️КОНТРАКТ УЧУН ТЎЛАНГАН НАҚД ПУЛДАН ДАРОМАД СОЛИҒИ ҚАЙТАРИБ ОЛИНАДИМИ?

Assalomu alaykum. Oʻzim instda oʻqiyman 2018-2019 yil oʻquv kantiragimni naqt koʻrinishidan toʻlaganman ayrimlardan eshitishim boʻyicha agarda kantirak pulini naqt koʻrinishidan toʻlagan boʻlsam, dadamni oyligidan ushlangan daromad soligʻi qaytarib berilar ekan shudaymi agar shunday boʻlsa qayerga qay tartibda murojat qilishim kerak. 2 savolim esa shunga yaqinroq men 4 kurs tugalamagan oliy sifatida 2019-yil sentyabir oyidan beri maktabda ishlayman 0.5stavkada eshitishim boʻyicha tugalanmagan oliy sifatida ish faoliyatini oliborayotgan hodimdan yangi tahridagi soliq yoki PF ga asosan daromat soligʻi undirilmas ekan, agar shunday boʻlsa menda olinga saloqlar qaysi oylarniki qaytariladi qaytariladigan boʻlsa qayerlarga murojat qilishim kerak 2019-yil sentiyabiran beri oyligimdan soliq qaytadi undan tashqari buyilgi kantiraktimni ham naqt koʻrinishida toʻlaganmiz shunga aniqlik kiritib bering.


ЮРИСТ ЖАВОБИ:

☝️Бунинг учун ҳудудий солиқ инспесиясига ортиқча тўланган солиқ суммасини қайтариш тўғрисида ариза билан мурожаат қилишингиз лозим.

❗️Қаранг! Янги таҳрирдаги Солиқ кодексининг 21-моддасига кўра солиқ тўловчи солиқлар, пенялар ва жарималарнинг ортиқча тўланган ёки ортиқча ундирилган суммаларини ўз вақтида ҳисобга ўтказиш ёки қайтариш ҳуқуқига эга.

➡️ Ушбу кодекс 104-моддасига мувофиқ ортиқча тўланган солиқ суммасини ҳисобга олиш ёки қайтариш тўғрисидаги ариза, агар солиқ тўғрисидаги қонун ҳужжатларида бошқача қоида назарда тутилмаган бўлса, кўрсатилган сумма тўланган кундан эътиборан беш йил ичида берилиши мумкин.

☝️Эътибор беринг! Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ва Давлат солиқ қўмитасининг 2010 йил 24 мартда 24, 2010-15-сон қарори билан тасдиқланган “Ўзбекистон Республикаси олий ўқув юртларида таълим олиш учун йўналтириладиган маблағларга жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи бўйича имтиёзни қўллаш тартиби тўғрисида”ги низом қабул қилинган.

➡️ Унинг 4-бандига мувофиқ жисмоний шахсларга солиқ чегирмаси ўқиш учун тўлов қуйидагилар ҳисобидан амалга оширилганда тақдим этилади:

• ўз маблағлари;

• юридик шахслар томонидан жисмоний шахсларга қайтариш шарти билан берилган маблағлари (ссудалар).


Демак, сиздаги ҳолатда дадангиз ойлик иш ҳақидан контракт учун тўланган нақд тўланган суммага нисбатан ушбу имтиёз қўлланилади деб ҳисоблаймиз.

☑️Низомнинг 6-бандида айнан сизнинг вазиятингизга мос қоида келтирилган. Унга кўра солиқ чегирмаси 2010 йилнинг 1 январидан кейин ўтказилган ўқиш учун тўлов суммаларига берилади.

👀 Бундан кўриниб турибдики, сиз нафақат 2019-2020 ўқув йили учун тўланган контракт, балки 2018-2019-ўқув йили учун ўтказилган контаркт ҳисобидаги солиқ суммасини қайтариш имконига эга эканлигингизни маълум қиламиз.

🔹Низомнинг 11-бандига кўра солиқ тўловчи аризада қуйидагиларни кўрсатиши лозим:

👉талаба (талабалар) билан Ўзбекистон Республикаси олий ўқув юрти ўртасида тўловли-контракт асосида ўқитиш тўғрисида тузилган шартнома (шартномалар) нусхаси;

👉тижорат банки билан таълим кредитини олиш учун тузилган шартнома (шартномалар) нусхаси;

👉таълим олувчининг (таълим олувчиларнинг) паспорти ва (ёки) туғилганлик тўғрисидаги гувоҳномаси нусхаси.


2⃣Иккинчи саволингизга келсак, бу аввалги тартибдаги солиқ кодексида ҳам ҳозирги кодексда ҳам мавжуд. Фақат бунда тўлиқ солиқдан озод қилинмайди.

☝️Қаранг! Ушбу имтиёзни олиш учун солиқ тўловчи жисмоий шахс ОТМни битиргандан сўнг иш бошлаши инобатга олиниб, бунда биринчи йил учун 50% миқдорда солиқ имтиёзи қўлланилади.

Хулоса қиладиган бўлсак, солиқ тўловчи контракт учун ўтказилган суммадан дарамад солиғини қайтариб олиши мумкин. Сиз диплом олганингиздан кейин биринчи йил учун иш бошлаганингизда даромад солиғидан 50% чегирма қўлланилади

Манба


👉 @geografiya_JDPI 👈
Ushbu suratda qaysi davlat xaritasi va ramzlari tasvirlangan?

🌐 @geografiya_test_video_slayd
⚡️Abituriyentlar uchun geografiya fanidan 10 ta onlayn ko‘rinishdagi variantli savollar tuzib chiqildi. Ular orqali o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va imtihonlarga qanchalik tayyor ekanligingizni tekshirib ko‘ring!


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Qabul_2020 | #abituriyent

🏛Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (24-iyul 2020-yil, soat 08:00 holatiga)

#Bakalavriat
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Qabul rejasi - 72 ta (22/50);
Jami tushgan arizalar soni - 4044 ta;
Tanlov - 56,2

🚫Qabul jarayonlari yakunlangan.



#Magistratura
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya).
Qabul rejasi - 6 ta (1/5);
Jami tushgan arizalar soni - 14 ta;
IELTS yoki CEFR olganlar - yo‘q;
Imtiyozlilar - yo‘q;
Tanlov - 2,33

Boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rish


👉 @geografiya_JDPI 👈